Tuproqning qattiq fazasi - o’simliklar uchun zarur bo’lgan asosiy oziq moddalarning zahirasini o’zida saqlaydi. U mineral (90-99 foiz) va organik (1-10 foiz) qismlardan iborat. Tuproq qattiq fazasining organik qismi, uni unumdorligini barpo etishda muhim ahamiyatga ega. Tuproq qattiq qismini yarmisini kislorod 1/3 qismi - kremniydan, 10 foizdan ortig’i alyuminiy va temir, qolgan 7 foizini boshqa elementlar tashkil qiladi. Qayd qilingan hamma elementlar tuproqlarni mineral tarkibida mavjud bo’lib, har xil mineral birikmalarni tarkibiy qismini tashkil etadi. Ulardan uglerod, vodorod, kislorod, fosfor va oltingugurt tuproqning ham mineral ham organik qismida bo’lsa, faqatgina azotning juda ko’p qismi organik modda tarkibiga kiradi.
52 – jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |