I BOB: QO’ShILMASLIK HARAKATINING ShAKLLANIShI, RIVOJI VA
MEXANIZMI (XX –ASRNING 60-80 YIILARI)
1.1. Qo’shilmaslik harakatining shakllanishi jarayoni va mezonlari
Xalqaro munosabatlar tizimida qo’shilmaslik harakati uchta ko’rinishda
namoyon bo’ldi: birinchidan, yangi mustaqillikni qo’lga kiritgan rivojlanayotgan
davlatlarning tashqi siyosiy doktrinasi sifatida; ikkinchidan, mazkur davlatlarning
aniq tashqi siyosati kursi yoki yo’nalishi sifatida; uchinchidan rivojlanayotgan
davlatlarning o’ziga xos davlatlararo siyosiy birlashmasi sifatida. qo’shilmaslik
doktrinasi shunday vaziyatda shakllandiki, bu paytda Osiyoning dastlabki
ozodlikni qo’lga kiritgan davlatlari o’zlarini tashqi siyosat yo’nalishlarini ishlab
chiqarish jarayonida edilar. Qo’shilmaslik harakati ko’pchilik ozodlikka erishgan
davlatlarning aniq tashqi siyosiy tamoyili yoki yo’nalishi sifatida xalqaro
maydonda XX asrning 50-yillari o’rtalarida shakllana boshladi va 60-yillarida
taraqqiy eta boshladi. Harakat sifatida 70-yillar boshlariga kelib aniq ko’rinish
kasb etdi.
Ikkinchi jahon urushi tugab, dunyo davlatlari ikki buyuk sobiq SSSR
boshchiligidagi sotsializm asosida rivojlanish yo’lini tutganlar hamda AQSh
raxnomoligidagi «kapitalizm» o’sha vaqtlarda bu blokni «imperialistik davlatlar»
deb atalganlar blok o’rtasida boshlanib ketgan «sovuq urush» sharoiti endigina
mustaqillikni qo’lga kiritgan davlatlar tashqi siyosatda qanday pozitsiyada turish
masalasida asosiy masala sifatida kun tartibiga olib keldi. Shuning uchun ham
ozodlikka erishgan davlatlar rahbarlari va yetakchilari «imperializm» va
«sotsializm» o’rtasida keskin kurash bo’layotgan bir sharoitda, shunday tashqi
siyosat yo’nalishini ishlab chiqishni taqozo etdiki, shu yo’l bilangina o’zlarining
siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini himoya qila olishlari mumkin edi. Bir so’z bilan
aytganda yosh davlatlar yana qaytadan boshqa bir davlat, qaramog’iga tushmaslik
uchun aniq asoslangan tashqi siyosatini ishlab chiqishi, qolaversa bu siyosat
ko’pchilik yosh davlatlar tashqi siyosatida mushtaraklikni kasb etishi lozim edi.
Katta qiyinchiliklar bilan Hindsitonni mustaqillikka olib chiqqan atoqli
davlat va siyosat arbobi J.Neru tamonidan davlatlar oldida ana shunday murakkab
10
vazifa qilinishi shart bo’lgan bir vaziyatda qo’shilmaslik dokstrinasi ilgari surildi
va asoslab berildi. U hukumat rahbari (bosh vazir) Hindiston va u kabi yosh
mustaqil davlatlarni keyingi taqdiri ko’p jihatdan uning xalqaro maydonda qanday
o’rin egallab olishiga bog’liq bo’lishini yaxshi tushunardi.
Umuman J.Neru bilan birga Osiyoning bir qator davlatlari yetakchilari Osiyo
qit’asida yosh davlatlarning o’zaro hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish
kerakligi taklifi bilan chiqdi. Ana shunday siyosat arboblari sirasiga Ve’tnam
Davlat Respublikasi prezidenti Xo Shi Min, Birma yetakchisi Aung San,
Indoneziyaning prezidenti Sukarnoni kiritish mumkin.
1947 yilning mart-aprel oylarida Dehlida Neru tashabbusi bilan Osiyoning
27 davlati ishtirok etgan. 1-Osiyo konferensiyasi chaqirildi. Konferensiyaning
asosiy yakuni shu bo’ldiki, unda Osiyo munosabatlari bo’yicha tashkilot tuzish
g’oyasi ilgari surildi.
6
Dastlabki qo’shilmaslik doktrinasi «pozitiv neytralitet» yoki «afro-osiyo
neytralizmi» ko’rinishida paydo bo’ldiki, unda biron bir siyosiy – harbiy blokka
qo’shilmaslik hamda tinchlikni ta’minlashda ishtirok etish nazarda tutilgandi.
Aksariyat yosh mustaqil davlat rahbarlari pozitiv, barqaror, konstruktiv neytrallik
asosidagi tashqi siyosatini ishlab chiqar ekan, uning bir qancha Yevropa davlatlari
tomonidan qo’llanilib kelayotgan neytralizmdan tubdan farq qilishi ta’kidlab
o’tildi. Agar Yevropa davlatlari neytrallik siyosati urush yoki tinchlik vaqtida
doimiy neytrallikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro kelishuv natijasi bo’lsa, «afro-
osiyo neytralizmi» avvalo boshdanoq nafaqat aksil harbiy, balki aksil blok va aksil
mustamlakachilik xarakterini kasb etgan.
7
Shunday qilib, uzoq mustamlakachilik tizimi ostida yashab kelgan va
ikkinchi jahon urushidan keyin o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan davlatlarning
ichki ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy vaziyati qo’shilmaslik harakatining
shakllanishida birlamchi omil bo’lib xizmat qildi, keyin ularning tashqi siyosat
asoslarini belgilashlari ham mazkur harakatning vujudga kelishiga sababchi bo’ldi.
6
Системная история международных отношений. В 2-х томах. Том.2., события 1945-2003 годах. Под ред.
А.Д,Багатурова. М., 2006.
7
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.36
11
Endigina mustaqillikni qo’lga kiritgan davlatlarning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti
da kattagina farqlar bo’lishiga qaramasdan, ularni birlashtiradigan umumiylik, bu
ularning kolonial tuzumdan ozod bo’lishi edi. Shu boisdan ham yosh mustaqil
davlatlarning tepasiga kelgan dastlabki raxbarlar uzoq muddat o’z xalqining
milliy–ozodlik kurashiga bosh bo’lgan shaxslar bo’lib, ular birinchi galdagi
vazifasi sifatida qaysi yo’l bilan bo’lmasin, mustamlakachilik asoratlarini to’la
yo’qotish uchun kurash deb bilishdi. Asosiy e’tiborni iqtisodiy jihatdan mustaqil
bo’lishga intilgan mazkur raxbarlar, o’z davlati xududidagi xorijiy (sobiq
mustamlakachi) davlatlarning kapitaliga qarshi keskin kurash boshlab yuborishdi.
Chunki ular iqtisodiy jihatdan to’la mustaqillikni qo’lga kiritmasdan turib xalqaro
maydonda suveren davlat maqomida teng huquqli subyekt sifatida ishtirok etib
bo’lmasligini yaxshi tushunishardi.
O’z davlatining mustaqillikka erishuvi uchun ko’plab ishlarni amalga
oshirgan va keyinchalik ana shu oliy maqsadga erishtirgan J. Neru qo’shilmaslik
harakati doktrinasini ilgari surar ekan, bunda u Hindistonning xalqaro maydondagi
o’rnini mustahkamlashga, Osiyoning mustaqillikka erishgan davlatlari o’rtasida
kelishuvga erishishga qaratdi. Chunki aksar yangi mustaqil davlatlar liderlari
Hindiston davlat raxbarining yetakchiligisiz xalqaro maydonda o’zlarining
mustaqil pozitsiyasini yaratishga urinishardi. Mana shunday davlatlar sirasiga
Indoneziyani,
Seylonni,
Birmani
kiritish
mumkin
ediki,
ular
kelgusida
qo’shilmaslik harakatining Osiyodagi asosiy yadrosiga aylanishdi.
8
Xuddi shu davrda milliy – ozodlik kurashining boshqa bir yetakchisi, Misr
prezidenti Jamol Abdul Nosir bor kuchi bilan o’z davlatining «Bog’dod pakti»ga
qo’shilishga qarshi chiqib, uni «xalqlar turmasi» deb atadi. Neru, Tito kabi Nosir
ham yangi shakllanayotgan harakatning asoschilaridan biriga aylandi. U arab,
afrika va musulmon davlatlaridan ko’mak olishga harakat qildi. Bunda Misr
yetakchisi o’sha vaqtlarda mashhur bo’lgan arab va afrika birligi g’oyasidan
foydalanishga intildi. Qolaversa, islom faktorini ham asosiy masala sifatida qaradi,
8
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.41.
12
chunki shu orqali musulmon dini xukmron bo’lgan yangi mustaqil davlatlarning
madadini olishi mumkin edi.
Xalqaro munosabatlar tizimida o’z so’zini aytishga kirishgan yangi mustaqil
davlatlar oldida ularning barchasi amal qilishi kerak bo’lgan asosiy tamoyillarni
(prinsiplar) ishlab chiqishni hayotiy zaruriyatga aylantirdi. Ana shu tamoyillar
sifatida quyidagilar ishlab chiqildi: xududiy yaxlitlik va suverenitetni xurmat
qilish, hujm qilmaslik, bir – biirining ichki ishlariga ralashmaslik, o’zaro
munosabatlarda tenglik va manfaatdorlik, tinchlikni ta’minlash. 1955 yilga
kelganda
20
dan ortiq davlat bu prinsiplarni o’zlarining davlatlararo
munosabatlarida umummajburiy me’yorlar sifatida qabul qilishdi.
9
Shakllanayotgan qo’shilmaslik harakatining paydo bo’lishidagi muxim
qadamlardan biri 1955 yil apreldagi Bandungda bo’lib o’tgan Osiyo va Afrika
mamlakatlarining konferensiyasiga qo’yildi. Bandung konferensiyasi – yangi
vujudga kelayotgan xalqaro kuch sifatida maydonga chiqdiki, uning tarkibida
mustamlakachilik va yarim mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lgan davlatlarning
mutloqo ko’pchiligi kirdi. Umuman olganda to Bandung konferensiyasigacha
mustaqillikni endigina qo’lga kiritgan Osiyoning ayrim davlatlari raxbarlari
bo’lg’usida o’zaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni tartibga solish muammolari
bo’yicha bir necha marta yig’ilish o’tkazgan edilar. Shulardan biri 1950 yilning
mayida Bagioda (Filippin) Hindiston, Pokiston, Seylon, Indoneziya, Tailand,
Filippin davlat boshliqlari ishtirokidagi uchrashuv bo’ldi. 1954 yilda Kolomboda
uchrashgan Hindiston, Pokiston, Birma va Seylon yetakchilari Bandungda
o’tkazilishi kerak bo’lgan konferensiyaning ko’riladigan masalalarini muhokama
qilib olishdi. Aslida rasman Bandung konferensiyasini chaqirish g’oyasining
muallifi o’sha vaqtlardagi Indoneziya tashqi ishlar vaziri Ali Sastroamidjoyo edi.
10
Konferensiya ishida jami 29 davlat ishtirok etishdi, ulardan 23 ta davlat
Osiyo vakillari bo’lgan bo’lsa, Afrikadan olti davlat ishtirok etdi. Konferensiya
ishtirokchilari kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo’lgan kolonializmga
9
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.41.
10
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.42.
13
qarshi kurash bo’lgan bo’lsa ham, ular keng, konstruktiv asosda xalqaro xamkorlik
muammolarini muhokama qilishi, bu munosabatlarga «Pancha shila»ga tinchlik
tamoyilini berishga urinishdi. Bandung konferensiyasidan bir yil oldin, 1954
yilning 29 aprelida Hindiston va XXR raxbarlarining oliy darajadagi uchrashuvida
o’zaro munosabtlardagi besh tamoyil, ya’ni «Pancha shila» ishlab chiqildi. Unga
ko’ra davlatlar bir – birlarining xududiy yaxlitligini va suverenitetini xurmat qilish,
hujum
qilmaslik,
bir
– birining ichki ishlariga aralashmaslik, o’zaro
munosabatlarda tenglik va manfaatdorlik, tinchlikni ta’minlash tamoyillari ilgari
surildi.
11
Konferensiya yakunida ishtirokchi davlatlar tinchlik va hamkorlikni
ta’minlash uchun Deklarasiyani qabul qilishdi, unda baralla «davlatlar bir – birlari
bilan xuddi qo’shnilardek tinch-tovtuvlikda yashashlari lozimligi» uqtirilgan edi
hamda quyidagi tamoyillar asosida hamkorlikni yo’lga qo’yish kerakligi
belgilandi:
Inson huqularini, shuningdek BMT Nizomining tamoyillari va maqsadlarini
xurmat qilish;
Barcha davlatlarning xududiy butunligini va suverenitetini xurmat qilish.
Barcha irqlar va katta kichik millatlarning tengligini tan olish.
Xar bir mamlakatning BMT Nizomiga asoslangan yakka yoki kollektiv
mudofaasi huquqini xurmat qilish va xokazo.
12
Bu tamoyillar 10 banddan iborat bo’lganligi uchun ham xalqaro
munosabatlar tizimida tinchlikda yashashning «10 tamoyili» nomi bilan mashxur
bo’ldi. Tarixda birinchi marta Osiyo va afrikaning ko’pchilikdavlatlari mushtarak
maqsadlar ylida bir oraga yig’ildilar. Bandung konferensiyasi natijalari ikki qit’a
mamlakatlari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Garchi xalqaro
munosabatlar tizimida bu kabi konferensiyalar hali o’tkazilmagan, yosh mustaqil
davlatlarning xalqaro maydonda o’z so’zlarini aytish uchun qilingan ilk urunish
bo’lishiga qaramasdan, ishlab chiqilgan tamoyillar hali qandaydir o’zgarishlar
11
История дипломатия. В 5 томах. Т.5. Книга первая. Ред. кол.М., 1974, С.383.
12
Артемьев П. Подлинные и мнимые друзья движения неприсоединения. М., «Наука», 1982, С.12
14
kiritadigan darajadagi kuchga ega emas edi. Bandung guruxi uning barcha a’zolari
qo’shilmaslik harakatiga kiradigan darajada ta’sirga ega bo’lgan tashkilotga aylana
olmadi. Konferensiya tugaganidan tez fursat o’tib uning ishtirokchilari orasida
harbiy – siyosiy bloklarga kirmagan va xalqaro maydonda mustaqil siyosat
yuritishga intiluvchilar guruxi paydo bo’ldi. Dastlab bu guruxning yadrosini
Hindiston, Misr va Yugoslaviya tashkil etdi. Ulardan oxirgisi garchi Yevropa
davlati bo’lganligi uchun ham Bandung konferensiyasida ishtirok eta olmagan
bo’lsa ham, ammo afro – osiyo mamlakatlari bilan diplomatik va siyosiy
munosabatlarni yo’lga qo’yish va mustahkamlash harakatida edi. Yugoslaviya
tamoni aksilmustamlakachilik urushini zo’r berib qo’llab – quvvatladi, xatto qator
ozodlikni qo’lga kiritgan davlatlarga iqtisodiy va texnik yordam ko’rsatdi.
Bandung konferensiyasidan ikki yil oldin, 1953 yilda I. Broz Tito hind
gazetalaridan biriga bergan intervyusida «tinchlikni ta’minlash uchun universal
progressiv harakat» tuzish kerakligini taklif etgan edi.
13
Yugoslaviyaning ana shunday yo’l tutushi va kelgusida qo’shilmaslik
harakatining shakllanishida muxim rol o’ynashi sabablari ko’pchilik Osiyo va
afrika davlatlari sabablaridan farqli edi. Davlat XX asrning 40-yillar oxirida va 50-
yillar boshlaridagi tashqi siyosiy vaziyatidan kelib chiqib bu masalaga yondoshdi.
AQShlik tadqiqotchi Djon Kempbellning hech shak - shubxasiz qayd etishicha:
«Neytral harakatning oldingi saflarida turuvchi Hindiston, Misr va Yugoslaviya,
neytralizmga xar biri o’z yo’li bilan, o’zlarining milliy manfaatlariga, shuningdek
yetakchilarining xarakteri va uslublariga asoslangan yo’l bilan kirib kelishdi».
1951-1955-yillarda yugoslav xukumati boshliqlari tashqi siyosiy aloqalarni
jonlantirish uchun qator chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. 1954-yilda I.Broz Tito
Hindiston, Birma, Misrga, 1955-yilda Efiopiyaga tashrif buyurdi. Ular orasida
Dehliga qilgan tashrifi katta ahamiyat kasb etdi. Bu uchrashuv yakunida
imzolangan yugoslav – hind kommyunikesida qayd etilishicha, «xukumatlar
tomonidan qabul qilingan va o’tkazilayotgan bloklarga qo’shilmaslik siyosati
13
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.46.
15
«neytralitet» va «neytrallik»ni anglatmaydi, ya’ni ko’p hollarda e’tirof etiladigan
passivlikni anglatmaydi, balki kolekktiv havfsizilikni ta’minlashning asosi
bo’ladigan
kollektiv
tinchlikni
ta’minlashga
yo’naltirilgan
aktiv
aksilmustamlakachilik konstruktiv siyosatini namoyon etadi»
14
.
Shu tariqa Hindiston bilan birga Yugoslaviya ham qo’shilmaslik
harakatining birinchi konferensiyasini chaqirishga tayyorgarlik ko’rishda muxim
rol o’ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |