Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti amaliy filologiya fakulteti



Download 95,27 Kb.
bet6/19
Sana01.07.2022
Hajmi95,27 Kb.
#725274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Ot yasalishi Tursunboyeva Mushtariybonu

1.2. Otlarda son kategoriyasi


Otlarning birlik va koʻplik shakllarida ishlatilishi grammatik son kategoriyasi deyiladi. Son kategoriyasi otlarning muhim morfologik belgilaridan boʻlib, birlik va koʻplik shakllari asosida son kategoriyasi vujudga keladi. Otlarning birligi biror vositasiz ifoda etiladi. Ya’ni otning koʻplikni bildiruvchi -lar qo'shimchasi mavjud bo'lmagan holati birlikdir: kiyim, uy, ovqat, o'quvchi, kitobxon, murabbiy kabi.
Otlaming koʻpligi -lar qoʻshimchasi bilan ifodalanadi: oʻquvchilar, kitoblar kabi. Ko'plikning -lar qo'shimchasi orqali ifodalanishi morfologik usul bilan ifodalangan ko'pliklir. Bundan tashqari otlarda ko'plikni hosil qiluvchi boshqa vositalar ham mavjud. Chunonchi, el, olomon, xalq kabi oʻzi birlikda bo'lib, mazmuman koʻplikni bildiradigan soʻzlar ham mavjud. Bunday koʻplik lugʻaviy semantik usul bilan hosil bo'lgan ko'plikdir.
Otlaming ko'pligi miqdor bildiruvchi so'zlarni otlardan oldin keltirish bilan ham hosil qilinadi: ko'p odam, bir talay ish, bir necha kun kabi. Ko'plikning bunday ifodalanishi sintaktik usul bilan ifodalangan ko'plikdir. Sintaktik ko'plik otlardan oldin sonlarni: o'n kishi, yuz xonadoni, olmoshlarni qancha ish, shuncha odam, necha kun keltirish bilan ham hosil bo'ladi.
Masalan, Jkromjon qishloqda shuncha odam borligini bilmas ekan .(S.A.) Shuningdek, otoldidan so'zlami takrorlash orqaliliam sintaktik ko'plik hosil bo'ladi: savat-savat meva, uzoq-uzoq yo'I. Otasining har qadamida allaqanday kishilar bilan uzoq-uzoq so'zlashuvidan zerikardi. (A.Q.)
Lug'aviy semantik va sintaktik usul blan ifodalangan ko'plik so'zning morfologik tuzilishi bilan bog'lanmagan holda, morfologik ko'plik so'zning tuzilishi bilan bog'liq. Shuning uchun -lar qo'shimchasi bilan hosil bo'ladigan ko'plik so'zlarning ma'no xususiyati bilan bog'liqdir. Shu bilan birgalikda -lar qo'shimchasi o'zbek tilida ko'plikni hosil qiluvchi yetakchi vositadir. Biroq, bu qo'shimchabarcha otlarga qo'shilavermaydi, yoki qo'shilganda ham doimo ko'plik ma'nosini ifoda etavermaydi.
-lar qo'shimchasining barcha otlarga qo'shilmasligi hamma otlarning ham grammatik ko'plikda qo'llana olmasligini ko'rsatadi. Chunonchi, donalab sanalmaydigan otlarga -lar qoʻshimchasi qoʻshilganda koʻplikni emas, balki narsa-predmetning turini xilini anglatadi. Shunga koʻra -lar qo'shimchasi koʻplikdan tashqari yana quyidagi ma’nolarni ifodalaydi.
1 .Donalab sanab boʻlmaydigan predmet nomlariga qo'shilganda ularning turli-tumanligini, har xilligini bildiradi: tuzlar, sutlar, bug'doylar, yog'lar, unlar, qirqmalar (qovun turi). Tilimi tilingni mingtilim qilgan, Qirqmalar bogʻladi yukin qovg'aga. (G'. G'.)
2.Mavhum otlarga qo'shilganda. shu otdan anglashilgan ma'no kuchayadi. Masalan: Ming turlik xayollarga borib qaytdi. (A.Qod.) Qizlar undan-bundan uzoq gaplashishdi, orzularga berishdi, (O.)
S.Predmetlarning noaniq boʻlgan koʻp miqdorini ifodalaydi. Suhbatlar goh qizib, goh davom etardi. (O.) Biz boʻlajak adiblar, turmushning botqoq yerlarinigina emas, undan chiqish yoʻllarini ham koʻrsatishimiz mumkin. (A.Q.)
4.Qarindoshlik ifodalovchi otlarga egalik qo'shimchalaridan keyin qoʻshilib hurmat ma’nosini ifodalaydi: otamlar, onamlar kabi.
5 .Shaxsni anglatuvchi soʻzlarga qoʻshilib. piching, kesatish va hurmat ma’nolarini anglatadi. Oʻzimning bu xizmatim evaziga bir mukofat olish muddaosida boʻlmaganimdan va nimaiki janoblari yoʻlida mashaqqat chekkan boʻlsam... (A.Qod.) Yangi podsho Nizomiddin hazratlarining el-yurtga osh berishi va ochlarga non ulashishi haqidagi xabarni butun shaharga tarqatdilar. (P.Q.)

  1. Payt. vaqt bildiruvchi soʻzlarga qoʻshilib, taxmin ma’nosini ifodalaydi.Masalan: Shu gapdan bir hafta chamasi keyin va chorlar kutishning beshinchi kunlari edi.(A. Qod.)

  2. Juft predmetlarni bildirgan soʻzlarga qoʻshilganda koʻplikni emas, balki ularning ikkitaligini ta’kidlash ma’nosini ifodalaydi: koʻzlar, quloqlar, qoshlar, lablar, torlar kabi. Masalan: Tanburning moʻjizakor torlaridan quyilgan musiqa mavjud havoni toʻldirdi. (O.) Beka begimning koʻzlaridagi tikanlar sal kamayganday bo'ldi. (P.Q.)

  3. Kishi organizmi a’zolariga qo'shilganda ta’kid kuchayadi: yuraklar, tillar, burunlar.

9.Koʻplik atoqli otlarga qoʻshilgands oʻzi qoʻshilgan otning koʻpligini emas,
balki uning boshqalar bilan birgalikda ekanligi yoki geografik nomlarga
qoʻshilganda shu gegrafik joyning kengroq, atrofdagi joylar bilan birgalikda
ekanligini bildiradi: Olimjonlar kelishdi(bir nechta Olimjon emas, Olimjon va uning
yaqinlari); Mirzachoʻllar obod boʻldi(Mirzachoʻl va unga yaqin joylar)5
10.Aniq va mavhum otlarga qoʻshilib. hurmat, izzat ma’nolarini ifodalaydi.

Download 95,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish