O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
AGRONOMIYA VA BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI
TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI
“TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO”
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
MAVZU: FANGA KIRISh.TUPROQSHUNOSLIKNING RIVOJLANISh TARIXI.
Reja:
Kirish.Tuproq-tabiiy jism, qishlok xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi.
Qishloq xo’jaligini rivojida tuproqshunoslik fanining axamiyati.
Rossiyada va chet elda genetik tuproqshunoslik fanining axamiyati. 4.O’zbekiston Respublikasida tuproqshunoslik fanining rivojlanishi va
axamiyati.
Tuproqshunoslik - tuproq haqidagi fan bo’lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, unumdorligi hamda geografik tarqalishi qonunlarini o’rganadi.
Tuproqning eng muhim xossasi - unumdorlikdir. Tuproq unumdorligining rivojlanishida tirik organizmlar, jumladan yashil o’simliklar va mikroorganizmlarning roli alohida ahamiyatga ega. Shunga ko’ra tuproqning yana bir ta’rifini keltiramiz: «Iqlim va tirik organizmlar ta’sirida o’zgargan va o’zgarayotgan hamda unumdorlik qobiliyatiga ega bo’lgan yerning ustki g’ovak qatlamiga tuproq deyiladi».
Unumdorlik tuproqning o’simliklarni turli oziq moddalar, suv, havo hamda issiqlik bilan ta’minlash qobiliyatidir. Tuproqning tog’ jinslardan tubdan farq qiladigan ana shu sifat belgisini mashhur tuproqshunos olim va agronom V.R.Vilyams mukammal o’rgangan. V.R. Vilyamsning tuproq haqidagi ta’rifida ham unumdorlik xossasi alohida ta’kidlanadi: "Biz tuproq haqida gapirganda o’simliklardan hosil olishni ta’minlaydigan yer shari quruqlik qismining yuqori g’ovak gorizontlarini tushunamiz".
Tuproq bu qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Tuproq insoniyat jamiyatiga nisbatan ikki xil ahamiyatga ega: birinchi tomondan, bu fizik muhit, insonlarning yashashi uchun, hayot uchun makon, ikkinchi tomondan - bu iqtisodiy asos, ishlab chiqarish vositasi. Shuning uchun uni asrab-avaylab, har doim unumdorligini oshirishga g’amg’urlik qilish kerak. Kishilar tomonidan yerdan foydalanish masalalari sosial-iqtisodga daxldor katta va murakkab masalalar kompleksidir, jumladan yerga egalik masalalari, yer to’g’risidagi qonunchilik, yerga egalik huquqi, yerni iqtisodiy baholash va x.z. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq 11-12 sessiyal ari (30 aprel va 28 avgust 1998 yil) da "Yer kodeksi", "Davlat Yer kadastri to’g’risida" gi qonunlar muhokama qilinib qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda "Yer umummilliy boylik, O’zbekiston Respublikasi xalqlarining hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi» deb ko’rsatilgan.
Tuproq - insonlarni ardoqlab, noz-ne’matlar bilan to’ydirayotgan bitmas- tuganmas boylik hamda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli xom ashyo yetishtiradigan manbadir. Tuproq yurtimizning eng asosiy boyligi. Tuproq hayot uchun quyosh, havo va suvdek zarur bo’lib, u biologik tirik jism hisoblanadi.
Tuproq qatlami bioqatlamdagi hayotni turli salbiy oqibatlardan himoyalashda o’ziga xos ekran rolini bajaradi. Biosferaning barqaror holati tuproq qoplamining normal funksiyasi va uning muhofazasi bilan chambarchas bog’liq. Tuproqning eng asosiy vazifalaridan biri Yerdagi hayotning mavjudligini, davomiyligini ta’minlashdir. Aynan, o’simliklar, ular orqali esa hayvonot dunyosi va insonlar o’zining yashashi uchun, biomassasini yaratish uchun oziqa moddalar va suvni tuproqdan oladi. Tuproqda organizmlar uchun qulay va zarur o’zlashtirilaoladigan kimyoviy birikmalar shaklida biofil elementlar to’planadi. Tuproqda barcha yer usti o’simliklari rivojlanadi, unda mikroorganizmlar va turli xil jonivorlar oziqlanadi. Tuproqsiz yerdagi tirik organizmlarning tabiiy assosiasiyasi faoliyat ko’rsata olmaydi. Eng muhimi, bunda biosfera jarayonlarining birligini ya’ni: tuproq bu hayotning mahsuli va shu bilan birga uning mavjudligining sharti .
Ekosistemada ya’ni inson yashaydigan tabiiy muhitda, tuproq muhim ahamiyatga ega, qaysiki aynan tuproq ularni iste’mol qiladigan asosiy oziqa massasi bilan ta’minlaydi.
2. Tuproq yer sharining barcha qobiqlari hayotida katta rol o’ynaydi va qator vazifalarni bajaradi. Ayniqsa tuproq qoplamining qatlamning ajralmas qismi sifatidagi xilma-xil ko’plab vazifalari alohida ahamiyatga ega. Tuproq qoplamining bioqatlamdagi asosiy (boshqalar bilan almashtirib bo’lmaydigan) vazifalari quyidagilardir:
Tuproqning bioekologik vazifasi - tuproq ekologiya manbai va muhit bo’lib, unda ko’plab organik moddalar to’planadi. Akademik V.A.Kovdaning hisobicha yer yuzasida (asosan o’rmonlarda) to’planadigan biologik qism miqdori qariyb n·1013 tonnani tashkil etadi. Yer osti ildiz qismi hamda hayvonot va mikroorrganizmlar faoliyati bilan bog’liq organik moddalar miqdori bundan kam emas.
Tuproq qatlamining bioenergetik vazifasi. Tuproq qoplamini o’z ichiga oluvchi ekologik sistemada o’simliklar har yili yerda taxminan n·1017 kkal miqdordagi kimyoviy aktiv energiya to’playdi. Tuproqning o’zida organik moddalar (detrit, gumus-chirindi)da n·1018 kkal miqdorida energiya to’planadi.Har bir tonna gumus 5 ·106 kkal potensial energiyaga ega 1 g gumus 4,5-5 kkal kimyoviy energiya saqlaydi.
Tuproq qoplamining azot oqsil to’plash vazifasi. Tuproq - o’simlik tarzidagi ekologik sistema, atmosferadagi molekulyar N ni to’plab, ularni aminokislotlar va oqsillarga aylantirish xususiyatiga ega. Yer yuzasi quruqlik qismi tuproqlaridagi azotning biologik fiksasiyalanishi har yili 140 mln.t.ni tashkil etadi.
Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi - tuproqda to’planadigan bioyig’ilma turli kimyoviy elementlar va ular birikmalarining manbai ham hisoblanadi. O’simliklarning ildiz sistemasi tuproqning pastki qismlaridan ko’plab kimyoviy elementlar (S, N, H, O, P, Ca, K, Mg, Al singari) ni so’rib oladi va tuproq qatlamlarida to’plash imkoniyatini beradi.
Tuproq qatlamining gidrologik vazifasi - tuproq qoplamining yer gidrologik siklidagi va gidrosferadagi roli ham nihoyatda katta. Tuproq qoplamida atmosfera yog’inlari to’planadi, bug’simon suvlar kondensasiyalanib erkin suvga aylanadi.
6) Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi - tuproq qoplamining yer sharining gaz rejimi va atmosfera tarkibining shakllanishida, fotosintezda, karbonat angidridining birikishi, azot to’plashi, kislorod va vodorodning to’planishida, denitrifikasiya, desulfofikasiyada, oksidlanish va nafas olishida, karbonat angidridning atmosferaga qaytishi va aylanishi kabi jarayonlarida ham katta rol o’ynaydi.
Tuproq qoplami bioqatlamdagi hayotni turli salbiy oqibatlardan himoyalashda o’ziga xos ekran rolini bajaradi. Biosferaning barqaror holati tuproq qoplamining normal funksiyasi va uning muhofazasi bilan chambarchas bog’liqdir.
Tuproq fizik nuqtai nazardan uch fazali sistema hisoblanadi, ya’ni qattiq, suyuq (tuproq eritmasi) va gazsimon (tuproqdagi havo) fazalardan tarkib topgan. Tuproqning qattiq fazasi-qismi mineral hamda organik moddalardan iboratdir. Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog’ jinslarining nurashi natijasida paydo bo’ladi. Yerning qattiq qobig’i - Litosfera har xil mineral va magmatik (zich-kristal), cho’kindi va metamorfik tog’ jinslardan tashkil topgan.Minerallar tabiatda kvars (Si02) va kalsiy karbonat (SaSO3) singari qattiq, neft (SnNn), suv (N2O) kabi suyuq hamda karbonat angidrid (CO2) singari gaz holida uchraydi. Mineral jinslar turli murakkab jarayonlar natijasida paydo bo’ladi. Ularning ko’pchiligi uzoq muddat davom etgan, geokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo’lib, ular anorganik mineral jinslar, biokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo’lganlari esa organik-mineral jinslar yoki biolitlar (bios-hayot, litos-tosh demakdir) deyiladi. Minerallar va tog’ jinslari tuproq ona jinsining manbaidir.
Yer qa’rida yoki ustida tabiiy kimyoviy reaksiya natijasida paydo bo’lgan va ma’lum darajada doimiy kimyoviy tarkibga, ichki tuzilishga (strukturaga) va tashqi belgilarga ega bo’lgan tabiiy kimyoviy birikmalar va sof elementlar mineral deb ataladi.
Demak, yer qobig’ida uchraydigan minerallar o’zining kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari jihatdan bir-biridan farq qiladi. Masalan, kvars (SiO2), ortoklaz (K 2Al2Si6O16 ), dolomit (CaMg (CO3)2), albit (Na2Al2Si6O16), anortit (CaAl2Si2O8), muskovit (KN2Al3 (SiON)3) ning har qaysi alohida mineraldir.
Mineral murakkab har xil geoximiyaviy va bioximiyaviy prosesslar natijasida shakllangan litosferada paydo bo’ladigan tabiiy jinsdir.
Litosferaning ma’lum qismida ko’p joyni egallagan bir yoki bir nechta mineral to’plamidan tashkil topgan tabiiy jismlarga tog’ jinsi deyiladi. Masalan: granit, siyenit, marmar, qum va shag’al tog’ jinslaridir.
Barcha tog’ jinslari uch gruppaga, ya’ni magmatik (otqindi), cho’kindi va metamorfik tog’ jinslariga bo’linadi. Litosferaning ko’p qismi magmatik va metamorfik tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib, faqat yupqa yuza qatlami cho’kindi tog’ jinslari bilan qoplangan. Quruqlikning yuza qatlamida (asosan tekisliklarda) cho’kindi tog’ jinslari 75 foizni, magmatik va metaforfik tog’ jinslari esa 25 foizni tashkil etadi. Magmatik (otqindi) tog’ jinslari yer qobig’ining ichki qismidagi yuqori
darajali temperatura sharoitida erigan magma (silikatli massa) ning sovib qotishi natijasida paydo bo’lgan intruziv (yoki ichki chuqurlik) jinslar (granit, diorit, siyenit kabi to’la kristallangan tog’ jinslari), effuziv - otilib chiqqan, oddiy temperaturada tez sovigan jinslar obsidian, (vulqon oynasi), bazalt singari jinslardir. Magmatik tog’ jinslari litosferani tashkil etadiganjinslar umumiy massasining 95 foizini tashkil etadi.
Cho’kindi tog’ jinslari nurash tufayli sodir bo’lgan zarra va zarrachalarning suv va shamol ta’sirida yer yuzasining quruqlik qismida hamda dengiz, ko’llar, daryolarda to’planishidan, o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan hosil bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslarining ko’p qismi o’zining kovakli, g’ovakli va qatlamli bo’lishi singari xususiyatlari bilan boshqa xildagi tog’ jinslaridan farq qiladi.Cho’kindi tog’ jinslar magmatik yoki metamorfik tog’ jinslari nurashi natijasida paydo bo’lgan har xil katta-kichik zarra va parchalar yig’indisidan iborat. Bu cho’kindi jinslar zarralarining katta-kichikligiga ko’ra: loyqali, to’zonli, qumli, va yirik zarrali gruppalarga bo’linadi.
Tabiatda tuz holidagi kimyoviy cho’kindilardan galit (NaCl), silvin (KCl), gips (CaSO4·2N2O) va karnalit (MgCl2 KCl 6N2O) tuzlar ko’proq tarqalgan.
Organik cho’kindi tog’ jinslari yoki biolitlar o’simlik va hayvonot olamining qoldiqlaridan paydo bo’lib, ulardan oxaktosh (CaSO3) va dolomit (CaSO3, MgSO3) tabiatda juda ko’p tarqalgandir. Suv o’tlari qoldig’idan paydo bo’lgan trepel va diatomit singari organik cho’kindilar ohaktoshlarga nisbatan ancha kamroq uchraydi. Kimyoviy va organik tog’ jinslaridan tuproq ona jinsi paydo bo’lishida karbonatli (ohaktosh, dolomitli) jinslar katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |