Aktivlarining daromadliligi



Download 50,35 Kb.
bet11/14
Sana23.07.2022
Hajmi50,35 Kb.
#841826
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Daromadlilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘llari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari uchun asosiy muammolardan biri bankning likvidligi va daromadliligining eng maqbul darajasini anilash bo‘lib hisoblanadi. Unga erishish uchun bank aktivlarini samarali boshqarish katta ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari operatsiyalarini shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin:

    • o‘z kapitalini shakllantirish va mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq passiv operatsiyalar;

    • foyda olish maqsadida o‘z va jalb qilingan mablag‘larni joylashtirish bilan bog‘liq aktiv operatsiyalar;

    • komission-vositachilik va ishonch operatsiyalar.

Banklar aktiv operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida belgilangan likvidlilik me’yorlariga amal qilishlari va ayrim turdagi aktivlar bo‘yicha tavakkalchiliklarning maqsadga muvofiq taqsimlanishini ta’minlashlari lozim bo‘ladi.
Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi, likvidlilik nuqtai nazaridan amalga oshirilishi kerak. Bank taraqqiyoti manbalaridan ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama-qarshi. Bank likvidliligi va uning daromadliligi o‘rtasidagi aloqadorlik tahlili likvidlilik ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bu mezonning ustunligini hisobga olish natijasi ko‘rsatilgan qarama – qarshilikni muvofiqlashtirishga va bank faoliyatining asosiy maqsadi bo‘lgan foyda olishga erishishga olib keladi.
Bankning faoliyatida aktivlarning tutgan rolini yana ham mukammalroq o‘rganish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash muhimdir:

      • tashkilotlar, korxonalar, jismoniy shaxslar va banklarga berilgan kreditlar bo‘yicha umumiy kredit summasini hisoblash;

      • berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlarga berilishi va ularning umumiy karzdagi salmog‘ini aniqlash;

      • ssudalarning o‘rtacha foiz stavkalarini hisoblash va kredit bahosining o‘rtacha darajasini aniqlash;

      • umumiy ssudalarning ichida muddati o‘tgan qarzlarning salmog‘ini hisoblash.

      • bank tamonidan berilgan yirik kreditlarning hajmini aniqlash;

      • berilgan turli darajadagi kreditlarning Markaziy bank yo‘riqnomalariga javob berishini hisoblash;

Bulardan tashqari yana ham quyidagi koeffitsientlar borki, bularni ham hisoblash foydadan holi bo‘lmaydi:

          1. Aktivlardan foydalanish samaradorligi. Buni quyidagicha aniqlaymiz.




Aktivlardan foydalanish samaradorligi





=

Daromad keltiruvchi aktivlarning
o‘rtacha miqdori

Brutto aktivlar

Bu koeffitsent aktivlarning qancha qismi ishlashini va daromad keltirishini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich 70-80 foiz atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi. CHunki ushbu ko‘rsatkichning juda yuqori bo‘lishi banklar faoliyatida risk darajasining oshishiga olib keladi.

          1. Kredit berishda depozit mablag‘laridan foydalanish koeffitsenti.




Kredit berishda depozit mablag‘laridan foydalanish
koeffitsenti




Kreditlarning o‘rtacha qoldig‘i

=

Brutto depozitlar

Tijorat bankining jalb qilingan depozitlaridan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi. Mazkur ko‘rsatkich qancha yuqori natijaga ega bo‘lsa, bank jalb qilingan depozitlaridan samarali foydalanayotganligini ko‘rsatadi.



          1. Tijorat banklari kreditlarining bank jami aktivlaridagi ulushi.




Tijorat banklari kreditlarining bank jami
aktivlaridagi ulushi

Kreditlarning o‘rtacha qoldig‘i

=

Brutto aktivlar

Ushbu ko‘rsatkich tijorat bank aktivlarining qancha qismi kreditlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi va xalqaro amaliyot tavsiyasiga ko‘ra 60 foizdan yuqori bo‘lishi lozim. Bu esa bankning asosiy daromadlari kreditlardan olinishi bilan izohlanadi.


Ushbu ko‘rsatkichlar bankning kredit siyosati samaradorligini, bankning aktivlarining maqsadga muvofiq tuzilishini ko‘rsatadi, ularning risklilik darajasini va bankning likvidligiga, daromadliligiga, rentabelligiga ta’sirini ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda banklar uchun aktivlarni boshqarish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Har qanday bank, moliyaviy bozorning yuqori darajada
rivojlanishi bilan iqtisodiy barqarorliq sharoitida ma’lum jiddiy qiyinchiliklarni engib o‘tishi kerak. Lekin, inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan paytda va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bu tashqi omillar tijorat banklari moliyaviy ahvoliga ta’sir qilib, bank aktivlarini boshqarish masalasini birinchi darajaga qo‘ymoqda.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalarini boshqarish, o‘z oldiga balans likvidligiga rioya qilgan holda, bank fodaliligini ta’minlash singari ikki maqsadni qo‘yadi.
Moliyaviy jihatdan aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

Bundan kelib chiqqan holda, bankning aktivlarini ularning daromadliligi, tavakkalchilik darajasi va likvidligini e’tiborga olgan holda shakllantirish lozim.
Bank faoliyatining rivojlanishidan ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama qarshi ko‘rsatkichlardir. Likvid aktivlar va passivlar muvozanatlanganligi, bankning joylashtirilgan aktivlari va jalb qilingan resurslari muddatlari muvofiqligi darajasiga ko‘ra belgilanadi. Aktivlarni qaytarish va majburiyat o‘rtasidagi muddat nomuvofiqligi likvidlilik tavakkalchiligining asosiy manbasidir. Likvidlilik – bankning tashqi baholash mezoni bo‘lsa, uning daromadliligi ichki baholash mezonidir. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tahlili bankning likvidliligi ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi.
Bank likvidliligi muomaladan chiqarilgan depozitlar hajmini, aktivlarni qaytarish va majburiyatlarni bajarish muddatidagi farqlarni, pul bozoridagi tebranishlarni va rejalashtirilmagan xarajatlarni qoplashi kerak.
Bank likvidligini boshqarish konsepsiyasi asosida aktiv va passivlarning muddati, miqdori va tavakkalchiliklari bo‘yicha boshqarish tamoyili yotadi. Bu
bilan bankning o‘rtacha likvidliligi ta’minlangan holda, uning kreditorlari oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish uchun to‘liq imkon yaratiladi.
Bank balansi likvidliligiga uning aktivlari tarkibi ta’sir qiladi. YA’ni jami aktivlar ichida birinchi darajali likvid aktivlarning hissasi ko‘p bo‘lishi bankning yuqori likvidga egligidan dalolat beradi.
Likvid aktivlar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:

    • Bank aktivlari tez pulga aylanishi uchun ular o‘z bozoriga ega bo‘lishi kerak;

    • Etarli darajada barqaror narxga ega bo‘lishi, ya’ni bozor barcha sotilayotgan aktivlar narxlarini sezilarsiz darajada pasaytirgan holda qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim;

    • Aktivlar qaytadigan bo‘lishi, ya’ni sotuvchi dastlabki investitsiyalarni yo‘qotishlarsiz yoki minimal tavakkalchilik bilan qoplay olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Bank likvidliligi aktiv operatsiyalarning tavakkalchilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. YA’ni, bank balansida yuqori yuqori tavakkalchilikli aktivlar hissasi qancha ko‘p bo‘lsa, talab qilinadigan likvidlilik shuncha past bo‘ladi. Bank tomonidan boshqa muassasalardan va aholidan olingan depozit va qarzlarning ishonchliligi ham uning likvidliligiga ta’sir qiladi.
Bankning likvidlli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini bozordagi talab va taklif nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqish mumkin. Bankda likvidli mablag‘larga bo‘lgan talab quyidagi ikkita sabab bo‘yicha vujudga keladi:

    • Mijozlarning o‘z hisobvaraqlaridan mablag‘larini olishlari natijasida;

    • Mijozlar tomonidan kredit olish uchun buyurtmanomalar kelib tushishi sababli vujudga keladi.

Likvid mablag‘larga bo‘lgan talabning vujudga kelishiga yana bir sabab, bankning boshqa kreditorlardan (boshqa bankdan yoki markaziy bank) olgan qarzlarini qaytarish bilan bog‘liq. Soliqlarni va aksiyadorlarga dividentlarni to‘lash ham yuqori likvidli aktivlarga bo‘lgan talabni o‘sishiga olib keladi. Bank likvid mablag‘larga bo‘lgan talabni qondirish uchun barcha salohiyatli taklif manbalarini
jalb qiladi, ya’ni asosiy e’tiborni aholi va jismoniy shaxslarning mablag‘larini depozitlarga jalb qilishga qaratadi.
Likvid mablag‘larga bo‘lgan umumiy talab uning umumiy taklifidan oshib ketsa, bank likvid mablag‘lar taqchilligiga tayyor turishi va qancha miqdorda, qancha muddatga qo‘shimcha likvid mablag‘lar olish masalasini hal qilishi zarur. O‘z navbatida, jami taklif jami talabdan oshib ketsa, bank rahbariyati likvid mablag‘larining ortiqchaligiga tayyor bo‘lishi va ushbu mablag‘larga bo‘lgan talabni qoplash uchun zarur bo‘lgunga qadar qaerga, qancha muddatga mablag‘ yo‘naltirish masalasini hal qilishi kerak bo‘ladi.
Bankning likvid mablag‘larga bo‘lgan talabini rejalashtirishdagi birinchi vazifasi naqd pul mablag‘larini boshqarish hisoblanadi, ya’ni mijozlar talabini qondirish uchun etarli darajada naqd pul zaxiralarini a’minlashdan iboratdir. Lekin naqd pullar bankka daromad keltirmaydi, o‘z navbatida, bank rahbariyati naqd pulni minimal darajada ushlab turishi kerak bo‘ladi. Bu vazifani amalga oshirish bankning pul muomalasi bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim zimmasiga tushadi, ya’ni ushbu bo‘lim naqd pulning zaruriy minimal darajasini aniqlab, likvidlilikni boshqarish bo‘yicha amaliy ishlarni amalga oshirish uchun tavsiyalarni bank rahbariyatiga taqdim qiladi.
Bank aktivlari, muddatlari bo‘yicha, uning passivlari tarkibiga to‘g‘ri kelishi kerak. Lekin bank bozor munosabatlarining barqaror bo‘lmasligi xataridan to‘la xolis emas. Bu erda bank rahbariyati oldida bank operatsiyalari daromadliligini likvidlilik chegaralari doirasidan chiqmagan holda ta’minlash muammosi paydo bo‘ladi. Lekin likvidlik chegarasi, aktivlar va passivlar muddatiga qat’iy rioya qilgan holda joylashtirilishi ham bank daromadini maksimal darajaga chiqarishga ayrim hollarda halaqit beradi. Hozirgi kunda, bank amaliyotining ko‘rsatishicha, talab qilib olinguncha depozitga qo‘yilgan mablag‘larning bir qismi tarkibiy xarakter kasb etmoqda, ya’ni uzoq muddat talab qilinmasdan saqlanmoqda. Bu esa talab qilib olinguncha resurslarni uzoq muddatli, yuqori daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirishga imkon beradi.
Bank aktivlarini xatarlilik darajalariga qarab turli guruhlarga, ya’ni tavakkalchiliksiz aktivlardan tortib, 100 foiz tavakkalchilikli guruhlarga ajratish mumkin. Ushbu guruhlarga ajratish natijasida, bank aktivlarining ma’lum bir qismi tavakkalchilikli aktivlar, ya’ni tavakkalchilikka asoslangan aktivlardan tashkil topadi. Tavakkalchilikka asoslangan aktivlar miqdoriga qarab bank aktivlari sifatiga baho berish mumkin bo‘ladi.
Har bir tijorat banki o‘zining rivojlanish strategiyasidan va bank faoliyatining yirikligidan kelib chiqqan holda, likvidlilikni boshqarish strategiyalarini e’tiborga olib, o‘z faoliyatida qo‘llashi bankning likvidliligini ta’minlab turadi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, bank resurslari likvidliligining samaradorligini oshirish uchun, albatta, likvidlilikni boshqarishda aktiv va passivlarini shakllantirsa, bu maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Buning uchun, bankning aktivlarida daromad keltiruvchi va yuqori likvidlikka ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar salmog‘ini oshirib borilishi va qarz majburiyatlarini o‘ziga jalb qilgan holda passivlarni shakllantirsa, bank faoliyatida likvidlilik, daromadlilik va tavakkalchilik o‘rtasidagi eng optimal nisbaini saqlab turish imkoniyati kelib chiqadi.
Aktiv va passivlarni diversifikatsiya qilish Bankning to‘lovga layoqatsizlik xatarini kamaytirib, likvidlikni boshqarish imkonini beradi.
Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish nazariyalarini atroflicha o‘rganib xulosa qilish mumkinki, barcha nazariyalar asosan xorijiy davlatlarda banklar amaliyotida vujudga kelgan.
Tijorat banki aktiv va passivlari strukturasi uning daromad va xarajatlarini oldindan belgilab beradi va bu bilan uning rivojlanishini ham ko‘rsatadi. Aktiv va passivlarni boshqarishni iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga yoki bankning boshqa maqsadlariga yo‘naltirilgan davriy kompleks chora-tadbirlar majmui deyish mumkin. O‘z navbatida, bu boshqaruv davri uchta fazani o‘z ichiga qamrab oladi. Ular: rejalashtirish (bank strategiyasini ishlab chiqish, biznes rejani ishlab chiqish, joriy rejalashtirish), amalga oshirish (har kunlik moliyaviy va kredit xizmatlarini
ko‘rsatish) va nazorat (mavjud risklarni monitoring qilish va bank moliyaviy holatini tahlil qilish).
Bankni samarali boshqarilishi aktiv va passivlarni boshqarish strategiyasini to‘g‘ri belgilanishiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda bir qancha banklar aktiv va passivlarni boshqarish strategiyasi maxsus qo‘mitalar xulosalariga ko‘ra ishlab chikadilar (masalan, aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi). Bunday qo‘mitalarning foizlarni o‘zgarish riski strategiyasi ishlab chiqishini belgilaydi, balki qisqa va uzoq muddatli rejalashtirish, nolikvidlilik riskidan himoyalash choralarini ishlab chiqish, berilayotgan kreditlar sifatini nazorat qilish, resurslarni jalb qilish xarajatlarini optimalashtirish bilan ham shug‘ullanadi. Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi faoliyati aktiv va passivlarni boshqarish strukturasiga asoslanadi.
Tijorat banklarining passivlarini boshqarishda, xalqaro bank amaliyotida,
«Bank passivlarini boshqarish» nazariyasidan keng foydalaniladi. Mazkur nazariyada asosiy e’tibor tijorat banklarining depozit bazasini yaxshilashga qaratiladi. Tijorat banklarining depozit bazasi o‘zining tarkibiga transaksion depozitlarni, muddatli depozitlarni va jamg‘arma depozitlarini oladi. Tijorat banklari depozit bazasining sifatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri transaksion depozitlarning salmog‘i ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichni hisoblash uchun transaksion depozitlarning so‘mmasi depozitlarning umumiy so‘mmasiga bo‘linadi va olingan natija 100 foizga ko‘paytiriladi. Jahon Tiklash va Taraqqiyot banki ekspertlarining fikriga ko‘ra, bu ko‘rsatkichning maksimal darajasi 30 foizni tashkil etishi lozim. Agar bu ko‘rsatkichning natijasi 30 foizdan oshsa, u holda bankning resurs bazasining holati yomonlashayotgan hisoblanadi.
Nazariy qarashlar va aktiv – passivlarning optimal balanslashtirilgan strukturasi asosida quyidagilar yotadi:
Birinchidan, tijorat banki aktiv va passivlari strukturasini optimallashtirishdan maqsad bank daromadini oshirish va xarajatlarini kamaytirish hisoblanadi, ya’ni:

СФД  АСРi  Дi ПСР j  З j  max


(1)

i j


Bunda:
SFD – sof soizli daromad;

АСРi va
П СР j
- i-guruh aktivlarning o‘rtacha qiymati va j-guruh aktivlarning

o‘rtacha qiymati;


Дi - i-guruh aktivlardan olinadigan daromad darajasi;
З j - j-guruh passivlarga to‘lanadigan xarajatlar.
Ikkinchidan, tijorat banklari faoliyati risklarni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan normativlar asosida tartibga solib boriladi. Quyidagi jadvalda Rossiya Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan normativlar keltirilgan:




Download 50,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish