Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


HIKOYA JANRI SARLAVHASI STILISTIKASI



Download 0,98 Mb.
bet6/11
Sana03.02.2017
Hajmi0,98 Mb.
#1712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

3. HIKOYA JANRI SARLAVHASI STILISTIKASI

“O`zbek tilining izohli lug`ati” da hikoya so`zi quyidagicha izohlangan: Hikoya – (a.- gapirib, so`zlab berish; qissa; tarix). Kimsa, narsa va u bilan bog`liq voqyea-hodisalarning og`zaki tafsiliy bayoni. Mulla Fazliddin yosh Boburga Navoiy haqida juda ko`p ajoyib hikoyalar aytib bergan edi. P.Qodirov, Yulduzli tunlar. G`oyib endi. “studentlikning oltin davri” haqida zavq-shavq bilan hikoya boshladi. J.Abdullaxonov, Oriyat. Cholboshlar umrining hikoyasini, bir-bir so`ylab chiqar bor-barchasini. H.Olimjon.

Hikoya qilmoq - Bayon qilmoq, so`zlab bermoq.

2. Epik turga mansub kichik hajmli janr; shu janrda yozilgan asar (syujet va kompozisiyaning nisbatan soddaligi, bayonning bir shaxs tomonidan olib borilishi bilan roman va povestdan farqlanadi; asosan, nasriy ifodaga ega bo`ladi ). Hikoya yozmoq. A.Qahhorning hikoyalari. Hikoyalar to`plami”61.

Hikoya - badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoya qadim an’analarga ega. O`tmishda hikoya folklor asarlari tarkibida bayon unsuri bo`lib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida hikoyachilikning rivojlanishida italyan yozuvchisi Bokachcho ”Dekameron” asari bilan katta hissa qo`shgan. Asarda 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (fransuz), O`. Genri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Cho`lpon (o`zbek) hikoyachilik janrining asoschisi hisoblanadi. Yevropa adabiyotida hikoya novella ham deb atalgan.

O`zbek adabiyotida hikoya juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar Kultegin va Tunyuquq bitikdoshlarida bayon qilingan voqyealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. N.Rabg`uziyning ”Qissasi Rabg`uziy” asarida ham axloqiy xarakterdagi hikoyaning yaxshi namunalari bor. A.Navoiy ”Hayrat ul- abror” dostonining 5-maqolotidagi ”Hotomi Toy hikoyati”, 20-maqolotidagi ”Ul guli hikoyati”, ”Sab’ai sayyor” dostonidagi yetti musofir hikoyalari ham bu janrning ilk namunalaridir. XIV-asrda yaratilgan Poshsho-xo`janing ”Gulzor” va ”Miftoh ul-adl” asarlari o`zbek hikoyachiligining rivojlanishiga asos bo`lgan.

O`zbek adabiyotida realistik hikoya janri XX-asrning boshlarida shakllandi. 30-yillarda A.Qahhor hikoya ustasi sifatida tanildi. 50-60-yillarda S.Ahmad, 60-70-yillarda O`.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo`shdilar.

Hikoya atamasi kengroq ma’noda biror voqyeani gapirib berishni ham anglatadi. So`zlab berilgan bunday voqyelik o`z qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos bo`lishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr ma’nosida tushunilmaydi. Masalan, O`.Hoshimovning ”Ikki eshik orasi” romani 9 nafar personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan, Sh.Xolmirzayev ”Olabo`ji” asarini ”romandan katta hikoya” deb ataydi. Hozirgi o`zbek hikoyachiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.A’zamov, N.Eshonqulov, Sh.Bo`tayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi.

Hikoya inson hayotida yuz bergan ixcham voqyeani lo`nda ifodalashga mo`ljallangan. Unda shu voqyeaga qadar personaj hayotida nima bo`lgan, qanday ro`y bergan, kim bilan bular to`g`risida ma’lumot berish shart emas. Juda zarur bo`lsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Mas., A.Qahhorning ”O`g`ri” hikoyasida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim demaydi. Egamberdi paxtafurushdan kichkina shart evaziga ikkita ho`kiz olgan Qobil boboning ertasi to`g`risida ”Bu shart kuzda ma’lum bo`ladi” deb xabar beradi, xolos. G`.G`ulom esa ”Mening o`g`rigina bolam” hikoyasidagi o`g`rining kechagi kunini lo`nda detallar orqali to`ldiradi. Uydan biror narsa olmay chiqib ketib yigitning ertangi kuni haqida hyech qanaqa ma’lumot bermaydi.

Ixcham hikoyaning muhim belgisi, lekin unda personaj hoyotidan birgina lavha, uzoq davr voqyealar personajlarning butun umr yo`li, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat bo`lib qolishi mumkin. Biroq har qanday ko`rinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi.

Hikoya mazmuniga ko`ra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy fantastik, satirik, yumoristik yo`nalishda bo`lishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqyeiy hikoyalar (N.Fozilovning ”Ustozlar davrasida”) ham bo`ladi. O`zbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bog`liq bir necha yozuvchi tomonidan yozilgan ”hashar hikoyalar” ham uchraydi62.

Shukur Xolmirzayevning hayot yo`li, ijodiy faoliyati, badiiy asarlari, jumladan, hikoyalari haqida atoqli o`zbek adabiyotshunoslari risola, ko`plab maqolalar yozishgan. Chunonchi, akademiklar Matyoqub Qo`shjonov, Baxtiyor Nazarov, filologiya fanlari doktorlari Laziz Qayumov, Umarali Normatov, Sobir Mirvaliyev, No`’mon Rahimjanov, Ibrohim G`afurov, Qozoqboy Yo`ldoshev, Hamidulla Boltabayev va boshqalarni ko`rsatib o`tish mumkin.

Shukur Xolmirzayev asarlarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari, go`yo rassomdek hayotni so`z bilan real tasvirlashi, voqealarning hayotiyligi, fikrlarining inson qalbiga juda yaqinligi bilan e’tiboni tortadi. Yozuvchi asar-larining birgina sarlavhasi rang-barangligi, falsafiyligi, ixchamligi, e’tiborni tez torishi bilan diqqatga sazovordir. «So`nggi bekat», «Qil ko`prik», «Yo`lovchi», «Olabo`ji», «Dinazavr» romanlari, «Yur, tog`larga ketamiz», «Tuproq ko`chalar», «Yo`llar, yo`ldoshlar», «Ot yili» qissalari, «Qora kamar», «Ziyofat» kabi dramatik asarlari, Shukur Burhonov, Shuhrat, Odil Yoqubov, Ro`zi Choriyev, Erkin A’zam, O`lmas Umarbekov, Botir Zokirov, Abdulla Oripovlar haqidagi o`nlab esselari, adabiy maqolalari, «Hayot abadiy», «Og`ir tosh ko`chsa», «Ozodlik», «O`zbekxarakteri», «Tanholik» kabi turkum go`zal hikoyalari... Ha, hozirgi kunda Shukur Xolmirzayev haqida «O`zbek adabiyotida Abdulla Qahhordan keyin hikoya janri imkoniyatlarini bir pog`ona ko`tarib qo`ydi» deyilgan iqror yirik adabiyoshunos olimlarimiz tomonidan aytilgan63. Asarlarning nomlari, sarlavhalarni tanlash sohsida adib mahoratini uning hikoyalari misolida ham ko`rish mumkin. Kuzatishlarimiz shuni ko`rsatadiki, Abdulla Qahhor, G`afur G`ulom, Shukur Xolmirzayev hikoyalarida nihoyatda ixcham, yurakka yaqin ma’noli so`zlar sarlavha sifatida tanlagan.

3.1. So`z - sarlavha stilistikasi

Hozirga paytda badiiy va publisistik matnda til birliklarining xoslanishini o`rganish, har bir uslubga xos xususiyatlarni chuqurroq tadqiq etish, uslublararo aloqani yoritish tadqiqotchilar e’tiborini tortmoqda. Til birliklarining sarlavha sifatida qo`llanishi o`ziga xos jihatlarga ega. Ular mavzuga e’tiborni tortishda o`ziga xos reklama vazifasini bajarib, o`quvchini jalb etish bilan birga nihoyatda kuchli ta’sirchan vosita rolini ham bajaradi. Hikoyaning hayotiyligi tarbiyaviy ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Shuning uchun hikoya sarlavhasiga alohida talablar qo`yiladi. Masalan, sarlavha hikoya matniga mos tanlangan bo`lish bilan birga, u tarbiyaviy ahamiyatga ham ega bo`lishi kerak. Masalan, Gulchehra Jamilovaning “Moviy barqut siri” nomli kitobida Rayxon(223-bet), Bibixol (176-193-bet), Isirg`a (5-11-bet) kabi hikoyalar sarlavhalari64 nihoyatda oddiyligi bilan o`quvchiga hikoyalardan kutilayotgan estetik zavqni, tarbiyani bera olmaydi.

Hikoya inson hayotidagi u yoki bu yorqin hodisani, ijtimoiy yoxud psihologik konfliktni xarakter bilan uzviy bog`li holda rivoyaviy usulda tasvirlovchi epik asar. Hikoya yoki novella epik turning kichik janri. Hikoya muayyan vaziyatdagi kishi hayotining bir parchasi. Detal hikoyada hayotni tipiklashtirishning asosiy vositalaridan biri bo`ladi. Hatto butun boshli hikoya bir detal zaminiga qurilishi ham mumkin (Masalan, A.Qahhorning “Anor” hikoyasi)65. Hikoya inson hayotidagi uncha katta bo`lmagan bir voqyea tasviridir. U hamma xalqlarning adabiyotdagi eng rivoj topgan janrdir. XX asr o`zbek adabiyotida A.Qodiriy, G`.G`ulom, A.Qahhor, Sh.Xolmirzayev va boshqa yozuvchilar hikoyaning eng yaxshi namunalarini yaratdilar. A.Qahhorning “O`g`ri”, “Bemor”, “Tomoshabin” kabi hikoyalari hayotning katta muammolari haqidagi o`ylarning, umumlashmalarning qaymog`idir66. Shu o`rinda qayd etish mumkinki, hikoyalariga “tesha tegmagan” sarlavhalar topishda A.Qahhor va G`.G`ulomlarga yetadigani yo`q. Ushbu ijodkorlarning hikoyalari sarlavhalari stilistik jihatdan ko`p funksiyali, binobarin, struktur-grammatik, semantik-stilistik xususiyatlari va matn bilan uyg`unligi tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Masalan, A.Qahhorning “Ayb kimda” sarlavhali hikoyasida sarlavha aynan matnda takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan. Hikoyada bola tarbiyasi bilan bog`liq muammolar mahorat bilan yoritib berilgan67.

Abdulla Qahhor hikoyalarida birgina so`zning sarlavha sifatida kuchli ma’no-mazmunni ifodalashini ko`rish mumkin. Misollar: Maston (Qahhor A. Povest va hikoyalar. - T.: “Yosh gvardiya”, 1965, 22-b.)68. Matnda sarlavha takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan. Qizlar (AQ.PH., 35). Hikoyada sarlavha takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan. Anor U tugunni uyning o`rtasiga tashladi.Bir choyshab anor har tomonga yumalab ketdi, bir nechasi obrezga tushdi( Qahhor A. Tanlangan asarlar. - T.: “G`afur G`ulom” nashriyoti, 2007, 38)69. Matnda ishlatilgan anor so’zi sarlavha mazmunini yanada boyitishga, unga adohidalik bag’ishlashga xizmat qiladi.



Mahalla Gazeta ertagi sonida “Yangi mahalla” haqida noto`g`ri ma’lumot bergan muhbiriga jazo berganini aytdi va muxbirni aldagan mahalla aktivlarining kotibiga dashnom berdi va shu bilan birga gazetaning xatosini ko`rsatgan Hikmat buva Normatovga tashakkur bildirdi (AQ.TA,122). Ushbu sarlavha bir qarashda e’tiborni o’ziga tortmaydi. Lekin bu maskan kishilarning hayot o’chog’i bo’lganligi sabab o’quvchini bee’tibor qoldirmaydi.

Quyidagi sarlavhalar emosional-ekspressiv bo’yoqdor so’zlardan tashkil topganligi uchun ham diqqatni tortadi: Dahshat Go`riston to`g`risida dodho nimalar eshitgan bo`lsa, Unsin ham shuni eshitgan, shamol kechasi go`riston dodho xayolida qandoq dahshatli bo`lsa, uning xayolida ham shunday dahshatli, lekin shundoq bo`lsa-da, tiriklar go`ristoni bo`lgan bu dargohning dahshati oldida o`liklar go`ristonining dahshati unga dahshat ko`rinmas edi(AQ.TA, 24). Bemor Bemor kundan-kun battar, oxiri o`sal bo`ldi. “Ko`ngilga armon bo`lmasin ”deb “chilyosin” ham qildirishga to`g`ri keldi(AQ.TA, 43). O`g`ri Odamlar,o`g`ri devorni qachon va qanday asbob bilan teshgani, ho`kizni qaysi tomonga olib ketgani, uni qaysi bozorda sotishi mumkin yekanligi to`g`risida bahslasha-bahslasha tarqaldi(AQ.TA, 45). Bashorat Hikoyada sarlavha takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan (AQ.TA, 49). San’atkor San’atkor, izvoshchini hayron qoldirib, o`zidan o`zi g`o`ldirab borardi (AQ.TA, 55). Ixcham sarlavhalarga A.Qahhor ijodidan ko`plab misollar keltirish mumkin: Jonfig`on (AQ.TA, 60), O`jar (AQ.TA, 65), Yillar, Xotinlar(AQ.TA, 78), Karavot (AQ.TA, 95).

G`afur G`ulom hikoyalarida ishlatilgan so`z - sarlavhalar ham e’tiborni tortadi. Misollar: Qizaloq -Aylanay Zulayho, nabira qutlug` bo`lsin. O`g`ilmi, holva?- deganiga, Zulayho xolaning parti-piyoda: - Qoqindiq, qizaloq,-deganini eshitdim (G`afur G`ulom. Mukammal asarlar to`plami. 4-tom. - T.: Fan, 1986, 12)70. Hadim Hikoyada hadim so`zi besh marta takrorlangan. Misol: Holvoyitar yegan chollarning ba’zilari un sotgan xudojo`y musulmonni, ba’zilari hadim qilgan Shoyusufni duoyi bad qilib qaytdilar. Shunday qilib Shoyusufning hadimi duoyi badga aylandi (MAT, 26). Ushbu so’z kamqo’llanishi bilan e’tiborni tortadi.

Tanlangan quyidagi ixcham, qisqa, mazmunli, tushunarli so’zlar hikoyabop sarlavhalar hisoblanadi: Bo`ydoq (MAT, 109), Inoqlik (MAT, 33), Jo`rabo`za (MAT, 56), Yigit (MAT, 17), Luqmon (MAT, 85), Obro` (MAT, 140), Soyalar (MAT, 72), Soat (MAT, 36), Sabab (MAT, 61). Safar Hikoyada safar so`zi ko`p bora qo`llangan, shuningdek, sayohat so`zi ham qo`llangan.

Yozuvchi Shukur Xolmirzayev hikoyalari sarlavhalarini nazardan o`tkazaylik71. Ular orasida so`z - sarlavhalar alohida o`rinni egallaydi. Misollar: Ko`ngil. Matn: - Narzi… / Yur, -dedim./ U bosh qimirlatdi./Bugun otganimning hammasi seniki,-dedim./ Nazrulla boshini sekin ko`tardi., Nima keragi bor! Zor emasman! /Gap… Gap ko`ngilda, tushundingmi? - dedi u va kurakni qorga zarb bilan sanchib uyiga kirib ketdi(TA1,14-17-b.). Sarlavha inson qalbiga yaqin so`zdan tanlangan. Uning hikoya mavzusi va mazmuniga nihoyatda mosligini va matnga singib ketganligini ko`rish mumkin.

O`zbek tilining izohli lug`ati”da ko`ngil so`ziga quyidagicha ta’-rif berilgan: “KO`NGIL (asosan 3-sh. birl. — ko`ngli) 1 Kishining his-tuyg`u va kechinmalari manbai; yurak, qalb, dil. 2 Fe’l-atvor, xarakter, xulq.



Ko`ngil so`zi bilan bog`liq iboralarning ko`pligi ham e’tiborni tortadi. Masalan, ko`ngil bermoq, ko`ngil yozmoq (yoki ochmoq), ko`ngil yormoq, ko`ngil ovlamoq, ko`ngil so`ramoq, ko`ngil uzmoq, ko`ngil uchun, ko`ngil xushi, ko`ngil qo`ymoq (yoki bermoq), ko`ngilga tugmoq, ko`ngli aynimoq, ko`ngli bor, ko`ngli buzilmoq, ko`ngli buzuq, ko`ngli bo`lmaslik, ko`ngli bo`shamoq, ko`ngli joyiga (yoki o`rniga) tushmoq, ko`ngli yo`q, ko`ngli keng, ko`ngli ko`tarilmoq (yoki o`smoq), ko`ngli ko`tarmaydi, ko`ngli ochiq yoki ochiq ko`ngil, ko`ngli oq yoki oq ko`ngil, ko`ngli og`rimoq, ko`ngli sovimoq (yoki qolmoq, qaytmoq), ko`ngli sof (yoki toza), sof (yoki toza) ko`ngil ayn. ko`ngli oq, ko`ngli tinchidi q. tinchimoq, ko`ngli tor, ko`ngli tosh yoki tosh ko`ngil, ko`ngli to`lmoq, ko`ngli to`q, ko`ngli xira, ko`ngli chopmoq , ko`ngli cho`kmoq, ko`ngli yumshamoq, ko`ngli yumshoq yoki yumshoq ko`ngil, ko`ngli yarim (ta), ko`ngli o`ksimoq, ko`ngli qattiq yoki qattiq ko`ngil, ko`ngli qora, ko`ngli g`ash, ko`ngliga kelmoq, ko`ngliga og`ir olmoq, ko`ngliga tegmoq (yoki urmoq) ayn. chakkaga tegmoq, ko`ngliga qaramoq, ko`ngliga qil (ham) sig`maydi, yuragiga qil (ham) sig`maydi, ko`ngliga qo`l solib ko`rmoq, ko`nglida kiri yo`q, ko`nglidan kechirmoq (yoki o`tkazmoq),. ko`nglidan chiqarmoq, ko`nglini buzmoq, ko`nglini ko`tarmoq (yoki o`stirmoq), ko`nglini olmoq, ko`nglini og`ritmoq, ko`nglini topmoq, ko`nglini eritmoq, o`rgangan ko`ngil o`rtansa qo`ymas72.

Yozuvchining ko`ngil so`zini sarlavha sifatida tanlashi ham bejiz emas, uning inson ruhiyatini ifodalashi jihatidan boshqa sinonimlariga nisbatan emosional-ekspressiv ma’nosi kuchli.



Sog`inch. Matn: - Azamjon! Sizni…sog`indim! Eshityapsizmi?/ - Himm…Men ham, - dedi Azim ichida kulimsirab./ Shu his ta’siridami, unga xat yozish kerakligini, uni sog`inishi kerakligini o`yladi (TA1, 47-51-b.).

Ko`kboy. Matn: - Oti nima?/ - O`zimiz qo`yamizda otini. Ana, Ko`kboy bo`la qolsin. Qoraboy, Oqboy deydilar-ku. Bu –ko`k (TA1, 51-56-b.).

Yosuman. Matn: - Ketdik, -dedi. Afruza jilmaydi./ - Gaplashdim, - dedi Qo`ziboy u yoq-bu yoqqa alanglab qarab.-Gaplashdim… Lekin… menimcha, Afruza Xudoyorni kimdir buzubdi. Ha-da. Meni unga yomonlagan birov, seniyam…/ Ha, yomon odamlar, yosumanlar bor hayotda! (TA1, 87-93-b.). Sarlavhadagi so’zga matnda urg’u berilganligi kitobxonni befarq qoldirmaydi.

Quyidagi oddiy, sodda, mazmunli, falsafiy mushohada uchun chorlovchi so’zlar sarlavha sifatida hikoyabopligi bilan kitobxon e’tiborini tortadi: Bahor. Matn: Derazasi ko`chaga qaragan Bibigul yoz, bahor oqshomlari shu deraza yonida kitob o`qib o`tirardi (TA1, 121-124-b.). Sayr. Matn: Har yili shu ahvol takrorlanadi: Jo`ra bola-chaqasi bilan qishloqqa kelgan vaqtda tog`ning hushhavo joylariga o`rtoqlari bilan sayrga chiqadi (TA1, 188-193-b.). Qariya. Matn: Mirg`ozi Qo`ziboy cholni uyiga eltib qo`ydi. Qo`shnilariga choldan xabar olib turishini tayinlab qaytdi (TA1, 283-292-b.). Odam. Matn: - Odamzot hayoti oxirida… so`nish oldidagi shamga o`xshar emish. Odam o`lim ostonasida birdan kuch yig`adi ekan. Sham ham so`nish oldida birdan alanga olib yonadi-ku? Keyin so`nadi…(TA1, 293-298-b.). Podachi. Matn: Ho`kiz esa, qassob qo`lida pichoqni ko`rib itoatkorlik bilan bo`ynini cho`zgan qo`ydek, boshini tuproqqa qo`yib, olaygan ko`zlarini podachiga tikdi (TA1, 299-304-b.). Quyidagi sarlavhalarning mazmuni matnga singdirilgan: Qaytish (TA1, 304-316-b,). Jo`raboshi (TA1, 176-183-b.), Farzand (TA1, 260-269-b.). Yuqoridagilardan ko`rinadiki, so`zlar sarlavha sifatida hikoya janri talablariga to`la mos bo`la oladi. Bir qarashda ko’plab so’zlar oddiy ifodaga o’xshaydi, lekin ular hikoya matnidagi uyg’unligi bilan mazmunni ochishda, voqyealarni idrok etishda, falsafiy fikrlashda kitobxonga yordam beradi.



3.2. So`z birikmasi va gap – sarlavhalar stilistikasi

Hikoya sarlavhalarining tarbiyaviy ahamiyati kuchli, ular kitobxon-ning his-tuyg`usiga bevosita ta’sir ko`rsatishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, so`z birikmasi va gap – sarlavhalarning imkoniyatlari bu sohada ancha katta. Ayrim hikoya sarlavhalari kitobxon kayfiyatini ko`tarishga xizmat qiladi. Masalan, A.Qahhorning “Kampirlar sim qoqdi”, “Mayiz yemagan xotin” sarlavhali hikoyasi komediya asosiga qurilgan bo`lsa-da, kulgu tagida insonlar bilan sodir bo`ladigan salbiy holatlar ochib berilgan. Sarlavha matnda takrorlangan va hikoya ichida bir ibora vazifasini bajargan73. “Kampirlar sim qoqdi” sarlavhali hikoyasi o`sha davr muhitini ochib bergan. Sarlavha kitobxonni o`ylashga va hikoyani o`qishga undaydi. Hikoyani o`qib, gap nima haqdaligini tushunish mumkin74. “Adabiyot muallimi” sarlavhali hikoyasida esa tanqidiy ruh birinchi o`ringa chiqadi. Ushbu hikoyada nim kulgu, kinoya kuchli, ammo tarbiyaviy ahamiyati beqiyos75. “Ko`r ko`zning ochilishi” sarlavhali hikoyasida ushbu sarlavha matnda takrorlanmagan, ammo mazmunan matnga mos. Ushbu hikoyani o`qish barobarida mantiqiy fikrlash orqali sarlavhadan butunlay boshqa ma’no anglaymiz. Ushbu hikoya o`sha davr fuqarolar urushi voqyealari tasvirlangan eng yaxshi hikoyalardan biri edi76.

Abdulla Qahhorning “Ming bir jon” hikoyasida tengsiz iroda egasi bo`lgan Mastura xarakteri yaratilgan. Hikoya birinchi shaxs tomonidan bayon qilinadi. “Birinchi shaxs tomonidan bayon qilingan hikoya hayotiy materialni, birinchi navbatda, subyektiv tarzda berish prinsipiga, o`z-o`zini chuqur analiz qilishga, faqat faktlarni tasvirlash bilan band bo`lmay, ularga munosabat bildirishga ham tayanadi”77.

“Ming bir jon” hikoyasiga asos qilib olingan voqyea hayotda kam uchraydi. Yosh bir ayol og`ir kasal, eri o`n yildan beri boshida parvona, ayol cheksiz chidam, matonat bilan kasallikni yengadi, hayotga qaytadi.

So`z birikmalarining sarlavha sifatida ishlatilishi o`ziga xos kengroq mazmunni ifodalashga qaratilgan. Shukur Xolmirzayev hikoyalarida ham so`z birikmasi sarlavha sifatida qo`llanilgan78. Ularning matn bilan uyg`unligi, ma’noni nisbatan kengroq aks ettirishi hikoyalarning o`qimishliligini ma’lum darajada ta’minlagan. Misollar: Yozilmagan so`z boshiga ilova. Matndagi uyg’unlikni ko’rish mumkin: Xo`sh, yozilmagan so`zboshiga ilovani shu yerda tugatsam ham bo`ladi. Umid qilish mumkinki, so`zboshilar ham, so`ngso`zlar ham hikoyalar jamuljam holida chiqqach yozilaverar (TA1, 5-11-b.). Notanish odam. Matn: “Isina bering? Olovni minnat qilganimi!” Pidjakni kiyib o`rnimdan turdim. Kamardan chiqarkanman, notanish odamni ko`rdim (TA1, 12-14-b.). Olis yulduzlar ostida. Matn: Bu yerdan Boysun chiroqlari yulduzday miltillab ko`rinadi (TA1, 37-46-b.). Sarlavha mazmuniga mos qisman tasvir matnda uchraydi.



Yovvoyi gul. Matn: - Bu gulni ekamiz, aya,-dedi./ - Ko`payib ketadi. Bu yovvoyi gul, kiyik o`t madaniy bo`lib ketadi (TA1, 56-62-b.).

Oy yorug`ida. Matn: Samar oyga qaradi, botib borar, kunchiqar tobara oqarar edi (TA1, 124-134-b.). Matnda sarlavha mazmuni qisman aks etgan.

Adib hikoyalarida milliylik mazmuni kuchli ifodalanganligini sarlavhalar orqali ham ko’rish mumkin. Misol: “O`zbekning soddasi”. Kitobxon hikoyani o’qishga chorlovchi til birligi sarlavhadan ta’sirlanib, matn bilan tanishgach, boy ma’naviy ozuqa olganligiga amin bo’ladi: Men – endi o`zgarib ketgan, savodim ham rostakamiga chiqib, “Alpomish”ni ham o`zim o`qiydigan, hamda otamning mardlik va arz qilish to`g`risidagi aqidalariga allaqachon qo`shilmay qolgan esam-da, bu keksayib qolgan otam - “O`zbekning soddasi”ga havasim kelib ketdi (TA1, 201-205-b.). Yangi zot. Matn: Ishning qaltis tomoni ham bor edi: yangi zot yaralmay, yo otasi, yo onasiga tortib ketishi, yoki uch-to`rt yildan keyin aynishi mumkin edi…(TA1, 390-397-b.). Quyidagi sarlavhalar matnda uchramaydi, ularning mazmuni matnga singdirilgan: Sirli milisioner (TA1, 63-68-b.), Ot egasi (TA1, 134-140-b.), Uchinchi hamroh (TA1, 183-187-b.).

Umuman, badiiy asar sarlavhasi (hikoya, qissa, roman va hokazo) matn bilan uyg`un holda biri ikkinchisini to`ldirishi, o`quvchini jalb qila olishi va, albatta, ekspressiv-stilistik bo`yoqdor bo`lishi kerak. A.Qahhor va G`.G`ulom ijodida biz xuddi mana shunday joziba va mahoratni ko`ramiz, ularning hikoyalari sarlavhalari bilan uyg`un holda o`quvchi etiboridan chetda qolmaydi.

G’afur G’ulom hikoyalarida sarlavha sifatida qo’llanilgan so’z birikmalari mazmunli va ixchamliligi, mushohadaga undashi bilan e’tiborni tortadi. Misollar: Ko`ngilsizning qilig`i - Sarvar, baribir qochib qutila olmaysan. O`zing yaxshi bilasanku, men xotinimga ko`ngilsizman. Men seni o`zimga xotin qilib olaman, - dedi (MAT, 7). Puch umidlar Matnda sarlavha matn mazmuniga singdirilgan(MAT, 21). Hulkar tolei Hikoyada sarlavha aynan takrorlanmagan, lekin Hulkar qiz birikmasi yetti bor takrorlangan (MAT, 42). Elatiyada bir ov. Hikoyada sarlavha aynan takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan (MAT, 46). Eng so`ng tajriba bilan boy bo`lish Sarlavha mazmuni matnga singdirilgan (MAT, 67).

Adib ijodida qo’llangan so’z birikmasi – sarlavhalar emotsional-ekspressiv bo’yoqdorligi va keng mazmunni ifodalashi bilan kitobxon e’tiborini tortadi. Bunday sarlavha matn bilan tanishishga bevosita undashi bilan boshqa xil sarlavhalardan ajralib turadi. Misollar: Hiylai shar’iy - Bo`tam bu mushkilingizning iloji hiylai shar’iydir, garchand to`rtgacha xdotin olishga ijozat bor, lekin umringiz bor uchun, eng muvofig`i hiylai shar’iydir, - dedi (MAT, 79). Cho`tir xotinning tolei Uning kolxo`zi har qachon oldinda… Cho`tir xotin- Sharifa opa rayonda nom chiqargan udarnik xotin! (MAT, 126). To`rt hangama Sarlavha matnda takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan (MAT, 136). “Hojiboboyi Gulfurush” -Nima kasbdasiz? -Shoirman. - Balli…Men ham Hojiboboyi Gulfurush yemasman. Bu gullar o`z bog`imning mahsulotit (MAT, 139). Eri bilan bas boylashgan xotin Shu qilganiga u bilan bas boylashaman, mayli men, mening zvenom-hammamiz uning ham normasini o`z ustimizga olamiz (MAT, 146). Mening o`g`rigina bolam - O`g`rigina bolam, hoy o`g`rigina bolam, hoynahoy biror tiriklikning kuyida tomga chiqqan ko`rinasan, axir, kasbing nozik, tumov-pumovingni yozib chiqsang bo`lmaydimi, - debdilar(MAT, 150).

G’afur G’ulom hikoyalarida qo’llangan sarlavhalar orasida sodda va ixcham, mazmunli gaplar ham alohida o’rinni egallaydi. Ular ortiqcha izohga muhtoj emas. Misollar: Chorasi ko`rildi Shundayki, rayon sho`rosidan tortib, qishloq sho`rosigacha, rayon solih idorasidan tortib ayri solih ro`yxatchilarigacha choralari ko`rildi (MAT, 69). “Haji qabul bo`ldi” To`g`ridan ham, Badalmat so`fining “haji” oxiri umrida, Makkada emas, Odessa portida “qabul bo`lgan ” edi (MAT, 93). Afandi o`lmaydigan bo`ldi Ana shu bo`ldi-yu, Afandi o`lmaydigan bo`ldi, u bizning hayotiy olamimizda bizning hamma ishlarimizga aralashib, kuldirib, xushnud qilib yuribdi (MAT, 154). Mamag`voy tushundi Sarlavha matnda takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan (MAT, 143).

Abdulla Qahhor hikoyalarining sarlavhalari qisqaligi va mazmunliligi bilan e’tiborni tortadi. Misollar: Boshsiz odam Hikoyada sarlavha takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan (AQ.PH,18). Ko`k konvert Matnda sarlavha takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan

(AQ.PH, 39). Mayiz yemagan xotin - Sen gapirma! Senga kim qo`yibdi gapirishni! Usta Mavlonning o`g`lidan bir hovuch mayiz olganingni o`z ko`zim bilan ko`rganman!...Hamma kulib yubordi. Tomdan kimdir qichqirdi: - Ha, bu kishining xotini mayiz yemagan! (AQ.TA, 31). Adabiyot muallimi Hikoyada sarlavha takrorlanmagan, mazmuni matnga singdirilgan (AQ.TA, 57). Ming bir jon - Bu xotinning joni bitta emas, ming bitta! - dedi, - hozir tugab qolgan shamday lipillab yonayotgan joni basharti so`nggan taqdirda ham, qolgan mingtasini yoqib keyin so`nadi (AQ.TA,110). Nurli cho`qqilar - Ta’na qilma! - dedi labi pirpir. - Men nurli cho`qqiga yetolmagan bo`lsam…sigir minib sen yetib borasan!...(AQ.TA,137). Dumli odamlar - Dumli odamlarni ko`rganmisiz? - dedi. Mehmon gapning sarhonasini yangilamoqchi degan o`yda kulib qo`ya qoldim. Shunda ko`nglimga bir gap keldi: bu odam o`sha Ansoriyni dumli odamlar toifasidan deb o`ylamasmikin(AQ.TA, 128).

Gap sarlavhalar Shukur Xolmirzayev hikoyalarida sanoqli ishlatilgan79. Ular ham nihoyatda ixcham va sodda gaplardan iborat. Misollar: Nimadir yo`q bo`ldi. Matn: Buni anglab, birdan ajralishdi va bir-biriga qarashdi: tushundilar-ki, oralaridan nimadir…nimadir yo`q bo`lgan!(TA1, 30-34-b.).

Olma yemadim. Matn: Iyagimni qashimoqchiday bo`lib, olmani sekin og`zimga eltdim… Qars…Shum bola kuzatib kelayotgan ekan./ - A-ha! - deb yuborsa bo`ladimi./ Bolalar kulib yuborishdi. Tuf, deb tashladim og`zimdagini. Qo`limda qolgan qismini ham yerga urdim (TA1, 34-36-b.). Zov ostida adashuv. Matn: Lekin kuz kunlarining birida o`z ixtiyorim bilan emas, sharoitning taqozasi bilan, beixtiyor zovostiga kirib qoldim. Naq bir kecha-kunduz u yerda qolib ketdim (TA1, 157-175-b.).

Shukur Xolmirzayev hikoyalarida ishlatilgan sarlavhalarning dastlabki tahlili shuni ko`rsatadiki, yozuvchi asosan sarlavha sifatida mazmunli va ixcham til birligi – so`zni tanlab, uning emotsional-ekspressiv ma’nosi, stilistik imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan, so`z birikmasi sarlavha sifatida oz uchrasa-da, ular sifatlovchi-sifatlanmish va qaratqich-qaralmish kabi stilistik ma’nosi kuchli birikmalardan tanlangan. Gap - sarlavhalar juda oz, ammo ular ham nihoyatda ixcham, sodda gaplardan tanlangan va matn bilan uyg`unlashtirilgan. Hikoya janriga xos o`ziga xoslik qisqa syujetlilik, soddalik, keng mazmunlilik bo`lsa, asar va uning sarlavhasiga qo`yiladigan asosiy talab ham qisqalik, ixchamlikdir. Shukur Xolmirzayev sarlavha talablarini hisobga olgan holda, matn mazmuniga mos, emosional-ekspressivligi kuchli, ixcham til birliklarini tanlagan. Yozuvchi ijodiga xos soddalik va hayotiylik sarlavhada ham munosib aks etgan.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish