Dirijor biror- bir musiqiy asarni jamoaga o’rgatar ekan, avvalombor jamoaning diqqat - e’tiborini o’ziga jalb qila olishi darkor. Shu tarzda pedagog asarni to’la-to’kis barcha nyuanslari bilan o’rgata oladi. Avvalambor ular: dirijorlikda diqqatga imo-ishoralarini, yani: birinchidan, auftakt bera olishi, yani ovozlar yoki cholg’ularga nafas beradi; ikkinchidan, asarning ritmini ko’rsatib beradi; uchinchidan, asarning dinamikasi haqida imo-ishora beradi; to’rtinchidan, o’rganayotgan asarning kirish qismi va frazalariga nafas berishni ko’rsatadi; beshinchidan, imo-ishoralar orqali asarning tempini va xarakterini ko’rsata oladi; oltinchidan, ijrochilarni asar yakuniga tayyorlab boradi. Asar boshlanishida yoki ma’lum bir qism boshlanishida dirijor qo’llarini bir nuqtaga, yani diqqatga qo’yadi. Qo’llar yelka kengligida, bir-biriga parallel, pastaga parallel, kaftlar pastga qaratilgan, yig’ishtirilgan holatda diqqatga qoyiladi. Dirijorning turish holati erkin va qo’llar, kaftlar yig’ishtirilgan holatda bo’lishi zarur. Dirijor hech qachon siqiq holatda bo’lmasligi kerak, doim muskullar erkinligini his qilishi zarur. Shundagina dirijor ko’zlagan maqsadiga erishadi. “Diqqat” belgisi - bu dirijorlik imo-ishora harakati orqali jamoa e’tiborini tortish (diqqatni jalb etish) degan ma’noni bildiradi. Bu dirijor uchun ham, xor uchun ham foydali bо‘ladi. Diqqatni jalb etish harakati musiqachilarni ham, tinglovchilarni ham ruhan tayyorlab, tinglovchilarni risolaga keltirishi, kutish holatini yuzaga keltirishi, musiqachilarni esa asar (yoki uning ma’lum qismi)ning boshlanishidagi tempi va xarakterini his etishlariga kо‘maklashadi. Hamma vaqt diqqatni tortish harakati oldin keladi va auftakt undan keyin kelishi ifodalanadi.
Dirijor ishni boshlashdan oldin, о‘zi uchun muhim va zarur bо‘lgan holatga keladi, bu dastlabki holat deb ataladi. U bir-biridan uzoqroq qо‘yilgan oyoqlarga tayanib, tik va erkin holda turadi. Bir oyoqni sal oldinga chiqarib, goh unisiga, goh bunisiga tayanib ham turish mumkin. Bunda taktni oyog‘i bilan urib, musiqaga hamohang tarzda tizzalarni bukib turish yaramaydi, bu birinchidan keraksiz, ikkinchidan esa, xunuk kо‘rinadigan holatdir. Dirijorlik paytida tana normal, oddiy refleks tariqasida qо‘l harakatlari ta’sirida chayqalishi mumkin. Yelkalar ortiqcha zо‘riqishdan holi bо‘lishi kerak. Qо‘l va tirsak erkin holatda bо‘ladi. Dirijor qо‘llarini erkin va uncha baland kо‘tarmagan holda tutib tirsaklarini tanadan uncha uzoqlashtirmagan holda tutishi maqsadga muvofiq. Tirsaklarni baland kо‘tarish qо‘l harakatlariga halal beradi, taktlashni qiyinlashtiradi. Yuqorida aytib о‘tilganidek, takt berishda dirijor asosan о‘ng qо‘lini ishlatadi. Tepa-pastga, о‘ng yoki chapga harakat qilganda u qо‘l kaftini pastga tutganicha turishi kerak. Kaft va barmoqlarni chо‘zmasdan, ayni paytda musht qilib bukib ham olmagan holda, yengil hamda erkin tutish lozim. О‘rganishni boshlash davrida bunga amal qilish tavsiya etiladi. Ijrochilar uchun dirijor qo’l harakatining diqqat nuqtasi katta ahamiyatga ega bo’lib, bu omil ikki mavriddan iborat: Birinchidan, ijrochilarni diqqat–e’tiborini jalb etish; Ikkinchidan , asarning sur’at jarayoniga binoan ijrochilarni ruhan va ma’nan sozlab, tayyorlash. Tana bo’ylab erkin osilib turgan qo’l hech qanday kuchanishsiz, ko’krak qafas o’rtasigacha ko’tariladi. Bilak va tirsak oralig’i uchburchak hosil qiladi va qo’llar ko’krakka nisbatan yuqoriroq pozitsiyani egallaydi. Dirijor qo’llarini diqqat nuqtasiga o’rnashtirar ekan, qo’lning tirsak va bilak qismini gavdaga nisbatan oldinroqqa bo’lishi, panja qismi esa nisbatan yuqoriroqqa qaratilgan bo’lishiga e’tiborni qaratish lozim. Barmoqlar esa kattaroq koptok ustiga qo’nganday, yoy shaklini egallab, uni hovuchlab turganday bo’lishi lozim. Qo’llarning oralig’i elkaga nisbatan biroz kengroq bo’lishi qulaydir. Tirsaklar ko’krak qafasiga nisbatan, haddan tashqari ikki tomonga ko’tarilib yelka balandligi darajasiga kelsa, panjalar bir-biriga uchma-uch tarzda yaqinlashadi va yelka qismi to’liq harakatdan mahrum bo’lib qoladi, hamda qo’llar taranglashib ikki yongi tomonga harakat qilishga imkon qolmaydi. Qo’llarning kerakligidan ortiqcha oldinga chiqib ketishi ham elka harakatiga putur yetkazadi. Yelka qismining harakatidan mahrum bo’lishi esa, dirijor qo’lining yengil harakati va erkinligidan judi bo’lishidir. Dirijorning qo’llari oralig’i yelka kengligiga nisbatan ancha torroq bo’lsa, mushaklar taranglashib, qo’llar qotib qoladi. Bu esa qo’llarni yengil harakatlanishiyu-egiluvchanlikdan, hamda latofatli bo’lishidan batamom mahrum etadi. Dirijorning yelka qismi ham uning faoliyati uchun juda ahamiyatlidir. Yelka qismlarini to’laligicha erkin va egiluvchan tuta olishlik, mushaklarning erkin harakatlanishini ta’minlaydi. Aks holda bu tirsak va bilak qismlariga ham salbiy ta’sir ko’rsatib dirijorning qo’llari quvvatsizlanadi, yengillik va erkinligi esa yo’qolib borishiga sabab bo’ladi. “Auftakt”- Dirijor qo’llarini diqqat nuqtasidan boshlab yuqori tomon ko’tarib boshlash harakatiga “Auftakt”deyiladi. “Auftakt”–uch mavriddan, yani: 1. Qo’lning harakat va sur’atiga xos, ijrochilarga nafas oldirish; 2. Ijrochilarga asar harakterini aniq va ravshan his ettirish; 3. Ijrochilarni asar sur’at tezligiga binoan tayyorlab borishdan iboratdir. Auftakt. Har bir asaraning boshlanishi juda og‘ir, shuningdek tajribasi kam dirijorlarning xor va orkestr bilan о‘z faoliyatini boshlash jarayonidan boshlab umri davomida og‘ir vazifa bо‘lib qolishi mumkin. Sohadan xabardor bо‘lmagan kishi jamoani boshqarish uchun qanchalik xilma-xil auftaktlarni о‘zlashtirish zarurati mavjudligini bilmaydi. Xatto tajribali professinal dirijorlar ham loqayd (e`tiborsiz) jamoalar bilan ishlash jarayonida о‘z harakatlarini jimgina (indamasdan) tо‘g‘rilashlariga tо‘g‘ri keladi. Bizning maqsadimiz auftakt orqali ijro etilayotgan musiqaning tempi va xarakterini ishonchli va majburiy harakatlar orqali ifodalashdan iborat bо‘lib, yirik orkestr tarkibi (xor bilan orkestr qо‘shilib 200 dan ortiq ijrochilarni boshqarishda) bilan ishlashda barcha fraza va ansambl ijrosini musiqachilar uchun huddi mashina muruvvatini burab yuborgandan keyin uni nazorat qilish bilangina mashg‘ul bо‘lish holatga keltirish yо‘lidan borib, navbatdagi taktlarni sanab о‘tirmasdan erkin dirijorlik bilan mashg‘ul bо‘lish imkoniyati yaratilishi kerak. Bundan keyin esa dirijor xor va orkestrga kerakli zarblar, zarur joylarda dinamik mutanosiblik(balans)lar tо‘g‘risida kо‘rsatmalarni berib, xor va orkestrga musiqani bemalol ijro etishi uchun sharoit yaratib bergani ma’qul. Bu sohada Rixard Shtraus juda mohir bо‘lgan edi. Mana shu “ijroimkoniyatni yaratish” usuli “dirijorlik san’ati sirlari”dan biri hisoblanadi. Dirijorning auftakti temp, tegishli vaqti, dinamika va xarakter (mayin yoki jо‘shqin, stakkato yoki legato)ning qanday boshlanishini ifodalab beradi. Katta auftakt harakatlari kuchli ijroni, kichik auftaktlar esa kuchsiz reaksiyasini hosil qiladi. О‘ta ishonarli va tо‘g‘ri tanlangan juda kichik dirijorlik harakatlari ham juda kо‘p narsani bildirishi mumkin. Agar asarni boshlanishi, yani ijro etilayotgan musiqiy bo’lak xarkateri tushunarsiz bо‘lgan hollarda auftaktlarning kattarog‘idan foydalanish ham mumkin bо‘ladi. Auftaktni kо‘rsatish uchun biz dirijorik sxemasiga ayrim о‘zgartirishlarni kiritishimizga tо‘g‘ri keladi. Bunda musiqaning qaysi hissadan boshlanishi muhim: masalan asar 4/4 o’lchovida bo’lib birinchi hissadan boshlansa, biz qo’llarni tо‘rtinchi hissaga bо‘lgan harakatga qoyamiz va ikkinchi hissani boshlanganday birinchi hissaga yо‘naltirib auftakt uchun ajratamiz va shu tarzda boshqa hissalarga auftakt berishimiz mumkin. Auftakt о‘z-о‘zidan tushunarli bо‘lgan tо‘g‘ri xarakterdagi harakatni о‘zida mujassam etib, musiqachilarning ijroni qanday kuch bilan va qanday boshlashni ifodalashi lozim. U avvalo ta’kidlangan, zarbli stakkato kо‘rinishida ifodalanishi kerak. Yuqorida aytib o’tkanimizdek, talabalar dirijorlik imo-ishoralari orqali : - qo’lning harakat va su’ratiga xos ijrochilarga nafas oldirish, 9 - ijrochilarga asar xarakterini aniq va ravshan his ettirish, - ijrochilarni asar sur’ati tezligiga binoan tayyorlab borishni ko’rsatib boradi. Diqqat va auftaktlarni barcha dirijorlik sxemalarida, turli hissalardan boshlab, barcha templar, dinamika va variantlarda mashq qiling va hokazo, yangi о‘rganayotgan sxemalar va variantlarda ham diqqat va auftaktni qо‘llang!
Xor bilan muloqot o’rnatishda muloqotning so’zlashish vositasi ham muhim rol oynaydi, dirijorning odobi va ahloqini – jest, mimika, o’zini tutishi va h.k u faoliyatlardan dirijorning holatini aniqlash mumkin. Chunki , shiddatli harakatlar jonli ko’zlar– shodlikni ifodalaydi; gavdani egiklik holati, g’amgin yuz –ifodasi, nursiz nigohlar- g’amginlikni ; keskin, jo’shqin, uzil-kesil jestlar, yonib turgan ko’zlar, qo’pol chehra- nafratni; xasis harakatlar, qotibqolgan nigoh, siqiq lablar– o’jarlikni bildiradi. Dirijor uchun gavdaning holati, imo-ishoralar(jest), harakat, uyz-ifodasi ijodiy maqsadining belgilarigina emas, balki ijrochi jamoaga ta’sir etish manbaasi, ular diqqat bilan o’rganish ob’ekti bo’lishi lozim.3 Haqiqiy ijrochi — yaratuvchi doimo musiqiy cholg‘uning yangrashida ohang kuchi yuqori bo‘lishiga, uning vositasida «kuylashga» intiladi. Zero, «kuylamaydigan» cholg‘u, muallif ushbu epizodda ko‘zda tutgan hissiyotni yetarlicha ochib berishga qodir emas. Tovush sifati va frazirovkali tembr va dinamik jihatlar xilma-xilligi bilan, ritmik shakl ifodaliligi, agogika va nafas bilan ham chambarchas bog‘liq. Musiqaviy tovushning nazariy jihatdan to’rt xil fizik xususiyati mavjud:
Balandlik
2. Uzunlik (chо‘zim)
3. Qattiqlik (tovush kuchi)
4. Tembr (tovush tusi)
Yangrayotgan tovushning balandligi tebranayotgan egiluvchan jismning tebranish tezligi, yani chastotasiga bog’liqdir. Tebranish qanchalik tez bo’lib tursa, tovush shunchalik baland bo’ladi va aksincha, tebranish qanchalik sust bo’lsa, tovush shunchalik past bo’ladi. Yangrayotgan tovushning cho’zimi tebranayotgan jismning to’lqin amplitudasiga bog’liqdir. Tovushning uzun yoki qisqaligidan uning fizik xarakteri o’zgarmaydi, lekin musiqa nuqtai nazaridan tovushning cho’zimi uning yana bir xususiyati bo’lib, muhim ahamiyatga egadir. Tovush cho’zimi tovush manbai tebranishining davom etishiga bog’liq bo’ladi. Masalan, tovush chiqa boshlaganda tovush manbaining tebranishi qanchalik keng bo’lsa, tovushning pasayib borishi ham shuncha uzoq davom etadi. Bunda albatta, tovush manbai bo’lgan jism erkin tebranishi shart. Dirijorlik jarayonidida qо‘llarning harakat turlari rang-barang bо‘ladi: a) parallel – ikkala qо‘l parallel harakatlar bajaradi; b) har-xil - bir qо‘l taktlayotganda, ikkinchi qо‘l tovushlarni baland yoki sekinlayootganini qо‘rsatadi. Asarni xarakteri, dinamikasi, fakturasi ushbu harakterlar bilan kо‘rsatiladi. Shunday bо‘lsa ham qо‘llar uchun ham ma’lum shartli harakatlar bor. Masalan juda ohista pp (pianissimo) chalinayotgan kuyni katta, kuchli harakatlar bilan kо‘rsatish yoki qattiq tovushdagi ohangni ff (fortissimo) kichkina, irodasiz imo-ishoralar bilan ifodalash mumkin emas. Og‘ir vazminli taronani (legato) harakatlar bilan kо‘rsatish mumkin emas. Dirijorlik texnikasini o’rganish dirijorlik apparatidan boshlanadi- dirijorlik apparatini sekin asta, ketma-ketligda va sistematik tarzda, quyidagi printsiplar asosida o’zlashtiriladi: - Harakatlarning erkin va majburiyatsizligini; - Ularning korgazmaliligi va aniqligini; - Maqsadga muvofiqligi va tejamliligini; - Harakatlarni “tayyorlab va ogohlantirilishi”, bu tabiiy dirijorlikda dirijorlik imo-ishoralar dinamikani, frazirovkani, musiqaning emotsional g’oyasini, ijroning dinamikasini; - Tovushboshqaruviga oid, yani xorga dirijorlik qilish, bu ovozlar ijrosini boshqarishdir.Shundan kelib chiqadiki- ovozlar nafasini aniq ko’rsatish, tovushniboshqarish, frazirovka, vocal ijrochiligini ijrosi va h.k. Ammo dirijorlik san’atini egallashda har hil nuqtai nazar mavjud. Ba’zi bir mutaxassislar dirijorlik texnikasini shakllantirishda mashqlar shart emas, musiqa asarini o’rganish natijasida shakillantirsa ham bo’ladi deb hisoblaydi.bu esa xato. “Dirijorlik texnikasini rivojlantirishda, avvalom bor butun diqqat-e’tiborini dirijorlik imo-ishoralarni to’liq o’rganishga qaratish lozim, vaqtni besamar ketkazmaslik kerak ”, - deydi kompozitor-professor I.Musin11 Russ musiqashunosi L.Andreevaning fikricha:“ Dirijorlik- murakkab va kopqirrali kasb deb hisoblaydi. Dirijor yaxshi eshitish qobilyatiga(vocal-xor) ega bo’lishi lozim, musiqy xotira va ritmni his qila olishi, vocal san’atining barcha qonunlarini bilishi shart, yaxshi ovoz egasi, dirijorlik imo-ishoralarini egallagan bo’lishi, fortepianoda cholg’u asbobinu chala olishi, notani varoqdan o’qishi, har hil janrdagi musiqalarini yahshi bilishi shart. Asosiysi dirijorlikda – o’quvchilarni xor san’atiga qiziqtirishdir.“ 12 O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xor jamoasining badiiy rahbari va bosh dirijori, san’at arobobi J.T.Shukurovning fikricha, :”Dirijor ijrochilarni dirijorlik apparati orqali boshqaradi. Dirijorlik apparatini o’rganish va shakllantirishdan boshlanadi. Dirijorning erkin tarzdagi faoliyati, yengil ish olib borishi apparatning to’g’ri shakllanishiga bog’liq.”
Dirijorlik san’atining asosiy momenti bu nafas berish(auftakt), xor jamoasining javob beruvchi reaktsiyaga kirishish, yani xor yoki orkestr ijroni boshlashi kabi. Demak talabalar bilan dirijorlik qoidalarini o’rganishda yuqorida aytilib o’tgan holatlarga ahamiyat beramiz. Dirijyorlik apparatini shakllantirishda; - bosh, - gavda , - qo’l, - oyoq, - elka, - bilak, - panja, - holat harakatlarini yaxshi o’zlashtirish lozim. Talabalar dirijorlik darslariga kelganda dirijorlik imo-ishoralardan habardor bo’ladi, bu keyinchalik dirijorlik texnikasini o’zlashtirishda qo’l keladi. Ikkinchidan, talabaning o’rgangan bilimida defektlar bo’ladigan bo’lsa undan
Do'stlaringiz bilan baham: |