davlatning ichki zayomlari uchun ajratilgan mablag‘lar.
Bu mablag‘larni zaruriyat tug‘ilishi bilanoq bank hisobvarag‘i-dan olib ishlatish mumkin.
Likvidaktivlar tarkibiga yuqori likvid aktivlari tarkibiga kiruvchi mablag‘lardan tashqari quyidagilar ham kiradi:
yaqin 30 kun ichida qaytarish sharti bilan so‘mda va chet el valyutasida berilgan kreditlar;
yaqin 30 kun ichida mazkur bank hisob varag‘iga o‘tkazilishi kutilgan to‘lovlar.
Uzoq muddatli likvid aktivlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
bir yilgacha qaytarish sharti bilan so‘mda va chet el valyutasida bank tomonidan berilgan kreditlar;
50 foiz kafolat sharti bilan bir yildan ko‘proq muddatda qaytarish sharti bilan berilgan kreditlar;
hukumat tomonidan kafolatlangan muddati kechiktirilgan ssudani chegirib tashlangan qoldiq kredit;
garovdagi qimmatli qog‘ozlar;
garovdagi nodir metallar.
Uchinchi guruh – nolikvid (past likvidli) aktivlar.
Bularga:
Bank doimiy tarzda o‘zining likvidligini ma’lum bir darajada saqlashi kerak, ya’ni o‘zining to‘lovga qobilligini shubha ostida qoldirmasligi kerak. Likvidlikka bo‘lgan talab aktivlardan keladigan daromadni oshirish faoliyatiga ma’lum darajada qarshi turadi. Bankning aktivlari qanchalik darajada likvidli bo‘lsa, shunchalik ular bilan bog‘liq risk kichik bo‘ladi, ammo shunga qaramay, ularga to‘lanadigan foiz ham shunchalik kam bo‘ladi.
Belgilangan to‘lovga qobillik doirasidan chiqmagan holda aktivlarga joylashtirilgan kapitaldan daromadni oshirish, bankda boshqarish san’atini belgilaydi.
Bank likvidlikni ikki xil yo‘l bilan ta’minlashi mumkin: 1.Ortiqcha likvidli aktivlarni yig‘ish orqali.
Jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan usul – likvidlikni kam daromad keltiruvchi va tez sotiluvchi qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash usulidir.
Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari ikkiga bo‘linadi:
Daromad keltiruvchi aktivlar
Daromad keltirmaydigan aktivlar. Daromad keltiruvchi aktivlarga quyidagilar kiradi.
Barcha berilgan kreditlar (jumladan, banklararo kreditlar)