52
http://www.nam.gov.za/xiisummit/decl.ht m&usg=ALkJrhgribdEe 8smD2pSUVZ-HWglJHPlZA
42
II BOB: XX ASR OXIRI XXI ASR BOShLARIDA QO’ShILMASLIK
HARAKATI
II.1.Qo’shilmaslik harakati-yangi xalqaro munosabatlar tizimida
XX asrning oxirgi o’n yilligi katta obro’ qozonib kelgan yirik va taniqli
davlatlararo xalqaro tashkilot bo’lgan Qo’shilmaslik xarkatining tarixida burilish
yillari bo’ldi. Ayniqsa «sovuq urush» davrining mahsuli sifatida yuzaga kelgan
tashkilot, jahonda mazkur siyosatning tugashi, ikkqutblililkka barham berilishidan
keyin qaysi pozitsiyada turish masalasi, endigi faoliyatning asosiy yo’nalishlari
qanday bo’lish kerakligi masalasi ko’ndalang bo’lib chiqdi. Shunday vaziyatga
kirib keldiki, 1991-yilning o’zida Harakatni rasman Argentina tark etdi, bir qancha
Lotin Amerika davlatlari ketish tadarogini ko’rib qo’yishdi. Ana shu og’ir
sharoitda Harakat raisligiga kelgan Indoneziya davlatining sa’i – xarkatlari o’laroq
harakat yashab qoldi va gachi «sovuq urush» iqlimida paydo bo’lgan bo’lsa ham
endi qarama-qarshilikning mahsuli bo’lmasligini e’tirof etdi.
O’tgan asrning 90-yillarida aksariyat siyosatshunoslar Qo’shilmaslik
harkatini amalda hisobdan chiqardi. Shunday bir vaziyatda harakatni «qayta
qurish» uchun ilmiy va tashviqot bazasi tayyorlandi. Undagi bir holatga ko’ra,
harakat xuddi davlatlarning «forumi» sifatida namoyon bo’lardi. Yana bir boshqa
qarashga ko’ra, harakat keyingi voqealar ta’sirida o’zining umrini yashab bo’ldi
deyarli degan tushunchalar ham yuzaga keldi. Umuman quyidagi mulohazalarni
shu davrdagi harakatga nisbatan siyosatchilar ilgari sura boshladilar:
Birinchidan,
«qo’shilmaslik» atamasining mazmuni aslida bloklarga
qo’shilmaslikni anglatgan. Endi bloklar tarqalib ketsa (yoki ulardan biri) endi
«kimga va nima uchun» «qo’shilmaslik» mumkin. Ikkinchidan, Qo’shilmaslik
harakati avval boshdanoq G’arb va Sharq o’rtasidagi konfrontasiya atmosferasida
vujudga keldi va ular orasidagi ziddiyatlardan foydalanib keldi. Endi ikki mintaqa
o’zaro kelishmovchiliklarni tinch yo’l bilan hal etsa, hatto bir – biri bilan
hamkorlik aloqalari o’rnatsa, Harakatning bu jarayondagi o’rni qayerga ketadi va
missiyasi bunday vaziyatda nimadan iborat bo’ladi? Uchinchidan, Qo’shilmaslik
harakatiga har doim antiimperialistik yo’nalish (sobiq SSSRga tayanuvchi) xos
43
bo’lib kelgan, xo’sh endi sovet davlati «sobiqqa» aylangandan keyin harakat
tayanuvchi kuch kim bo’lishi mumkin. To’rtinchidan, Harakatning rivojlanishi
uning a’zolari o’rtasida har tomonlama hamkorlik munosabatlarining o’rnatilishini
taqoza etsada, ammo a’zolar ichida guruhlashish, mintaqaviy va hatto bir – biri
bilan qon to’kilishgacha borib yetgan vaziyatni qanday baholash mumkin. Nihoyat
beshinchidan, Qo’shilmaslik harakatining natijaviyligi ko’pincha manfiy bo’lib
kelgan, yangi xalqaro munosabatlar tizimida shu vaqtgacha deyarli samara
bermagan buni rivojlantirishdan umid yo’q.
53
Qo’shilmaslik harakatiga 1991-yilda Iroqning Quvaytga nisbatan agressiyasi
ham jiddiy sinovlar soldi. Keskinlikni tinch yo’l bilan hal etishga qaratilgan
mustaqil, shuningdek kollektiv asosdagi qo’shilmaslik harakati a’zo davlatlarining
vositachilik chora – tadbirlari amalda hech qanday samara bermadi, harakat
tomonlarni muzokaralar stoliga keltirolmadi. Bu hol Qo’shilmasli harakati chida
o’z kuchiga va imkoniyatlariga ishonmaslik hissini yanada kuchaytirib yubordi.
Fors qo’ltig’ida bo’layotgan hodisalar ko’pchilik qo’shilmaslik davlatlari yana
shuning uchun ham tashvishga soldiki, endi oldingi bipolyar tuzilma amalda
bo’linmas bir qutbli kuchga aylandiki, unga harakat mustaqil ravishda qarshi tura
olmay qoldi. Shu bilan birga qo’shilmaslik harakatida Sharq bilan G’arbning
yaqinlashib ketish jarayoni oxir – oqibat «yagona Shimol» va «tarqoq Janub»
o’rtasida iqtisodiy qarama – qarshilikka, bu esa o’z navbatida rivojlanayotgan
davlatlarning
«uchinchi
dunyo»ning
kompleks
muammolari
bo’lgan
manfaatdorlikni susaytiradi, degan tushuncha paydo bo’ldi. Bu ko’pchilik
harakatga
a’zo
davlatlarning
hisoblashlaricha
Harakatning
«konseptual
muxtoriyati» ga zarba beradi, ustalik bilan harakat qilish imkonyaitlarini cheklaydi,
bu bo’lsa o’z navbatida shu vaqtgacha o’ynab kelgan halqaro bosim guruxi
sifatidagi rolini boy berishga olib keladi hamda a’zo davlatlar oldida bitta yo’l
qoladi, u ham bo’lsa ana shu kuchga moslashuvi, unga bo’ysinishi. Shu bilan
bog’liq ravishda qo’shilmaslik harakatining ayrim a’zolari bu tashkilotni
53
Алимов Ю. Движение неприсоединения: слухи о сметри сильно преувеличены// Азия и Африка сегодня,
1992, № 8, С.2
44
depolitizasiya ruxiyatidan kelib chiqib radikal qayta qurish tomonida bo’lib,
Harakatni
iqtisodiy
hamjamiyatga
aylantirishni
ilgari
surishdi,
natijada
Qo’shilmaslik harakati va 77 lar Guruhi to’la yo’qolib ketishi mumkin edi.
Harakat ichida Sharq va G’arb o’rtasidagi yaqinlashuv havfi va imkoniyalarini tan
olib, bunday gipotik «superittifoq» oldida yengilishga umuman yo’l qo’yib
bo’lmaydi va unga qarshi kurashga Qo’shilmaslik harakatining kollektiv potensiali
yordamida kurashga chaqirish, bu buyuk kuchlar bilan BMT doirasida kurash,
Boshassambleya va BMTning maxsus qo’mitalari ahamiyatini oshirish, Havfsizlik
kengashini demokratlashtirish va isloh qilish orqali Harakatning o’rnini saqlab
qolish tarafdorlari ham bor edi.
54
Qo’shilmaslik harakatining keyingi taqdiri, yashab qolish imkoniyatlari,
siyosiy ahamiyatini saqlab qolish yo’lidagi taktikalari va strategiyasi qanday
bo’lishi, tashkiliy birlikka erishuvi usullari Jakartada 1992 yil senyatbrda
chaqirilgan oliy darajadagi X Qo’shilmaslik harakati forumida o’zining eng yuqori
nuqtasiga chiqdi. Ma’lum ma’noda mana shu konferensiya tarixiy ahamiyat kasb
etdi yoki Qo’shilmaslik harakatidagi navbatdagi bosqichni boshlab berdi., ya’ni
futurolog – skeptikalar (bashoratchilar) tamonidan ilgari surilgan kelgusidagi «dafn
ssenariysi» to’lig’icha rad qilindi. Qo’shilmaslik harakati boshqaruvini eng yirik
a’zo davlatlardan biri Indoneziya qo’lga kiritdi, uning o’sha vaqtlardagi yetakchisi
Suxarto xalqaro maydonda katta obro’ga ega shaxslardan biri edi. Aynan indonez
yetakchisining
«olovli(pojarnыy)» xukumati davrida (1992-1995-yy, ya’ni
harakatga raxbarlik qilgan davrda) Qo’shilmaslik harakati yashab qolishga erishish
bilan birga garchi tashkilot avval boshda «sovuq urush» iqlimida paydo bo’lgan
bo’lsa ham ammo konfrontasiya, ya’ni qarama – qarshilik mahsuloti
hisoblanmaydi. Ana shunda Qo’shilmaslik harakati uchun og’ir bo’lgan kunlarda
yetakchi a’zo davlatlarning siyosiy yetakchilari – Hindiston va Indoneziya, Misr va
1964 йилдан БМТ доирасида ривожланаѐтган давлатларнинг мувофиқлаштирувчи – техник механизми
сифатида фаолият кўрсата бошлаган ташкилот. БМТнинг савдо ва ривожланиш бўйича 1-окнференциясига
тайѐргарлик вақтида (1963-1964-йй) вужудга келган. Дастлабки шунча аъзоси борлиги учун ҳам шу ном
билан аталди. 1984-йилга келганда гуруҳ аъзолари сони 125 та давлатга етди.
54
Крылов С.А. Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, перспективы.//
http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc //
45
Nigeriya, Kolumbiya va Chili – Qo’shilmaslik harakati o’zining har qanday arxaik
mafkuraviy «yuklar» dan xolos bo’lgani holda, yangi kriteriya va konsepsiyalarni
izlab topish, mavjud xalqaro munosabatlar tizimi sharoitiga mos bo’ladigan
zamonaviy hamkorlik mexanizmini yaratish kerakligini tushunib yetishdi.
Davr talabini Kolumbiya o’z bo’yniga oldi. 1995-yilning oktyabrda
Kartaxenada Qo’shilmaslik harakatining XI sammiti o’z ishini boshladi. Unda
harakat
boshqaruviga
Kolumbiya
tamoni
tayinlandi.
Yangi
raxbariyat
qo’shilmaslikka a’zo davlatlar nomidan harakat zamonaviy ko’pqutbli dunyoni
shakllantirishda mustaqil siyosiy kuch sifatida ishtirok etishi qat’iylik bilan
ta’kidlandi. Kartaxenada harakatning a’zo davlatlari o’zlari bilan yana ham
ko’proq o’rmalashib yoki turli kuchlarning manfaati doirasida muvozanatda qolish
uchun mashg’ul bo’lib qolmaslik kerakligi, balki o’zlarining takliflari va
yo’nalishini to’g’rilash va koordinatlashtirish hamda jahon siyosati asosiy
subyektlari bilan keng xalqaro aloqalarga chiqish zarurligi haqida to’xtamga
kelishdi. Undan tashqari G’arb-Sharq qarama – qarshiligi formulasining tarqalishi
Shimolni birlashtirish jarayoniga turtki bo’lib xizmat qildi, qo’shilmaslik
harakatiga a’zo davlatlar bu jarayonda Janubning birlashishi zarur degan fikrga
keldi. Rivojlanayotgan dunyoning siyosiy elitasi o’zlarining qo’lida tayyor
mexanizm borligini, u ham bo’lsa Qo’shilmaslik harakati bo’lib, uning
institusional asoslarini mustahkamlash Shimol bilan samarali muloqot olib borish
imkoniyatini yaratgan. Bunda yana bir holatga bir holatga, ya’ni 77 lar Guruxi
bilan o’ralishib qolmaslik ham uqtirildi. Har bir tashkilot xalqaro koordinatlar
tizimida o’z o’rnini topishi lozim deb hisoblandi.
Kolumbiyaning Qo’shilmaslik harakatiga raxbarlik qilgan uch yillik faoliyati
islohotchilik harakati bilan kechdi va qo’shilmaslik harakati davlatlari kutgan
maqsadlarni oqladi xisob. Bu masala Qo’shilmaslik harakatining navbatdagi,
Durbanda (JAR, 1998-yil, sentyabr) o’tgan XII Konferensiyada yana bir bor e’tirof
etildi. Mazkur sammitda harakatning xalqaro munosabatlar tizimida o’rni va rolini
mustahkamlovchi Durban Deklarasiyasi qabul qilindi. Ma’lum ma’noda bu
deklarasiya rivojlanayotgan davlatlarning XXI asrga kirish dasturi bo’ldi. Shunday
46
qilib Durban sammiti bir vaqtlar, 1992-yilda Jakarta boshlangan Qo’shilmaslik
harakati tarixidagi qiyin va anchayin ma’suliyatli bo’lgan bosqichini yakunlab
berdi. Yangi vujudga kelgan xalqaro munosabatlar sharoitida o’zining kerak
tashkilot ekanligini ko’rsata oldi va bu yo’nalishda zaruriy mezonlarni ishlab chiqa
oldi. Shunday qilib mashhur gamletcha ibora bo’lgan «to be or not to be» (bыt ili
ne bыt) Qo’shilmaslik harakati uchun yopildi.
55
Agar mantiqan olib qaraganda, yuqoridagi mulohazalar asosga ega. Shuncha
fikrlarga qaramasdan, Harakat yashashda va faoliyat yuritishda davom etdi.
Harakat baribir o’zining pozitsiyasida qattiq turdi. 1991-yilning sentyabrida Akkra
(Gana)da o’tgan Qo’shilmaslik harakati mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining
konferensiyasida
sal
avvalroq
ilgari
surila
boshlangan
«qo’shilmaslik»
tushunchasidan voz kechish va «Harakat» nomini o’zgartirish taklifi rad etildi.
Qo’shilmaslik harakati a’zolari harakatni birdan – bir maqsad (samosel) sifatida
qaramadilar. Ularga Harakat doimo birinchi navbatda, har tamonlama rivojlanishni
ta’minlovchi va xalqaro maydonda o’zlarining ahvolini mustahkamlash uchun
zarurdir. Yangi xalqaro munosabatlar sharoitida, Belgradda 1989-yilning
sentyabrida o’tgan Harakatning oliy forumida ikkita strategik vazifalar ilgari
surildi: «XXI asr bo’sag’asida qo’shilmaslik davlatlarining rivojlanishi uchun
nisbatan eng yaxshi sharoitlarni yaratish» va dunyodagi vaziyatga yanada faolroq
ta’mir ko’rsatish.
Bizningcha XX asrning 90-yillarida Harakatning kelajagiga ishonch
borligini navbatdagi muddatga raislikka saylangan Indoneziyaning xatti –
harakatlari bilan ham bog’lash mumkin. Chunki xalqaro maydonda kattagina
nufuzga ega bo’lgan Suxarto zo’r berib harakatni yashab qoldirishga erishdi. Shu
davlatning o’sha vaqtlardagi tashqi ishlar vaziri Ali Alatas navbatdagi uch yilga
raislikni Indoneziya olishi arafasida shunday fikrni bildirib o’tadi: «Qo’shilmaslik
harakatida to «uchinchi dunyo» mamlakatlari bor ekan kelajak bor».
56
55
Крылов С.А. Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, перспективы.//
http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc /
56
Алимов Ю. Движение неприсоединения: слухи о сметри сильно преувеличены// Азия и Африка сегодня,
1992, № 8, С.5
47
1995-yilning
oktyabrida
Kartaxenda
bo’lib o’tgan Qo’shilmaslik
harakatining XI sammitida Kolumbiya navbatdagi uch yillik muddatga raislikka
saylandi. Sammitda a’zo davlatlar yakdillik bilan Harakat zamonaviy ko’pqutbli
dunyoni shakllantirishda mustaqil siyosiy kuch sifatida qatnashishda davom
etishligi
ta’kidlandi. Shuningdek, o’z-o’zlari, qolaversa turli kuchlarning
manfaatlarini tenglashtirish bilan mashg’ul bo’lib qolmasdan, o’zlarining
munosabatlarini to’g’rilash va aniqlashtrishi hamda jahon siyosatining barcha
asosiy subyektlari bilan keng xalqaro munosabatlarda hamkorlik qilish zarurligi
to’g’risida to’xtamga kelishdi. G’arb – Sharq formulasining tarqalib ketishi
Shimolning birlashishi uchun turtki bo’ldi, qo’shilmaslik davlatlarining fikricha
shu ishni janub bilan ham amalga oshirish kerak.
Rivojlanayotgan dunyoning siyosiy elitasi bu ishni amalga oshirish uchun
boshqa vazifalar ishlab chiqish zarur emaslgini, ularda buning uchun tayyor
mexanizm – Qo’shilmaslik harakati borligini yaxshi tushunardi. Harakatni
institutsional asoslarda mustahkamlash Shimol bilan faol muloqot o’rnatish
imkonini beradi. Bunda yana bir masala ko’ndalang paydo bo’ldi, ya’ni 77-lar
guruhi bilan o’ralashib qolmaslik. Har bir tashkilot xalqaro maydonda o’zining
aniq yo’nalishini belgilab olishi zarur.
57
Dunyo baribir hamkorlikni va aloqalarga kirishishni taqozo etadi.dunyo
hamjamiyatining har bir a’zosining barqaror taraqqiyotga erishish manfaatlari
mavjud. Shuning uchun ham Qo’shilmaslik harakati davlatlari Harakatga yangi
ampula berar ekan, uning birinchi navbatda rivojlanayotgan davlatlarning hayotiy
zaruriyat bo’lgan ijtimoiy – iqtisodiy muammolarini xalqaro maydonda himoya
qilib chiqish zarur degan xulosaga kelishdi.
Kartaxenadagi sammitda ishtirokchi davlatlar bu maqsadlarni amalga
oshirishga tayyor ekanligini bildirib o’tishdi. Harakat buni birdamlik va o’zaro
1966-йила вужудга келган ривожланаѐтган давлатларнинг иқтисодий бирлашмаси.БМТ ва унинг
ташкилотларида умумий манфаатларда иштирок этади.
57
Крылов C. Движение Неприсоединения на пороге ХХI. // векаhttp://
old.nasledie.ru/politvne/186/article.php?art=20
48
harakatni mustahkamlovchi Janub – Janub yo’nalishida va Shimol bilan hamkorlik
va sheriklikni rivojlantirishda belgiladi.
Kolumbiyaning uch yillik raisligi davri Qo’shilmaslik harakatida islohot
o’tkazish bilan kechdi. Buning amaliy ifodasini Durbanda (JAR, 1998-yil sentyabr)
o’tgan Harakatning XII Konferensiyasida ishtirokchi davlatlar tamonidan yakdillik
bilan qabul qilingan Durban Deklarasiyasida ko’rish mumkin. Deklarasiyada
«uyg’onayotgan millatlar erasiga, Janub erasiga, umidlarni ruyobga chiqaruvchi
eraga o’z o’rnini bo’shatib bergan yangi ming yillikning ilg’or kuchlari» sifatida
Qo’shilmaslik harakatining xalqaro maydonda o’rni va roli mustahkamlanib
qo’yildi. Amalda bu dastur rivojlanayotgan davlatlarning XXI asrga qo’ygan
qadami edi. Shu tariqa Durbandagi Harakat sammiti Qo’shilmaslik harakati
tarixida Jakartada 1992-yil boshlangan ma’suliyatli bir davrni, yangi «xalqaro
munosabatlar tizimida» o’rni va rolini aniqlashga intilgan bir bosqichni yakunlab
berdi.
Durban sammitida asosiy kun tartibidagi masala sifatida Janub – Janub
yo’nalishi bo’yicha xalqaro munosabatlarning globallashuv va liberalizasiyalashuv
hamda xalqaro iqtisodiyotning o’zaro aloqadaorligining chuqurlashuvi sharoitida
qo’shilmaslik davlatlar orasidagi siyosiy birdamlikni mustahkamlashga qaratildi.
Harakat shunga aminki, rivojlanayotgan dunyo taraqqiyot tomon ketmoqda va
bunga imkoniyat yetarlidir. Muammo shundaki, Janub avvalgidek o’z xom ashyo
mahsulotlarni Shimolga eksport qiluvchi bo’lib qolmoqda, shuning uchun ham
Shimol – Janubning «vertikal» moliyaviy oqimi dahlsiz bo’lib qolmoqda. Janub –
Janubning
San–Xoseda
(1997-yil
yanvar)
bo’lib o’tgan rivojlanayotgan
davlatlarning savdo, moliya va investision siyosati bo’yicha o’tkazilgan
konferensiyasida maxsus dasturlar ishlab chiqildi hamda Janubning nisbatan
rivojlangan davlatlariga tavsiyanomalar yaratildi. Unga muvofiq, Janubning kam
rivojlangan iqtisodini yuksaltirish uchun «uchinchi dunyo» mamlakatlarida yangi
va foydali bozorlarni ochish, shu orqali ularga investisiya kiritish nazarga olindi.
San – Xoseda ishlab chiqilgan, keyin Durban sammitining yakuniy hujjatida aks
etgan Janubning o’zaro hamkorlik loyihasi «Janubning Janubga donorligi» deb
49
nom oldi. Ana shunday modelda Janub potensial himoyani ko’radi, qaysiki unga
bir tomondan Shimol bilan raqobat qilishga yordam bersa, ikkinchi tomondan
Janubning iqtisodiy rivojlanishiga sharoit yaratishi kerak edi.
58
Ana shu yo’nalishda Harakat ta’kidlaydiki, Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi mamlakatlarining regional va subregional hamkorligi intensifikasiyasi,
u yerda faoliyat yuritayotgan savdo-iqtisodiy ittifoqlar hamda jamiyatlar Janubning
uchta qit’a iqtisodiy hamjamiyatini shakllantirishda poydevor bo’lishga chaqirilishi
lozim. Mazkur loyihani hayotga tadbiq etish maqsadida Durbandagi forum
ishtirokchilari bo’lgan qo’shilmaslik harakati davlatlari BMT rahbarligida Janub –
Janubning butun jahon sammitini chaqirish kerakligini tasdiqladilar. Uni
o’tkazishga tayyorgarlik masalasi Jakartada o’tgan (Indoneziya, 1998-yil avgust)
77-lar Guruhining uchrashuvida muhokama qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |