MDH dagi har xil tuproqlar haydalma qatlami tarkibidagi yalpi azot, fosfor va kaliy miqdori.
Tuproq tipi
|
N
|
P2O5
|
K2O
|
foiz
|
tonna/ga
|
Foiz
|
tonna/ga
|
foiz
|
tonna/ga
|
Chimli podzol:
|
|
|
|
|
|
|
qumli
|
0,02-0,05
|
0,6-1,5
|
0,03-0,06
|
0,9-1,8
|
0,5-0,7
|
15-21
|
qumoq
|
0,05-0,13
|
1,5-4,0
|
0,04-0,12
|
1,2-3,6
|
1,5-2,5
|
45-75
|
Qora tuproqlar
|
0,2-0,5
|
6,-15
|
0,1-0,3
|
3-9
|
2,0-2,5
|
60-75
|
Bo’z tuproqlar
|
0,05-0,15
|
1,5-4,5
|
0,08-0,2
|
2,4-6,0
|
2,5-3
|
75-90
|
Ammo tuproqdagi oziqa moddalarning ko’p qismi, o’simliklar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtirilmaydigan birikmalar holida bo’ladi. Masalan, azot asosan murakkab organik moddalar tarkibida (gumusli moddalar, oqsillar va boshqalar) bo’lsa, fosforning asosiy qismi qiyin eriydigan mineral birikmalar va organik moddalar kaliyning ko’pchilik qismi esa- erimaydigan alyumosilikatli minerallar tarkibida bo’ladi.
O’zbekistonning sug’oriladigan tuproqlarini xususiyatlari.
O’zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni 50 mln. gektar atrofida bo’lib, shundan 26,3 mln. gektari yoki umumiy maydonining 59 foizi qishloq xo’jalik uchun yaroqli yerlar hisoblanadi. Barcha haydaladigan maydonlarning 4,2 mln. gektariga yaqini sug’oriladigan yerlardan iboratdir.
"O’zgiprozem" ning 1996 yil ma’lumotlariga qaraganda O’zbekistonda 14 dan ortiq tuproq turlari uchraydi. Shulardan 26,4 foizini o’tloqi tuproqlar, 24 foizini och tusli bo’z tuproqlar, 16,2 foizini haqiqiy bo’z tuproqlar, 6,6 foizini bo’z-o’tloq tuproqlar, 8,3 foizini taqir va o’tloq-taqir tuproqlar qolganini to’q tusli bo’z tuproqlar tashkil qiladi.
O’zbekiston tuproqshunoslik va agrokimyo institutining tasnifiga binoan ko’pchilik biologik fizik-kimyoviy, tuproq mexanik tarkibi va boshqa xususiyatlar bilan farq qiladigan ikki guruhga bo’linadi:
Avtomorf tuproqlar - adir, tog’ oldi va tekis etaklari zonasida joylashgan. Bu tuproq sharoitlarida yer osti suvlari chuqur joylashgan bo’lib, maydoni umumiysiga nisbatan 47 foizni tashkil etadi.
Gidromorf tuproqlar - yer ostki suvlari yuza joylashgan o’tloqi, o’tloqi botqoq, daryolarni quyi oqimi past yerlaridagi o’tloqi to’qay, to’qay va sho’rxoq tuproqlar. Tuproq tasnifisiga muvofiq, bo’z tuproqlar 5 tipga bo’linadi: 1. Bo’z (och, tipik va to’q) tuproqlar. 2. Sug’oriladigan bo’z tuproqlar (och, tipik va to’q.). 3. Bo’z- o’tloq tuproqlar - ya’ni, yarim gidromorfli. 4. O’tloq tuproqlar (allyuvial, soz, och yoki to’q tusli, sho’rlangan, sho’rxoq). 5. Botqoq tuproqlar ( allyuvial, soz, berch qavatli, botqoq, sho’rlangan va sho’rxoq).
Sug’oriladigan bo’z tuproqlar keng tarqalgan bo’lib, sug’orish davomiyligiga qarab yangidan va eskidan sug’oriladigan turlarga bo’linadi. Ular bir qator xususiyatlari bilan farqlanadi. Tipiq to’q tusli va bo’z tuproqlar joylashgan mintaqada o’tloq sohil allyuvial tuproqlar relyefining katta qiyaligi va vodiylarning bu qismlarida shag’al va qumli zamin mavjudligi ta’sirida, yer osti suvlari oqimi yaxshi bo’lganligi uchun tuproq sho’rlanmaydi. Lekin och tusli bo’z tuproqlar joylashgan yerlarda, ayniqsa sahro, allyuvial tuproqlar joylashgan mintaqalarda relyef kam nishablikka ega bo’lgani tufayli ular turli darajada sho’rlangan. Bu tuproq sharoitlarida yer osti suvlari uzoqlashtirilmasa sug’orish davrida suvlar tez ko’tarilib, tuproqlarni sho’rlanishiga olib keladi. Bo’z tuproqlarda gumus miqdori kam. Masalan, och tuslida 0,09-1,5 foiz, tipik bo’z tuproqda 1,24-2,5 foiz va to’q bo’z tuproqlarda 2-3 foiz bo’lishi bilan farqlanadi. (56- jadval).
jadvl.
Do'stlaringiz bilan baham: |