16
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.50.
18
1.2. Qo’shilmaslik harakati va siyosati asosiy maqsadlarining evolyutsiyasi
1961 yilning sentyabrda Belgradda qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlat
boshliqlari va xukumatining birinchi konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda Osiyo va
Afrikaning 23 davlati, shuningdek, Kuba va Yugoslaviya ishtirok etdi. Unda
harakatning maqsad va vazifalari qanday bo’lishi kerakligi masalalari muhokama
qilindi. Ta’kidlandiki, harakat dunyoda tinchlikni ta’minlash yo’lida tuzilgan
bo’lib, ayni vaqtda zamonaviy muammolarga nisbatan neytral pozisiyada
bo’lmaslik yo’li tutilmoqdi. 1955 yildagi Bandung konferensiyasida ishlab
chiqilgan qo’shilmaslik siyosatining asoslari to’laligichaqo’llab – quvvatlandi,
ammo unga yana bir cheklov qo’shildi, ya’ni harbiy – siyosiy bloklarga nisbatan
ham qo’shilmaslik.
17
Qo’shilmaslik siyosati xalqaro munosabatlar tizimida muxim faktor ekanligi
e’tirof etildi. 1964 yil oktyabrda Kohirada o’tgan Qo’shilmaslik harakati davlat va
xukumat boshliqlarining II konferensiyasida 47, ba’zi manbalarga ko’ra 57 ta
davlat vakillari ishtirok etdi. Mazkur konferensiya yakunida qabul qilingan
hujjatlar mantiqan Belgrad konferensiyasi hujjatlarining davomi bo’ldi. Xususan,
bu hujjatlarda «imperializm» (o’sha davr tarixiy adabiyotlarida qo’llanilgan siyosiy
tushuncha, ko’pincha kapitalistik yo’nalishdagi davlatlarning siyosati sifatida
sobiq sotsialistik davlatlar tarixchilari tamonidan qo’llanilgan – B.Z.) va
neokolonializm xalqaro keskinlik va ziddiyatlarning asosiy manbasi ekanligi
ta’kidlandi. «Konferensiya, - deb keltiriladi yakuniy deklarasiyada, - barcha
xalqlarning ular uchun qaysi boshqaruv yo’li munosib bo’lsa, shuni tanlashini
tantanali qo’llab - quvvatlaydi»
18
Qo’shilmaslik harakatining navbatdagi forumi 1970 yilda Lusakada
(Zambiya) bo’lib o’tdi va unda 54 davlat vakillari ishtirok etdi. Bu konferensiyada
ko’proq «tuzumlar» o’rtasida kurash masalalari aks etdi.
17
Движение неприсоединения в документах и материалах. М., 1975, С.65.
18
Қаранг: Международные отношения после второй мировой войны. В трех томах. Т.3.(1956-1964гг), М.,
1965 С. 508
;
Артемьев П. Подлинные и мнимые друзья движения неприсоединения. М., «Наука», 1982, С.13.
19
Qo’shilmaslik harakatining rivojida 1973 yilda Jazoirda bo’lib o’tgan IV
konferensiya muxim rol o’ynadi. Bu forumda endi dunyoning 75 davlati qatnashdi.
aloqalarini yo’lga qo’yish kerak.
19
1976 yil Kolomboda qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlat va xukumat
raxbarlarining V konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda ishtirokchilar soni 84 (86) tani
tashkil qildi. Shuningdek, 9 davlat va 13 ta xalqaro tashkilot o’z delegasiyalarini
kuzatuvchi sifatida yubordi. Unda ishtirokchi davlatlar «qo’shilmaslik o’zida
insoniyatning xalqlar o’rtasida tinchlik va havfsizlik uchun kurashni, yangi xalqaro
adolatli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tartib o’rnatish munosabatlarini namoyon
etishligi» ta’kidlandi. Konferensiya yakunida bir qator muhim hujjatlar, xususan,
Siyosiy va iqtisodiy Deklarasiya, Iqtisodiy hamkorlik bo’yicha harakat dasturi,
shuningdek aniq xalqaro keskinliklarga qatarilgan 30 dan ortiq maxsus
rezolyutsiyalar qabul qilindi.
20
Garchi a’zolari soni tezlik bilan o’sib borishi uni obro’li xalqaro tashkilot
ko’rinishga o’ta boshlaganligini anglatsada, lekin sifatiy jahatdan hali to’la
mukammallikka
erisholmaganligini
ham
aytish
kerak.
Chunki
birinchi
konferensiya bilan to VII konferensiya oralig’idagi 20 yildan ziyodroq vaqt
mobaynida unga a’zo bo’lib kirgan davlatlarning ayrimlari harakat faol
antiimperial kurash olib borishi degan tushuncha natijasida ichki taraqqiyparvar
kuchlarni qayta tashkil etish uchun (Angola, Jazoir, Mozambik, Nikaragua kabilar)
kirgan bo’lsa, boshqalari avtomatik tarzda, ya’ni mustaqillikka erishuvi bilan
mazkur tashkilotning a’zolariga aylandi. Lotin Amerika davlatlarining aksari
tashkilotga nisbatan keyinchalik a’zo bo’lib kirdi. Ayrim davlatlar bo’lsa bloklar
ta’sirida bo’lgan qo’shni davlatlari bilan ziddiyatlarda qo’llab – quvvatlanishga
erishish uchun ham qo’shilmaslik harakatiga a’zo bo’lib kirishgan edi.
21
Qo’shilmaslik harakati bosib o’tgan dastlabki 20 yillik tarixi davomida u
xalqaro munosabatlar tizimidada ko’pchilik xalqaro tashkilotlar orzu qiladigan
19
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.54.
20
Артемьев П. Подлинные и мнимые друзья движения неприсоединения. М., «Наука», 1982, С.17.
21
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.55.
20
darajada obro’-e’tibor qozondi. Xo’sh buning asosiy sabablari nimalardan
namoyon bo’ladi: birinchidan, ilk paydo bo’lgan kezlardan boshlab Harakat
tinchlik tamoyilini o’ziga asos qilib oldi. Uning amaliyotga tadbiq etilishida har bir
a’zo davlat o’zlarining milliy davlatchiligi va mustaqilligi taraqqiyotining
kafolatini
ko’rdi.
Jazoirda
bo’lib
o’tgan
Qo’shilmaslik
harakatining
konferensiyasida (1973-yil) qabul qilingan siyosiy deklarasiyaning uchinchi
bo’limida ta’kidlanadiki, Qo’shilmaslik harakati davlatlari boshqa tinchliksevar
taraqqiyparvar kuchlar bilan xalqaro munosabatlarni demokratlashtirish, butun
dunyoda tinchlikni ta’minlash uchun, davlatlar orasida tenglikni ta’minlash uchun
birgalikda kurashishi lozim.
22
Ikkinchidan, qo’shilmaslik harakati Osiyo, Afrika va
Lotin Amerikasi xalqlarining milliy ozodlik kurashlari bilan uzviy bog’liqdir. XX
asrning 60-70-yillarida kuchayib ketgan milliy ozodlik harakatini baralla qo’llagan
tashkilotdan biri mazkur harakat bo’lganligi uchun ham, u tezda milliy –ozodlik
yo’lida kurash olib borayotgan va mustaqillikni endigina qo’lga kiritgan davlatlar
tayanishi mumkin bo’lgan tashkilotga aylana oldi. O’z harakatining mazmun –
mohiyatidan kelib chiqib, oliy darajadagi Harakat konferensiyalarida milliy –
ozodlik kurashlari tashkilotlari – Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT), Janubi-
G’arbiy afrika Xalq tashkiloti, Afrika milliy kongressi vakillari taklif etilgan. Hatto
FOT 1976-yilda Harakatning to’la huquqli a’zosiga aylandi.
23
Uchinchidan,
bizningcha, endigina mustaqilikka erishgan davlatlarning xalqaro maydonda o’z
so’zlarini birdaniga aytishi uchun kattagina qiyinchiliklarni bosib o’tishga majbur
bo’lgan. Hech qanday ortiqcha cheklov va rasmiyatchilikning deyarli yo’qligi
mazkur davlatlarning Harakatga birdaniga a’zo bo’lishini tezlashtirgan. Qolaversa,
shu yo’l orqali yosh mustaqil davlatlar halqaro munosabatlar tizimida ishtirok
etishning muhim yo’lini ko’rishgan. Chunki garchi, BMT tashikiloti xalqaro
miqyosdan tan olingan tashkilot bo’lishiga qaramasdan, uning boshqaruv apparati
baribir «bloklar» u yo bunisiga mansub davlatlar – «sobiq mustamlakachi»
davlatlar qo’lida bo’lgan. BMTning ishida ishtirok etadigan bo’lsa, ularning
22
Движение неприсоединения в документах и материалах. М., «Наука», 1975, С.201-204.
23
Симония Н.А. Движение неприсоединения – важной фактор международной политики. М., 1978, С.7
21
soyasida qolib ketishlik havfi tezlik bilan Qo’shilmaslik harakati a’zolari sonining
o’sishiga olib kelgan.
Umuman, ana shu oxirgi qarab chiqilayotgan 20 yillik davr mobaynida
qo’shilmaslik harakati tashqi siyosati muttasil o’zgarib bordi. Umuman olganda
XX asr 80-yillar boshlariga kelganda harakatda alohida ajralib turuvchi besh asosiy
muammoni ko’rsatish mumkin. Ular, birinchidan, tinchlik va yangi jahon
urushining boshlanib ketish havfi muammolari, ikkinchidan, xalqaro iqtisodiy
munosabatlarni qayta qurish uchun kurash, uchinchidan, mustamlakachilik va
irqchilikning to’lig’icha tugatish, to’rtinchidan, harakat a’zolari bo’lmish
rivojlanayotgan davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarni tartibga olish, beshinchidan,
umuman xalqaro munosabatlarni to’lig’icha demokratlashtirish.
24
Bosib o’tilgan yigirma yillik tarixi davomida Qo’shilmaslik harakati qator
qiyinchiliklarni boshidan o’tkazganligini ham ta’kidlash o’rinlidir. Tashkilotga
a’zo bo’lish masalasining yengilligi sababli a’zolar soni tezlik bilan o’sib bordi.
Natijada qisqa fursat ichida ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi notekis
bo’lgan davlatlarning o’ziga xos hamjamiyatiga aylandi. Bu hol o’z navbatida
boshqa qiyinchilikni keltirib chiqargan. Ya’ni a’zolari soni qanchalik o’sib borishi
bilan, faoliyat yo’nalishi, hal qilishi lozim bo’lgan masalalar ham shunchalik xilma
– xillashib bordi. Shuning uchun ham ko’p masalalarda umumiy qarashga va
yondoshuvga erishilmay qolgan. Harakatning ichida ham Harakatning umumiy
yondoshuvlariga salbiy ta’sir qiluvchi kuchlar ham mavjudligini e’tiborga olish
lozim. Bunday kuchlarni Kolombodagi konferensiya vaqtida Liviya prezidenti
qo’shilmaslik harakatidagi kolonializmning «troyan oti» nomi bilan atadi.
25
Agar XX-asr 60-yillarida qo’shilmaslik harakati faoliyati markazida siyosiy
dekolonizasiyani tez fursatlarda tugatish turgan bo’lsa, mustaqillikka erishishdan
so’ng birinchi planga iqtisodiy dekolonizasiya turdi. Bu masala ayniqsa shu
asrning 70-yillariga kelganda, harakat tarkibi Lotin Amerikasining qator davlatlari
bilan to’lgandan keyin siyosiy masalalar qatorida qaraldi.
24
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.56.
25
Симония Н.А. Движение неприсоединения – важной фактор международной политики. М., 1978, С.14.
22
1979 yilda Gavanada o’tgan qo’shilmaslik harakatining navbatdagi forumi
harakatning maqsadi yo’lida siyosiy tuzumlar ikkilamchi masala ekanligini
isbotlab bergan bo’lsa, 1983 yil Dehlida o’tkazilgan harakatning VII
konferensiyasida ishtirokchi davlatlar soni 100 tagacha yetdi. (1-ilovaga qaralsin.)
Gavana konferensiyasi Qo’shilmaslik harakati tarixida alohida o’rin kasb
etadi. Sababi uning tarixida birinchi marta forum sotsialistik yo’nalishdagi davlat
va Lotin Amerikasida ilk marotaba o’tkazildi. Unda muhkoma qilingan asosiy
masalalar qatoriga Janubiy Afrika va Saharadagi keskinliklar, AQShning Lotin
Amerikasigi siyosatini kiritish mumkin.
26
O’tgan qisqa vaqt ichida mazkur tashkilot oddiylikdan murakkablikka
qadar bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Ayrim xalqaro tashkilotlar orzu qiladigan
darajadagi a’zolar soniga ega bo’lishiga qaramasdan, haqiqiy sharoitda ularning
tadbirlari ko’pincha ikki qutb – AQSh va sobiq sovet davlati soyasida qolib
ketaverdi.
Yangi mustaqillikni qo’lga kiritigan davlatlar orasida sobiq mustamlakachi
davlatlarning asoratlaridan biri bo’lgan o’zaro ziddiyatlar hamon saqlanishi
sharoitida qo’shilmaslik harakati muqim bir pozitsiyani namoyon eta olmadi.
Ayniqsa bu ziddiyatlar a’zo davlatlar o’rtasidagi chegaralar bilan bog’liq bo’lsa.
Bunday ziddiyatlar harakatning ta’siri faqatgina mavjud ziddiyatlarni xalqaro
miqyosdagi ziddiyatlarga aylanib ketmasligi uchun kurashdan iborat bo’ldi. Mana
shunday ziddiyatlarni tartibga solish yoki yumshatish uchun harakat faoliyati to’la
yo’l qo’ymagan. Shu boisdan shu kabi konfilktlarni o’rganish va uni bartaraf etish
uchun Yugoslaviya xukumati maxsus ad xoc deb ataluvchi qo’mita tuzishni taklif
etdi. Ammo shu va boshqa shunday takliflar hayotga tadbiq etilmadi.
Oddiy bir misol. VII konferensiya aslida Bog’dodda o’tishi rejalashtirilgan
bo’lib, biroq Iroq va Eron o’rtasida boshlanib ketgan ziddiyatlar sababli forum
o’tkazish joyi Dehliga ko’chirildi. Dehli konferensiyasi ham amalda ziddiyatlarni
hal etish yo’nalishida hech qanday yangilik kirita olmadi. Faqatgina kelib chiqqan
kelishmovchilik yoki ziddiyatlar, tangliklarni tinch yo’l bilan hal etish lozimligi
26
Артемьев П. Подлинные и мнимые друзья движения неприсоединения. М., «Наука», 1982, С.18.
23
uqtirildi, xolos.shunday bo’lsada, ayrim kelishuvlar, oldinga siljishlar amalga
oshirildi. Masalan Dehli konferensiyasida Bangladesh va Afg’oniston, Bangledesh
va Vetnam o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi. Hindiston va Pokiston
tomoni muzokaralar stoliga qaytadan o’tirdi.
27
1983-yilda
Dehlida
bo’lib o’tgan Qo’shilmaslik harakatining VII
konferensiyasida bir qator xalqaro keskinlikdagi masalalar muhokama qilindi.
Falastin muammosini muhokama qilgan konferensiya ishtirokchilari yakunda
Falastin xalqi bilan birdam ekanligi to’g’risida murojaatnoma va falastinliklar
huquqlarini himoya qilishga yordam berish maqsadida sakkiz davlat ishtirokida
guruh tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, mazkur
konferensiyada Hind okeanida tinchlik zonasini yaratish loyihasi bo’yicha takliflar
qabul qilindi. Yakunda Harakat ishtirokchilari tomonidan «Qo’shilmaslik va
boshqa rivojlanayotgan davlatlarning kollektiv o’z – o’zini ta’minlash to’g’risida
Deklarasiya» ham qabul qilindi.
28
Qo’shilmaslik harakatining xalqaro maydondagi roli va o’rnini to’lig’icha
taxlil
qilish
jarayoni
1989 yil sentyabrdagi Belgradda o’tkazilgan IX
konferensiyadan boshlandi. Ma’lumot uchun aytish kerak, VIII konferensiya
Xarareda 1986 yil 1-6-sentyabr kunlari bo’lib o’tgan edi. Ana shu IX sammitda
qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatlari oldiga ikkita strategik vazifa qo’yildi:
«XXI asr bo’sag’asida o’zining rivojlanishi uchun eng zaruriy va yaxshi sharoitni
yaratish hamda dunyodagi bo’layotgan voqo’ye – xodisalarda faollroq ishtirok
etish». Ammo o’tgan asr 90-yillarida jahonda sodir bo’lgan keskin tarixiy
o’zgarishlar,
evrilishlar
zamonaviy
dunyoqaytarilmasining
siyosiy
konfigurasiyasining o’zgartirib yubordi. Ayni vujudga kelgan sharoit qo’shilmaslik
harakatining o’z tarixida eng murakkab bo’lgan inqiroz yoqasiga olib kelib qo’ydi:
avvalo, «Sovuq urush» tugadi, yetakchi kuchlar va bloklarning konfrontasiyasi
tugab uning o’rnida muloqatli va hamkorlikka asoslangan munosabatlar shakllana
boshladi, hukm surib kelgan bipolyar sistema xalqaro munosabatlar tizimida
27
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.63.
28
Движение неприсоединения. Проблемы и перспективы. М., 1986, С.234-354.
24
tugadi, uning negizida bir qutbli, ya’ni AQSh harbiy va siyosiy ta’sirida bo’lgan
dunyo paydo bo’ldi. Qo’shilmaslik harakatining bosh g’oyasi bo’lgan harbiy
bloklarga va siyosiy qo’shilmalarga qo’shilmaslik tamoyili bunday vaziyatda
amalda hech qanday mohiyati qolmadi.
Bunday murakkab xalqaro vaziyatlarda o’z pozitsiyasini belgilamasdan
turib, harakat ichida ham ixtiloflar boshlanib ketdi. SFRYu
tarqalib ketdi, uning
1989-yilda saylangan Raisi ishdan ketdi. 1991 yilda harakat ishtirokchilari safini
Argentina tark etdi, qolaversa qator Lotin Amerika davlatlari bu harakatni tark
etish arafasida turdi. Bir vaqtlar mazkur tashkilotning paydo bo’lishi uchun
kurashgan va o’tgan vaqt mobaynida unda kuchli ta’sirga ega bo’lib kelgan
Hindiston, Kuba, Jazoir singari davlatlar ichki siyosatlariga asoslangan turli
sabablar bilan qo’shilmaslik harakati to’g’nash kelgan muammolarga nisbatan
e’tiborini susaytirdi. Qo’shilmaslik harakatining Yevropadagi vakillari bo’lmish
Kipr va Maltaning ham harakatga bo’lgan munosabati o’zgardi, ular «umumevropa
uyi»ga intilish kuchayib, YEIga a’zo bo’lish uchun arizalar berishdi.
29
Harakat oldida turgan muammolarni hal etish maqsadi yo’lida qo’yilgan
amaliy urinishlardan biri 1989 yilgi qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlat
boshliqlari va xukumatlarining IX Konferensiyasida yangi 15 lar Guruxini tuzish
bo’ldi. Mazkur Guruxga harakat a’zolaridan 13 ta vakil – davlat va ikki nafar
mo’tadil rivojlanish ko’rsatgichlariga ega, yirik potensial soxibi bo’lgan, ammo
Harakat ichida «kuzatuvchi» maqomidagi Braziliya va Meksika kiritildi. Harakat
ichida
«Yo’lboshchilar (vojdlar) yetakchiligi» o’rniga kelgan «davlatlar
yetakchiligi» nafaqat «uchinchi dunyo» da mintaqaviylik tendensiyasini va kuchlar
va ta’mirlar markazlarining vujudga kelishini kuchaytirdi, balki ayni vaqtda
Qo’shilmaslik harakati ichki kuchlarining rivojlanishida obyektiv ta’sir o’tkazgan
«vojdizm»ning inqirozini ham namoyon etdi. Haqiqatdan ham qo’shilmaslik
harakatining eski «xarizmatik» yo’lboshchilari – Neru, Tito, Nosir, Suxarto,
29
Крылов С.А. Движение неприсоедиения: история, задаси, проблемы, перспективы.//
http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc //
15 лар Гурухининг асосий мақсади Шимол – Жануб мулоқотларини ривожлантириш бўлиб, кейинчалик
унинг сафига қўшимча давлатлар киритилди.
25
I.Gandi, Bandaranaikelar asta – sekinlik bilan sahnadan chiqib ketishdi. Aslida
bularni ayrimlarini birinchi avlod yetakchilari deb atasak to’g’riroq bo’lar edi.
Birinchi avlod yetakchilari katta hayotiy tajriba sohiblari bo’lib, ular milliy –
ozodlik kurashining haqiqiy maktabini o’tab kirib kelgan shaxslar edi. Ular
mustamlakachilik tuzumi vaqtida ishlab chiqilgan va kurash tajribalariga
asoslangan g’oyalari bilan boshqarishga harakat qilishar edi. Shu boisdan bo’lsa
kerak, dastlabki bosqichdagi qo’shilmaslik harakatining asosiy maqsadida ko’proq
harbiy – siyosiy bloklardan uzoqlik, bipolyar tizimdan holilik ko’proq uqtirilgan.
Harakat ichida yangi yetishib kelayotgan keyingi avlod mutloqo boshqa
avlod vakillari bo’lib, birinchi avlod yetakchilari singari katta ta’sirga va nomga
ega emas edilar (Fidel Kastroni xisobga olmaganda). Shu tariqa harakat ichidagi
xarizmatik tipdagi yetakchilik ko’pchilik a’zo davlatlar oldida turgan masalalarga
javob berolmay qoldi. Endi bir vaqtlar shiorlarning eng jo’shqinlari bo’lgan,
gegemonizmga va imperializmga qarshi kurash hamda milliy chaqiriqlar kerak
bo’lmay qoldi, endi «XXI asrda adolatli jamiyatni qurish» uchun Shimol bilan
hamkorlik qilishda konstruktiv faoliyatini yo’lga qo’yish payti kelgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |