Akbarova umida muxtor qizi


Intervyu – siyosiy arboblar faoliyatini yoritishning ichonchli va tezkor axborot vositasi



Download 88,98 Kb.
bet12/16
Sana06.07.2022
Hajmi88,98 Kb.
#748281
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Umida Akbarova

2.2. Intervyu – siyosiy arboblar faoliyatini yoritishning ichonchli va tezkor axborot vositasi
Dunyodagi eng kuchli davlatlar demokratiya rivojlangan davlatlardir. Boisi, demakratik davlatlar xalq hokimiyatiga asoslangan bo’ladi. Hukumat vakillari xalq irodasini bajaruvchi vakolatli shaxslar hisoblanadi. Albatta, bunday davlatda hukumat vakillarining faoliyati doimo nazorat ostida turmog’i lozim. Amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar ham, salbiy islohotlar ham, jamiyatdagi muammo-yu, kamchiliklar ham doimo xalq nigohi ostida xolisona namoyon bo’lishi kerak. Ya’ni xalqning ko’zi ham qulog’i doimo ding bo’lishi lozim. Xo’sh, xalqning ko’zi ham qulog’i kimlar? Albatta, jurnalistlardir. Hozirgi kunda jurnalistlar faoliyatiga juda yaqin soha vakillari bo’lmish, bloggerlar baydo bo’ldi. Bloggerlar bu asli internet yoki ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum bir yo’nalish yoki mavzudagi bloglarni yurituvchi shaxslar xisoblanadi. Ularning aynan siyosatga doir bloglarni yurituvchi turi jurnalistlarga yaqinroq turadi.
Xo’sh, ushbu yo’nalishda jurnalist va bloggerni nima farqlaydi? Diplom deysizmi? Yo’q, yo’q, bunday desangiz, masalaga juda sayoz yondashibsiz. Diplom jurnalistning professionalist ekanligini anglatmaydi, diplomsizlik bloggerning saviyasizligidan dalolat bermaydi. Biroq turgan gapki, professionalism kuchli ta’lim va katta tajribani talab etadi. Aynan mana shu xususiyat va omillardan kelib chiqib, jurnalistlarni katta ehtimol bilan bloggerlardan ishonchliroq deyish mumkun. Xalq doimo yangiliklardagi shiddatga o’ch bo’ladi. Kim shiddatliroq, kim tezkorroq yangiliklarni xalqqa yetkazsa, shuning obro’si xalq oldida yuqoriroq bo’ladi. Albatta, professional jurnalistlar yangiliklarni eshitganicha ifodalab xalqqa tortiq qilmaydilar. Ular avvalo ma’lumotning to’g’ri yoki noto’g’riligini sinchiklab tekshiradilar, dalillar to’playdilar, tahlil qiladilar iloji bo’lsa o’zlari vaziyatning guvohiga aylanadilar. Bu esa o’z navbatida ulardan yaxsgigina vaqt talab etishi mumkun.
Jurnalist bo’ladimi yoki blogger, eng ahamiyatli jihati. davlatdagi umumiy vaziyat, siyosiy arboblarning faoliyati, jamiyatdagi muammolardan tortib ijtimoiy ahvoligacha ro’y rost, adolat bilan yoritib berilishi zarur. Ular fuqarolar va hukumat o’rtasidagi vositachi hamdirlar. Ular xalqning dardini hokimiyatga, hokimiyatning faoliyatini xalqqa ro’y-rost yetkazib berishlari zarur. Xalq manfaatlari doimo hamma narsadan ustun turmog’i lozim.
Bugungi kunda so’z erkinligining ortib borishi natijasida, internet va ijtimoiy tarmoqlarda turfa fikr va qarashlarga ega shaxslar miqdori ortib bormoqda. Misol uchun, ma’lum bir davlatdagi siyosiy tuzum haqida turlicha fikrlar, muloxazalar bildiruvchi, hattoki bo’htonlar yog’diruvchi insonlar talaygina topiladi. Bechora xalq esa, kimga ishonishini bilmay hayron. Birgina shu misolning o’zi ham jurnalistlarning zimmasidagi masuliyat na qadar ulkan ekanligining yorqin isbotidir. Bu o’rinda jurnalistlar doimo, masalaga oydinlik kirituvchi, yaxshini yomondan, haqni nohaqdan ayirib xalqqa yetkazib beruvchi najot farishtalari bo’lmog’i lozim. Bunda jurnalisdan talab qilinuvchi eng muhum fazilat xolislikdir. Qachonki, jurnalist holis bo’lsa, xalq unga ergashadi, qachonki xalq jurnalistlarga ergashsa, ishonsa, jurnalistlar qudratli bo’ladi.
Siyosiy yangiliklar-u, ma’lum bir davlatning siyosati haqidagi turfa fikr-mulohazalarga oydinlik kiritishning eng samarali yo’llaridan biri siyosiy arboblar bilan olib boriladigan doimiy hamda kerak bo’lsa jonli muloqotlar, intervyular hajmini kengaytirishdir. Hukumat ming to’g’ri siyosat olib bormasin, o’rinli islohotlarni amalga oshirmasin, ming yangi qarorlarni qabul qilib ularning ijrosini amalga oshirmasin, amalga oshirayotganlarini xalqqa ko’rsatib berolmasa ularning harakatlari xalq nigohida shunchalik ahamiyatsiz va bo’sh bo’lib qolaveradi. Aynan shu sabab yuzasidan ham, hukumat siyosatini intervyular orqali yoritib berishdan eng avvalo, hukumatning o’zi manfaatdordir.
Biroq olib borilayotgan intervyularning ahamiyati ularni qay darajada tashkil etilishiga ham jiddiy bog’liq. Agarda yuqorida aytib o’tkanimizdek, jurnalist holis bo’lmasa, tarafkashlikka yo’l qo’ysa, uning obro’si va qiymati shu qadar past bo’ladi. Chinakam jurnalist intervyular jarayonida joiz bo’lsa hukumat vakillarini tanqid qila olishi, turli so’roqlarga tuta olishi lozim. Zero, hukumat doimo xalq manfaatlari uchun ishlamog’ lozim.
O’zbekistonda yuqoridagi masalalar bo’yich vaziyat qanday? O’z fikrimni bildirishdan oldin g’arb matbuoti vakilasi, “Amerika Ovozi” muhbiri Navbahor Imamovaning kuni kecha bo’lib o’tgan Prizident saylovi va saylov oldi jarayonlari haqidagi fikr va kuzatishlari haqida BBC muxbirlari olib borgan intervyuga to’xtalib o’tsak:
Saylov natijalari siz uchun qanchalik kutilmagan bo’ldi?
- Jurnalist sifatida qanchalik kutilmagan bo’lsada kutilgandek o’zingizni tutishigiz kerak.Chunki baribir biz sohamizda oldindan biror bir baho berib qo’ya olmaymiz. Suzpriz elementi bo’ladi, har safar. Lekin, ochig’ini aytaman 24-oktabr kuni kechqurun shu yerda Makaziy saylov komissiyasining matbuot markazida ertaga bilasiz natijani deganda, tabiiy bir munosabatim shu bo’ldiki, nega? Nega shuncha vaqt kutyapmiz? bugun bildirib qo’ya qolsangiz bo’lmaydimi? Ya’ni, albatta, vaziyat bilan tanish, bu yerdagi dinamikani bilgan, tushungan odam sifatida, muqarrar uzoq vaqt olmasa kerak deb o’ylagan edim. Lekin bir kun ham yomon emas, umuman saylov natijalari uchun. Ya’ni hukumatda ancha-muncha asos bor nima uchun bir kun keyin berilayotganida. Lekin, umuman olganda Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanishi, albatta, bu kutilgan voqea.
Har qanday saylovning asosini odamlar xalq tashkil qiladi, chunki, ular ovoz beradi. Kuzatib bordim, saylov kuniga qadar siz ham saylovchilar bilan o’zbekistonliklar bilan suhbatlashdingiz. Bu safargi prizident saylovida odamlarni siyosiy ong, saylovga bo’lgan munosabatida qandaydir o’zgarishlar yuz berganiga e’tibor qaatdingizmi, ya’ni ilg’adingizmi shuni?

  • Ilg’adim, ilg’adim.2019-yilgi parlament saylovlarida ham ilg’agan edim. va bu safar o’ylagan edim hatto Vashingtonda ham umuman safarimni rejalayotganimda hamkasblar bilan maslahatlashayotganimda har holda pademiya odamlarni charchatgan toliqtirgan baki bu saylovlarning uncha qiziq bo’lmagan jihatlari ham bor chunki Shavkat Mirziyoyevning qayta saylanishi oson va uning ikkinchi myddatga haqqi bor. Va bu saylov emas, bundan keyin nima bo’lishi qiziq. Buni anglash uchun daho bo’lish shart emas. Saylovni o’zi yoritishni ochig’ini aytsam 2021-yilning boshida boshladim chunki o’sha paytdan boshlab nima bo’lyapti? Mana bu yil saylov yili deb, masalan, senat raisi Tanzila Narbayeva bilan gaplashsam ham partiyalarning lederlari bilan, hatto, vazirlar bilan gaplashsaam ham bu yil saylov yili bu yil qanday boladi?, qanday rejalanadi?, saylovda yana o’sha qo’g’irchoq nomzodlar bo’ladimi ? degan savollarni berganimda hamma deyarli o’sha hukumatdagilar aytishdiki: Yo’q, endi xalq qo’g’irchoq nomzodlarga chiday olmaydi, o’zbekiston xalqi ular ko’proq narsa kutadi. Bu safargi saylov kompaniyalaridan odamlarni aldolayolmaysiz, laqqilatolmaysiz ular biladi, ular hozir yanayam talabchan. Ya’ni mana shunday bir gaplarni eshitib yurib yanayam qiziqdim, umuman aholining fikri bilan. Mana yozda kelganimda, Farg’ona vodiysida ancha vaqt o’tkazdim, Samarqand tomonlarga bordim va qayerga bormay saylov haqida so’radim va ko’plar butun yoz aytishim mumkun qanaqa saylov? saylov bo’ladimi bu yil? nimaga bo’ladi? bo’lishi shartmi? Chunki hammasi aniqku. Ya’ni ular nafaqat tizmga ishonmaymiz demoqchi emas, ularning nazarida prizident Mirziyoyev qoladi va undan boshqa maydonda arzigulik odam yo’q. Mana bu yil saylov oldi manzarada nimalarni ilg’adim. Odamlar sistemaga isonishni xohlashadi, odamlar ularnng talablari qoniqtirilishini xohlashadi va befarq emas vaziyatga qaysidir darajada ishonchsizlik umidsizlik hukmron, bu jamiyatda ham. Va bu glabal holat, hamma joyda shu tizmga nisbatan, siyosiy sistemalarga nisbatan, ishonch tushib ketgan ancha. Buni biz qo’shma shtatlarda ham umuman, yevropa mamlakatlarida ham, ko’ramiz. Lekin odamlar shu jamiyatda yashaydi ularga qonun ustivorligi kerak. Ular o’z huquqlarini hurmat qilinishini xohlaydi. Ular imkoniyatlar izlaydi. Ular farovonroq yaxshiroq jamiyatlarda yashashni xohlaydi. Mana saylov kuni ham uchaskama- uchaska yurganimda qoyil qoldim qancha ko’p odam saylovga chiqganiga buni men kutmagan edim. Yana bir narsa yaqqol ko’zimga tashlandi. Dindor o‘zbekistonliklar judayam faol saylovda. Ya’ni oldinlar buni ko’rmagan edim. Ya’ni masalan 2019-yilda parlament saylovlarida bu qadar, masalan, o’z etiqodini bemalol namoyon etyotgan Ozbekistonliklar oilalari bilan birga borib ya’ni kelinlari, nabiralari bilan borib ovoz berishyotganini ko’rdim. Hozir sal bo’lsa ham o’sha saylovchi madaniyati rivojlanishni boshlagan. Odamlar uchun ovoz berish fahr, sharaf. Bular masalan ko’zga tashlanadigan o’zgarishlar. Endi nima o’zgargan odamlarda, ishonch nafaqat ishonch, balki, talab ham oshyapti. Ular mana shu imkoniyatdan foydalangan holda balki hukumatga eslatib qo’yishyapti, balki rahbariyatga eslatib qo’yishyapti, biz uxlayotganimiz yo’q biz ogohmiz, biz nima bo’lyotganini bilamiz va mening ovozim ham inobatga olinishi kerak. Mening ovozimni ham oling yoki kimgadir beraman o’sha ovozni o’zimning fuqarolik burchimni ado etayapman, lekin shu bilan birga siz ham bilinki men kuchga egaman deganda, yana bitta bu yerda balki eng muhum jihati odamlar baribir ochiqroq gapira boshlagan, aqilliroq fikrlay boshlagan, ayniqsa, masalan qishloq joylarda tumanlarda va gaplashganingizda ular asosan, oldinlari esingizdami?, muammolar o’sha yopig’liq qozon yopiqligicha qolardi kameralar yoqilsa, mikrafon yoqilsa, odamlarning ovozi nafasi ichiga tushib ketar edi. Hozir ham shunday holatlar bo’lib turadi. Bugun gapiraboshlashdi va gapirganda ham muammolar haqida gapirishyapti. Saylov kompaniyasi aytaylik prizident Shavkat Mirziyoyevning kompanyasi eng faol kompaniya bo’lgan bo’lsa, uning o’sha tadbirlarida ham ko’rdik odamlar hatto, prizidentga ham asosan muammolar haqida gapirishdi. Ya’ni bu ham prizident uchun muhum signal. O’tgan besh yil mobaynida siz qancha vadalar bergan bo’lishingiz mukun lekin odamlar hali siz aytayotgan o’zgarishlar bizga yetib kelmadi, hali bizning qishloqlarimiz hamon o’sha o’ttiz yil oldingi tamir bilan bolalarimiz maktabga bormoqda va qishloqlarga borsangiz nafaqat qishloqlarda, balki, tuman markazlarida ham uyingizdan ozgina chiqsangiz ko’rasiz shuncha qurilishlarga qaramasdan ko’plar hamon qiyin ahvolda.

Bir holatga juda e’tibor berdim ko’pchilik odamlar bilan gaplashyapmiz aksariyat, juda ko’p odamlar nomzodlarni tanimadi. Siz tilga olib o’tgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining hisobotida ham shu joyiga e’tibor qaratilgan. Ya’ni matbuot Mirziyoyevdan tashqari, amaldagi prizidentdan tashqari boshqa nomzodlarning faoliyatini yoritishga u qadar e’tibor qaratmadi. Nima deb o’ylaysiz balki odamlarni boshqa nomzodlarni tanimasligida biz jurnalistlarning ham qo’pol qilib aytganda aybimiz bordir?

  • Rolimiz muhum bu aniq endi masalan qaysi ommaviy axborot vositasi haqida gapirishimizga qarab, masalan, aybni qo’yishimiz mumkun. Lekin mana kecha men ham eshitdim Yevropa xafzizlik va hamkorlik tashkiloti fikrlarini xususiy telekanallarni ayblashdi asosan xususiy telekanallada deyarli faqat Mirziyoyev prapagandasi ketdi ochiqchasiga va ekskluziv deb va buni men ham kuzatdim. Endi biz prizident Mirziyoyevni targ’ib qilishni xohladik va shu yo’ldan bordik deb, ular o’zini oqlashi mumkun. Lekin ommaviy axborot vositasi sifatida siz siyosiy reklama bilan bog’liq qonun tartib qoidalarga rioya qilishingiz kerak. Endi nomzodlarga keladigan bo’lsak, nomzodlarni yoritish uchun mehnat qilish kerak, qattiq ya’ni prizidentni yoritish osonroqda to’g’rimi? va arzonroq shu paytgacha ko’plar bilmaydigan endi ismi sharifini taniyotgan yoki umuman hozir ham, agar biz ko’chada yurib odamlardan so’rasak, so’radim hatto odamlardan “Adolat “partiyasining nomzodi kim desangiz odamlar jim-jit. Shuning uchun hm qilinmagan ishlar mehnat talab qiladi vaqt talab qiladi.

Albatta, so’ngi yillarda davlatimizda demokratiya sari keskin siljishlar, ijobiy islohotlar ko’lami ortdi. Jumladan, so’z erkinligining asta-sekinlik bilan ortib borishi barchamizni quvontirmoqda. Biroq, yuqorida keltirib o’tilgan muammolar bizning davlatimizda ham hali o’zining chuqur ildizlariga ega. Avvalo, chinakam fidoiy, xolis jurnalistlarning yetishmovchiligi ushbu muammolarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablardandir. Yurtimizda siyosiy arboblar bilan ochiq muloqatlarning, keskin intervyularning yetishmovchiligi natijasida fuqorolarimizning siyosiy bilimlarida sayozlik yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Fikrimning bir isboti sifatida internet tarmoqlarida tarqalgan bir so’rovnoma mazmuni va natijalarini keltirib o’tsam. So’rovnoma og’izaki shaklda olib borildi. Unda fuqarolarimizdan, O’zbekistonning qo’shni davlatlar orasida gaz yetkazib beruvchi davlat sifatida tanilganiga qaramasdan, nega o’zimizning ko’plab chekka qishloqlarimizda haligacha gaz yetishmovchiligi, elektr energiyasi bilan bog’liq muammolar mavjudligi haqida so’rovnoma olib borilganda, fuqarolarimizning deyarli hech biri asosli sabab ko’rsata olishmadi va yuqoridagilar bilishadi degan so’zlarnigina takrorlashdi. Afsuski, bu ham o’ta kulgili, ham o’ta achinarli vaziyatdir.
Sizga taqdim etilgan ushbu suhbatda bugungi kungi siyosat bilan bogʻliq boʻlgan ayrim savollarga javob olingan. Aytish mumkinki bundan oldingi faslimizda aytib oʻtilgan intervyu turlarining eng muhim va ahamiyatlisi bu siyosiy intervyulardir. Iqtisodiy va ijtimoiy hayotga aloqador boʻlgan voqea hodisalar turli ommaviy axborot vositalari yoki bugunda urfga kirgan, mashhur boʻlib borayotgan bloggerlar tomonidan ham yoritilishi mumkin. Lekin siyosiy vaziyat haqida bunday deb boʻlmaydi. Siyosatda nimalar boʻlayotganini aniq bilish uchun unga aloqador boʻlgan shaxs bilan shaxsan muloqotda boʻlish lozim. Bun esa hamma uchun ham ruxsat etilgan emas. Bunday vaziyatda xalq va siyosiy arboblar oʻrtasida vositachi vazifasini bajaradigan jurnalistlar yordamga keladi.
Lekin shuni ham aytish kerakki, har qanday jurnalist ham bu kabi suhbatlarni olib borishga qodir emas. Buning uchun jurnalistning oʻzi intervyu qonun-qoidalari va odoblarini bilish bilan birga, siyosiy jarayonlardan xabardor boʻlishi, va hatto suhbatdoshi, intervyu olinayotgan siyosat arbobi haqida ham maʼlumotga ega boʻlishi kerak boʻladi. Savollarni kimga berayotganiga qarab, qanday berish, qachon berish va hattoki javoblarni oldindan prognoz qilib kelingi savolni oʻylashga qodir boʻlishi kerak. Shundagina tayyorlangan intervyu haqiqatdan ham xalq uchun xizmat qilishi, fuqarolarni siyosatdan, oʻz huquqlaridan xabardor etishi mumkin boʻlgan haqiqiy qurolga aylanishi mumkin.



Download 88,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish