Akbarova umida muxtor qizi


XULOSA............................................................................................................68



Download 88,98 Kb.
bet7/16
Sana06.07.2022
Hajmi88,98 Kb.
#748281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Umida Akbarova

XULOSA............................................................................................................68
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………70
ILOVA................................................................................................................71


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda hayotimizni internetsiz, aqilli gadjetlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Aynan mana shu ixtirolar mevasi o’laroq, biz bugun butun dunyo ahli bilan hamnafasmiz. Bu bizga juda ko’p afzalliklar berdi, albatta. Ilm-fan yangiliklari-yu, marifat durdonalarini yer yuzi bo’ylab bo’lishish, bugun bizdan soniyalarnigina talab etmoqda. Ammo, insonlarning bir biriga bo’lgan ta’sir doiralari kengayishi , faqatgina, ijobiy jihatlarni o’z ichiga olmaydi.
Dunyodagi eng kuchli davlatlar demokratiya rivojlangan davlatlardir. Boisi, demakratik davlatlar xalq hokimiyatiga asoslangan bo’ladi. Hukumat vakillari xalq irodasini bajaruvchi vakolatli shaxslar hisoblanadi. Albatta, bunday davlatda hukumat vakillarining faoliyati doimo nazorat ostida turmog’i lozim. Amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar ham, salbiy islohotlar ham, jamiyatdagi muammo-yu, kamchiliklar ham doimo xalq nigohi ostida xolisona namoyon bo’lishi kerak. Ya’ni xalqning ko’zi ham qulog’i doimo ding bo’lishi lozim. Xo’sh, xalqning ko’zi ham qulog’i kimlar? Albatta, jurnalistlardir. Hozirgi kunda jurnalistlar faoliyatiga juda yaqin soha vakillari bo’lmish, bloggerlar baydo bo’ldi. Bloggerlar bu asli internet yoki ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum bir yo’nalish yoki mavzudagi bloglarni yurituvchi shaxslar xisoblanadi. Ularning aynan siyosatga doir bloglarni yurituvchi turi jurnalistlarga yaqinroq turadi.
Xo’sh, ushbu yo’nalishda jurnalist va bloggerni nima farqlaydi? Diplom deysizmi? Yo’q, yo’q, bunday desangiz, masalaga juda sayoz yondashibsiz. Diplom jurnalistning professionalist ekanligini anglatmaydi, diplomsizlik bloggerning saviyasizligidan dalolat bermaydi. Biroq turgan gapki, professionalism kuchli ta’lim va katta tajribani talab etadi. Aynan mana shu xususiyat va omillardan kelib chiqib, jurnalistlarni katta ehtimol bilan bloggerlardan ishonchliroq deyish mumkun. Xalq doimo yangiliklardagi shiddatga o’ch bo’ladi. Kim shiddatliroq, kim tezkorroq yangiliklarni xalqqa yetkazsa, shuning obro’si xalq oldida yuqoriroq bo’ladi. Albatta, professional jurnalistlar yangiliklarni eshitganicha ifodalab xalqqa tortiq qilmaydilar. Ular avvalo ma’lumotning to’g’ri yoki noto’g’riligini sinchiklab tekshiradilar, dalillar to’playdilar, tahlil qiladilar iloji bo’lsa o’zlari vaziyatning guvohiga aylanadilar. Bu esa o’z navbatida ulardan yaxsgigina vaqt talab etishi mumkun.
Jurnalist bo’ladimi yoki blogger, eng ahamiyatli jihati. davlatdagi umumiy vaziyat, siyosiy arboblarning faoliyati, jamiyatdagi muammolardan tortib ijtimoiy ahvoligacha ro’y rost, adolat bilan yoritib berilishi zarur. Ular fuqarolar va hukumat o’rtasidagi vositachi hamdirlar. Ular xalqning dardini hokimiyatga, hokimiyatning faoliyatini xalqqa ro’y-rost yetkazib berishlari zarur. Xalq manfaatlari doimo hamma narsadan ustun turmog’i lozim.
Bugungi kunda so’z erkinligining ortib borishi natijasida, internet va ijtimoiy tarmoqlarda turfa fikr va qarashlarga ega shaxslar miqdori ortib bormoqda. Misol uchun, ma’lum bir davlatdagi siyosiy tuzum haqida turlicha fikrlar, muloxazalar bildiruvchi, hattoki bo’htonlar yog’diruvchi insonlar talaygina topiladi. Bechora xalq esa, kimga ishonishini bilmay hayron. Birgina shu misolning o’zi ham jurnalistlarning zimmasidagi masuliyat na qadar ulkan ekanligining yorqin isbotidir. Bu o’rinda jurnalistlar doimo, masalaga oydinlik kirituvchi, yaxshini yomondan, haqni nohaqdan ayirib xalqqa yetkazib beruvchi najot farishtalari bo’lmog’i lozim. Bunda jurnalisdan talab qilinuvchi eng muhum fazilat xolislikdir. Qachonki, jurnalist holis bo’lsa, xalq unga ergashadi, qachonki xalq jurnalistlarga ergashsa, ishonsa, jurnalistlar qudratli bo’ladi.
Siyosiy yangiliklar-u, ma’lum bir davlatning siyosati haqidagi turfa fikr-mulohazalarga oydinlik kiritishning eng samarali yo’llaridan biri siyosiy arboblar bilan olib boriladigan doimiy hamda kerak bo’lsa jonli muloqotlar, intervyular hajmini kengaytirishdir. Hukumat ming to’g’ri siyosat olib bormasin, o’rinli islohotlarni amalga oshirmasin, ming yangi qarorlarni qabul qilib ularning ijrosini amalga oshirmasin, amalga oshirayotganlarini xalqqa ko’rsatib berolmasa ularning harakatlari xalq nigohida shunchalik ahamiyatsiz va bo’sh bo’lib qolaveradi. Aynan shu sabab yuzasidan ham, hukumat siyosatini intervyular orqali yoritib berishdan eng avvalo, hukumatning o’zi manfaatdordir.
Biroq olib borilayotgan intervyularning ahamiyati ularni qay darajada tashkil etilishiga ham jiddiy bog’liq. Agarda yuqorida aytib o’tkanimizdek, jurnalist holis bo’lmasa, tarafkashlikka yo’l qo’ysa, uning obro’si va qiymati shu qadar past bo’ladi. Chinakam jurnalist intervyular jarayonida joiz bo’lsa hukumat vakillarini tanqid qila olishi, turli so’roqlarga tuta olishi lozim. Zero, hukumat doimo xalq manfaatlari uchun ishlamog’ lozim.
Bugun dunyo manzarasini, turfa ma’lumotlar oqimini o’z ichiga olgan ulkan ummonga o’xshatish mumkun. Undagi duch kelgan oqimga qo’shilib, oqib ketmaslik uchun, manan sog’lom, aqlan yetuk, teran fikr va tafakkur, shuningdek, keng dunyoqarash egasi bo’lish insoniyat uchun, allaqachon zarur omillardan biriga aylanib qolgan. Biroq, ma’lumotlar oqimi shu qadar keng va turfaki, insonlarga yaxshini yomondan, haqni nohaqdan, uydurmani haqiqatdan ajratish uchun, hatto, yuqoridagi sifatlarning barchasi ham, kamlik qilmoqda. Zero, ma’lumotlar cheksiz, barcha sohalarning bilimdoni bo’lish esa, bir inson bolasi uchun hali erishilmagan cho’qqi.
Uzoq yillardan buyon, yurtimizda ta’lim berish jarayoni yod olish ko’nikmalari asosiga qurib kelinmoqda. Bu uslubdagi ta’lim berish qaysidir sohalarda qisman o’rinli bo’lgani va bilim darajalarini oshirgani bilan, ulardagi fikrlash qobilyatini o’stirishga xizmat qila olmaydi. Bu esa, bora bora fiklash qobilyatining qotib yoki qoliplashib qolishiga, turfa vaziyatlarga tog’ri baho bera olmaslikga, yod g’oya va qarashlarga ko’r-ko’rona ergashishga olib kelishi mumkun, afsuski.
Shuningdek, internet tarmoqlari va ijtimoiy tarmoqlarda turli siyosiy o’yinlarning ortishi ko’plab davlatlarda hukumat siyosatining xavf ostida qolishiga sabab bo’lmoqda. Shu sababli, jamiyatda adolat va siyosiy barqarorlikni ta’minlashda xolis va professional jurnalistlarga bo’lgan zaruriyat mavjud. Ushbu muammolarga yana bir chora sifatida, butun dunyoda tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakillantirish dolzarb masalalardan biriga aylangan.

Download 88,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish