Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti amaliy filologiya fakulteti



Download 95,27 Kb.
bet7/19
Sana01.07.2022
Hajmi95,27 Kb.
#725274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Ot yasalishi Tursunboyeva Mushtariybonu

Xotiralariga malol kelmagay, hazrat. (O.) Qadamlariga hasanot, ko'p xursand
bo'ldik.(O.)

1.3 Otlarda egalik kategoriyasi

Predmet yoki predmetlik tushunchalarining uch shaxsdan biriga tegishli ekanligini ifodalovchi shakllar egalik kategoriyasi deyiladi. Otlardagi egalik uch shaxsni, birlik va koʻplikni ifoda etadi. Oʻzbek tilida egalik ma’nolari morfologik va sintaktik usullarda ifodalanadi.


So'z oʻzak negiziga maxsus qo'shimchalar qo'shish orqali egalikning hosil bo'lishi morfologik usul bilan ifodalanishidir. Predmet, narsa-hodisani uch shaxsdan biriga qarashliligini belgilaydigan qoʻshimchalar egalik qoʻshimchalari deyiladi.
Egalik qoʻshimchalari predmetning shaxsga yoki predmetga qarashli ekanligini koʻrsatib, shaxs va son ma’nolarini ham ifodalaydi. Egalik qoʻshimchalari soʻzning qanday tovush bilan tugashiga koʻra ikki shakllidir.
Egalik qo'shimchalarining III shaxsi koʻpincha birlik va koʻplikda farqlanmaydi. Masalan, uning kitobi, ularning kitobi. Ba'zan III shaxs koʻplikda lar qo'shimchasi ham qoʻllaniladi: ularning ishlari kabi.
Soʻzlarga egalik qoʻshimchalari qoʻshilganda, koʻpgina soʻzlar oʻzagida oʻzgarish boʻlmasa-da, ayrim soʻzlarning oʻzagida oʻzgarish yuz beradi. Masalan, aka, uka, daftar, gul so'zlariga egalik qoʻshimchalari qoʻshilganda (akam, gulim) oʻzak aslidagidek qoladi. Biroq og'iz, burun, ko'ngil, singil, qishloq soʻzlariga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda oʻzakda oʻzgarish boʻladi: ogʻzim, burnim, koʻnglim, qishlogʻim kabi.
Egalik qoʻshimchasini olgan soʻzlar boshqa so'zlar bilan quyidagicha birikadi:egalik qoʻshimchasini olgan ot koʻpincha qaratqich kelishigidagi ot yoki otlashgan soʻzlar bilan bogʻlanadi. Shu boisdan egalik qoʻshimchasini olgan soʻzning kelishikli soʻzga qarashli ekanligi ifodalanadi. Egalik qoʻshimchasining qaratqichli soʻz bilan bogʻlanishi juda ko'p uchraydigan holatdir. Bu navning ahamiyatini hozir aniq baholash qiyin, albatta. (Oʻ.U.) Movarounnahrda esa Shayboniyzodalarning hokimiyati parcha-parcha boʻlib zaiflashib bormoqda. (P.Q.)
Egalik qoʻshimchalarini qaratqich kelishigi qoʻshimchasini olgan ot bilan birikishi, shu qoʻshimchalarni ifoda jarayonini kengaytiradi. Zero, egalik qoʻshimchalari faqat tegishlilik, mansublik ma’nolarini bildiradi. Masalan. ish joyi, bahor payti, kuz havosi kabi birikmalarda mansublik ma’nosi mavjud bo'lsa, maktabning bog'i, Alining ukasi kabi birikmalarda qarashlilik ma’nosi mavjud.
Egalik qo'shimchasining koʻproq qaratqichli soʻz bilan birga qoʻllanishi egalik vositalari hamda qaratqich kelishigining o'zaro bogʻliqligini koʻrsatadi. Qaratqich va egalik qoʻshimchalarini olgan soʻzlar: mening oʻrtogʻim, mening oʻrtoqlarim tipida qaratqich va qaralmish birlikda, qaratqich birlikda, qaralmish koʻplikda yoki ularning oʻrtogʻi tipida, qaratqich koʻplikda, qaralmish birlikda kelishi mumkin.
Egalik qoʻshimchalarini olgan soʻz son, ot, sifat yoki olmoshdan soʻz boʻlsa chiqish kelishigi qoʻshimchasini olgan soʻz bilan birikadi: talabalardan biri, yaxshisidan yaxshisi, hunarmandlardan koʻpi kabi.
Bundan tashqari egalik qoʻshimchasini olgan soʻz bosh kelishikdagi soʻz bilan birikadi. Bu xildagi birikishida ham qarashlilik ma’nosi ifodalanadi. Masalan, Kampir qiziga javob topolmadi, allanimalar deb gʻo'ngillab savatdagi zogʻoralarni yoyib qoʻydi-da, oshxona yigʻishtirgani ketdi. (0.) Qarashlilik ma’nosi ifodalanmaydi: Tuhmat balosidan meni faqat Humoyun hazratlari qutqarur, -dediyu, Agradan qochib chiqdi.(P.Q.) Egalik qoʻshimchalari shaxs ma’nosini ham, son ma’nosini ham ifodalaydi. Egalik qoʻshimchalarining shaxs ma’nolari birlik va koʻplikda bir xil: -in, -ng, -i (-si) qoʻshimchalari shaxs koʻrsatkichlaridir. Masalan, akam, akang, akasi so'zlarida har uchala shaxs ifodalangan. Bu qo'shimchalar uchta shaxsda birlik va ko'plikni ifodalash uchun asos bo'lsa-da, shaxs qo'shimchalarining o'zi ko'plikni ifodalay olmaydi. Koʻplikni ifodalash uchun shaxs qoʻshimchalariga koʻplik ifodalovchi -iz son qoʻshimchasi qoʻshiladi. Masalan, aka+m-iz, aka-ng-iz kabi.
Egalik qo'shimchalarining I, II shaxslari koʻp jihatdan bir-biriga mos, III shaxs esa farqlanadi. Masalan, son qo'shimchalari I, II shaxsda bir bo'lsa, (-iz) III shaxsda boshqachadir (-lari).
Shuningdek, egalik qo'shimchalari I, II shaxsda predmet, narsa-hodisaning kimga, nimaga tegishli ekanligini aniq koʻrsatib turadi: kitobim. kitobing kabi. Bu xildagi ifodalarda qaratuvchi shaxslar (men, sen) aniq. Ill shaxsda esa qaratuvchi shaxs u olmoshi bilan ham, boshqa kishi otlari bilan ham ifodalanadi: uning kitobi— Nafisaning kitobi kabi.
I, II shaxs egalik qo'shimchalari predmetni, narsani shaxsga tegishli ekanligini ifodalaydi: akam, akang kabi. Predmetning shaxsga tegishli ekanligi III shaxs egalik qo'shimchasi orqali ham ifodalanadi: akasi kabi.
Shu bilan birgalikda III shaxs egalik qoʻshimchasi koʻproq shaxsga tegishli bo'lmagan narsa predmetlami ifodalaydi. Masalan, kitobning varagʻi, maktabning bogʻi kabi. (1-jadval)
Egalik qoʻshimchalari ko'plik ifodalovchi -lar qo'shimchasidan keyin qoʻshiladi. Ishxona rahbarlari toʻyxonaga ancha barvaqt borishdi. Osmon xuddi tomlarga tegib turganday. (A.Q.)
1-jadval

Birlik

Egalik qo‘shimchasi

Misol

ko‘plik

Egalik qo‘shimchasi

Misol

I sh

-m, -im

Onam, kitobim

I sh

-miz, -imiz

Onamiz, kitobimiz

II sh

-ng, -ing

Onang, kitobing

II sh

-ngiz, -ingiz

Onangiz, kitobingiz

III sh

-i, -si

Onasi, kitobi

III sh

-(s)i, -lari

Onasi, onalari

Oʻzbek tilida egalik ma’nosi ot va olmoshlarga -ni, -ki qo'shimchasini qo'shish bilan ham ifodalanadi: kitob meniki, kitob seniki. Bu qo'shimcha u olmoshiga qoʻshilganda mavhum egalikni hosil qiladi. kitob uniki kabi.





Download 95,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish