Endi bu ko’rsatkichlarni bank misolida tahli qilamiz va bu quyidagi 4- jadvalda o’z aksini topgan.
“Ipoteka-bank”ATBningdaromadliligitahlili6
4-jadval
Ko’rsatkichlar
2012yil
2013yil
K1
0.034
0.031
K2
0.061
0.064
K3
0.539
0.762
K4
0.058
0.061
Bank Jahon banki mutaxassislarining tavsiyasiga ko’ra belgilangan me’yor darajasining talablarini bajargan. Bankning K1 ko’rsatkichining me’yoriy talabiga rioya qilgan, chunki bu ko’rsatkich 2012 yilda 3.4% ni 2013 yilda esa 3.1% ni tashkil etmoqda. Jahon standarti bo’yicha bu ko’rsatkich 3-4% larda bo’lishi belgilangan. Bankning jami aktivlari tarkibida foizsiz daromadlar 2012 yilda 6.1% ni 2013 yilda 6.4%ni tashkil etgan. Jami aktivlari tarkibida foizli daromadlari esa mos ravishda 5.8% va 6.1% eklanligi ko’rinib turibdi. 3-ko’rsatkich bo’yicha natijalar shuni ko’rsatadiki 2013 yilda bu belgilangan me’yoriy talabdan yuqori. Bank foizsiz daromadlari tarkibini kamaytirib, foizli daromadlari ulushini ko’paytirishga erishishi kerak. Bunday tahlil banklarning reytingini o’zgarishini aniqlashga imkon beradi. Foizli marja ham bu koeffisentlarni aniqlashda asoiy ko’rsatkich hisoblanadi. Bu bank foydasining muhim bo’lgan manbalaridan biridir. Soliqlar, bankning chayqovchilik operatsiyalaridan ko’riladigan zararlari va bank risklarini qoplashi kerak. Uning miqdori yuqoridagi va boshqa koeffisentlarni
6 Ko’rsatkichlar Ipoteka bankning “Umumiy daromad to’g’risida ” gi yig’ma hisobot ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilgan.
aniqlashda mutlaq qiymatni tavsiflashi mumkin. Shuningdek, foizli marja koeffisentining yetarli darajada bo’lishi aktiv operatsiyalar orqali erishiladigan daromadlilik passiv operatsiyalar bo’yicha xarajatlarni qoplay olishini ta’minlaydi. Endi banklarning likvidliligini ham tahlil qilsak. Bunda balans aktiv va passivlarini likvid va nolikvid, o‘zgaruvchi va barqaror tamoyillar asosida bo‘lishi likvid aktiv va o‘zgaruvchi passivlar o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Bu farq iqtisodchilar tilida GEP deyiladi. GEP grafik ko‘rinishda rasmlarda ko‘rsatilgan. Keltirilgan 3-rasm bo‘yicha bank likvidligining musbat GEP ga ega ekanligi, ya’ni likvid aktivlar o‘zgaruvchi passivlardan ko‘pligi ko‘rinib turibdi. Bu masalalarni yanada aniqlashtiradigan bo‘lsak, bank aktiv va passivlari o‘rtasidagi
foiz stavkasining o‘zgarishiga sezgirligi o‘rtasidagi farq tushuniladi.
Foiz stavkasi o‘zgarish sezgirligiga ega likvid aktivlar va o‘zgaruvchi passivlarni aniqlashda ularning mos keladigan vaqtini o‘rganish kerak. Bu vaqt iqtisodiy ahvolga qarab 7 kundan 3-6 oygacha, hatto yillar intervalida o‘rganiladi.