Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


GAZETA SARLAVHASI STILISTIKASI



Download 0,98 Mb.
bet3/11
Sana03.02.2017
Hajmi0,98 Mb.
#1712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

2. GAZETA SARLAVHASI STILISTIKASI
2.1. So`z sarlavhalar stilistikasi

Nutq birligi bo`lgan so`z (so`z formasi) nutq faoliyati bilan bevosita bog`lanadi, nutq jarayonida voqyelanadi. Shunga ko`ra, u nutq birligi, nutq "boyligi" hisoblanadi. So`z (so`z formasi) real birlik, xususiylik, aniqlik sifatida mavjud bo`ladi. "Leksema - til birligi tayyor va turlicha imkoniyatlar majmuasi bo`lsa, so`z uning voqyelanishi, ro`yobga chiqishi, aniq shakl, mazmun va vazifa kashf etgan moddiy ko`rinishidir. Har bir leksema nutqda muayyan so`z sifatida namoyon bo`ladi"26.

So`zning ta’rifi ko`plab adabiyotlarda berilgan. “So`zning nutq faoli-yatidagi asosiy vazifasi atama - nominativ vazifa bo`lib, u obyektiv borliqdagi turlicha muayyan narsa-predmetlar, voqyea-hodisalar, harakatholatlar, belgi-xususiyatlar bilan bog`lanadi, ularni ifoda etadi, anglatadi, ular haqida muayyan ma’no, tushuncha beradi. Ayni vaqtda, so`z jamiyat a’zolari xotirasida muhrlanib, ular tomonidan bir xilda qabul qilinadi, bir xilda tushuniladi. So`z har qanday so`z birikmasi, gap va matn kabi sintaktik butunliklarning asosi, birlamchi materiali sanaladi. Fikr almashish jarayoni aslida so`zlardan, ularning semantik-sintaktik bog`lanishidan - valentlik munosabatiga kirishuvidan sodir bo`ladi. Shunga ko`ra, so`z o`zining asosiy nominativ vazifasini nutq jarayonida bajaradi. Shu jarayonda u ma’no aniqligiga, pozision mustaqillikka ega bo`ladi, muayyan sintaktik vazifada namoyon bo`ladi”27.

So`zning ana shu xususiyatlari va imkoniyatlari gazeta matnlarining mazmunli, aniq, ixcham, emotsional-ekspressiv tarzda ifodalanishiga xizmat qiladi. So`zning gazeta sarlavhasi sifatidagi imkoniyatlari ham gazeta janrlari talabiga javob beradi, ya’ni ixcham ifoda orqali keng va aniq mazmunni ifodalashga erishiladi.

Ma’lumki, sarlavha nomlash, atash, axborot berish, murojaat, havola, ta’sirchanlik, reklamalilik kabi funksiyalarni bajaradi. Sarlavhaning ana shu xususiyatlarini yuzaga chiqarishda so`zning ahamiyati katta. So`zning yakka holda sarlavha sifatida qo`llanishi gazetaning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Gazetada axborot nihoyatda ixcham, lekin mazmunli va ta’sirchan ifodalanishi lozim. So`z tilning atash, nominativlik funksiyasini bajarishi bilan gazeta materialida ifodalangan axborotni gazetxonga ixcham va tez ta’sir etadigan shaklda ifodalash uchun keng imkoniyatlarga ega. Birgina so`z orqali emotsionallik-ekspressivlik ham ta’minlanadi. Gazeta uchun muhim hisoblangan reklamalilikni ham birgina so`z orqali ifodalash imkoniyatlari mavjud.

2.1.1. Ot-sarlavha stilistikasi

Ma’lumki, ot turkumiga xos so`zlar shaxs, predmet, narsa, voqea-hodisalarning nomini bildiradi. Otlarning kichraytirish-erkalash qo`shimchalarini qabul qilishi ularda qo`shimcha ekspressiv-stilistik ma’noning ifodalanishiga ham xizmat qiladi. Otga xos bunday xususiyatlar uning sarlavha sifatidagi imkoniyatlari kattaligidan dalolat beradi.

Gazeta sarlavhalarining ayrim xususiyatlarini o`rgangan B.Mirzayev ot turkumiga oid so`zlarning sarlavha sifatidagi xususiyatlarini atoqli ot - sarlavhalar va turdosh ot - sarlavhalarga bo`lib tadqiq etgan28. A.Abdusaidov gazeta so`z sarlavhalarini tahlil qilganda, ot turkumiga oid so`z-sarlavhalarni atoqli va turdosh otlarga bo`lib o`rgangan. Tadqi-qotchining atoqli ot-sarlavhalar haqidagi quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: «Gazeta xabar, maqola, lavha janrlarida bu xil sarlavhaning ishlatilishi, birinchidan, konkretlikni, aniq mazmunni, ikkinchidan, ta’sirchanlikni ifodalashda ma’lum darajada xizmat qilgan. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, atoqli otlar - kishi ismlari, ko`proq tuman gazetalarida sarlavha sifatida qo`llangan. Bu xil sarlavhalarning ta’sir kuchi yuqoriligi shundaki, ularda maqola, xabar, lavha qahramonining nomi aniq aks etib turadi. Misollar: Mastura (B.,7.10.84), Bog`dagul (B.,7.03. 84), Sayyora (B.,28.10.84), Tozagul (B.,12.10.84), Nazokat (B.,10.10.84). Gazetalarda atoqli otni sarlavha sifatida ishlatishda ma’lum espressiv-stilistik maqsad nazarda tutiladi. Masalan, nomi ko`pchilikka ma’lum bo`lmagan kishilar, shoirlar, tarixiy shaxslarning ismlarini sarlavhada ifodalash gazetxon diqqatini shu matnga tortishga xizmat qiladi»29.

«Xalq so`zi», «Zarafshon», «Samarqand» gazetalarida atoqli ot – sarlavhalarni uchratmadik. Turdosh otlarning sarlavha sifatida qo`llanishiga ko`plab misollar keltirish mumkin. Ular orasida kasbni ifodalovchi otlarning sarlavha sifatida ishlatilishi ko`proq uchraydi. Bu xil sarlavhalar konkret ma’no ifodalashi (ma’lum kasbni bildirishi), ixcham-ligi bilan gazetabop hisoblanadi. Gazeta xabar, bosh maqola va lavha janrlarida qo`llanilgan kasbga oid ot - sarlavhalar tez diqqatni tortishi bilan ajralib turadi. Turdosh ot - sarlavhalarning aksariyati tez diqqat-ni tortishi, ixchamligi va mazmunliligi, eng muhimi, matnga mosligi bilan ajralib turadi. Masalan: Shapaloq (Z.,20.02.11), Badantarbiya (Z.,22.01.11), Vaqt (Z.,3.03.11), Sport (Z.,15.03.11), Qarich (Z.,8.02.11), Chakanda (XS., 7.01.11), Botulizm (Z.,21.01.11), Shaxmat (Z.,24.03.11), Boychechak (Z.,19.03.11) kabilar.



Mentalitet (D.,22.03.12). Sarlavha mazmuni matnga singdirilgan. Gidroegoizm. Markaziy Osiyodagi vaziyatning barqarorlashuviga omil bo`lmoqda (sarlavhaosti izohi). Xolis nazar (rukn). Mazmuni matnga singdirilgan(XS., 7.01.11). Chevar. Hunar - zar (rukn). Matn mazmuniga singdirilgan (XS.,4.09.10.). Ehtirom. Xalqaro xotin-qizlar bayrami Kattaqo`rg`on shahrida ham keng nishonlanadi(sarlavhaosti izohi). Matn mazmuniga singdirilgan (Z., 8.03.11).

Ezgulik va ozodlik. Xalqimizga xos milliy qadriyatlar (sarlavhaosti izohi).13-14-mart kunlari mamlakatimizda umumxalq hayriya hashari bo`lib o`tdi. (rukn). Mazmuni matnga singdirilgan(XS.,12.03.10). Jinoyat va jazo.Qaltis xato (rukn). Matn mazmuniga singdirilgan (S.,13.02.10).

Ushbu sarlavhalarning diqqattortarligi va mazmunliligi ularning matn bilan uyg`unlikda materialni o`qimishli qilishga yordam bergan. Masalan, «Shapaloq» sarlavhasi bir qarashda e’tiborni tortadi. Bu so`z ma’lum ekaspressiv-stilistik bo`yoqqa ega. Sarlavhadagi qisman yashirin ma’no – «Nega shapaloq?» matn bilan tanishishga undaydi: «Esimda 1946 yili uchinchi sinfda o`qiyotgan edim. Maktabga uy vazifamni tayyorlamay borganim uchun o`qituvchim jazo sifatida doska yoniga dars davomida turg`azib qo`ydi. Voqyeani borib otamga aytib berdim. Lekin sababini yashirdim. Otam esa birdan jiddiylashib, yuzimga shapaloq tortib yubordi va qattiq koyidi. Tarsakining alamidan ko`zim moshdek ochildi. Maktabga har doim dars tayyorlab boradigan bo`ldim» (Z.,20.02.11).

Kasbga oid turdosh otlarning ko`pchiligi kichik maqola, korrespondensiya yoki lavha janri sarlavhasi sifatida ishlatilgan. Ularning ayrimlari uyushiq bo`laklar sifatida berilganligi ham e’tiborni tortadi. Masalan: O`qituvchi, ustoz, murabbiy (Z.,1.10.10). Sarlavhaning quyidagi sarlavhaosti izohi bilan berilishi ham diqqatga sazovordir: Ular hayotimiz ustunlari.

Sarlavhaning matndagi takrori va uyg`unlik material mazmunini boyitganligini ko`rish mumkin. Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan yozilgan ushbu kichik maqolada sarlavha matnda quyidagicha ta’sirchan jumlada qaytarilgan: «Ha, o`qituvchi, murabbiy, ustoz, deb atalmish buyuk nom, o`chmas unvon sohiblarini hayotimizning tayanch ustunlariga qiyoslasak arzimaydimi? (Z.,1.10.2010).



«Intilish» rukni ostida «Imkoniyat, imtiyoz, samara»(XS., 5.02.11) sarlavhasi berilgan. Uyushiq bo`laklar orqali ifodalangan ma’no-mazmun gazetxonni matn bilan tanishiga undaydi. «Qaltis xato» rukni ostida bosilgan materialga «Jinoyat va jazo» (Z.,13.02.2010) sarlavhasi qo`yilgan. Matnda nima haqida gap borishi qisman ma’lum, mavhum tomonlari esa matn bilan tanishgach, ayon bo`ladi. Ushbu holat gazetxonni matn bilan tanishishga undaydi.

Gazetada bunday aniq mazmunli, ixcham turdosh ot sarlavhalarning berilishi materialga e’tiborni oshiradi, gazetxonni matn bilan tanishishga undaydi, uni befarq qoldirmaydi. Ayniqsa, ayrim sarlavhalarning mazmunli rukn ostida berilishi ularning reklamalilik va ta’sirchanlik rolini yanada oshirgan. «Tafakkur» rukni ostida «Vaqt» sarlavhali maqola bosilgan. Bu so`z bir qarashda e’tiborni tortmaydi. Vaqt arabcha so`z bo`lib, muddat, fursat, payt, lahza kabi ma’nolarni ifodalashini ko`pchilik biladi30. Lekin rukn va sarlavha uyg`unligi, vaqt haqida falsafiy fikr yuritilganligiga ishorani ko`rib, maqolani gazetxon mutolaa qila boshlaydi. Vaqtning qadr-qimmati haqidagi falsafiy, nihoyatda teran va foydali fikr-mulohazalar gazetxon adashmaganligini bildiradi. Sarlavha va matn uyg`unligi ham bunga sabab bo`ladi: «Vaqt garchi mavhum hodisa hisoblansa-da, so`z ustalari unga nisbatan noyob tashbehlar qo`llab, obrazli ifodalashga urinadi» (Z.,3.03.11).

Turdosh ot – sarlavhalarning xususiyatlaridan biri ulardagi ma’noning ijobiy yoki salbiyligiga qarab, turli janrlarda, jumladan, tanqidiy maqolada ham foydalanish mumkinligida ko`rinadi. Ifodalangan ma’no esa matn bilan tanishgach, ayon bo`ladi. «Qarich» sarlavhali maqolada bu so`zning ma’nosi tanqidiy maqolaning mazmuni va unda ifodalangan ruhdan ma’lum bo`ladi, ushbu so`z aynan keltirilmagan bo`lsa-da, gap nimada ekanligi matn bilan tanishib bilish mumkin: «Hamma narsani pul bilan o`lchaydigan kishiga aytishdi. Dunyoda pul bilan hal etib bo`lmaydigan ishlar ham bor. / - To`g`ri, dedi boyagi odam. – Lekin pul bilan hal bo`lmaydigan ishlarni ko`p pul bilan bitirish mumkin (Z.,8.02.11).

Turdosh ot - sarlavhalar orasida ayrim kasalliklar va dori-darmonlarning nomi ham keltirilgan. Bunday sarlavhalar gazetxonni berfarq qoldirmaydi, chunki har bir dori-darmon va uning xususiyatlari bilan qiziquvchilar, albatta, topiladi. Masalan, «Mutaxassis maslahati» rukni ostida «Botulizm» (Z.21.01.11) sarlavhali material bosilgan. Rukn va sarlavha uyg`unligi matnga ham ko`chgan, ya’ni sarlavha so`z matnda bir necha bor takrorlagan.

Turdosh ot-sarlavhalar orasida kundalik hayotimizda ko`p ishlatiladigan so`zlarning qo`llanganligini ham ko`rish mumkin. Masalan, sport so`zi so`zlashuv nutqida juda ko`plab ishlatiladi. «Kamolot malikalari» rukni ostida berilgan korrespondensiyaga «Sport» so`zi sarlavha sifatida qo`yilgan (Z.,15.03.11). Fikrimizcha, ushbu sarlavha e’ti-borni tortmaydi. Materialga qisman qiziqish ham rukn tufaylidir. Yoki «Shaxmat» (Z.,24.03.11) sarlavhasi ham unchalik diqqatni tortmaydi, uni sarlavhaosti izohi yoki rukn bilan boyitish zarurati mavjud.

Gazetalarda mavhum otlar sarlavha sifatida boshqa so`z - sarlavhalarga qaraganda ko`proq ishlatilgan. Bunday sarlavhalar tub va yasama otlardan tashkil topgan. Mavhum ot-sarlavhalar falsafiy mazmunga boyligi, ixchamligi, emotsional-ekspressiv ma’noga egaligi bilan diqqatni tortadi. Misollar: Ehtirom (Z.,8.03.11), E’tibor, imkoniyat, intilish (XS.,1.02.11).



Ehtirom so`zi arabcha bo`lib, yuksak hurmat, izzat-ikrom ma’nolarini ifodalaydi31. Sarlavha sifatida berilgan ushbu so`zning matn bilan uyg`unligini ta’minlash va aniqlikni ifodalashda quyidagi sarlavhaosti izohining ham ahamiyati katta: «Xalqaro xotin-qizlar bayrami Kattaqo`rg`on shahrida ham keng nishonlandi» (Z., 8.03,11). Jurnalist mahorati tufayli ehtirom so`zining ma’no qirralari uni matn tarkibida qo`llash va mazmunini singdirish orqali yanada aniq aks etgan.

Quyidagi sarlavhalar ta’sirchanligi bilan e’tiborni tortadi: Shijoat, matonat va mahorat tufayli yuksak natija qo`lga kiritiladi (sarlavhaosti izohi), Dil so`zi (r). Mazmuni matnga singdirilgan (XS.,5.06.10). E’tibor, imkoniyat, intilish. Korxonalar eksport salohiyatining yuksalishida muhim omil bo`lmoqda (sarlavhaosti izohi). Islohot (rukn). Mazmuni matnga singdirilgan (XS.,1.02.11.). Imkoniyat, imtiyoz,samara.Intilish (rukn). Mazmuni matnga singdirilgan. (XS.,5.02.11).

Ma’lumki, mavhum ot yasovchi –lik qo`shimchasi ancha sermahsul hisoblanadi. U sifatdan ot yasaydi. Gazetalar sahifalarida ot turkumiga xos sarlavhalar orasida mavhum ot – sarlavhalar ham ko`p uchrashi ma’lum bo`ldi. Mavhum otlar ham mazmunli, ixcham, falsafiy ma’noga egaligi, emotsional-ekspressiv bo`yoqdorligi bilan sarlavha sifatida gazetxon e’tiborini tortadi. Uning gazetabopligi faqat ixchamligida emas, balki sarlavhaning mazmuni gazeta matnini yanada boyitishida hamdir. Bunday sarlavhalar, asosan, xabar, maqola, korrespondensiya, lavha janrlarida uchraydi. Masalan: Halollik (Z.,8.02.11), Hurmatsizlik(Z.,8.02.11), Ezgulik va ozodlik(XS.,12.03.10).

«Egasiga yetmagan gaplar» rukni ostida «Halolik» sarlavhali tanqidiy maqola bosilgan. Sarlavhaning matn bilan uyg`unligiga xizmat qiluvchi jumlalar ko`p, ulardan biri quyidagicha ifodalangan: « - Ishonavering biz halol odamlarmiz, - dedi pulni sanab olayotgan ehtiyotkor mijozga bozor yaqinidagi «valyuta»chilardan biri…» (Z., 8.02.11). Ushbu sarlavha sabab, dastlab, maqola ijobiy xislatlar haqida bo`lsa kerak, degan fikr paydo bo`ladi, aslida halollikka qarshi illatlar xususidagi tanqidiy maqolaning qiziqarli yozilganligi matn bilan tanishgach, ma’lum bo`ladi.



«Aks-sado» rukni ostida bosilgan «Hurmatsizlik» sarlavhali materialning mazmuni, unda qalamga olingan mavzu quyidagi sarlavhaosti izohi bilan aniqlashtirilgan va u e’tiborni tortadi hamda maqolani o`qishga undaydi: «Zarafshonning 11 yanvardagi 4-sonida chop etilgan «Saqich chaynagan sotuvchi» sarlavhali maqolani o`qib, mulohazalarimni bildirishni lozim topdim». Maqola mazmuni sarlavhada qisman aks etgan bo`lsa-da, unda ishlatilgan «hurmatsizlik» so`zi orqali yanada aniqlash-tirilgan va matn bilan uyg`unlik hosil qilingan: «Bundaylarni muallif mijozga hurmatsizlik, deb qarashadi, deya to`g`ri baholagan» (Z., 8.02.11).

Turdosh ot – sarlavhalar, ayniqsa, mavhum ot-sarlavhalar o`zining ixchamligi, ma’no-mazmuni aniqligi, emotsional-ekspressiv bo`yoqdorligi, falsafiyligi, ba’zan umumlashtiruvchi jihatlari bilan e’tiborni tortadi. Shuning uchun ham biz qisman tahlil etgan gazetalarda ular nisbatan ko`p uchraydi. Bunday sarlavhalar xabar, lavha, maqola, korres-pondensiya janrlari uchun mos sanaladi. Ot-sarlavhalarning, asosan, o`rinli ishlatilayotganligini qayd etish bilan birga, ularni qo`llashda ayrim kamchiliklar ham mavjudligini tan olish kerak. Masalan, ko`p qo`llanganligi tufayli o`z emotsional-ekspressiv bo`yoqdorligini qisman yo`qotgan yoki so`zlashuv nutqida faol otlar (masalan, sport, shaxmat kabilar)ning sarlavha sifatida ishlatilishi sarlavhaning ta’sirchanligi, reklamaliliga salbiy ta’sir etadi, gazetxon e’tiborining susayishiga sabab bo`ladi.



2.1.2. Sifat-sarlavha stilistikasi

Gazetalarda, oz bo`lsa-da, sifat so`z turkumiga oid so`zlarni ham sarlavha vazifasida uchratish mumkin. Matnlarda predmetning rangi, hajmi, shakl va ko`rinishi, maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, turli holati, hidi, vazni, o`rin va paytga munosabati kabi sifatlar uchraydi. Sarlavha vazifasida, asosan, xarakter-xususiyat va holatni bildiruvchi sifatlar qo`llanilgan. Bu vazifada ishlatilgan sifatlar grammatik tuzilish jihatidan ham rang-barangdir. Ular orasida tub sifatlar deyarli uchra-maydi, sarlavhalarning aksariyati yasama, qo`shma sifatlar va otlashgan sifatlardan iborat.

Yasama sifatlarning sarlavha sifatida ishlatilishiga ayrim misollar keltirish mumkin. Ular, asosan, maqola janrida qo`llangan bo`lib, mazmunliligi, ixchamligidan tashqari uyushgan holda ishlatilishi bilan diqqatni tez tortadi. Ularnig matn bilan uyg`unligi ham gazeta materialining o`qimishliligini ta’minlagan. Bunday sarlavhalarni «Xalq so`zi» gazetasida ko`plab uchratdik. Misollar: Zamonaviy, ishonchli, qulay (XS., 28.01.11), Istiqbolli, ishonchli va barqaror (XS., 21.01.11), Zamonaviy, sifatli va bejirim (XS., 2.03.11), Qulay, bejirim, zamonaviy (XS., 18.03.11), Zamonaviy, qulay, sifatli(XS., 7.03.11) kabilar. Sifatlarning uyushgan holda sarlavha sifatida berilishi fikrni keng, xususiyatlarni nisbatan aniq ifodalashga, ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan.

Malakali, salohiyatli, intiluvchan (s). Ta’lim (rukn). Sarlavha mazmuni matnga singdirilgan (XS.,26.03.11). Istiqbolli, ishonchli va barqaror (s) Jahon-ning eng nufuzli “Fitch Ratings” hamda “Standart & Poor’s” xalqaro reyting agentliklari “O`zsanoatqurilishbank” faoliyatini yana bir bor ana shunday yuksak baholadi (sarlavhaosti izohi). Moliya muassasalarida (rukn). Sarlavhaosti izohi ancha cho’ziq. Sarlavhaning mazmuni matnga singdirilgan (XS., 21.01.11). Oqila, tadbirkor, faol (s). Tadbir (rukn). Mazmuni matnga singdirilgan. (XS.,6.03.11). Barkamol, shijoatli, mard (s). O`g`lonlar milliy armiyamiz saflariga otlanishmoqda (sarlavhaosti izohi). G`urur (rukn). Mazmuni matnga singdirilgan (XS., 29.01.11).

Sifat sarlavhalarni qo`llashdagi o`ziga xosliklardan biri yasama va tub sifatlarning uyushgan holda sarlavha sifatida qo`llanishida ham ko`rinadi. Misollar: Barkamol, shijoatli, mard (XS., 29.01.11), Oqila, tadbirkor, faol (XS., 6.03.11), Fidoyi, qat’iyatli, mehribon (XS., 14.01.11) kabilar. «Bilasizmi?» rukni ostida «G`aroyib va g`alati» sarlavhali material bosilganki, sarlavha e’tiborni tortmasdan qolmaydi. Inson hamisha g`aroyib hodisalarga qiziqadi, ushbu sarlavha kishilarning xohish-istaklariga mos holda tanlangan. Xabar janri sarlavhasidagi yashirin ma’noni bilish istagi gazetxonni matn bilan tanishishga undaydi: «Nyu-York shahrida har yili orqaga yugurish bo`yicha chempionat o`tkaziladi. Masofa bir milga teng. Ushbu g`ayrioddiy birinchilikda eng yaxshi ko`rsatkich 13 daqiqaga tengdir (XS., 2.03.11).

«2010 yil» rukni ostida «Mazmunli, barakali va omadli» sarlavhali hisobot bosilgan. Sifat yasovchi – li qo`shimchasi bilan yasalgan sifat sarlavhalar miqdori ham biroz ko`pligi ma’lum bo`ldi. Ushbu sarlavha ham yil hisobini bayon etishda matn bilan uyg`unlik hosil qilgan. Misol: «2010 yil – Barkamol avlod yili» ortda qoldi. Shu damda ortimizga nazar solsak, o`tgan yilda erishgan yutuqlarimizni yodga olsak, sarhisob qilsak, ko`nglimiz ravshan tortishi, shubhasiz. Quvonarlisi, bu borada har bir yurtdoshimiz qalbida samimiy o`y-fikrlar, dil so`zlari mujassam» (XS., 1.01.11).

Sifat sarlavhalarning oz qo`llanganligi, ularning ta’sirchanligini ta’minlagan bo`lsa (ayrim ot-sarlavhalar ko`p ishlatilganligi sabab o`z ta’sirchanligini qisman yo`qotgan), ikkinchidan, sifatlovchi-sifatlanmish birikmalarning ham ta’sirchan-likni ta’mnlashdagi ahamiyati kam emas-ligini qayd etish mumkin. “Xalq so`zi» gazetasida sifatlovchi-sifatlanmish birikmalar uyushgan holda sarlavha sifatida oz bo`lsa-da uchraydi. Masalan, «Siyosiy yetuk, ma’naviy pok» sarlavhasi bir qarash-da e’tiborni ortib, o`ziga xos mazmunni ifodalasa ham, qo`shimcha ravishda sarlavhaosti izohi ham berilgan. U esa sarlavhaning ta’sirchanligi va reklama-liligini yanada oshirgan: «yoxud boshqaruv kadrlarini baholash masalasiga yangicha qarash» ( Z., 15.03.11). Sarlavha va sarlavhosti izohining ma’no-mazmuni matn bilan uyg`unlik hosil qilgan. O`zaro uyg`unlik va maqolada bayon etilgan fikrning muhimligi gazetxonni befarq qoldirmaydi. Bunday sarlavha tanlash san’ati (sarlavha va sarlavhosti izohining uyg`un berilishi) «Zarafshon» gazetasiga xosligini tadqiqotchilar ham qayd etishgan.

«Bolalar sporti» rukni ostida «Jismoniy sog`lom, ma’naviy yetuk» sarlav-hali maqola bosilgan. Sarlavhaosti izohi ham e’tiborni tortadi: «Avlodni tarbiyalash yurt taraqqiyoti, jamiyat ravnaqining muhim asosidir» (XS., 2.03.11).

A.Abdusaidovning quyidagi fikrlari sifat turkumiga xos so`zlar-ning sarlavha sifatida qo`llanishini o`rganish uchun ma’lum darajada ahamiyatlidir. Yana bir tomoni dastlabki kuzatishlarimiz asosidagi xulosalarimiz ham ushbu fikrlarni yana bir bor tasdiqlaydi: «Gazeta sarlavhasi vazifasida ishlatish uchun insonparvar kabi sifatlar mos. Chunki bu so`z orqali konkret, mashhur yoki ko`pchilikka shu xislatlari bilan ma’lim kishi haqida fikr yuritilayotganligi ma’lum bo`lib turadi. ”O`zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida V.Shekspir tavalludining 425 yilligi rukni ostida bosilgan maqolaga Insonparvar sifati sarlavha vazifasida ishlatilgan. Rukn va sarlavha ma’nolari bir-birini to`ldirgan. Haqiqatdan ham, V.Shekspir o`z asarlarida inson, insoniylik xislatlarini kuylagan, odamiylikka zid yovuzlik, munofiqlik, soxtakorlikni qoralagan. Adibning e’tiqodi, ijod mahsulining g`oyasi sarlavhada aniq aks etib turgan. Xarakterli tomoni shundaki, bu so`z matnda uchramaydi, uning dubleti qo`llanilgan, xolos. Misol: ”Shekspir ijodida yuz bergan katta o`zgarishlarni aks ettirgan asar “Hamlet” tragediyasi. Hamlet Shekspir dahosi yaratgan yangi tipdagi kishi - adolat kurashchisi, gumanist obrazidir”(O`AS.,28.04.89). Yuqorida qayd etganimizdek, bunday sarlavhalar gazetalarda juda kam uchraydi»32. Sifat so`z turkumiga xos so`zlarning sarlavha sifatida qo`llanishiga doir to`plagan materiallarimizning barchasida ular o`rinli ishlatilgan.



2.2. SO`Z BIRIKMASI VA GAP – SARLAVHALAR

STILISTIKASI

2.2.1. So`z birikmasi haqida. O`zbek tilshunosligida monografiya, darslik va qo`llanmalarda so`z birikmasining o`ziga xos xususiyatlari to`g`risida bir-biriga hamohang, ba’zan bir-birini takrorlovchi fikr-mulohazalar bildirilgan. Ularning ayrimlaridan misollar keltiramiz.

A.G`ulomov va M.Asqarovaning “Hozirgi o`zbek adabiy tili” darsligida, jumladan, shunday ma’lumotlar berilgan: So`z birikmalari, birinchidan, hokim komponent so`zlarning qaysi leksik-grammatik kategoriyasidan bo`lishiga qarab, ikkinchidan, grammatik strukturasiga ko`ra tasnif qilinadi. So`z birikmasi hosil qilish, undagi komponentlarning holati shu sostavdagi elementlarning qaysi so`z turkumiga kirishi va shundan kelib chiqadigan grammatik-semantik xususiyatlar bilan bog`liq. So`z birikmasi o`z sostavidagi hokim komponentning qaysisi so`z turku-miga kirishiga qarab, bir qancha ko`rinishlarga ega bo`ladi. 1. Ot birikma: bunda hokim komponent ot bilan ifodalanadi. 2. Fe’l birikma: bunda hokim element fe’l, tobe element fe’ldan boshqa so`z bo`ladi. 3. Ravish birikma: bunda hokim element ravish so`z turkumida bo`ladi.



2.2.2. So`z birikma-sarlavha stilistikasi

Sarlavha nominativlik funksiyasidan tashqari mavzu haqida axborot beradi, ya’ni material mazmunini o`ziga xos tarzda ma’lum darajada aks ettiradi. Reklamalilik, ko`rgazmalilik va ta’sirchanlik funksiyalari ham sarlavhada mujassamlashgan. To`g`ri, tanlangan til birligi mavzuni ifodalash bilan birga ma’lum ekspressiv-stilistik vazifani ham bajaradi va gazetxonga ta’sir etadi. Gazeta sarlavhasini tanlashda gazetaning funksiyasidan kelib chiqiladi. Gazetaning axborot berish, ta’sirchanlik, tashkilotchilik va tarbiya berish kabi funksiyalari, uning savodxonlikni va nutq madaniyatini oshirish, adabiy normani keng targ`ib qilishdagi roli sarlavha tanlashda mezon sifatida e’tiborga olinadi. Ana shunday til birliklaridan biri so`z birikmalaridir.

So`z birikmasi so`zga nisbatan ham shaklan - miqdoran, ham mazmunan-sifat jihatdan boyligi, kengligi, mukammalligi va aniqligi bilan ustun turadi. So`z birikmasining yaratilishida so`zlar xizmat qiladi, gaplarning yaratilishida esa so`z birikmalari xizmat qiladi.

So`z birikmasining o`ziga xosligi yana shundaki, u sintaktik birlik sifatida so`zdan farq qilsa, boshqa sintaktik birlik bo`lgan gap bilan umumiylikka ega bo`ladi. So`z birikmasini tashkil qilgan a’zolar, qayd etilganidek, tobe-hokim munosabatida bo`lib, hokim so`z qaysi so`z turkumiga tegishli bo`lsa, u shu turkum nomi bilan ataladi.

So`z birikmasn tuzilishiga ko`ra sodda - ikki mustaqil so`zdan va murakkab - uch va undan ortiq mustaqil so`zdan tarkib topadi. Demak, so`z birikmalarini sodda va murakkab birikmalarga bo`lishda nutq birligi tarkibidagi mustaqil so`zlarning miqdori asos bo`lib xizmat qiladi33.

Sifatlovchi-sifatlanmish va boshqa xil so`z birikmalari ixcham, mazmunli va ta’sirchan sarlavha vazifasini bajargan. Misollar: Dor ostida aytilgan baytlar Yohud Boborahim Mashrab hayot yo`liga nazar(D., 12.01.12). Sarlavha mazmuni matnga singdirilgan. Ko`z ilg`amas “boyliklar” (D., 26.01.12). Sarlavha mazmuni matnga singdirilgan. Ko`k-lam faslidagi xazonrezgi Yohud yana bir bor qiz bolani erta turmushga berishning ayanchli oqibatlari xususida (D., 09.01.12). Sarlavha mazmuni matnga singdirilgan. Registon maydonida tug`ilgan orzu (D., 09.01.12). Sarlavha mazmuni matnga singdirilgan. “Shirin “dardning achchiq azobi Qandli diabet (D., 23.01.12). Sarlavha mazmuni matnga singdirilgan. Unutilmas taassurotlar (s) Yozgi ta’til davomida bolalar xotirasida saqlanib qoladi (sarlavhaosti izohi). Ta’til-2010 (rukn) (XS., 12.06.12). Matn mazmuniga singdirilgan. Qayd etish kerakki, ayrim sarlavhalarning o’zi ham e’tiborni tortadigan holatda bo’lsa ham, ular bilan birga sarlavhaosti izohi va rukn berilgan. Aslida izohni matnga singdirish mumkin.

O’rinli ishlatilgan sarlavhalarni gazetalarda ko’p uchratish mumkin: Ayyomga atalgan tuhfa Navro`z-2010 (rukn) (XS., 13.03.10). Matn mazmuniga singdirilgan. G`o`za parvarishida oltin qoida Unga rioya qilinsa, dehqonchilikda baraka bo`ladi(sarlavhaosti izohi). Zarbdor 90 kunlik yumushlari (rukn) (Z., 3.06.10). Matn mazmuniga singdirilgan. Ayolni e’zozlagan yurt kelajagi porloqdir (sarlavhaosti izohi). Zero ayolni e’zozlagan yurtning kelajagi porloq bo`ladi (Z., 13.08.10). Qadah ko`targan kelinchak Sog`lom farzand ko`rishi mumkinmi? (sarlavhaosti izohi) (S., 5.06.10.). Matn mazmuniga singdirilgan. Ushbu sarlavhalarda ifodalangan fikrning davomi uyg’un holda sarlavhaosti izohida davom ettirilgan. Bunday ifodalarni “Zarafshon” va qisman “Samarqand” gazetalarida uchratish mumkin. Axborotni tez va ixcham tarzda ifodalash, material mazmunini tushunib olishda ular ma’lum darajada foydali bo’lgan.

So`z birikmasidagi nominativlik, emosionallik, ekspressivlik va stilistik ottenkani ifodalash kabi xususiyatlar publisistik uslub, xususan, gazeta tili uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mazmunni nisbatan konkret ifodalash, ixchamlikni, ekspressivlikni ta’minlashda so`z birikmasi so`zga ko`ra katta imkoniyatlarga ega. A.Abdusaidovning qayd etishicha, gazetalarda sarlavha sifatida so`z birik-malaridan ko`plab foydalanilgan. Kuzatishlardan ma’lum bo`lishicha, gazetalardagi so`z birikma-sarlavhalar orasida qaratqich birikma sarlavhalar alohida o`rin tutadi. Bu xil sarlavhalar gazeta tabiatiga mosligi bilan ajralib turadi. Ular orqali ifodalangan mazmun konnotativ ma’no, ya’ni qo`shimcha ekspressiv ma’no muhim stilistik vosita hisoblanadi. Qaratqich birikma tarkibidagi qaratqich kelishigi qo`shimchasini tushirish orqali ma’noning umumiy tarzda va ixcham ifodalanishiga erishish, kelishik qo`shimchasini saqlagan holda konkretlikni ta’minlash mumkin. Eng muhimi, har ikkala holatda ham ma’noni aniq, ixcham, ravon, mazmunli ifodalasa bo`ladi.

Qaratqich birikmada ma’lum uslubiy ma’noni ifodalash birikmaning kontakt yoki distant holati bilan bevosita bog`liq. Bu holat gazeta tilida ixchamlik va emosional-ekspressivlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

1. Qaratqich bilan qaralmish orasida so`z bo`lmagan (kontakt) birikmalarning sarlavha sifatida ishlatilishi ham sarlavha va matn uyg`unligini tahlil qilishda muhim o`rin tutadi. Ma’lumki, qaratqich bilan qaralmish kontakt joylashsa (qaralmish so`z sifatlovchisiga ega bo`lmasa) qaratqich kelishigini belgili qo`llash mumkin. Bunday holat so`z semantikasi va uslub talabi bilan yuz beradi. Gazetalarda qaratqich kelishigi qo`shimchasi ishlatilgan, ya’ni belgili qaratqich birikma sarlavhalar uchraydi: Fermerning qo`riqxonasi (XS., 11.02.11), Chegarachi-larning xatosi (S., 25.03.11), Allaning qudrati (S., 11.03.11), Namanganning olmasi (XS., 8.04.11), Oqqushlarning uvoli (S., 11.04.10), Allaning qudrati (S.,11.03.11), Chegarabuzarning xatosi (S., 25.03.11). Ko`rinadiki, qaratqich kontakt birikmalarning belgili ishlatilishi sarlavhada ifodalangan ma’noni ta’kidlash uchun ham, ixchamlik uchun ham gazetabop hisoblanadi.

Sarlavhalar orasida qaratqich kelishigi tushirilgan, ya’ni belgisiz qaratqich birikma - sarlavhalar ham mavjud. Misollar: Qorbobo kubogi (S., 7.01.11), Vatan taraqqiyoti, el farovonligi (XS., 29.03.11), Banklar sarmoyasi (XS., 17.03.11), Samolyot halokati (XS., 12.04.11), Yoshlar tuhfasi (XS., 7.04.11), Deputat mas’uliyati (S., 25.02.11) kabilar. Bunday sarlavhalar gazetabop bo`lib, ixchamlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Qaratqich bilan qaralmish orasida so`z bo`lgan (distant) birikmalar-ning sarlavha sifatida ishlatilishi ham e’tiborni tortadi. Qaratqich bilan qaralmish distant holatida bo`lsa (qaralmish sifatlovchiga ega bo`lsa) qaratqich kelishigi, odatda, belgili ishlatiladi. Gazetalarda distant holatdagi qaratqich birikmalardan ham sarlavha sifatida foydalanilgan. Misollar: Zulfiyaning umidli qizi (S., 11.03.11). “Shirin “dardning achchiq azobi Qandli diabet(XS.,23.01.12). Sarlavha mazmuni matnga singdi-rilgan. Hamkorlikning yangi istiqbollari(XS., 5.04.11). Qishloqlarning yangi qiyofasi(XS., 5.04.11). Kattaqo`rg`on mahallasining kichik muammo-lari Samarqand tanqid qiladi (rukn) (S., 2.07.10).

Distant holatidagi qaratqich birikmalardan iborat sarlavhalar gazeta materialining mavzusini va mazmunini o`zida bir muncha to`laroq jamlab ko`rsatishi, aniq ifodalashi, ta’kidli shaklga egaligi, silliqligi, ravonligi bilan boshqa xil sarlavhalardan ajralib turadi. To`plagan materiallarimiz orasida bu xil sarlavhalar kontakt qaratqich birikma - sarlavhalarga nisbatan juda oz ishlatilgan. Bunday keng mazmunli sarlavhalar maqola, sharh janrlarida ishlatilgan.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish