O’zbekistoning xor sanati va Drijiyorlari
Reja:
1. Dirijorlik san’ati va O’zbek dirijiyorlari
2. Dirijorlik san’atini kasb sifatida sakllanishi
3. Dirijorlik san’atini evolyutsiyasi
Bu san’at uzoq tarixga ega. Odamlar birgalikda kuylay boshlaganlaridan beri ularda umumiy ritm va sur’atga rioya qilish zaruriyati paydo bо‘lgan. Ibtidoiy xalqlarning raqs va qо‘shiqlarida ritmni qarsak chalib berib turganlar, shuningdek, dо‘pirlatib yoki dо‘mbira chertib urib turganlar. Qadimgi Gretsiyada xor rahbarlari bо‘lib, ular oyoqlarini dо‘pirlatib, ritm belgilab berganlar. Yana shu ham ma’lumki, Rim qо‘shiq maktabida xorni boshqarib turish uchun ma’lum qо‘l harakatlaridan foydalanishgan. Dirijorlikning mazkur ikki usuli orkestr boshqaruviga asos soldi, birgalikdagi aniq ijroni yо‘lga qо‘yish uchun Dirijor taktni oyog‘i bilan urib, tayoqcha bilan pult yoki polni taqillatib, yana shuningdek, karnay qilib о‘ralgan nota daftari bilan pultni urib kо‘rsatib turardi.Xullas, taktni oyoq bilan urib kо‘rsatish uzoq vaqt davom etdi. Shu bois bu narsani kо‘pchilikg‘ashi kelib eslaydi. Xususan, nemis bastakori Matteson (1731 y) kinoya bilan shunday degan edi «Ba’zilar taktni oyoq bilan urib kо‘rsatish haqida ijobiy fikr bildirishlari taajjublanarli, balki ular о‘z oyoqlarini boshlaridan kо‘ra aqlliroq deb hisoblasalar kerak. Shu bois oyoqga bо‘ysunadilar».Dirijorlik tayoqchasi esa u paytda turli uzunlikda yasalar edi. Ba’zan, uning uzunligi 180 smga yetardi va u «Qirollik jezli — hassasi» deb yuritilardi, hamda uni yerga urib, takt belgilanardi.Opera teatrida, konsert zalida, cherkovda polga urilgan zarb tovushi naqadar katta shovqin chiqarishini tasavvur qilish qiyin emas. Orkestr boshqarishning bunday usuli ayniqsa Fransiya, xususan Parij shahrida keng tarqalgan edi. U Lyulli degan kompozitor tomonidan olib kirilgan va tarqalgan. Bir kuni, u musiqaga berilib ketib, Dirijorlik qilayotgan paytda «xassa» tayog‘ining о‘tkir uchi bilan oyog‘i jarohatlangan. Bu jarohat esa uning о‘limiga sabab bо‘lgan. Biroq ushbu fojea ham allaqachon nihoyatda chuqur ildiz otib ketgan bu an’anaga soya solmadi. Bir sо‘z bilan aytganda, XVII va XVIII asrlarda Dirijorlik vazifasini asosan klavesin, organ kabilarni chaluvchi kompozitorlar, ba’zida esa bugun biz orkestr konsertmeysteri deb atab kelayotgan asosiy skripkachi bajarardi. Ular asosan о‘zlarining, ba’zida esa о‘zgalarning asarlarini orkestr jо‘rligida ijro etishardi.Musiqa san’ati jadallik bilan rivojlana boshlagan davrlarga kelib, ilk bor ahamiyatga molik bо‘lgan operalar paydo bо‘lgan. Kompozitorlar turli ansambl hamda ovozlar uchun musiqa yoza boshladilar. Ana shunday guruhlar ijrosidagi sur’atning yagona bо‘lishiga erishish uchun bularni boshqarishga ehtiyoj tug‘ildi. Yaratgan musiqiy asarlar murakkablashgani sari, qо‘shiqchilarni va orkestrni boshqarishga bо‘lgan ehtiyoj yanada kuchaya bordi. Ijroda yakdillik va sur’atga rioya qilish zaruriyati bu muhim vazifani eng mas’ul va malakali musiqachilar zimmalariga yuklashni talab etar edi. Bundaylar esa orkestrning birinchi skripkachisi yoki orkestrda uyg‘unlikni ta’minlovchi chembalo partiyasini ijro etuvchi sozandalar bо‘lgan. Ba’zan bu vazifani ularning har ikkalasi birgalashib bajarganlar. Yа’ni chembalachi yakkaxonlar va xorni boshqarsa, birinchi skripkachi esa orkestrni boshqarardi. Bu tarzdagi boshqaruv ham Dirijorlik edi, biroq unda bu ish hozirgi ahamiyati va shakliga ega emasdi. Dirijorlik san’ati rivojlanishining bu bosqichidagi о‘ziga xoslik xususiyati — orkestrni uning a’zosi bо‘lgan musiqachilar boshqarishidan iborat edi. Dirijorlik qilar ekanlar, ular о‘zlarining asosiy mashg‘ulotlarini ham davom ettirganlar: birinchi skripkachi, birinchi skripka partiyalarini chalgan, organchi — organ chalgan, chembalochi-chembalo chalgan. Bu tarzda bir necha vazifani birgalikda olib borish holati uzoq yashay olmasligi aniq edi. Bu holat musiqiy asarlar fakturasini aytarli darajada sodda va barcha ijrochilarga yetarlicha ma’lum va tushunarli bо‘lgan paytgacha yashadi, ularning aksariyati tushunarli bо‘lgani uchun ham saqlanib turgan edi. Musiqiy san’atning rivojlangani sayin asarlar tarkibi va musiqiy til ham murakkablashib bordi. Bir vaqtning о‘zida orkestrda ishlab, ham uni boshqarish murakkab, keyinchalik esa mutlaqo bajarib bо‘lmaydigan ishga aylandi. Musiqiy asar tarkibi, tili, fakturasi murakkablashib ketib, musiqaning jamoaviy ijrosini boshqarish mumkin bо‘lmay qolganda, ijroni boshqarish vazifasini ayni vaqtda orkestrda band bо‘lmagan shaxs о‘z zimmasiga oldi. Ana shu davrni Dirijorlikning vujudga kelishi, ya’ni zamonaviy tushunchamizdagi Dirijorlikning boshlanishi deyish mumkin. Dirijor, orkestrni ichkaridan turib emas, balki tashqaridan qarab boshqarish lozim ekanligi uchun undan ajralib chiqdi.Bu vaziyat ijroni boshqarish imkoniyatlarini ancha kо‘paytirib, dirijorning boshqa musiqachilarga ta’sir kuchini oshirdi. Endilikda Dirijor musiqiy asarni talqin etuvchi yagona shaxsga aylandi. Dirijorlik texnikasining rivojlanishi va mukammallashuvi jarayoni boshlanib ketdiki, busiz murakkablashgan, turli ijro vositalaridan kelib chiqib musiqani talqin etuvchi ulkan ijrochilar jamoasini boshqarish mumkin emasdi.Birinchilardan bо‘lib bu kasbni ma’lum dirijorlik qobiliyatiga ega bо‘lgan ijrochi-musiqachilar yoki kompozitorlar mahorat chо‘qqisiga olib chiqdilar. Bu о‘rinda Lyulli, Glyuk, Motsart, Mendelson, Shpor, Veber, Rixard Shtraus, Vagner, Berlioz, F. List, G.
Maler va boshqalar nomlarini sanab о‘tish mumkin.Nomlari keltirilgan Dirijorlarning barchasi bu kasb bilan о‘zlarining boshqa mutaxassisliklari— kompozitsiya, skripka chalish va hokazo bilan bir vaqtda, parallel ravishda shug‘ullanganlar.Bunday parallel faoliyat keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. Masalan, kompozitor Vagner, kompozitor va pianinochi Ferens List, pianinochi Gans Fon Byulov, kompozitor Gustav Maler, kompozitor va pianinochi Sergey Raxmaninov, pianinochilardan Ziloti va Safonov, Rixter va Motllar kо‘zga kо‘ringan Dirijor bо‘lganlar. Ular kompozitorlik ma’lumotini qо‘lga kiritganlar va ayni paytda pianinochi ham bо‘lganlar. Nikish — altchi va kompozitor, Arturo Toskanini — violonchelist, Bruno Valter va Otto Klemperer-pianinochi, Oskar Frid — valtornachi bо‘lgan va xokazo.Musiqiy san’atning keyingi rivojlanishi Dirijorlik kasbi bilan shug‘ullanuvchi musiqachilardan boshqa mashg‘ulotlardan voz kechib, о‘zlarini aynan shu kasbga bag‘ishlashlarini taqozo etdi. XIX asrda Dirijorlik san’ati ayniqsa Germaniya va Avstro-Vengriyada alohida rivoj topdi. Tarix taqozosi bilan, Germaniya kо‘plab mahalliy davlatlarga bо‘linib ketgan edi. Bu «davlatchalar»ning har biri о‘z poytaxtiga ega bо‘lib, ularda о‘z opera teatri va konsert faoliyati bilan shug‘ullanuvchi orkestrlari bor edi. Bunday ahvol Dirijorlarga bо‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi, bu esa о‘z navbatida Dirijorlik san’atining yuksalishuviga turtki bо‘ldi. XIX asrning ikkinchi yarmida о‘z musiqasiga Dirijorlik qilgan kompozitorlar о‘rniga yangi tipdagi — boshqa mualliflar asarlariga Dirijorlik qiluvchi Dirijorlar keldi. Bundaylardan birinchi sifatida Gans Fon Byulovning nomini tilga olish joiz.«Taniqli Dirijor bо‘lishi bilan birga buyuk kompozitor ham bо‘lgan, mana shu insondan minnatdor bо‘lishimiz kerak. Zero, u tufayli Dirijorlikka hunar emas, balki san’at sifatida munosabat shakllandi», deb yozgan Gans Byulov haqida taniqli Dirijor F. Veyngartner.Gans Fon Byulovning ustozi Rixard Vagner, sо‘ngra Gans Rixter, Feliks Motl, Gustav Maler, Feliks Veyngartner, Artur Nikish kabilar Dirijorlikni SAN’AT deya baholashdi. Bu xuddi yakkaxon musiqachining san’ati kabi buyuk san’at deb hisobladilar. Rixard Vagner va Gans Fon Byulovdan keyin nemis Dirijorlik maktabini Gans Rixter, Anton Zeydl, Feliks Motl, Karl Muk, Artur Nikish, Feliks Veyngartner, Gustav Maler, Rixard Shtraus va boshqalar davom ettirdilar. Ulardan keyingi Dirijorlar avlodi esa — Bruno Valter, Arturo Toskanini, Sergey Kusevitskiy, Albert Kouts, Villem Mengelberg, Otto Klemperer, Oskar Frid, Gerberd Fon Karayan, Sharl Myunsh va boshqalar.XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiyada M. A. Balakirev, aka-uka Anton va Nikolay Rubinshteynlar, E. F. Napravnik, S. Raxmaninov, V. I. Safonov va boshqalar Dirijor sifatida faoliyat kо‘rsatdilar.О‘z faoliyatlarini Davlat tо‘ntarilishidan sо‘ng (1917 yil) boshlagan keksa avlod ustalari butun mas’uliyatni о‘z zimmalariga oldilar. Ular orasida — A. Glazunov, M. Ippolitov–Ivanov, S. Vasilenko, I. Pribik, Xessin, U. Avranek, V. Suk, N. Malko, A. Pazovskiy, N. Golovanov, A. Gauk, S. Samosud va boshqalar bor edi.1938 yilda Moskvada bо‘lib о‘tgan Butunittifoq Dirijorlar tanlovi laureat va diplomantlarni kashf qildi: YE. Mravinskiy, A. Melik–Pashayev, N. Raxlin, K. Ivanov, M. Paverman, K. Eliasberg va boshqalar shular jumlasidandir.II Jahon urushidan keyingi (1941-45) 10 yillik Dirijorlik san’atining gullab yashnagan davri bо‘ldi. Bu davrda B. Xaykin, YE. Svetlanov, K. Simeonov, N. Niyazi, G. Rojdestvenskiy, O. Dmitriadi, N. Anosov, L. Ginzburg, I. Musin, M. Kanershteyn, N. Rabinovich, K. Kondrashin va boshqa nomlar paydo bо‘ldi. Hozirgi paytda esa Y. Temirkanov, D. Kitayenko, Y. Simonov, A. Fedoseyev, A. Juraytis va boshqalar shu sohada nom qozonganlar.XX asrning 30 yillaridan boshlab О‘zbekiston hududida kо‘p ovozli jamoalarning paydo bо‘lishi, ya’ni musiqali drama, 1939 yilda opera va balet teatri, xalq cholg‘ulari orkestri va operetta teatrlarining paydo bо‘lishi natijasida Dirijorlik kasbiga bо‘lgan ehtiyoj va intilishlar sababli bir qator kо‘zga kо‘ringan mashhur va taniqli Dirijorlar yetishib chiqdi. Bular M. Ashrafiy, A. Kozlovskiy va ularning juda kо‘p shogirdlari, Bahrom Inoyatov, Fazliddin Shamsiddinov, Naum Goldman, Georgiy Doniyax, Abdug‘ani Abduqayumov, Dilbar Abdurahmonova, Nabi Xalilov, G‘ani Tо‘laganov, Fattoh Nazarov, Said Aliyev, Mardon Nasimov, Ergash Toshmatov, Zohid Haqnazarov, Quvonch Usmonov, Hamid Shamsuddinov, Foruq Sodiqov, Narimon Olimov, Botir Rasulov, Fazliddin Yoqubjonov, Eldor Azimov, Valentin Rudenko va boshqalardir. XV asrda esa Dirijor battut yordamida pultga urib, musiqiy о‘lchov hissalarini kо‘rsatish usulidan foydalangan. Nota yozuvining о‘ylab topilishi, yangi janrlar – opera, oratoriyalarning paydo bо‘lishi, Dirijorlik tarixida muhim rol о‘ynadi.XV1-XVII asrlarda ijroga rahbarlik qilish va boshqarish musiqachi – klavesinchiga yuklatilib, u asosan qо‘l harakati bilan ijroni boshlash, о‘z cholg‘usida chalib, musiqa usuli va ritm (о‘lchovini) bir maromda ushlashga kо‘maklashgan. Shunday Dirijorlik qilishning mohir mutaxassisi, italiya kompozitori, kapellening rahbari Klaudio Monteverdi (1566-1643) bо‘lgan.Bir muncha keyinroq, asosan Germaniyada, ijroni boshqarish organchiga topshirilgan, shular qatoriga I.S.Bax, G.F.Gendel va boshqalarni aytib о‘tish mumkin.XVII asr oxiri XVIII asr boshlariga kelib opera amaliyotiga ikki sistema (tizimli) Dirijorlik – klavesinchi va skripkachi-konsertmeyster, sо‘ngra esa uch tizimli Dirijorlik – uchinchi rahbar, ijrochilar qarshisida turib, ijroni qо‘l harakatlari va qog‘oz tutamini yoki temir (jezl) chо‘p ushlagan holda boshqarishga о‘tildi.
XVIII asrga kelib jamoa ijrosini boshqarish bir kishiga topshirilishi bilan yakka mustaqil Dirijorlik san’atining vujudga kelishiga asos solindi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida konsert sahnalarida, sо‘ngra opera teatrlarida birinchi Dirijorlar faoliyat yurita boshladilar. XIX asrning о‘rtalarida Dirijorlik san’atini buyuk kompozitorlar F.Mendelson, G. Berlioz, F.List, R.Vagnerlar boshqardilar. Birinchi Dirijor-kompozitorlar – G.Spontini, K.M.Veber va L.Shpor nomlari Dirijorlik tayoqchasini amaliyotga kiritishlari bilan bog‘liq. Rus Dirijorlik san’atining ilk qadamlari XVI-XVII asr xor ijrochiligi bilan boshlangan. Xor jamoasiga rahbarlikni va boshlashni ovoz bilan kо‘rsatish “golovshik” (boshchi) lar amalga oshirgan. XVIII asrda shoh saroyida birinchi opera truppalari (jamoalari) tashkil etilib, unda chet el kompozitorlari bilan bir qatorda rus kompozitorlari ham faoliyat yuritdilar. Ular qatorida YE.Fomin, V.Pashkevich, S.Degtyarov va boshqalar bor. Dirijorlik san’ati tarixida asosiy о‘rin Peterburgdagi imperator teatri kapelmeysteri K.A.Kafosu (1775-1840)ga mansubdir. Birinchi rus klassik operasi, M.I.Glinkaning “Ivan Susanin” operasining sahnaga qо‘yilishi uning nomi bilan bog‘liq.
X1X asr oxiri-XX asr boshlarida buyuk rus kompozitorlari guruhi: M.Balakirev, P.I.Chaykovskiy, N.A.Rimskiy-Korsakov, A.Glazunov, S.Taneyev, A.Lyadov, A.Arenskiy, S.Raxmaninov, M.Ippolitov-Ivanovlar dunyoga keld Rus dirijorlik san’atining shakllanishiga buyuk dirijor va kompozitor E.F.Napravnik (1839-1916) katta hissa qо‘shdi, Peterburgdagi Marininsk teatri rahbari sifatida hamda dirijorlar guruhini tarbiyalashda uning xizmati salmoqli bо‘ldi. Moskva Katta teatri dirijorlik san’atining rivojiga ulkan hissa qо‘shganlar, mohir va tajribali san’atkor I.K.Altani (1846-1919) va xormeyster U.I.Avraneka (1853-1937)).30-40 yillar musiqali hayot keng quloch yoydi, simfonik orkestrlar qatorida kо‘plab professional xor jamoalari tashkil topdi. Bunda iste’dodli musiqachi-xormeysterlar, Dirijorlik san’ati arboblari M.K.Klimov, G.A.Dmitriyevskiy boshqardilar, Peterburg xor (pevcheskiy) kapellasi bilan N.M.Danilin, V.G.Sokolov, K.B.Ptitsa va boshqalarning rahbarlik faoliyatlari taxsinga loyiq. Zamonamiz Dirijorlari – xormeysterlar, faoliyatlari jо‘shqin va sermaxsul, ular qatoriga – A.Chernushenko, V. Minin, B.Tevlina, V.Popov va boshqalarni kiritish mumkin.О‘zbek xor san’atiga rus kompozitorlari va rus Dirijorlik san’ati maktabi katta ta’sir kо‘rsatdi. Kompozitorlar R.M.Glier, S.Vasilenko, V.Uspenskiy va boshqalarning ijodiy faoliyatlari aynan XX asrning 30-40 yillariga tо‘g‘ri keladi va ular о‘z yо‘nalishlarida muhim iz qoldirdilar.
О‘zbekistonning birinchi dirijorlari qatoriga avvalo T.Sodiqov, M.Ashrafiy, F.Shamsutdinov, B.Inoyatov, N.Kayumov, D.Abdurahmonova va boshqalarni kiritish mumkin. Simfonik Dirijorlar bilan bir qatorda iste’dodli о‘zbek mohir-xormeysterlar: S.A.Valenkov, A.Sultonov, R.YE.Xublarov, V.A.Kaltman, B.Umidjonov, A.Xamidov, B.Lutfullayev, J.Shukurov, S.Shodmonov, D.Qurbonova, L.Shamshina, F.Fayzi, Q.Mirzayev, SH.Yormatovlar professional xor jamoalarini tashkil etish bilan shug‘ullanib keldilar. Ayni vaqtda ularning ishlarini yosh mutaxassis-xormeysterlar davom ettirmoqdalar.О‘zbekisgonda Dirijorlik san’ati XX asrnint boshlaridan shakllanib, ikkinchi yarmidan ham mazmunan, ham shaklan rivojlanib bordi. 50-80 yillarda ushbu sanatning keng rivoj olishi, uning har xil turlarini rivojlanishiga atib keldi va buni e’tibordan chetda qoldirib bо‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yangi san’at turi sifatida shakllangan Dirijorlik badiiy faktlar va kuzatishlarga asoslangan holda,simfonik, sahna, xalq cholg‘ulari, xor jamoasi, damli va estrada musiqasida yanada rivojlanib bormokda. An’anaviy badiiy shakllar, uslublar, ayrim tasviriy vositalar yordamida, tо‘g‘rirog‘i musiqa san’atiga xos bо‘lgan xususiyatlar saqlangan holda ijgimoiy hayot hodisalarini aniq, realistik aks ettirgan yangi badiiy asarlar yaratish davom etib kelayotgani, Dirijorlik san’atini yanada rivojlanishiga о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda.Dirijorlik san’ati badiiy ijodning zamonaviy tabiati, yangicha xususiyatlari, yangi sharoit, yangi davr va hayot talablari, vazifalari hamda badiiy muhit bilan har tomonlama uzviy bog‘langandir. Ikkinchidan, о‘zbek musiqa san’ati, ayniqsa, kompozitorlik ijodidagi yangiliklar, о‘zgarishlar, uning yangi timsollari, ijobiy qahramonlari xalqning moddiy-ma’naviy о‘sishi, yuksak estetik didi, yangicha insonparvarlik qarashlari va fazilatlari bilan belgilanadi, bu esa Dirijorlik san’atida ham о‘z aksini topishi tabiiydir.
Shuning uchun ham XX asr о‘zbek Dirijorlik san’atining taraqqiyoti, bevosita yangi jamiyatning rivojlanish tarixi yuz berayotgan voqelikni, ya’ni xalq hayotini yorqin aks etgarishi bilan ta’riflanadi va uning goyat muhim tarbiyaviy-ma’naviy salohiyati, faol ta’sirchan vositaligi ham ana shundadir.
О‘zbek Dirijorlik san’ati 70 yil davomida о‘zbek musiqasi bilan о‘zaro uyg‘unlikda о‘sib bordi. Bu ikki san’atning birligi g‘oyaviylikda, mavzusida, timsollaru-mazmunida, xalq qahramonlarini kuylashda, insonni yuksak goyalar sari yangi ijodiy ruhda tarbiyalashda, siyosiy, ijtimoiy, estetak mohiyatada, uning mumtoz musiqasiga nisbatan g‘oyaviy jihatdan yuqori tganligida ravshan kо‘rinadi.
Kompozitsiya, Dirijorlik tayoqchasi, Dirijorlik pulti, ritm, Opera teatri, klavesin, orkestr konsertmeysteri, operetta San’at, Dirijor, orkestr, ansambl, battuta, general-bas, xeyronomiya, Dirijorlik tayoqchasi, Avtor, Manual, Analiz, Garmoniya, General repetitsiya, Janr, cholg‘ulashtirish, Partirura, Ritm, Transpozitsiya, Fermata, Liga, Fraza,Kompazitor.
Do'stlaringiz bilan baham: |