26
1.3. Qo’shilmaslik Harakati Mexanizmi. Harakatining ishchi guruhlari
va ad hoc qo’mitalari
Xalqaro munosabatlar tizimida shakllanayotgan xar bir xalqaro miqyosdagi
tashkilot, blok yoki ittifoqlar tashkiliy jihatdan oddiylikdan murakablikka qadar
davom etadigan yo’lni bosib o’tishadi. Yildan – yilga zamon talablaridan kelib
chiqib tashkiliy jihatdan o’zgarib, yangilanib boradi. Bir so’z bilan aytganda stabil
faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’ladigan barcha tashkiliy ishlar yo’lga qo’yiladi.
Bu ishlar bir sammitning o’zida yoki bir uchrashuv chog’ida shakllantirilib
bo’lmaydi. Xuddi shunday Qo’shilmaslik harakatining boshqaruv va shakllanish
mexanizmi bosqichma – bosqich rivojlanib bordi. Agar davtlar paydo bo’lgan
vaqtida asosiy ishchi qo’mita davlat boshliqlarining o’zlari tomonidan bevosita
amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik uning tarkibi kengaytirilib borildi.
O’tgan asrning 80-yillar boshlariga kelganda harakatdako’pgina boshqaruv
organi shakllanib bo’lgan edi. Bularga quyidagi strukturalar kiradi:
1. Davlat va hukumat boshliqlarining konferensiyasi.
2. Harakatning koordinator va raislik qiluvchi davlati.
3. Tashqi ishlar vazirlari konferensiyasi.
4. Tashqi ishlar vazirlarining kengashi.
5. BMT tarkibidagi qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatlar guruhi.
6. Muvofiqlashtiruvchi qo’mita (harakat a’zolari bo’lgan davlatlarning Nyu-
Yorkda, BMTdagi tashqi ishlar vazirlari yoki doimiy vakaillari
darajasidagi).
7. Maxsus organlar (axborot, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqalar).
30
Endi yuqoridagi tashkilotlarning asosiy funksiyalarini qisqacha taxlil qilib
o’tsak. Harakatning oliy organi davlat yoki hukumat boshliqlarining konferensiyasi
bo’lib, unda harakat a’zolari bo’lgan davlatlarning barchasi ishtirok etadi.
Konferensiya qoidasiga ko’ra xar uch yilda bir marta chaqiriladi. Navbatdagi
konferensiyani o’tkazish joyi oxirgi konferensiyada qatnashuvchi davlatlarning o’z
30
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.120..
27
xududlarida o’tkazish takliflariga qarab belgilanadi. Ammo bir safar bunday
bo’lmadi. VI konferensiya yakunlariga ko’ra, navbatdagi VII konferensiya
Bog’dodda o’tishi kelishib olingan edi. Ammo 1980-yilda Eron va Iroq o’rtasidagi
boshlanib ketgan urush tufayli konferensiya o’tkazish joyi Dehliga ko’chirildi.
Konferensiyani o’z mamlakati hududida qabul qiluvchi davlat uchun bu
xalqaro maydonda katta obro’ –e’tibor qozonish imkoni demakdir. Navbatdagi
konferensiyani o’z mamlakatida qabul qiluvchi davlat o’rnatilgan qoidalarga
muvofiq keyingi uch yil davomida Harakatga raislik qiladi, o’z navbatida mazkur
davlatning boshlig’i (yoki hukumat boshlig’i) bo’lsa Qo’shilmaslik harakatining
Muvofiqlashtiruvchi – raisiga aylangan. Shuning uchun ham Harakat ichida
konferensiyani o’z xududida o’tkazish bo’yicha kuchli tortishuv borgan, garchi
tashkilotning yagona byudjeti bo’lmaganligi sababli oliy darajadagi bunday
uchrashuvni tashkil qilish o’sha davlatga katta mablag’ sarf qilishni talab qilsa
ham. Shu bilan birga harakatni boshqarish nafaqat sharafli yoki obro’li bir ish
bo’lgan, ayni vaqtda katta xalqaro majburiyatni ham yuklagan. Chunki mazkur
raxbarlik qilayotgan davlatning xalqaro miqyosdagi orbo’ –e’tiboridan kelib
chiqib, harakat saflari o’sib borgan.
31
Qo’shilmaslik harakatidagi ikkinchi katta organ a’zo davlat tashqi ishlar
vazirlarining muntazam bo’ladigan uchrashuvi xisoblanadi. Bu uchrashuvlar 1970
yilda birinchi marta Belgradda chaqirilib, dastlab muntazam bo’lmagan (turlicha
nomlar
bilan
nomlangan:
«vazirlik-konsultativ
uchrashuvlari»,
«vazirlik
konferensiyasi», «tashqi ishlar vazirlari kengashi»). Doimiy o’tkazib turiluvchi bu
konferensiyani yuqoridagi nom bilan atash tavsiya qilindi. VI konferensiya
qarorlariga muvofiq, oliy darajadagi konferensiyalar oraliq muddatida ikki
martadan
ortiq
chaqirilmagan;
birinchi
marta
– oldingi konferensiya
yakunlanganidan keyin 1,5 yil o’tgach, ikkinchi marta – navbatdagi ochilishi kerak
bo’lgan konferensiyadan oldin, uni tayyorlash maqsadida yig’ilishgan.
32
31
Движение неприсоединения. Отв.ред. проф. И.И.Коваленко, М., «Наука», 1985, С.278.
32
Движение неприсоединения. Отв.ред. проф. И.И.Коваленко, М., «Наука», 1985, С.278.
28
Harakat a’zolari sonining o’sishi va ular o’rasida yagona fikrga kelishish
qiyinchiligining oshib borishi munosabati bilan o’tgan asr 80-yillaridan boshlab
yordamchi qo’mita faoliyati ham yo’lga qo’yildi. Uning tarkibiga o’sha
konferensiya o’tkazilishi belgilangan davlatda akkredetasiyadan o’tgan harakatga
a’zo davlatlarning elchilari, shuningdek, maxsus yuborilgan oliy rasmiy shaxslar
kiritilgan.
Konferensiya o’tkazishdan oldin muhokama etilishi kerak bo’lgan masalalar
bo’yicha a’zo davlatlarning fikrini umumlashtirish maqsadida, ayrim ziddiyatlarni
hal etish maqsadida oliy darajadagi konferensiyadan oldin Muvofiqlashtiruvchi
qo’mita ham chaqirilgan. Qo’shilmaslik harakati iyerarxiyasi strukturasidan kelib
chiqqanda, mazkur organ yuqoridagi ikki organdan quyiroq mavqeni egallagan. Bu
organnning hayotga tadbiq etilishining asosiy sababi boshqa xalqaro tashkilotlarda
bo’lgani singari bosh kotibiyat yoki ijroiya kengashi singari doimiy ijroiya
organini tuzish zaruriyati bo’lgan. Aftidan bunday organ xalqaro tashkilotning tez
o’zgarib borayotgan xalqaro munosabatlar tizimida tanaffuzsiz faoliyat olib borishi
uchun tashkil qilingan.
Ma’lumki avval boshdan qo’shilmaslik harakati biror bir tashkiliy qo’mita
sifatida, ya’ni bloklar singari faoliyat yuritishni rad qilgan edi. Belgradda o’tgan 1
Konferensiya
Deklarasiyasida
o’zlarining
kuchlarini
birlashtirayotgan
qo’shilmaslik harakati davlatlari «yangi blokni tuzishni hoxlashmaydi va yangi
blok bo’lmaydi» degan fikr keltirilgan edi.
33
Bu bilan ikki holat inobatga olingan
edi. Birinchidan, buyuk davlatlar ishtirokida tashkil qilingan harbiy bloklar va
ittifoqlarga qarshi tuzilgan va ularni tarqatishni maqsad qilgan Harakatning
ishtirokchilari o’zlarining harbiy – siyosiy tashkilotini tashkil qilmaydilar;
ikkinchidan, an’anaviy bo’lgan hukumatlararo tashkilotlar ko’rinishidagi organ
yoki strukturaga rasman qarshi edi.
A’zolari soni muntazam o’sib borgan tashkilot ma’lum bir tashkiliy
ko’rinishdagi boshqaruv tuzilmasini yaratish zaruriyatini kun tartibiga qo’ydi. II
Konferensiyada muhokma qilingan mazkur masalaga yechim topilmadi. A’zo
33
Движение неприсоединения. М., 1979., С.55.
29
davlatlar orasida masalaning kompromiss yechimi bo’lgan qandaydir konsultativ
muvofiqlashtiruvchi mexanizm tuzish kerakligi ilgari surila boshlandi.
1970-yilning aprelida III Konferensiyaga tayyorgarlik ko’rish maqsadida
yig’ilgan tashqi ishlar vazirlarining kengashida tarkibida 16 ta a’zo – davlatlar
bo’lgan maxusus qo’mita tuzishga kelishib olindi va unga vazifa sifatida
«tashkilotchi mamlakat bilan aloqani yo’lga qo’yish va tayyorlanayotgan
tadbirlarni muvofiqlashtirish» qo’yildi.
34
III konferensiya ham muvofiqlashtiruvchi qo’mitani uzil – kesil tuzmadi.
Balki 16 ta davlatdan iborat Tayyorlov qo’mitasi vakolatlari belgilash orqaga
surilib, yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni bajarish keyingi oliy darajadagi
uchrashuvgacha konferensiya Raisiga topshirildi. Ayni vaqtda ta’kidlandiki,
«harakatning uzluksizligini» ta’minlash «qo’shilmaslik harakati davlatlari
vakillarining turli darajadagi davriy kunsultasiyalari, shuningdek oliy darajadagi
konferensiyalarni nisbatan tez fursatlarda chaqirish» yo’li bilan amalga oshirilishi
belgilandi.
35
Djorjtaundagi 1972 avgustdagi IV konferensiyaga tayyorgarlik ko’rish
maqsadida to’plangan tashqi ishlar vazirlarining kengashida yana bir bor
«Muvofiqlashtiruvchi davlat bo’lmish Zambiya hukumatiga navbatdagi oliy
doiradagi konferensiyani tayyorlashga» ko’maklashish maqsadida Tayyorlov
qo’mitasini tuzish masalasi ilgari surildi. O’tkazilishi lozim bo’lgan konferensiya
uchun tarkibida yettita davlat bo’lgan doimiy qo’mita ham tuzilishi kerakligi
to’g’risidagi taklif ishlab chiqildi. Mazkur yettilik guruxi «har yili tashqi ishlar
vazirlarining sentyabr yig’ilishida geografik xukumatlar va navbatma – navbat
tamoyil asosida saylanishi» nazarda tutildi. Ta’kidlandiki, mazkur organga tashqi
ishlar vazirlarining kengashiga tayyorgarlikni nazorat qilish, shuningdek, «tashqi
ishlar vazirlari majlisida muhokama qilinishi lozim deb hisoblagan istagan
masalani ishlab chiqish» vazifasi yuklanishi lozim edi.
36
34
Движение неприсоединения. М., 1979., С.103.
35
Движение неприсоединения. Отв.ред. проф. И.И.Коваленко, М., «Наука», 1985, С.279.
36
Движение неприсоединения. М., 1979., С.169-170.
30
Qo’shilmaslik harakatining IV konferensiyasida doimiy faoliyat yurituvchi
organ tuzish yo’lida muxim qadam tashlandi.1973 yil 9 sentyabr kuni konferensiya
maxsus qaror bilan tarkibiga 15 davlat, shuningdek Hindsiton va Mali vakillari
kiritilgan (bu mamlakatlarga konferensiyada siyosiy komissiya raisligi va
muvofiqlashtiruvchi o’rni ajratildi) Muvofiqlashtiruvchi byuro tuzildi. 15 ta davlat
qit’alarning kvotalari miqdoridan kelib chiqib taqsimlanishi belgilandi, unga ko’ra:
Afrikaga – 7 ta joy, Osiyoga – 6 ta, Lotin Amerikasiga – 3 ta, Yevropaga – 1 ta
o’rin ajratildi. Byuro raisi qilib konferensiyani o’zida qabul qilayotgan Jazoir
belgilandi va keyingi V konferensiyaga qadar Muvofiqlashtiruvchi byuro qilishi
lozim bo’lgan quyidagi ishlar belgilab olindi:
1. navbatdagi konferensiyani tayyorlash;
2. navbatdagi konferensiyadan oldin yig’iladigan tashqi ishlar vazirlarining
navbatdagi kengashida ko’riladigan asosiy masalalarni ishlab chiqish;
3. qo’shilmaslik harakati davlatlarining «BMT va shaxsiy doiradagi»
faoliyati va pozitsiyani muvofiqlashtirish;
4. «doimiy qo’mitani uzil – kesil tashkil qilish» masalani o’rganib chiqish va
o’zining takliflarini berish;
5. harakatga a’zo davlatlar o’rtasidagi «Iqtisodiy hamkorlik bo’yicha
faoliyat Dasturi»ni nazorat qilish va uning bajarilishiga ko’maklashish;
37
V konferensiyada Byuroning tarkibi va faoliyati haqidagi masala maxsus
muhokama qilindi. Bunday organning faoliyatini zarurligi e’tirof etilgani holda,
uning a’zolari sonini oshirish kerakligi uqtirildi. Konferensiya qarorlariga ko’ra
Byuro a’zolari soni 25 tagacha yetkazildi: Afrikadan 12 ta davlat, Osiyodan 8 ta,
Lotin Amerikasidan 4 ta, Yevropadan 1 ta. Shuningdek Byuro bo’yicha ishqabul
qilingan hujjatda uning bajarishi lozim bo’lgan vazifalar ham belgilab berildi. Ular
qatorida konferensiya qaror va dasturlarining ijrosini ta’minlash va harakat
qitnashchilari
bo’lgan
davlatlarning
faoliyatini
muvofiqlashtirish,
zaruriy
takliflarni ishlab chiqish; konferensiya, tashqi ishlar vazirlari kengashi yoki boshqa
harakat ishtirokchilarining uchrashuvlarini tayyorlash bilan bog’liq ishlarni
37
Движение неприсоединения. М., 1979., С.209-210.
31
bajarish;
darxol
xal
qilinishi
lozim
bo’lgan
va
harakat
a’zolarining
umumanfaatlaridan kelib chiqadigan xalqaro muammolarni, ziddiyatli vaziyatlar
yoki masalalarni qarab chiqish uchun to’planish (bunda takliflar ishlab chiqish
bilan birga zarur bo’lga harakat ishtirokchilari orasidan ishchi guruhini tuzish); V
konferensiyada qabul qilingan xarkatga a’zo davlatlar o’rtasidagi Iqtisodiy
hamkorlikning faoliyat Dasturining ijrosini amalga oshirish va tahlil qilish, uning
hayotga tadbiq etilishiga yordam berish kabilar.
38
Yuqoridagi vazifalardan ayon bo’lib turibdiki, Muvofiqlashtiruvchi Byuro
doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organga aylanib, uning vakolati qo’shilmaslik
harakatining mezonlaridan kelib chiqib ishlab chiqildi. Shunga asosan vakolat
doirasida bajarishi lozim bo’lgan zaruriy chora tadbirlar ichida a’zolar o’rtasidagi
iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish ham nazarga olindi. Buni amalga oshirish
uchun Byuro faoliyat yo’nalishidan kelib chiqib 16 ta soha tanlab olindi va uni
nazorat qilish uchun muvofiqlashtiruvchi davlatlar mas’ul qilib belgilandi (3 -
Ilovaga qaralsin).
Shunday qilib, qo’shilmaslik harakati doimiy ijroiya organi bo’lmasa ham,
xarholda uning nomidan ish ko’ruvchi harakatning ta’sirini muvofiqlashtiruvchi
yetarli darajada obro’li siyosiy organ tashkil qila bildi. Byuro tarkibi har
konferensiyada qayta saylab olinadi. Uning vakolati ham shundan kelib chiqib,
konferensiyalar oralig’idagi muddatni tashkil etadi.
Byuro tarkibi soni doimo o’sib borgan, bu ikki asosiy sabab bilan izohlanadi.
Birinchidan, u yoki bu sabablar tufayli uning faoliyatida a’zo davlat sifatida
ishtirok etuvchi davlatlar doirasining kengayishi tufayli; ikkinchidan, ayrim
qit’alarning (Afrika va Yevropa) uning tarkibida o’z hukumatlari sonini oshirishga
intilishidan. Masalan, Gavanada o’tgan VI konferensiyada Muvofiqlashtiruvchi
qo’mita a’zolari soni 36 taga yetkazildi va quyidagi tarkibda belgilandi:
Afrika
-
17 ta o’rin
Osiyo
-
12 ta o’rin
Lotin
38
Движение неприсоединения. Отв.ред. проф. И.И.Коваленко, М., «Наука», 1985, С.282-283..
32
Amerikasi -
5 ta o’rin
Yevropa
-
1 ta o’rin
36 – o’rin Afrika va Yevropa o’rtasida taqsimlandi. Unga ko’ra bu
kontingentlardan saylanadigan a’zo-davlat qo’mitada bir yarim yil (ya’ni qo’mita
faoliyat ko’rsatadigan 3 yil teng ikkiga bo’lib berildi) faoliyat ko’rsatishi
belgilandi.
39
VII konferensyaiga kelganda Muvofiqlashtiruvchi byuroga a’zolar soni 74
taga yetib, mintaqalar bo’yicha quyidagi holatda taqsimlandi: Afrikaga – 36 ta
o’rin, Osiyoga – 23 ta o’rin, Lotin Amerikasiga – 12 ta o’rin, Yevropaga – 3 ta
o’rin. Natijada Byuroga Yevropaning qo’shilmaslik harakatiga a’zo bo’lgan barcha
uch davlati kiritilgani holda, Afrikaning harakatga a’zo davlatlarining 2/3 qismi
kiritildi. O’z – o’zidan mazkur organni tashkil etish chog’ida belgilangan taqsimot
qoidalariga zid ish qilindi. Bunday qarorni qabul qilgan konferensiya unga
«Muvofiqlashtiruvchi Byuroning barcha majlisi eshiklari boshqa a’zo davlatlar
(ya’ni, bevosita byuroga a’zo bo’lmagan davlatlar nazarda tutilmoqda – B.Z.)
uchun ham ochiq» degan qo’shimcha qo’shib qo’ydi. Bu bilan dastlabki
o’rnatilgan tartib qoidalari biroz yumshadi.
40
Taxlil qilib o’tkanimiz Byuro a’zolari sonining doimiy ravishda o’sib borishi
harakat to’qnash kelayotgan masalalarga yechim topish ishining qiyinlashib
borayotganligi bilan ham izohlanadi. Shuning uchun ham keyingi xar bir oliy
darajadagi
konferensiyalarda
Muvofiqlashtiruvchi
byuro
masalasi
alohida
muhokama etila boshlangan.
Ammo tez o’zgarib borayotgan dunyo, qo’shilmaslik harakatidan ham
darhol konsultasiyalar o’tkazishni va BMT doirasida ularning faoliyatini tezlik
bilan muvofiqlashtirib borishni talab qilgani holda Muvofiqlashtiruvchi byuroga
qo’shimcha ravishda tezkor faoliyat yurituvchi institusional faoliyat shaklini tuzish
kerakligini zarur qilib qo’ydi.
39
Движение неприсоединения в документах и материалах. Сост. Р.А.Тузмухамедов, М.; «Наука», 1983,
С.173.
40
Движение неприсоединения. Отв.ред. проф. И.И.Коваленко, М., «Наука», 1985, С.288..
33
Masala qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatlarning BMT doirasidagi
hamkorlik
munosabatlari
haqida
bo’lib, harakatning ilk konferensiyalari
ishtirokchilar BMTdagi o’z pozitsiyalari haqida fikrlashib olishgan edi. 1964-yilda
o’tkazilgan II konferensiyada mazkur muammo muhokama qilinib, qabul qilingan
deklarasiyada «Bosh Assambleyaning xar bir sessiyasi vaqtida qo’shilmaslik
harakati davlatlari tashqi ishlar vazirlari yoki delegasiyalar boshliqlari darajasida
o’zaro manfaatli konsultasiyani o’tkazish zarurligi» haqida gapirilgan edi.
41
Keyinchalik mana shunday konsultasiyalar bir normaga aylandi. Shu tariqa amalda
yangi organ – BMTning Bosh Assambleyasi sessiyalaridagi tashqi ishlar vazirlari
va delegasiya boshliqlarining yalpi majlisi paydo bo’ldi.
Harakatning rivojlanishi, faoliyatining jonlanishi qandaydir bir ishchi organ
sifatida faoliyat ko’rsatuvchi doimiy organ tuzish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Chunki tarkibi o’sa borgani sari, hal etilishi kerak bo’lgan masalalar ham kengayib
bordi. Bu masalalarga yechim topish uchun qo’shimcha konsultasiyalar o’tkazish
kerak edi. Ana shu yangi tashkilot shakli Yalpi majlis sifatida yuzaga keldi. Bu
organ Nyu – Yorkdagi BMTning doimiy a’zolari bo’lgan va ayni vaqtda harakat
ishtirokchilari bo’lgan davlatlardan tarkib topdi. Uning funksional jihatdan qulay
tarafi shunda ediki, u istalgan vaqtida chaqirilishi mumkin edi. Undan tashqari
mazkur organ BMTning Bosh Assambleyasidan tashqari vaqtida ham harakat
qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadi uchun ham zarur edi.
Shuni
qayd
etish
kerakki,
o’tgan asrning 80-yillariga kelganda
qo’shilmaslik harakati BMTdoirasida «77 lar guruhi» dan keyin (130 mamlakat
a’zo) tarkibining kengligi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi. BMT qoshida tashkil
etilgan yalpi majlis ikki darajada o’tkazilgan: 1. tashqi ishlar vazirlari darajasida, 2.
BMTdagi doimiy a’zolar darajasida. Yuqorida aytib o’tgan xar yili o’tkaziladigan
tashqi ishlar vazirlarining va BMT Bosh sessiyasidagi qo’shilmaslik harakati
ishtirokchilari bo’lgan davlatlar delegasiyalarining «sentyabr uchrashuvlari»ni shu
guruhning yalpi majlisi sifatida qarash mumkin. Ularning asosiy funksiyasi
BMTning mazkur sessiyasida qarab chiqiladigan masalalarni muhokama etishdan
41
Движение неприсоединения. М., 1979., С.87.
34
iborat bo’lgan, ba’zan istisno tariqasida boshqa muhim masalalar ham muhokama
qilingan va yechilgan.
42
Qo’shilmaslik harakatining yalpi majlis guruhining BMT doirasida doimiy
vakillari darajasidagi funksiyasi anchayin oddiy ko’rinishni namoyon etsa ham,
ammo u ham biror – bir qat’iy cheklovlardan holi. Bunday majlislarda odatda
birlamchi darajadagi muximlikni kasb etgan masalalar muhokama etilgan. 1981-
yildan boshlab sentyabr majlislaridan biri Qo’shilmaslik harakati kuniga
bag’ishlanadigan bo’ldi.
Asosiy e’tibor guruhning yalpi majlisini doimiy ravishda o’tkazishga
qaratildi. Gavana konferensiyasining qarorlariga ko’ra yalpi majlislar «Nyu-
Yorkda… doimiy tarzda, hech bo’lmagan taqdirda ikki oyda bir marta yoki
zaruriyatga qarab undan ko’proq» o’tkazilishi belgilandi. Amaliyotda ikki oyda bir
martadan ko’proq ravishda yalpi majlislar o’tkazildi, masalan, 1980-yilda 9 ta,
1981 yilda ham shuncha, 1982 yilda 7 ta shunday majlislar o’tkazildi.
43
Qo’shilmaslik harakati xalqaro miqyosdagi tashkilot funksiyasini bajargani
bois o’z vakolati doirasida ma’lum va qarab chiqilgan masalalar yuzasidan
qarorlar, rezolyusiyalar chiqaradi. E’tiborga olinadigan tomoni shundaki, masalan
BMT doirasida qabul qilingan rezolyuziyalar barcha a’zolar uchun majburiy
xisoblanadi, xuddi shunday tushunchani qo’shilmaslik harakati tashkilotlari
tomonidan chiqarilgan siyosiy rezolyuziyalarga ham ishlatish mumkinmi? Afsuski,
to’lig’icha bunday emas. Bu masalani chuqurroq taxlil qilib o’tsak.
Birinchidan, harakat konferensiyalari va majlislarida qabul qilingan siyosiy
qarorlar matnida qat’iylik formulasini kuzatish mumkin: konferensiya a’zolaridan
«talab qiladi», harakat qatnashchilari mana shunday kursni yoki tamoyillarni qattiq
qo’llab – quvvatlanishini «bir ovozdan e’tirof etadi», ular «amalga oshirish yo’lida
kelishib olishdi» kabi shakl tuzilishlarni ko’plab uchratish mumkin. Bundan
ko’rinib turibdiki, qo’shilmaslik harakati tashkilotlari o’zlarining siyosiy
hujjatlarida mana shunday formulirovkaga moyilligini namoyon etib turibdi, ya’ni
42
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.р ед. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.128-129.
43
Движение неприсоединения в современном мире. Отв.ред. Я.Я.Этингер, М., «Международные
отношения», 1985, С.129.
35
ularning ayrim qarorlari oddiy tavsiyalar bo’lib qolmasdan, ularni bajarish shart
bo’lgan majburiyatga aylanib qolgan. Bunday holat xatto Qo’shilmaslik
harakatining asosiy tamoyillari va maqsadlarining ishlab chiqilishida ham
namoyon bo’ladi. Masalan VII konferensiyaning Siyosiy deklarasiyasida
delagatsiya boshliqlari tamoyillar va maqsadlar bo’yicha «o’zlarining o’zgarmas
pozitsiyada qolishlari ta’kidlaganlar» va shuni qayd etishdiki «bu tamoyillarnining
biror bir a’zo davlat tomonidan buzilishini hech qanday holat bilan oqlab
bo’lmaydi hamda mutloqo kechirib bo’lmaydi».
44
Ikkinchidan, qo’shilmaslik harakatining asosiy organlari tomonidan qabul
qilinadigan qarorlar ovoz berish yo’li bilan emas, bunday holatda ayrim masalalar
yuzasidan qo’shilmaslik yoki qarshi chiqish, hech bo’lmaganda betaraf qolish
mumkin edi, balki konsensus usuli bilan amalga oshgan. Ushbu metodga harakat
a’zolari avval boshdanoq katta e’tibor berib kelgan. Bunda harakat qatnashchilari
harakat ichidagi birlikni, birdamlikni va o’zaro hamkorlikni ko’radilar. Hatto
xarkatning VI konferensiyasida ham konsensus metodi yana bir bor e’tirof etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |