ATB “Aloqabank” Likvid aktivlari tahlili9
5-jadval
|
Ko‘rsatkich nomi
|
2013 yil 1 yanvar
|
2014 yil 1 yanvar
|
O‘zgarishi (+/-)
|
summasi
|
ulushi
|
summasi
|
ulushi
|
so‘mda
|
%da
|
A
|
V
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5 = 3 - 1
|
6=3/1
|
|
LIKVID AKTIVLAR
|
102 927 126
|
100
|
155 354 521
|
100
|
52 427 394
|
51
|
1
|
Naqd pullar
|
11 624 957
|
11,30
|
13 326 904
|
8,60
|
1 701 946
|
15
|
2
|
Banklardan olinishi
lozim bo‘lgan mablag‘lar
|
78 502 734
|
76,30
|
120 442 822
|
77,50
|
41 940 088
|
53
|
3
|
Tez sotiladigan
qimmatli qog‘ozlar
|
1 967 120
|
1,90
|
2 225 863
|
1,40
|
258 743
|
13
|
4
|
Qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan
kreditlar
|
10 832 315
|
10,50
|
19 358 932
|
12,50
|
8 526 617
|
79
|
5
|
Minus: Muddati o‘tgan
va uzaytirilgan kreditlar
|
0
|
|
0
|
|
|
|
6
|
AKTIVLAR umumiy summasi
|
466 647 289
|
629 035 105
|
162387816
|
35
|
7
|
Likvid aktivlarning jami aktivlar summasidagi ulushi
|
22,1%
|
24,7%
|
2,6%
|
Jadval ma’lumotlaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki, ATB “Aloqabank” ning 2012- va 2013 – yillar oralig‘ida bankning likvid aktivlarining o‘sishi bir muncha sezilarli darajada ekanligini ko‘rishimiz mumkin. YA’ni bank likvid aktivlari o‘tgan yilga nisbatan 2.6 % ga oshgan. Likvid aktivlar ichida eng katta salmoqqa ega bo‘lgan aktivlar bu banklardan olinishi kerak bo‘lgan mablag‘lar hisoblanadi, ya’ni bu aktivlar likvid aktivlarning taminan 76 % ini tashkil etadi. Qolgan
9 AT “Aloqabank ” 2012-2013 y. dagi hisobot ma’lumotlari.
o‘rinlarda esa kassadagi naqd pullar (11 %) va tez sotiladigan qimmatli qog‘ozlar (taxminan 2%) tashkil etadi. Ikki yil ichidagi likvid aktivlar tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, tarkibdagi barcha aktivlar yuqori ravishda va keskin o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, kassadagi naqd pullar 15 % ga, banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar 53 % ga, Tez sotiladigan qimmatli qog‘ozlar 13 % ga, Qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan kreditlar 79 % ga o‘sganligi fikrimizning yaqqol dalili sifatida qarashimiz mumkin. Bankning umumiy likvid aktivlari esa o‘tgan yilga nisbatan 51% ga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bankning likvid aktivlarining o‘sishi bank uchun foydali hisoblanadi qachonki bu holat bankning qisqa muddatli majburiyatlarni bajarish uchun ijobiy hisoblanadi, lekin likvid aktivlar bank uchun daromad keltirmaydigan aktivlar hisoblanadi, shuning uchun likvid aktivlarning hajmi normal holatda bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Hozirgi kunda bizning bank tizimimizda markaziy bank tomonidan joriy likvidlik koeeffisienti qo‘llaniladi va bu ko‘rsatkich Respublikamiz banklari uchun 30 % yoki 0.3 koeeffisientni tashkil etadi.
SHunday qilib jadval ma’lumotlaridan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, bankning likvid aktivlari o‘sish dinamikasi bank uchun ancha ijobiy o‘zgarish sifatida baxolashimiz mumkin.
Tijorat banklari aktivlarini sifat ko‘rsatkichini taxlil kilish uchun kuyidagi kursatkichlardan foydalaniladi:
A1 – daromad keltiruvchi aktivlarning umumiy summasiga nisbati sifatida belgilanadigan daromadli aktivlar darajasi. Rossiya banklarida bu koeffitsientning kiymati koidaga kura. 55-65% ni tashkil etadi. Xalqaro standartlar bo‘yicha bu koeffitsient kiymati 76-83% bo‘lganda,optimal xisoblanadi. Bu koeffitsientning o‘ta past qiymati bank ishi samarasizligi va mablag‘lar immobilizasiyasi yuqori darajaligidan, o‘ta yuqorisi bankning yuqori darajali riskni o‘ziga olganidan dalolat beradi.
A2 – yuqori riskli aktivlar koeffitsienti, yuqori riskli aktivlar summasi nisbati aktivlarning umumiy summasiga teng. YUkori riskli aktivlarga aksiyalarga kuyilmalar, veksellarga, faktoring, lizing, to‘gridan-to‘g‘ri investitsiyalar, kredit
qarzdorligidan debet qarzdorlikning oshib ketishi kabilar kiradi. Bu koeffitsient uchun diapozon belgilanmaydi, lekin uning salmog‘i bo‘yicha bank aktiv siyosatining tavakkalchilik darajasini taxminan baxolash mumkin.
A3 – kreditlar buyicha muddati o‘tgan qarzdorliklarning joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi nisbatiga teng bo‘lgan gumonli qarzdorlik darajasi. Bu ko‘rsatkichning qiymati 5% dan oshmasligi lozim. Aslida u 0-2% diapozonda bo‘lishi kerak.
A4 – rezervlarning (ssudalar buyicha extimoliy yukotishlarga, ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarga, debitorlar bilan hisob-kitoblar yo‘qotishlarga) joylashtirilgan aktivlar summasiga nisbati rezervlar darajasi. Garchi, bu koeffitsient bankning rezervlar yaratish bo‘yicha siyosati va uning kredit portfeli sifatiga kuchli darajada bog‘liq bo‘lsada, rezervlar darajasi 5-7% bo‘lganda, optimal hisoblanadi.
A5 – daromad keltirmaydigan aktivlardagi debitorlik qarzlari darajasi. Ko‘rsatkich daromad keltirmaydigan aktivlar sifatini baxolash uchun mo‘ljallangan. Bu koeffitsientning maksimal darajada yo‘l qo‘yiladigan qiymati 40% yanada yuqoriroq qiymat bank likvidliligi pasayganligi va unda qo‘yilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha muammolar mavjudligidan darak beradi.
A6 – immobilizasiya qilingan aktivlarning netto-aktivlar summasiga nisbatiga teng sifatidagi aktivlarning immobilizasiya koeffitsienti. Bu koeffitsient kiymati 15-17% atrofida bulsa, normal xisoblanadi. Bu qiymatning ortib ketishi bank ishidagi samaradorlik qisqarishiga olib keladi.
A7 – aktivlarni «undirish» koeffitsienti, netto aktivlar summasining balans jamiga nisbati. Rossiya banklarida bu koeffitsient o‘rtacha 75-80% ga teng. Netto aktivlar brutto aktivlarning kamida 65% ni tashkil esa, normal xisoblanadi. Kamroq qiymat bank tomonidan o‘z reytingi va istiqbolini ko‘tarish uchun sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilganini bildiradi.
Miqdoriy parametrlar faqat aktivlar sifatini oldindan baxolash bo‘lib,bankning rasmiy xisobotlari ma’lumotlari bilan bajarilishi mumkin. YAnada batafsilroq
baholash uchun dastlabki ma’lumotlar asosida aktivlar tarkibidan qaytarilishi shubxa tug‘diradiganlari ajratiladi. Bu to‘lov shartlari qayta ko‘rib chiqilganligi bo‘yicha kreditlar; bankda yuzaga kelgan amaliyot tufayli og‘ishlar va buzilishlar bilan joylashtirilgan nostandart aktivlar; yirik kreditlar; bank insayderi tomonidan berilgan mablaglar va boshkalar bo‘lishi mumkin. Bunday taxlilni faqat bankning o‘zi, shuningdek, tekshiruvchi idoralar (O‘zR Markaziy banki va tashki auditorlar) o‘tkazish imkoniga ega.
Tijorat banklari aktivlari sifatini baxolash uchun O‘zR Markaziy banki tomonidan bir qarzdorga yoki bir gurux o‘zaro bog‘liq qarzdorlarga riskning maksimal miqdori singari majburiy normativlari; yirik kredit risklarining maksimal miqdori; bir kreditorga (omonatiga) riskning maksimal miqdori; bankning o‘z ishtirokchilariga (aksionerlarga) berilgan kreditlari va taqdimnoma (topshiriklar) lari, kafolatlarning maksimal miqdori; bank insayderlari bo‘yicha risklarning jamlangan miqdori belgilab berilgan.
Aktivlar sifatini dastlabki baholash bankning rasmiy hisobotlari asosida hisoblanib, u miqdoriy ko‘rsatkich hisoblanadi. Aktivlar sifatini yanada chuqurroq baholash uchun birlamchi ma’lumotlar asosida aktivlar tarkibidagi yomon aktivlarni ajratib olish zarur. Bular so‘ndirish sharti qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar, shubhali va umidsiz aktivlar, yirik kreditlar, bank insayderlariga taqdim etilgan mablag‘lar va boshqalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday tahlilni bankning o‘zi, shuningdek nazorat qiluvchi organlar amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |