MDH Respublikalarining asosiy tuproqlaridagi mikroorganizmlar miqdori (Ye.N.Mishustin ma’lumoti)
Tuproq turi
|
Tuproqningg holati
|
Mikroorganizmlar miqdori (mln. dona hisobida)
|
1 g tuproqda
|
Tuproqdagi 1 mg azotda
|
Podzollar
|
qo’riq
qo’riq ekinzor
|
300-600
600-1000
1000-2000
|
70 atrofida
200
250
|
Chimli – podzollar
|
qo’riq
|
2000-2500
|
600
|
Qora tuproqlar
|
ekinzor qo’riq
|
2500-3000
1200-1600
|
750
2000
|
Bo’z tuproqlar
|
sug’oriladigan
|
1880-3000
|
2400
|
Bo’z yerdagi qo’riq tuproqning haydalma gorizontidagi va shuningdek, ekinzorlarning haydalma qatlamidagi mikroorganizmlar miqdori ancha yuqoridir.
M.V.Fyodorov ma’lumotlariga ko’ra, bir gektar ekinzor yepning ustki haydalma qatlamida bakteriyalarning tirik vazni 3-8 tonnani tashkil etadi.
Masalan, chimli podzol tuproqning haydalma qatlamida 3,5 t, qora tuproqlarda 5,2 va bo’z tuproqlarda 5 t. ekanligi aniqlangan. Bakteriyalar oziqlanish turiga ko’ra avtotrof va geterotrof bo’ladi.
Avtotrof bakteriyalar – CO2 ni biriktirish uchun fotosintez yoki kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo’ladigan energiyalardan foydalanadi, ya’ni xemosintezdir. Nitrafikasiya, temir va rangsiz bakteriyalar xemosintez jarayonida qatnashsa, yashil va oltingugurt bakteriyalari esa fotosintez qiladi.
Geterotrof bakteriyalar esa - uglerodni tayer organik birikmalardan o’zlashtiradi. Ushbu bakteriyalar aerob (kislorodli) va anaerob (kislorodsiz) sharoitlarda ammonifikasiya jarayoni ta’sirida azotli organik birikmalarni NH3 ga parchalaydi.
H2S va boshqa oltingugurtli birikmalardan H2SO4 hosil bo’lishiga sulfofikasiya jarayoni deyiladi. Ushbu jarayon oltingugurt va tiobakteriyalar ta’sirida yuzaga kelib, hosil bo’lgan H2SO4 tuproqdagi qiyin eriydigan fosfat tuzlarini o’simlik o’zlashtira oladigan holatga keltiradi.
Tuproqdagi mikroorganizmlar soniga, ularning turiga dehqonchilikda qo’llaniladigan mineral va mahalliy o’g’itlar kuchli ta’sir etadi. Masalan, tajribalarda yoz oyining oxirida, o’g’it ishlatilmagan tuproqlarni 1grammida - 350, go’ng berilmaganda – 610 va go’ng + NPK solinganda – 540 mln.dona bakteriya borligi ko’zatilgan.
Mikroorganizmlar o’simlik ildizi orqali ajralib chiqayotgan har xil energetik moddalar ishtirokida ildizlarda va uning atrofidagi yaqin joylardagi tuproqda qiyin o’zlashtiriladigan oziq moddalarni yengil o’zlashtiruvchan shakllarga o’tkazadilar, ular tuproqdagi organik moddalarni parchalaydilar, binobarin, bu jarayon ham, o’z navbatida qiyin o’zlashtiriladigan moddalarni oson o’zlashtiruvchan shakllarga o’tkazadilar. Mikrobiologik jarayonlarning tezligi va yo’nalishi o’simliklar tomonidan oziq moddalarni o’zlashtirishga ta’sir etadi. Mikroorganizmlarning faoliyati tufayli ildiz atrofida ko’plab o’simlik o’zlashtira oladigan oziq moddalar to’planadi (82-jadval).
51-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |