Agronomiya va biotexnologiya fakulteti


Tuproq qattiq fazasini o’rtacha kimyoviy tarkibi (A.P.Vinogradov ma’lumoti bo’yicha)



Download 4,47 Mb.
bet143/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

Tuproq qattiq fazasini o’rtacha kimyoviy tarkibi (A.P.Vinogradov ma’lumoti bo’yicha)


Elementlar

%

Elementlar

%

Elementlar

%

Kislorod

49,0

Bariy

0,05

Galliy

10

Kremniy

33,0

Stronsiy

0,03

Qalay

10

Alyuminiy

7,1

Sirkoniy

0,03

Kobalt

8*10-4

Temir

3,7

Ftor

0,02

Toriy

6*10-4

Uglerod

2,0

Xrom

0,02

Mishyak

5*10-4

Kalsiy

1,3

Xlor

0,01

Yod

5*10-4

Kaliy

1,3

Vanadiy

0,01

Seziy

5*10-4

Natriy

0,6

Rubidiy

6*10-3

Molibden

3*10-4

Magniy

0,6

Rux

5*10-3

Uran

1*10-4

Vodordo

0,50

Seriy

5*10-3

Berilliy

10-4

Titan

0,46

Nikel

4*10-3

Germaniy

10-4

Azot

0,10

Litiy

3*10-3

Kadmiy

5*10-5

Fosfor

0,08

Mis

2*10-3

Selen

1*10-6

oltingugurt

0,08

Bor

1*10-3

Simob

10-6

Marganes

0,08

Qo’rg’oshin

1*10-3

Radiy

8*10-11

Tuproqning mineral qismi - har xil mineral zarrachalarining bo’lakchalaridan tashkil topgan bo’lib, ularning o’lchamlari 1 millimetpHing milliondan biridan 1 mm gacha vaundan ham kattaroq bo’lishi mumkin. Tuproq minerallari paydo bo’lishiga qarab, birlamchi va ikkilamchi minerallarga bo’linadilar.

Birlamchi minerallar - kvars, dala shpatlari, slyudalardan iborat bo’lib, ular asosan qum zarrachalari (0,05 dan 1 mm gacha) va chang (0,001 dan 0,05 mm gacha) holatida bo’ladi.

Birlamchi minerallarni kimyoviy parchalanishi (gidroliz, oksidlanish) natijasida va har xil organizmlar ta’sirida turli xil tuzlar va ikkilamchi minerallar - kaolinit, gidroslyudlar hosil bo’ladi. Ular tuproqda loyqa kolloid zarrachalar holida, qisman mayda chang zarralari ko’rinishida ham uchraydi.

Minerallar kimyoviy tarkibiga ko’ra, kremnyokislorodli birikmalarga (yoki silikatlarga) va alyumo-kremnyokislorodli (yoki alyumosilikatlarga) birikmalarga bo’linadilar.

Kremnyokislorodli birikmalardan tuproq eng ko’p tarqalgani bu kvars (SiO2) bo’lib, u ko’pincha qum va chang zarrachalaridan tashkil topgan bo’ladi. Barcha tuproqlarda kvars miqdori 60 foiz, qumloq tuproqlarda esa 90 va undan ortiq foizni tashkil qiladi. Kvars juda mustahkam mineral hisoblanib, hyech qanday kimyoviy reaksiyalarga kirishmaydi.

Alyumoqremnyokislorodli birikmalar tuproqda birlamchi va ikkilamchi minerallardan iborat. Birlamchi alyumo-silikatlardan eng ko’p tarqalgani dala shpati bo’lib, ular kaliyli (artoklaz), natriy - kalsiyli (anortit va al’bit) bo’ladi.

Tuproqda, dala shpatiga nisbatan slyudalar kam miqdorda tarqalgan bo’lib, ulardan ko’p uchraydiganlari kaliyli slyuda-muskovit (KAl2(AlSi3O10) (OH)2 temir- magneziyali slyuda–biotit – (K(Mg, Fe)3(AlSi3O10)5(OH,F)2

magneziyali slyuda–flogopit–K Mg (AlSi3O10)(OH,F)2 hisoblanadi.

Dala shpatlari va slyudalar, asta- sekinlik bilan parchalanib, ulardan ajralib chiqqan kaliy, kalsiy, magniy, temir va boshqalar o’simlik uchun oziqa hisoblanadilar.

Ikkilamchi alyumosilikatlar minerallar, asosan, kremniy, alyuminiy, kislorod va vodoroddan, hamda kam miqdorda kalsiy, magniy, kaliy, temirdan tashkil topgan bo’ladi.

Ikkilamchi minerallar ayrim xususiyatlari bilan (kristall panjaralarni tuzilishi, disperslik darajasi va boshqalar) quyidagi guruhlarni birlashtiradi: montmorillonitli, kaolinitli va gidroslyudalilarni.

Montmorillonitli guruhga-montmorillonit, (Al2Si4O10(OH)2 * nH2O)

Beydeliit Al2Si3O9(OH)3 * nH2O va boshqa ayrim minerallar kiradi.

Montmorillonitli loylar yuqori disperslik shishish va yopishqoqlik xususiyatiga ega bo’ladi.

Kaolintli guruhlarga – kaolinit (Al2Si2O5(OH)4) va galluazit (Al2Si2O5 (OH)4 * 2H2O) kiradi. Kaolinitli loylar, montmorillontli loylarga nisbatan dispersliq namni oz miqdorda shimishi va kam yopishqoqligi bilan farqlanadi.

Gidroslyudalar dala shpati va slyudalardan hosil bo’ladi. Ulardan eng ko’p tarqalganlari: gidromuskovit (illit) – KAl{(SiAl)4O10}(OH)2 * n H2O; Gidrobiotit - K (MgFe)3{(AlSi)4O10} * (OH)2 * n H2O va vermikulit – (Mg Fe2+,F3+)2 {(Al,Si)4O10} (OH)2 * 4H2O

Ikkilamchi alyumosilikatli minerallar kristall panjaralarini tuzilishi, disperslik darajasi va boshqa hususiyatlari bilan farqlanadir, lekin, ularda bir-biriga o’xshashlik belgilari ham mavjud. Ular tuproqda kristallar shaklida uchrab, o’lchami bir necha mikrometrdan 10-100 mikrometrgacha tebranadi. Ushbu minerallar, yuqori disperslik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun katta yuzaga va singdirish qobiliyatiga ega.

Tuproq mineral qismi tarkibiga amorf moddalar ham kiradi. Ulardan eng ko’pi alyuminiy gidrooqsili Al2O3 * nH2O va temir Fe2O3 * nH2O hamda kremniy gidroqsili – SiO2 * nH2O hisoblanadi.

Ular tuproqda amorf-kolloid cho’kma (gel’) hosil qiladi. Ushbu moddalar o’z tarkibidan asta-sekinlik bilan suvni yo’qotib kristallar hosil qiladi, kremniy gidroqsili esa tuproqda ikkilamchi kvarsga aylanadi va shu bilan bir qatorda, alyuminiy, temir gidroqsilidan, gibbsit – Al2O3 * 3H2O

Bemit – Al2O3H2O, getit - Fe2O3 * H2O, limonit – 2Fe2O3 * 3H2O va boshqa moddalar hosil bo’ladi.

Tuproqda shuningdek, har xil karbonatlar, sulfat, nitrat, xlorid, fosfatning kalsiyli, magniyli, kaliyli va natriy tuzlari ham mavjud bo’lib, ular suvda yaxshi eriydi. Suvda yaxshi erimaydigan kalsiy va magniy karbonati, magniy va kalsiy sulfat tuproqni qattiq qismida ko’plab uchraydi.

Hamma tuproqlarda suvda kam eriydigan fosfor kislotasini tuzlari (kaliyli temir va alyuminiyli, magniyli fosfatlar) mavjuddir. Ammo ular o’simlik tomonidan yaxshi o’zlashtirilmaydi.



Tuproqning har xil mineral fraksiyalari bir biridan zarrachalarining o’lchamlari bilan emas, balki mineralogik va kimyoviy tarkibini bir xil bo’lmasligi hamda undagi oziq elementlar miqdori bilan ham farq qiladi. Tuproqning qum va katta changlardan iborat bo’lgan zarrachalarining ko’p qismini dala shpati va kvarslar tashkil etadi. Natijada, ularning tarkibida kremniy miqdori ko’p bo’lib, alyuminiy, temir, kalsiy, magniy, kaliy, fosfor va boshqa elementlar kam miqdorda bo’ladi (53-jadval).

  1. jadval

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish