Akbarova umida muxtor qizi


Jurnalist – siyosiy arbob va fuqarolar o’rtasidagi vositachi sifatida



Download 88,98 Kb.
bet10/16
Sana06.07.2022
Hajmi88,98 Kb.
#748281
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Umida Akbarova

Jurnalist – siyosiy arbob va fuqarolar o’rtasidagi vositachi sifatida

Kishilik jamiyati paydo bo’lgandanoq, demokratiyaning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham o’zining so’ngi cho’qqisiga erishganicha yo’q. Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimyatchiligining vosita va shakllari amalda o’rnatilgan va yuzaga chiqarilgan bo’ladi. Bunday davlat o’zini o’zi boshqarish, ko’p partiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin bo’lishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi.


Butun dunyo stasistikasiga nazar soladigan bo’lsak, dunyodagi eng rivojlangan davlatlar demakratiya rivojlangan davlatlardir. Biroq, yuqorida aytib o’tganimizdek, ko’plab davlatlar rasman demokratik davlat hisoblansalarda, amalda to’liq demokratiyaga erisha olishganlaricha yo’q. Bunga asosiy sabablardan biri fuqarolar ongida saqlanib qolgan eski tuzumlarning ta’siri va sarqitlaridir. Shuningdek demokratik davlatni yaratishga to’sqinlik qiluvchi boshqa omillardan biri hokimyatning monopoliyalashuvi hisoblanadi. Hokimiyatning monopoliyalashuviga faqatgina davlat boshlig’i yoki vakolatli organ vakillari sababchi deb o’ylash xato fikrdir. Buning uchun, o’sh davlatda, avvalo, monopoliyalashuv uchun yetarli muhit va sharoitlar mavjud bo’lishi kerak. Xo’sh, bunday muhit qanday paydo bo’ladi? Yer yuzidagi barcha davlatlarning tarixiga nazar soladigan bo’lsak, ularning aksariyat qismi o’tmishda mustabit tuzumni boshidan kechirgan va qattiq qo’rquv ostida yashagan. Shuning uchun ham, hozirda rasman demokratik hisoblangan ko’plab davlatlarda ham, fuqarolar ruhan demokratiyaga tayyor emaslar. Ularda bosh egishga moyillik, o’z menini anglamaslik, jamiyat taraqqiyotiga nisbatan dahlsizlik hissining yuqoriligi kabi hislatlar mavjud. Shu o’rinda demokratiyaning vujudga kelishidagi yana bir zarur omilni tilga olib o’tish joiz. Bu esa, ommaviy axborot vositalaridir. Demokratiyaning vujudga kelishi uchun ommaviy axborot vositalariga erkinlik berish masalasi juda ahamiyatli. O’z strategiyalari bilan rivojlangan davlatlarning siyosatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ularning aksariyatida ommaviy axborot vositalari to’rtinchi hokimiyat darajasigacha ko’tarilgan. Aslida ham ommaviy axborot vositalari katta kuchdir. Ular bevosita davlatning yuragiga, xalqiga ta’sir ko’rsata oladilar. Qaysi davlatda, xalq o’z o’rnini, qudratini, burch va huquqlarini anglay olsagina, o’sha davlatda demakratiya hukm suradi. Avvalo, xalq o’zini hokimiyatning boshqaruv kuchi ekanligini anglashi, hukumat vakillari ularning oldida masuliyatli va javobgar shaxslar ekanligini anglab yetishlari zarur. Bunda esa, fuqarolar va hukumat vakillari o’rtasida ko’prik vazifasini o’tovchi, xalqning yuragiga ta’sir ko’rsata olishdek qudratli kuchning e’galari bo’lgan jurnalistlarning tutgan o’rni juda ahamiyatlidir.
“Jurnalistika o’zi nima uchun kerak? Hukumat vakillariga ularning majburiyatlarini eslatib qo’yish, aholiga esa to’g’ri yo’lni ko’rsatish uchun. Jurnalistlarning yozganlarini o’chirishga emas, ularning qalami o’tkirlanishiga qo’yib berish kerak, shundagina jamiyat taraqqiy etadi.” – deya o’z chiqishlarini yakunlaganda yuz foiz haq edi, jurnalist Amirxon Umarov.
Jurnalist erkin faoliyat sharoitidagina jamiyat aʼzolarini xolis va haqqoniy axborot bilan taʼminlay oladi, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzini vositachi sifatida namoyon etadi.7
Yurtimiz O’zbekiston ham uzoq yillar mustabid tuzumni boshdan kechirdi. U davrlarda erkinlik to’g’risida gap-so’z bo’lishi mumkun emasdi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng vaziyat biroz o’nglandi, biroq ommaviy axborot vositalari senzuradan qutila olishmadi.
“Xalq soʻzi” jurnalistika sohasida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan, axborot tarqatish va uni tahlil qilish jarayonida old saflarda borayotgan jurnalist, Karim Bahriyevning bugungi jurnalistika haqidagi fikrlari bilan qiziqdi:

  • Keyingi oʻttiz yil ichida oʻzbek matbuoti nimalarga erisha oldi? “Erishilgan”lardan kim koʻproq manfaat koʻrdi?



  • Oʻtgan oʻsha davrga qarasak, matbuot bilan bogʻliq bir qonuniyatni koʻramiz. Dastlabki yillarda 1990-1994-yillargacha koʻp yaxshi ishlar qilindi – Konstitutsiya va besh yuzga yaqin qonunlar oshkora muhokamalar asosida qabul qilindi, Prezidentlik taʼsis etildi va real muqobillar asosida saylov oʻtkazildi, parlamentda hurfikrlik va matbuotda oshkoralik hukm surdi, bozor iqtisodiga oʻtish, madaniy dunyoga integratsiyalanish uchun harakatlar boshlandi. Dastlabki parlamentda hamma masalalar oshkora muhokama etilar, xalqda ham bir koʻtarinkilik hukmron edi.

Biroq asta-sekin yana maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi oʻzini mustahkamlab oldi, haqiqatni ayta oladigan kuchlar qatagʻonga uchradi, qamaldi yoki yurtni tark etdi, ommaviy axborot vositalari endi ommaviy targʻibot vositalariga aylantirildi. Shaxsga sigʻinish vaziyati qaror topdi, yurtboshini maqtash, madhiyabozlik avjiga chiqdi, tanqid qilinsa, faqat “mustaqilligimizni koʻra olmaydiganlar”, “iqtisoddagi yutuqlarimizga hasad qiluvchilar”, xorijda yurgan “vatan xoinlari” tanqid qilinardi.


Xayriyatki, 2016-yil soʻngida yangi siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy islohotlar vaʼdasi bilan mamlakat rahbarligiga Shavkat Mirziyoyev keldi va islohotlar soʻz erkinligidan boshlandi.


  • Tanqid hech kimga yoqmasligi kunday ravshan. Ammo jurnalistdan hamma koʻproq tanqidni kutadi. Aslida tanqid kimga koʻproq kerak: jurnalistgami, u chiqayotgan nashrgami yoki jamiyatga?

  • Tanqid – agar tuzum huquq ustuvor boʻlgan, adolatli va demokratik tuzum boʻlsa, hamma uchun foydalidir.

Haqiqatni yozish jurnalistga foyda, chunki u avvalo oʻz kasbining sharafini oqlaydi, oʻz nomusi va orini yuksakka koʻtaradi va xalqqa ham, Xoliqqa ham maqbul ishni qiladi.
Haqiqatni chop etish, takror aytamiz, agar tuzum demokratik va adolatli boʻlsa, nashrga ham foydali, chunki uning haqiqiy obunachilari, muxlislari koʻpayadi, natijada reklama beruvchilari koʻpayadi daromadi oshadi. Dostoyevskiy: “Pul – chop etilgan ozodlik”, - degan. Boyning ovozi balandroq chiqishi shundan. Aslida bobomiz Zamaxshariy: “Gʻaq soʻzlaganning ovozi arslon oʻkirishidan ham koʻra shiddatlidir”, deganlar.
Haqiqatni oʻqish, tafakkur qilish, muammolarning ildiziga yetish va yechimlarni topish – jamiyatga ham foydalidir, turli-tuman fikrlarsiz tafakkur oʻladi, iqtisod inqirozga uchraydi, maʼnaviyat parokanda boʻladi.


  • Matbuot rasman emas, faqat qogʻozlardagina emas, real hayotda boshqa uchta hokimiyat bilan boʻylasha oladigan chinakam toʻrtinchi hokimiyat boʻla olishiga ishonish mumkinmi? Buning uchun nima qilmoq kerak?



  • Matbuot, ommaviy axborot vositalari Konstitutsiyamizni jiddiy oʻqigan va tafakkur qilgan inson uchun haqqoniy toʻrtinchi hokimiyatdir. Bilasiz shunday kasblar borki, yuz minglab, millionlab insonlar u bilan shugʻullanadi, lekin ularning kasb-kori Konstitutsiyada tilga olinmagan. Konstitutsiyada Prezident va Vazirlar Mahkamasi, Sud va kuch ishlatar tizimlari hamda Ommaviy axborot vositalari alohida institutlar tarzida tilga olingan. Ommaviy axborot vositalariga alohida bob bagʻishlangan. Nari borsa, mingta atrofida OAV boʻlsa va ularda besh-oʻntadan odam ishlasa, besh yo oʻn ming kishining faoliyati Konstitutsiyaga kirgan. Ikkinchi tomondan, jurnalistika xuddi shifokorlik va muallimlik kabi ijtimoiy kasbdir, adolat va haqiqat uning oʻzagi boʻlishi shartligidan kelib chiqib, unga Konstitutsiyaviy institut maqomi berilgan.

Yangi Oʻzbekistondagi yangi islohotlar davrida ommaviy axborot vositalari yana oʻz vazifasini halol bajarishga taraddudlanmoqda. “Toʻrtinchi hokimiyat” istilohiga kelsak, uch hokimiyat nima qiladi: qonun chiqaruvchi hokimiyat – davlat va jamiyat faoliyatiga asos boʻladigan qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi, ijro hokimiyati va xalq shu qonunlar asosida ishlaydi, yashaydi va faoliyat yuritadi, sud hokimiyati davlat mansabdorlari va xalqning qonunlarni buzgan hollariga hakamlik qiladi va jazo beradi. “Toʻrtinchi hokimiyat” – ommaviy axborot vositalari esa bu uchta hokimiyat va jamiyatning hayotini shaffoflashtiradi, ularning oʻz vazifalarini amalga oshirishlariga koʻmaklashadi, kamchiliklarini oshkor qiladi, muammolarining yechimi saylovlarda qatnashganda, tafakkur bilan ovoz berishi uchun jamoatchilik fikrini shakllantiradi. Matbuotning hokimiyati – xalq fikriga taʼsir oʻtkaza olish kuchidadir.


OAVning toʻrtinchi hokimiyatga aylanishi qator omillarga bogʻliq.
Eng avvalo, siyosiy iroda kerak. Bu iroda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilmoqda va qayta-qayta daʼvat etilmoqda. Agar bu siyosiy iroda boʻlmaganda, bugungi aytilayotgan haqiqatlarga imkon boʻlarmidi?!
Ikkinchidan, OAV qonunlar takomillashuvi lozim. Masalan, tuhmat va haqorat degan jinoyatlarni gʻayrikriminallashtirish taklifi amalga oshishi kerak. Bu qonunbuzarliklarning maʼmuriy va fuqarolik kodekslarida boʻlishi yetarlidir. Soʻz uchun, fikr uchun qamoq jazosi boʻlishi mamlakatda fikr erkinligiga hech qachon yoʻl bermaydi. Biror bir taraqqiy qilgan, madaniy xalqda va davlatda bunday modda mavjud emas, u faqat avtoritar va totalitar davlatlarda qolgan.
Uni mansabdorlar tanqiddan qoʻrqqani uchun ushlab turadi va xalqqa esa shunday deydi: “Nahotki, sizga gazetada yoki internetda tuhmat yo haqorat qilishsa va jazosiz qolsa?!” Avvalo, jazosiz qolmaydi – maʼmuriy va fuqarolik kodekslariga koʻra jazolanadi, jarima toʻlaydi, OAV yopilishi mumkin, qolaversa, OAV qonunchiligiga koʻra yolgʻon maʼlumotlar raddiya qilinadi va fikrlarga javob bera oladi. Faqat soʻz uchun qamoq jazosi boʻlmaydi, xolos. Agar bir jurnalist soʻzi uchun qamalar ekan, qolgan minglab jurnalistlar tanqiddan tiyiladi, jim oʻtirishni yoki maqtashni afzal koʻradi. Maqtov esa “tiz choʻkib qilinadigan qaroqchilikdir”.
Uchinchidan, OAV menejmenti bozor iqtisodi sharoitiga oʻtishi kerak. Qonunchilikka koʻra, istalgan sohaga sarmoya kirita olasiz, lekin OAV sohasida chegara bor, nizom jamgʻarmasida xorij sarmoyasi 30%dan oshmasligi kerak, bevosita biror matbuot xorijdan mablagʻ jalb eta olmaydi, avval “umumiy oʻra”ga – Fondga tushishi kerak va u kimga berishni hal qiladi. Sarmoyador esa muayyan, aniq loyihaga pul beradi. Koʻryapsizki, matbuot sohasi bozor iqtisodining raqobat sharoitiga kira olmaydi. Tushunaman, bu cheklovlar avvalgi Shavkat Mirziyoyev aytgan “qoʻrquv davri”dan qolgan. Jamoatchilik fikriga xorij taʼsir oʻtkazmasin deyilgan. Biz endi adolatli va halol ish yuritsak, nimadan qoʻrqamiz?!
Toʻrtinchidan, aynan xalqning oshkora fikrlashi va ongli qarorlar qabul qilishi – haqiqiy barqarorlik va xavfsizlikning asosidir. Ongsiz olomon – xavfsizlikning dushmanidir.


  • Soʻnggi uch-toʻrt yilda oʻzbek matbuotida ancha jonlanish sezilayotgan edi. Biroq gazetalarda yana oʻsha “ura-ura” materiallar koʻpayib qolgani, saytlardan ayrim materiallarni imi-jimida olib qoʻyish holatlarini nima bilan izohlaysiz?



  • Koʻryapmizki, soʻz erkinligining bor-yoʻqligi mamlakatdagi adolatning bor-yoʻqlini belgilaydigan omildir. Agar soʻz erkinligi boʻlsa, iqtisod ham rivojlanadi, korrupsiya ham jilovlanadi. Lekin haqiqatni yozadigan jurnalistlar, blogerlar yana taʼqibga olina boshlansa, “oʻzimizga xos va oʻzimizga mos yoʻlimiz” boshlanadi – korrupsiya, turgʻunlik va zulm avj oladi, dunyo yana bizga yovvoyi qabilaga qaragandek qaray boshlaydi, ijobiy jozibamizdan asar ham qolmaydi, reytinglarda yaqindagina oldinga chiqayotgan yerimizga, Afrika zanjilari qatoriga qaytamiz.

Biz boshdan kechirayotgan davrning oʻziga xosligi shundaki, jamiyatda yangi islohotlar tarafdorlari va hammasini avvalgi holiga qaytarish harakatidagi eski kuchlar kurashmoqda. Bu eski kuchlar pastdan to eng yuqorigacha mavjuddir. Gazetalarda yana oʻsha “ura-ura” materiallar koʻpayib qolgani, saytlardan ayrim materiallarni imi-jimida olib qoʻyish holatlari shundan dalolatdir. Saytlardan bu xabarlarning bitta-yarimtasi yoʻqolsa, uni qoʻygan biror dadillik qilgan muharrirning qoʻrqoqligi bilan izohlasak boʻlardi, lekin ularning birdaniga hammasidan olib tashlanishi masalaning anchayin kuchli shaxslar tomonidan olishga majburlanganini bildiradi. Lekin mamlakat rahbarining siyosati senzura emas, ochiqlikdir.
2020-yil 3-iyun kuni qashshoqlikni kamaytirishga bagʻishlangan videokonferensiyada Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uni mintaqalarda olib borilayotgan islohotlar uchun maqtamaslikni soʻradi. 2020-yilga moʻljallangan davlat byudjetida 410,5 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan Milliy teleradiokompaniya raisi Alisher Xadjayevga murojaat qilib: “Menga «Prezident shunday qildi”, – deb maqtashga hojat yoʻq. Islohotlar natijasida odamlarning dunyoqarashi oʻzgaradi, qiziqish paydo boʻladi, “yer meniki” hissi paydo boʻladi. Islohotlarni shunchaki maqtov emas, balki amalda namoyish qiling», – dedi. Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, mamlakatda ijobiy oʻzgarishlar prezident tufayli emas, balki islohotlar va qonunlarning ishlashi tufayli roʻy beradi: “Sizga bir narsa aytishdan qoʻrqaman, siz darhol prezidentni maqtay boshlaysiz. Buning barchasi prezident tomonidan emas, islohotlar, qonun asosida amalga oshirilishini aytdim”.
Oradan uch kun oʻtib, Oʻzbekiston Prezidenti davlat agentliklari va davlatdan taʼminlanadigan yaltoqi teleradiojurnalistlariga qarata 6-iyun kuni Fargʻona shahrida boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida “maqtovlar kerak emas”ligini taʼkidladi: «Men qisqa, sizlar koʻproq gapirsalaringiz toʻgʻri boʻladi. Maqtov kerak emas. Prezidentga eng katta maqtov boʻlib boʻlgan — bu xalq ishonchi. Hali endi birinchi qadamlarni qoʻyyapmiz. Kelib, qarsak eshitib ketish mengayam oson. Lekin bundan natija boʻlmaydi... Achchiq-achchiq masalalarni qatʼiy qoʻyinglar».
Shu gaplardan soʻng ham tanqidga, oshkoralikka, haqqoniy muhokama va muloqotlarga yoʻl bermaydigan rahbarlarning tafakkurida (agar fikrlasa) shunday xayollar boʻlsa kerak: yo u asli qoʻrqoq, yo biz bilgandan koʻra koʻproq narsani biladi. Qadimgi zamon faylasufi Ksenofont: “Rost gapirganim, tanqid qilganim uchun koʻp balolarga uchradim, lekin maqtaganim uchun hech pushaymon boʻlmadim”, - degan. Bu uning kinoyasidir.
Prezident tanqid qilinglar, “achchiq-achchiq masalalarni koʻndalang qoʻyinlar”, “maqtov kerak emas” deb turganda, yana maqtashda davom etadigan OAV rahbarlarining qilmishini, fikratini shunday izohlash mumkin:
Birinchidan, u shunday fikrda: “Davlat rahbari bu chiroyli gaplarni gapirgani bilan ich-ichidan oshkoralikni istamaydi, men uning gaplariga emas, ichki istagiga boʻysunaman va shu tufayli lavozimimda uzoq qolaman!”
Ikkinchidan: yoki: “Prezident balkim soʻz erkinligini istaydi, biz tanqid qilib koʻrdik, lekin uning atrofida oʻtirganlar darhol burnimizni yerga ishqab qoʻyishdi, ularning qoʻli uzun va ular koʻproq xabardor. Koʻzimga qarab yurishim kerak!” U oʻnlab tanqidi tufayli yopilgan gazetalarni, ishidan ayrilgan bosh muharrirlarni, yuzlab haq soʻzi uchun qatagʻonga uchragan jurnalistlarni va blogerlarni misol qilib keltiradi, yana minglab maqtagani uchun oʻrnidan jilmay oʻtirgan nashr va ommaviy axborot vositlari rahbarlari va xodimlariga ishora qiladi.
Uchinchidan, yoxud: “Maqtasam, bitta davlat rahbariga yoqmasman, lekin minglab uning amaldorlariga yoqaman, davlatni aslida ana shu jim yurib, zimdan ishini yuritayotgan kuchlar tasarruf qilmoqda va ularga boʻysunsam, adashmayman!”
Men bu fikrlarning qay birida jon borligini bilmayman va, balkim, bilishni istamayman. Men Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Jamoat nazorati va ommaviy axborot vositalari erkinligi masalasida ortga qaytish boʻlmaydi”, - degan soʻzlariga ishonaman, bir kuni korrupsionerlar va monopolistlar uni egib olishiga va hammasi avvalgi holiga qaytishiga ishonmayman, ishongim kelmaydi. Bu – romantika emas, balkim, soʻnggi imkoniyatdir.
Bu fikrlar bilan toʻrtinchi hokimiyat deb nom olgan kuchli bir soha va unda ishlovchilarning barchasini yomonotliqqa chiqarish niyatimiz yoʻq. Hammani poraxoʻr yoki laganbardor deyish ham toʻgʻri boʻlmas. Lekin mulohazalar butunlay notoʻgʻri deb ham boʻlmaydi. Xalqqa haqiqatni aytish uchun xizmat qilishi kerak boʻlgan jurnalistlar oʻz manfaatlari yoʻlida oʻz masʼuliyatini his qilmayotgani ham ayni haqiqat. Jurnalist hisoblanmish har bir shaxs nafaqat ijtimoiy, balki siyosiy hayotda ham xalq, fuqarolar tomonda boʻlishi kerak. Siyosiy jarayonlardan butunlay bexabar qolayotgan insonlar soni bu darajada koʻpayib borishini oldini olish ham aynan ularning vazifasidir.
Shu ishonch bilan tanqidiy maqolalarni yozdim, yozyapman va yana yozaman. Aks holda shu maqolani ham yozmasdim.8
Jurnalistlar hukumat vakillari faoliyatining nazoratchilari, joiz bo’lsa tanqidchilari, qiyosan aytgandan xalqning ham ko’zi, ham quloqlaridir. Shuning uchun ham ularning faoliyatida erkinlik katta ahamiyat kasb etadi. Tanqidsiz taraqqiyot bo’lmaydi. Albatta, u me’yoridan oshib ketsa, salbiy, biroq meyorida, kimningdir shaxsiyatiga tegmagan holda qo’llanilsa, u albatta, ijobiy tushuncha. Menimcha, bu fikrlarga barchamiz qo’shilamiz. Tasavvur qilib ko’ring, biz bolalarimizni tanqid qilmay qo’ydik, yoki bizni ishda, uyda, o’qishda hech kim tanqid qilmay qo’ydi. Oqibat qanday bo’ladi, barchamiz o’z masulyat, majburiyat, burch va vazifalarimizni vijdonan, to’laqonli bajara boshlaymizmi yoki istaganimizcha yo’l tutib, boshqalarni ham o’z qolipimizga tushurishga, ko’niktirishga urunamizmi? Yaxshisi bu savolning javobini barchangiz o’z-o’zingizga bering. Adolatli siyosatni ta’minlashda hukumat vakillarining faoliyatlarini kuzatib boruvchi xolis nazoratchilar suv va havodek zarur.
Dunyo bo’yicha tanqidga nisbatan, go’yo, uning kimga qaratilganligiga qarab ikki xil turi bordek munosabat ruhi mavjud bo’lgan xalqlar ko’plab topiladi. “Qiziq tanqidning ham turi bo’ladimi?”. Masalan: oddiy fuqarolarga qaratilgan tanqid, siyosatchilarga qaratilgan tanqid. Biroz g’alati, shunday emasmi? Aslida tanqidning turi bo’lmaydi. Xo’sh shunday ekan, unda nega tanqid oddiy fuqaroga nisbatan bo’lsa, tanqid-u, hukumat vakillariga qaratilgan bo’lsa, tahdiddek? Men bejizga, bunday demadim. Chunki, bugungi kunda ba’zi davlatlarda hukumatga qaratilgan tanqidni tahdid deb qarovchilar kam emas. Agar bunday bo’lmasa, nega ushbu davlatlarda oddiy fuqoro u yoqda tursin, xalq va hukumat o’rtasida vositachi bo’lgan ba’zi jurnalistlar ham siyosiy arboblarni, (me’yorni qo’ya turing) bir oz bo’lsada tanqid qilishga qo’rqishadi? Nima uchun doimiy ravishda siyosatchilar bilan ochiqchasiga, ham tanqidiy ham o’rinli intervyular, reportajlar olib borilmaydi. Olib borilgan taqdirda ham, nega aksariyat tanqidiy intervyular eng kuchli ommaviy axborot vositasi bo’lgan televideniyeda efirga uzatilmaydi? Siyosiy muhit va barqarorlikni ta’minlash uchun deysizmi? Ha albatta, bu ham bir qadar o’rinli sabab. Biroq, boshqa tarafdan olib qaraganda, jurnalistlarning siyosiy arboblar faoliyatini ochiqchasiga tanqid qila olishi fuqarolar nazdida, davlat rahbarining adolatli va oshkorona siyosatiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlaydiku. Afsuski, ba’zi jurnalistlar faqatgina siyosatchilarning oqlovchisiga aylanib qolgan. Aksariyatimiz ko’plab muammo-yu, nohaqliklarga ko’ra bila turib ko’z yumamiz. Oqimga qarab suz, och qornim tinch qulog’im, yopiqlik qozon yopiqligicha qolgani yaxshi qabilida ish tutamiz. Huquqlarimiz poymol bo’layotganini ko’ramiz-u, ko’z yumamiz. Axir atrofimizni qurshab olgan muammolar va oddiy xalqni o’ylantirgan, biroq yillar o’tsada o’z javobini topmay kelayotgan savollar talaygina. Nega aksariyat davlatlarda fuqarolarning siyosiy savodxonligi bu qadar sayoz va bundan kimga foyda-yu, kim aybdor? Ehtimol, bunga ba’zi sabablardan biri, barcha mansabdor shaxslarga nisbatan, xoh u siyosiy arbob bo’lsin, xoh oddiy amaldor, tanqidiy fikrlash va tanqidning yetishmayotganligidadir? Tanqid bizga suv va havodek zarur bo’lgan zamon kelmadimikin?!
Afsuski, bizning yurtimizda ham bunday muammolar topiladi. Men yuqoridagi muammolarning barchasida aynan bir shaxsni ayblashdan yiroqman. Albatta, xolis ravshda, yurtimizda so’ngi yillardagi so’z erkinligiga bo’lgan ijobiy o’zgarishlarni va bunda yurtboshimizning ko’rsatgan tashabbuslarini tan olmay ilojim yo’q. Bunga misol sifatida matbuot erkinligi, ijtimoiy tarmoqlardagi erkinlik, O’zJOKUning tashkil etilishi va prizident portali kabilarni keltirishimiz mumkun. Shu jumladan, yaqin yillar ichida prizidentimizning AQSHga safaridan so’ng, barchani og’ziga tushgan, davlat rahbarini: “Nimaga bizni prizidentimiz xalqaro uchrashuvlarda o’zbek tilida nutq qilmaydi?” - deya tanqid qilgan jurnalist, Abduqodir Mo’minovning facebookdagi sahifasida qoldirgan izohiga e’tiboringizni qaratsam: “Sizlarni bilmadm-u, ammo men shu bugun haqiqatdan ham demokratiya kirib kelyotganini biroz his etdim. ... Davlat rahbarini bu usulda tanqid qilganimda ham, press klub dasturi davom etdi, efirdan olib tashlanmadi. Buni esa men jiddiy signal deb bildim. Demokratiya sari boshlangan qadam inshaolloh”- deya o’z po’stiga yakun yasagan Abduqodir Mo’minov. Albatta, bu savolga javoban AQSH favqulotda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum: “Mening fikrimcha Shavkat Mirziyoyev Amerika delegatsiyasi bilan o’tgan barcha ochiq uchrashuvlarda davlat tilida so’zlaydi.” – deya o’z fikrini bildirgan. Bu kabi demokratiya sari siljishlar hajmi kun sayin ortmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida ham: “Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzmga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo’lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkun.” – deya qonun bilan belgilab qo’yilgan.
Ko’plab ijobiy o’zgarishlarga qaramasdan, yetarlicha islohatlar hali amalga oshirilganicha yo’q. Bunda nafaqat siyosiy arboblar, jurnalistlar, mansabdor shaxslar, balki barchamizning aybimiz bor. Endi bir yoqadan bosh chiqarib, eskilik sarqitlaridan, o’rinsiz qo’rquvlardan halos bo’lgan holda, jamiyatimizdagi illatlarga qarshi kurashib, yangi O’zbekistonni yaratish vaqti keldi. Eng asosiysi ijobiy o’zgarishlarni talab qilish bilan birga, har birmiz qo’limizdan kelganicha qaysidir o’zgarishlarga o’z hissamizni qo’shishga urinishimiz kerak. Huquqbuzarliklarga imkon yaratgandan ko’ra, huquqlarimizdan foydalana olishni o’rganaylik. Barchamiz bir qayqda ekanmiz, sarosimaga sabab bo’lmasin deb, undagi katta-yu kichik yoriqlarni yashirib yoki bu mening ishim emas deya muammolarni o’zimizdan soqid qilishdan aslo foyda yo’q. Zero, alal oqibat, cho’kkan o’zimiz bo’lamiz. Keling, atrofimizdagi muammolarga jimgina guvoh bo’lgandan ko’ra, birgalashib o’z qayig’imizni tamirlaylik. Axir, bu bizning yurtimiz, bizning jonimiz, bizning qonimizdir. Vatan ravnaqiga bo’lgan daxldorlik hissi hech birimizni aslo tark etmasin, azizlar!
Yuqorida takidlab oʻtganimizdek, jurnalistlarning asosiy vazifasi - fuqarolarni butun respublikada boʻlayotgan barcha ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy vaziyatlardan boxabar qilish, tushuntirishlar olib borish, jarayonlarni anglashga koʻmaklashish, qisqa qilib aytganda fuqarolar hamda davlat arboblari oʻrtasida vositachi vazifasini bajarishdan iboratdir. Oʻz vazifasini oʻz manfaatlari hisobiga suviste'mol qilayotgan, shu bilan barchaning pok shaniga dog' tushirayotgan, jazolardan turli yoʻllar bilan qutilib qolayotganlar soha vakillari esa bu qadar katta kuchga ega boʻlgan yoʻnalishda ishlamaaliklari uchun boshqalar bir boʻlib harakat qilishlari lozim. Xalq uchun emas oʻzi uchun, siyosiy kuchga ega biroq poraxoʻr boʻlgan siyosatdonlar uchun xizmat qilayotganlar butun mamlakat kelajagiga taʼsir etmasdan turib ularni chetlatmoq lozim. Prezidentimiz tashabbusi bilan keng imkoniyatlarga ega boʻlgan jurnalistlar oʻzlarining vositachilik vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim.


Download 88,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish