Rasmiy taqrizchi
O`zbekiston Milliy universiteti
o`zbek tilshunosligi kafedrasi
professori, filologiya fanlari doktori,
professor Baxtiyor MENGLIYEV
30 may 2013 yil
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti
o`zbek filologiyasi fakulteti o`zbek tilshunosligi kafedrasining 5A220102 – Lingvistika (O`zbek tili) mutaxassisligi magistranti Bekqulova Shohista Rustamovnaning «Sarlavha stilistikasi (gazeta va badiiy asar(hikoya)lar materiallari asosida)» mavzuidagi magistr akademik darajasini
olish uchun yozilgan dissertasiyasiga
TAQRIZ
O`zbekiston mustaqilligi yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tubdan isloh qilishga katta e’tibor berildi. Yurtimizda, avvalo, ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, demokratik talablarga to’la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va ularning taraqqiyotini har tomonlama kafolatlovchi 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. Bugungi kunda jurnalistlarning erkin ijod qilishlari uchun hamma sharoitlar yaratildi. Natijada ommaviy axborot vositalari, xususan, gazeta materiallarining sifati, jurnalistlarning mahorati sezilarli oshdi. Gazeta tili, gazeta sarlavhalarining xususiyatlarini o’rganish ularning yanada o’qimishli va ta’sirchan bo’lishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Umuman, sarlavha materialga diqqatni tortish, mavzuni yoritish, reklamalilikni ta’minlashda muhim vosita sanaladi. Nafaqat gazetada, balki badiiy asarlarda ham sarlavhaga katta vazifalar yuklanadi. Sarlavhaning xusu-siyatlarini tahlil qilish ijodkorlar, jurnalist va yozuvchilar mahoratini o`rganishga ham yo`l ochadi. Shu nuqtai nazardan mazkur magistrlik dissertasiyasi mavzusining tanlanishi dolzarb hisoblanadi.
Mazkur magistrlik dissertasiyasida Bekqulova Shohista Rustamovna “Xalq so`zi”, “Zarafshon”, “Samarqand”, “Darakchi” gazetalari va o`zbek hikoyana-vislari, xususan, Abdulla Qahhor, G’afur G’ulom, Shukur Xolmirzayev hikoyalari materiallaridan foydalanib, sarlavhaning stilistik xusu-siyatlarini yosh tadqiqotchi nuqtai nazaridan maxsus o`rganilgan. Magis-trant “Ishning umumiy tavsifi”da dissertasiyaning maqsadi va vazifa-larini aniq belgilab olganligi sababli ko`plab faktlar tahliliga asoslangan tadqiqotni tayyorlagan.
Dissertasiya uch bobdan iborat bo`lib, birinchi bobda nazariy manbalar yaxshi tahlil etilib, mavjud tadqiqotlarga asoslanib, gazeta tili va badiiy asar, xususan, hikoyaning o`ziga xos nazariy asoslari, sarlavhaning funksiyalari ilmiy jihatdan yoritilgan. “Gazeta sarlavhasi stilistikasi” (2-bob) va “Hikoya janri sarlavhasi stilistikasi”(3-bob) nomli boblarda so’z, so’z birikmasi, gap, frazeo-logizm va maqollarning sarlavha sifatidagi imkoniyatlari, matn bilan bog’liq stilistik xususiyatlari ko`plab misollar asosida puxta va ilmiy asosli tahlil etilgan. Misollar juda o`rinli tanlangan va ularning tahlili e’tiborni tortadi, sarlavhaning o`ziga xos shakllarda imkoniyatlari durust yoritib berilgan.
Magistrlik dissertasiyasida sarlavhaning gazeta tilidagi imkoniyat-lari keng tahlil etilganligini alohida ta’kidlash mumkin. Har bir til birligining o`ziga xos jihatlari atroflicha ko`rsatilganligi va ularning sarlavhabopligini isbotlashga doir magistrantning fikrlari tadqiqotchi-ning chuqur bilim va qobiliyatidan dalolat beradi. Badiiy asar, xususan, hikoya janrida qo`llangan sarlavhalarning o`rganilishi ham qiyoslash imkonini bergan. Bugungi kunda gazetalarda, ayniqsa, “Zarafshon” gazetasida sarlavha qo`llashda alohida tajriba to`planganligi misollar asosida ko`rsatilgan.
Dissertasiya boy faktlar asosida, ravon va ilmiy yozilgan, qo`yilgan vazifalar ishonarli tahlil etilgan. Fikrimizcha, dissertasiyaning yutuq-larini yana sanash mumkin. Kelgusida foydali bo`lar degan niyatda, tadqiqotchiga taklif-larimiz bor: 1. Sarlavhaning xususiyatlarini jurnalist mahorati nuqtai nazaridan baholash lozim. Buning uchun ma’lum bir gazetaning bir necha yillik sonlari materiallari asosida to`liq tadqiqot olib borishga to`g’ri keladi. 2. Badiiy asarning boshqa janrlari(qissa, roman kabilar) sarlavhalari ham tadqiqot uchun qiziqarli ma’lumot va xulosalar berishi mumkin.
Umuman, 5A220102 – Lingvistika (O`zbek tili) mutaxassisligi magistranti Bekqulova Shohista Rustamovnaning «Sarlavha stilistikasi (gazeta va badiiy asar(hikoya)lar materiallari asosida)» mavzuidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan tadqiqoti magistrlik dissetasiyasiga qo`yiladigan talablarga javob beradi va uni YaDAK himoyasi natijalariga ko`ra yuqori baholash mumkin, deb hisblayman.
Rasmiy taqrizchi
«Zarafshon» viloyat gazetasi
bosh muharriri o’rinbosari Abduvali OCHILOV
31 may 2013 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |