Har xil tuproq zarrachalarini kimyoviy tarkibi
Zarrachalar o’lchami, mm
|
Tarkibidagi miqdori, foiz hisobida
|
Si
|
Al
|
Fe
|
Ca
|
Mg
|
K
|
P
|
Qum – 1,0 – 0,2
|
43,4
|
0,8
|
0,8
|
0,3
|
0,3
|
0,7
|
0,02
|
Yirik qum - 0,2 – 0,04
|
43,8
|
1,1
|
0,8
|
0,4
|
0,1
|
1,2
|
0,04
|
O’rtacha qum - 0,04 – 0,01
|
41,6
|
2,7
|
1,0
|
0,6
|
0,2
|
1,9
|
0,09
|
Mayda qum – 0,01 – 0,002
|
34,6
|
7,0
|
3,6
|
1,1
|
0,2
|
3,5
|
0,04
|
Loyqa < 0,002
|
24,8
|
0,6
|
9,2
|
1,1
|
0,6
|
4,1
|
0,18
|
Demak, tuproqning mayda dispersmineral zarrachalari organik moddalar bilan birgalikda tuproqda adsorbsion jarayonlarning o’tishiga sabab bo’ladi, ularning singdirish qobiliyati o’g’itlar bilan tuproq o’rtasidagi o’zaro ta’sirda muhim ahamiyatga ega. Tuproqning organik moddasi. Tuproq organik moddasi uning qattiq qismini kam miqdorini tashkil qilsa ham, tuproq unumdorligini oshirishda o’simliklarning oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Tuproqdagi organik moddalar miqdori bo’z tuproqlarda 1-2 foizni, qora tuproqlarda 10 foizgacha bo’lishi mumkin. (54-jadval)
Tuproqning organik qismi, murakkab majmuadan iborat bo’lib, har xil organik moddalarni o’zida saqlab, quyidagi 2 guruhga bo’linadi:
Gumusga aylanmagan o’simlik va hayvon qoldiqlaridan kelib chiqadigan moddalar;
Maxsus tabiatli organik modda, ya’ni gumus yoki chirindili organik moddalar.
jadval
M D X dagi tuproq tiplari tarkibidagi chirindi (gumus) miqdori (I.V.Tyurin ma’lumoti)
Tuproq tipi
|
Haydalma qatlamidagi gumus
miqdori,%
|
1gektardagi gumus zahirasi, t. (har xil tuproq qatlamlarida)
|
0 – 20 sm
|
0 – 100 yoki 1 – 120 sm
|
Chimli podzol
|
2 – 7
|
53
|
80 – 120
|
Podzollashgan kul rang o’rmon
|
4 – 6
|
109
|
150 – 300
|
Qora tuproq: yuvilgan
|
7 – 8
|
192
|
500 – 600
|
Qalin qavatli
|
10 – 12
|
224
|
650 – 800
|
Oddiy
|
6 – 8
|
137
|
400 – 500
|
Janubiy
|
4 – 5
|
-
|
300 – 350
|
To’q tusli kashtan
|
3 – 4
|
99
|
200 – 250
|
Kashtan va och tusli kashtan
|
1,5 – 3
|
-
|
100 – 200
|
Bo’z
|
1 – 2
|
37
|
50
|
Qizil tuproq
|
5 – 7
|
153
|
150 – 300
|
Gumusga aylanmagan organik moddalarga parchalanmagan yoki yarim parchalangan o’simlik qoldiqlari (ildiz, barg va poya) hamda tuproqda yashaydigan hayvonlar (chuvalchang, hasharotlar) va mikroorganizm qoldiqlari kiradi.
I.V.Tyurin ma’lumotlariga qaraganda, har xil madaniyat tuproqlarning bir gektariga, o’rtacha har yili 5-8 va undan ortiq tonna o’simlik qoldiqlari kelib tushadi. Bir gektar yerga 0,7-2,7 tonna bakteriyalar to’g’ri kelib organik modda zahirasini 1-2 foizini tashkil etadi.
O’simlik qoldiqlarini tuproqda parchalanishi davrida oraliq moddalar kletchatka, gemisellyuloza, kraxmal, organik kislotalar, oqsilli va boshqa azotli moddalar (aminokislotalar, amidlar va x.k) hosil bo’ladi.
To’liq parchalanmagan o’simlik qoldiqlari tuproqda oziqa moddalarini (azot, fosfor, kaliy, oltingugurt va boshqalar) ko’paytirib, ularni o’simlik qiyin o’zlashtiradigan shakllaridan oson o’zlashtiruvchan holatga o’tkazib, bir yo’la ularni parchalanish jarayonida gumus (chirindi) hosil qiladilar.
Har xil guruhga kiruvchi tuproqlar, jami chirindi miqdori bo’yicha farq qilib qolmasdan, balki u tarkibi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Tuproqdagi oziq elementlar miqdori. Har xil tipdagi tuproqlar mineral qismining tarkibiga ko’ra, organik modda miqdoriga va xususiyatiga qarab turlicha bo’ladi. Shuning uchun ham, ular tarkibidagi yalpi oziq elementlar miqdori va zahirasi bo’yicha ham bir biridan keskin farq qiladi. (55-jadval).
Asosiy tuproq tiplari tarkibidagi azot, fosfor va kaliyning yalpi zahirasi ancha miqdorni tashkil etadi, bu bitta ekin turi tomonidan o’zlashtiriladigan shu turdagi elementlar miqdoridan bir necha o’n va yuz marotaba ko’pdir.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |