Akbarova umida muxtor qizi


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 88,98 Kb.
bet16/16
Sana06.07.2022
Hajmi88,98 Kb.
#748281
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Umida Akbarova

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. https://baxtiyor.uz/tanqidiy-fikrlash-nima-va-uni-qanday-organish-mumkin/

2. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Prezident_maktablari

Tanqid tahdidmi?
Assalomu alaykum, qadrli o’quvchi. Keling, bugun siz bilan bir dildan suhbatlashamiz. Yuqoridagi sarlavhani o’qib xayolingizga : “Obbo, yana bitta negativchimi?” – kabi fikrlar kelmadimi? Yoki gap qanday tanqid ustida ketayotgani sizni o’ylantirdimi? Qanday tanqid? Qiziq tanqidning ham turi bo’ladimi? O’zi umuman insoniyat uchun tanqid qanchalik zarur? Xo’sh, u o’zi qanday tushuncha, salbiymi yoki ijobiy? Sizda ham yuqoridagi savollarga javoban bir qancha fikrlar tug’ilgan bo’lsa ajab emas.
Albatta, ongli jonzot sifatida biz dunyodagi har qanday yaratiqning, xoh u yaxshi bo’lsin, xoh yomon, o’z o’rni va ahamiyati borligini yaxshi tushunamiz. Shuning uchun ham ular yaratilgan, shunday emasmi? Tanqid nima o’zi? deya ko’plab o’zbek ziyolilariga murojat etganimda, ular : “Tanqidsiz taraqqiyot bo’lmaydi. Albatta, u me’yoridan oshib ketsa, salbiy, biroq meyorida, kimningdir shaxsiyatiga tegmagan holda qo’llanilsa, u albatta, ijobiy tushuncha” – kabi fikrlarni bildirishdi. Menimcha, bu fikrlarga barchamiz qo’shilamiz. Tasavvur qilib ko’ring, biz bolalarimizni tanqid qilmay qo’ydik, yoki bizni ishda, uyda, o’qishda hech kim tanqid qilmay qo’ydi. Oqibat qanday bo’ladi, barchamiz o’z masulyat, majburiyat, burch va vazifalarimizni vijdonan, to’laqonli bajara boshlaymizmi yoki istaganimizcha yo’l tutib, boshqalarni ham o’z qolipimizga tushurishga, ko’niktirishga urunamizmi? Yaxshisi bu savolning javobini barchangiz o’z-o’zingizga bering. Endi, e’tiboringizni yuqoridagi boshqa bir savolga qaratsam: “Qiziq tanqidning ham turi bo’ladimi?”. Masalan: oddiy fuqarolarga qaratilgan tanqid, siyosatchilarga qaratilgan tanqid. Biroz g’alati, shunday emasmi? Aslida tanqidning turi bo’lmaydi. Xo’sh shunday ekan, unda nega tanqid oddiy fuqaroga nisbatan bo’lsa, tanqid-u, hukumat vakillariga qaratilgan bo’lsa, tahdiddek? “Tanqid bilan tahdidning farqi bor, o’zingcha xulosa yasama”- kabi tanqid va tanbehlarni menga berguvchilar allaqachon topilgan bo’lsa kerak. Biroq, men bejizga, bunday demadim. Chunki, bugungi kunda biz o’zbeklar orasida tanqidni tahdid deb qarovchilar kam emas. Agar bunday bo’lmasa, nega bugungi kunda oddiy fuqoro u yoqda tursin, xalq va hukumat o’rtasida vositachi bo’lgan biz jurnalistlar ham siyosiy arboblarni, (me’yorni qo’ya turing) bir oz bo’lsada tanqid qilishga qo’rqamiz? Nima uchun doimiy ravishda siyosatchilar bilan ochiqchasiga, ham tanqidiy ham o’rinli intervyular, reportajlar olib bormaymiz. Olib borilgan taqdirda ham, nega aksariyat tanqidiy intervyular eng kuchli ommaviy axborot vositasi bo’lgan televideniyeda efirga uzatilmaydi? Siyosiy muhit va barqarorlikni ta’minlash uchun deysizmi? Ha albatta, bu ham bir qadar o’rinli sabab. Biroq, boshqa tarafdan olib qaraganda, jurnalistlarning siyosiy arboblar faoliyatini ochiqchasiga tanqid qila olishi fuqarolar nazdida, davlat rahbarining adolatli va oshkorona siyosatiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Afsuski, ba’zi jurnalistlar faqatgina siyosatchilarning oqlovchisiga aylanib qolgan? Aksariyatimiz ko’plab muammo-yu, nohaqliklarga ko’ra bila turib ko’z yumamiz. Oqimga qarab suz, och qornim tinch qulog’im, yopiqlik qozon yopiqligicha qolgani yaxshi qabilida ish tutamiz. Huquqlarimiz poymol bo’layotganini ko’ramiz-u, ko’z yumamiz. Axir atrofimizni qurshab olgan muammolar va oddiy xalqni o’ylantirgan, biroq yillar o’tsada o’z javobini topmay kelayotgan savollar talaygina. Nega aksariyat fuqarolarimizning siyosiy savodxonligi bu qadar sayoz va bundan kimga foyda-yu, kim aybdor? Ehtimol, bunga ba’zi sabablardan biri, barcha mansabdor shaxslarga nisbatan, xoh u siyosiy arbob bo’lsin, xoh oddiy amaldor, tanqidiy fikrlash va tanqidning yetishmayotganligidadir? Tanqid bizga suv va havodek zarur bo’lgan zamon kelmadimikin?!
Men yuqoridagi muammolarning barchasida aynan bir shaxsni ayblashdan yiroqman. Albatta, xolis ravshda, yurtimizda so’ngi yillardagi so’z erkinligiga bo’lgan ijobiy o’zgarishlarni va bunda yurtboshimizning ko’rsatgan tashabbuslarini tan olmay ilojim yo’q. Bunga misol sifatida matbuot erkinligi, ijtimoiy tarmoqlardagi erkinlik, O’zJOKUning tashkil etilishi va prizident portali kabilarni keltirishimiz mumkun. Shu jumladan, yaqin yillar ichida prizidentimizning AQSHga safaridan so’ng, barchani og’ziga tushgan, davlat rahbarini: “Nimaga bizni prizidentimiz xalqaro uchrashuvlarda o’zbek tilida nutq qilmaydi?” - deya tanqid qilgan jurnalist, Abduqodir Mo’minovning facebookdagi sahifasida qoldirgan izohiga e’tiboringizni qaratsam: “Sizlarni bilmadm-u, ammo men shu bugun haqiqatdan ham demokratiya kirib kelyotganini biroz his etdim. ... Davlat rahbarini bu usulda tanqid qilganimda ham, press klub dasturi davom etdi, efirdan olib tashlanmadi. Buni esa men jiddiy signal deb bildim. Demokratiya sari boshlangan qadam inshaolloh”- deya o’z po’stiga yakun yasagan Abduqodir Mo’minov. Albatta, bu savolga javoban AQSH favqulotda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum: “Mening fikrimcha Shavkat Mirziyoyev Amerika delegatsiyasi bilan o’tgan barcha ochiq uchrashuvlarda davlat tilida so’zlaydi.” – deya o’z fikrini bildirgan. Bu kabi demokratiya sari siljishlar hajmi kun sayin ortmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida ham: “Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzmga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo’lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkun.” – deya qonun bilan belgilab qo’yilgan.
Ko’plab ijobiy o’zgarishlarga qaramasdan, yetarlicha islohatlar hali amalga oshirilganicha yo’q. Bunda nafaqat siyosiy arboblar, jurnalistlar, mansabdor shaxslar, balki barchamizning aybimiz bor. Endi bir yoqadan bosh chiqarib, eskilik sarqitlaridan, o’rinsiz qo’rquvlardan halos bo’lgan holda, jamiyatimizdagi illatlarga qarshi kurashib, yangi O’zbekistonni yaratish vaqti keldi. Eng asosiysi ijobiy o’zgarishlarni talab qilish bilan birga, har birmiz qo’limizdan kelganicha qaysidir o’zgarishlarga o’z hissamizni qo’shishga urinishimiz kerak. Huquqbuzarliklarga imkon yaratgandan ko’ra, huquqlarimizdan foydalana olishni o’rganaylik. Barchamiz bir qayqda ekanmiz, sarosimaga sabab bo’lmasin deb, undagi katta-yu kichik yoriqlarni yashirib yoki bu mening ishim emas deya muammolarni o’zimizdan soqid qilishdan aslo foyda yo’q. Zero, alal oqibat, cho’kkan o’zimiz bo’lamiz. Keling, atrofimizdagi muammolarga jimgina guvoh bo’lgandan ko’ra, birgalashib o’z qayig’imizni tamirlaylik. Axir, bu bizning yurtimiz, bizning jonimiz, bizning qonimizdir. Vatan ravnaqiga bo’lgan daxldorlik hissi hech birimizni aslo tark etmasin, azizlar!
O’z JOKU 2-kurs magstri Akbarova Umida


1 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jurnalistika

2 https://uzhurriyat.uz/2015/12/30/jurnalistika-o-zi-nimadan-va-qanday-boshlangan/

3 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jurnalistika


4 https://|-gallery.ru/uz/okrashivanie/istoriya-poyavleniya-i-razvitiya-zhurnalisttiki-proishozhdenie/

5 https://|-gallery.ru/uz/okrashivanie/istoriya-poyavleniya-i-razvitiya-zhurnalisttiki-proishozhdenie/


6 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jurnalistika

7 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jurnalistika

8 https://xs.uz “Hammasi avvalgi holiga qaytishiga ishonmayman, ishongim kelmaydi — jurnalistlar bugungi jurnalistika haqida” ”Xalq so’zi” online jurnali



9 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Intervyu

10 https://uz.warbletonconcil.org/entrevista-3004


11 https://hozir.org/14-mavzu-reportaj-tayyorlash-intervyu-olish-qoidalari.html

12 https://hozir.org/14-mavzu-reportaj-tayyorlash-intervyu-olish-qoidalari.html


13 https://baxtiyor.uz/tanqidiy-fikrlash-nima-va-uni-qanday-organish-mumkin/



14 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Prezident_maktablari


15 https://baxtiyor.uz/tanqidiy-fikrlash-nima-va-uni-qanday-organish-mumkin/

16 https://baxtiyor.uz/tanqidiy-fikrlash-nima-va-uni-qanday-organish-mumkin/


Download 88,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish