Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti amaliy filologiya fakulteti



Download 95,27 Kb.
bet4/19
Sana01.07.2022
Hajmi95,27 Kb.
#725274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Ot yasalishi Tursunboyeva Mushtariybonu

Modal so'zlar. So'zlarning fikrga yoki fikrning borliqqa boʻlgan munosabatini ifodalaydi. Garchand, modal soʻzlar lugʻaviy ma’no bildirmasa-da, turli modal ma’nolarni: tasdiq, inkor, taxmin, gumon ma’nolarini ifodalaydi.Gapda esa kirish soʻz, yoki kirish gap vazifasida keladi.
Modal so'zlar ma’no ifodalashi (modal ma’no boʻlsa ham ), gapda vazifa bajarish (kirish soʻz boʻlsa ham) jihatidan yordamchi soʻzlardan alohida ajratib tursa-da, gap boʻlagi boʻla olmasligi jihatidan yordamchi soʻzlarga yaqindir.
Undov soʻzlar soʻzlovchining his-tuygʻularini ifoda etadi. Ular buyruq-xitob, haydash -chaqirishning atamasi boʻlmasa ham ularning ifodasi bo'la oladi.Masalan, oh, uf, e, eh undovlari zavqlanish, charchaganlik, ajablanish, hayratlanish, kabilarni anglatsa, kisht, pisht esa haydashning ifodasidir.
Taqlidiy soʻzlar tovushga, sharpaga bo'lgan shartli taqlidni anglatadi. Taqlid asosida kishida tushuncha hosil bo'ladi. Masalan, taqir-tuqur, gup-gup, gʻuj-gʻuj so'zlari kishi ongida qandaydir tushunclialarni olib keladi. Ular gapda biror gap bo'lagi vazifasida keladi. Umuman, undov va taqlidiy so'zlar ayrim xususiyatlariga ko'ra mustaqil so'zlarga yaqin.Shuning uchun bu so'zlar gap bo'lagi vazifasida ham, o'zi mustaqil so'z—gap shaklida ham keladi. Biroq bu so'zlarda mustaqil so'zlardagidek xususiyatlar to'la shakllanmagani holda yordamchilarga xos belgilar ham mavjud.
Predmetning nomini bildirib, grammatik son, egalik va kelishik ma'nolarini ifodalaydigan so'zlar turkumi ot deyiladi. Otlar kim? nima? qayer? kimlar? nimalar?
soʻroqlaridan biriga javob bo'ladi.
Otlar ma'no xususiyatlariga ko'ra turlicha. Binobarin otlar:
a) jonli predmetlarni: odam, qish, baliq;
b) borliqdagi narsa-predmetlarni: daraxt, uy, ko'cha, bino, qir, tosh, yo'l;
c) osmon jismlarini: oy, quyosh, yulduz;
d) vaqt va hodisalami: yoz, qish, zilzila, bo'ron, dovul, toshqin;
e)mavhum tushunchalarni: do'stlik, boylik, sevgi, sadoqat, shavq kabilarni ifodalab, ularga nom bo'ladi.
Ot turkumiga xos muhim morfologik xususiyatlar otlarda grammatik son, egalik va kelishik kategoriyalarining mavjudligidir. Shuningdek, maxsus ot yasovchi qoʻshimchalarning mavjudligi otlarning morfologik jihatdan toʻla shakllangan soʻz turkumlardan biri ekanligini koʻrsatadi.
Masalan, tadqiqotchilarimizning so'zidagi—chi yasovchi, -lar, ko'plik, -imiz egalik, -ning, kelishik ma'nolarini ifodalovchi shakllardir. Ko'rinadiki, otlarda so'z shakllarini hosil qiluvchi har uchala turdagi qo'shimchalar: so'z yasovchi, shakl yasovchi, soʻz oʻzgartiruvchi qoʻshimchalar ham mavjud.
Egalik va kelishik qo'shimchalari otlarning boshqa soʻzlar bilan munosabatini ta’minlaydi, sintaktik qamrovini kengaytiradi.
Otlar gapda turli vazifalarda keladi. Biroq otning gapda ega vazifasida kelishi asosiy sintaktik belgidir. Domla kechasi bilan o'ylab, oxiri ilmiy kengash majlisiga borishga qaror qildi. (O.Yo.) Shuningdek, otlar gapda to'ldiruvchi: Endi onaga qo'shilib qiz yig'lar, qizga qo'shilib ona yigʻlardi ( Ch.). Aniqlovchi: Togʻa ot jilovini doʻnglikka burdi. (S.A.) Humoyun bu suvchi yigitning irodasiga soʻzsiz boʻysundi. (P.Q.) Hol: Katta zalda noyibning o'zi ovqat stoli ketida choy ichib va gazet ko'rib oʻtirardi (Ch.) va kesim kabi sintaktik vazifalarni bajaradi.
Otlar ma’no va grammatik xususiyatlariga koʻra ikki xil: atoqli otlar, turdosh otlar. Predmet, narsa-hodisalarga atab qo'yilgan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar bir turdagi predmet, narsa-hodisalardan birini ajratib ko'rsatadi.
1. Kishi ismlari va familiyalar: O'tkir, Shokir, Nafisa, Fotima.
2. Geografik nomlar: Toshkent, Fargʻona, Pomir, Sharq Gʻarb kabi.
3.Daryo, dengiz, koʻl nomlari (gidronimlar): Amudaryo, Orol dengizi, Sevan ko'li.
4. Afsonaviy, hamda diniy tasavvurlar bilan bogʻliq boʻlgan nomlar (teonimlar):

Download 95,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish