Termin (lot. terminus — chegara, had) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doir tushunchani ifodalovchi soʻz yoki soʻz birikmasi. Hozirgi kunda "termin" soʻzi bilan bir qatorda "atama", "istiloh" soʻzlari ham ayni maʼnoda qoʻllanmoqda. Lekin ular "termin" soʻzining hozirgi maʼnosini toʻliq ifoda eta olmaydi. "Atama" soʻzi keng maʼnoda boʻlib, geografik obʼyektlar, atoqli nomlarga nisbatan qoʻllanadi. "Istiloh" soʻzini esa "termin" maʼnosida tarixiy mavzulardagi matnlar (masalan, adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va boshqalar)da bemalol qoʻllash mumkin.
Android
Google tashabbusi bilan boshlab berilgan,Open Handset Alliance (OHA) ishlab chiqayotgan Linuxga asoslangan mobil telefonlar uchun platforma. U ishlab chiqilgan Google kutubxonalaridan foydalanib, boshqaruvchi qurilma orqali Java qo‘llanmalarni yaratish imkonini beradi.
Google
Dunyoda mashhurligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turuvchi Google izlash tizimiga egalik qiluvchi kompaniya. Izlash tizimidan tashqari, Google bir talay bepul xizmatlarni taqdim qiladi, jumladan, mashhur Google Mail pochta servisi, oniy xabarlar almashish dasturi, Google Talk, kartografik servis va Google Maps texnologiyasi, Google Docs hujjatlar bilan internetda ishlash qo‘llanmasi, Android operasion tizimi, Google Chrome veb-brauzeri va boshqalar.
Asos solingan yil: 1998
Joylashuvi :AQSH, Mauntin-Vyu, Kaliforniya
Asoschilari: Sergey Brin, Lerri Peydj
Soha: Internet
Veb-sayt :www.google.com
Inkognito rejimi
Ba'zi veb-brauzerlarda maxfiylik xususiyatidir. Ushbu rejimda ishlayotganda, brauzer asosiy sessiyasi va foydalanuvchi ma'lumotlaridan ajratilgan vaqtinchalik seansni yaratadi. Qisqacha qilib aytganda, tashrif etilgan saytlar, parollar, akkauntlar ma’lumoti ro’yhatda saqlanib qolinmaydi. Lekin, provayder, saytlar va administrator sizning harakatlarni ko’rishi mumkin.
USB
Universal Serial Bus - Universal ketma-ket shina. O‘rtacha va past tezlikdagi periferiya qurilmalari uchun ma’lumotlarni uzatishning ketma-ket interfeysi. 1995 yilda Intel, Microsoft, Philips, US Robotics va boshqa kompaniyalar tomonidan “plug-and-play” standarti bo‘yicha tashqi kompyuter qurilmalarini ulash uchun ishlab chiqilgan. USB shinasi bir vaqtning o‘zida ketma-ket 127 tagacha tashqi qurilmalarni ulash imkonini beradi. USB ketma-ket va parallel portlarni butunlay almashtirishi kutilmoqda.
TouchPad
Sensorli panel yoki tachpad. Noutbukda sichqonchaning o‘rnini bosuvchi maxsus panel. Barmoq harakatlari bilan boshqariladi. Apple kompaniyasi tachpad o‘rniga trekpad (trackpad) so‘zini ishlatadi.
TrackBall
Trekbol. Sichqonchaning o‘rnini bosuvchi shar shaklidagi 2 yoki 3 tugmachadan iborat qurilma. Sharni barmoq bilan burash sichqonchaning harakatlanishiga teng.
Public Domain
Jamoat mulki. Mualliflik huquqlari muddati tugagan yoki hech qachon mavjud bo‘lmagan ijodiy asarlar jami. Shuningdek, patent muddati tugagan ixtirolar ham jamoat mulki hisoblanishi mumkin. Jamoat mulkini barcha shaxslar hech qanday cheklashlarsiz tarqatishi va foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |