Agronomiya va biotexnologiya fakulteti


O’zbekiston tuproqlari tarkibidagi chirindi (gumus) miqdori



Download 4,47 Mb.
bet146/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

O’zbekiston tuproqlari tarkibidagi chirindi (gumus) miqdori

Tuproq olingan joy



Gumus, foiz hisobida

Chuqurliq sm

Och tusli

bo’z tuproqlar



Tipik

bo’z tuproq



To’q tusli

bo’z tuproqlar



O’tloq bo’z tuproqlar

Qashqadaryo havzasi

0-17

0,69

1,24

1,65

-

shudgorlangan

17-28

0,52

0,96

1,42

-

lalmikor yer

28-65

0,23

0,77

1,21

-

(B.V.Gorbunov)

66-90

0,20

0,65

0,89

-

Nurota tumani,

0-20

1,36

1,38

1,71

-

eskidan sug’orilib

25-35

0,41

1,21

1,26

-

kelinayotgan yer

40-75

0,37

1,03

1,12

-

(I.I.Boboxo’jayev)

80-100

0,29

0,64

0,85

-

Chirchiq va Angren

0,5

-

3,77

-

-

daryolari oralig’i,

6-16

-

1,22

-

-

qo’riq yer

45-55

-

0,45

-

-

(B.V.Gorbunov)

90-100

-

0,34

-

-

Urgut tumani, 3 yil

0-25

0,78

0,89

-

1,42

tamaki ekilgan yer

25-50

0,63

0,71

-

1,28

(F.X.Xoshimov,

60-80

0,45

0,55

-

0,91

QM.Mo’minov)

90-100

0,26

0,37

-

0,52

Ishtixon tumani, 5 yil

0-20

0,98

1,15

-

1,34

paxta ekilgan yer

20-40

0,72

0,83

-

1,12

(X.X.Hamdamov,

50-70

0,56

0,68

-

0,84

QM.Mo’minov)

80-100

0,21

0,25

-

0,47

Angren havzasini chap qirg’og’i, qo’riq yer (B.V.Gorbunov)

0-4

4-14


14-30

30-65


-

-

-



-

3,47

1,28


0,65

0,54


3,96

2,49


1,36

0,66


-

-

-



-

G’allaorol tog’ orasi cho’kmasi, shudgorlangan lalmi

yer (B.V.Gorbunov)



0-14

14-22


22-45

65-85


-

-

-



-

0,89

0,51


0,29

0,21


1,40

1,23


0,74

0,49


-

-

-



-

Masalan, tuproq tarkibidagi azot miqdori, yerga solingan azotli o’g’itlar miqdoriga va shakliga, o’tmishdosh ekin turiga, go’ngni qo’llash miqdoriga qarab o’zgaradi. Tuproqdagi umumiy azot miqdori dalada almashlab ekishi tizimi joriy etilganda orta boradi va aksincha, surunkasiga bir xil ekin ekilib kelinayotgan yerlarda kamayib boradi. O’zbekistonda tarqalgan asosiy tuproq tiplari tarkibidagi yalpi azot miqdori ham turlicha bo’lib, u bo’z tuproqlarni 0-20 sm chuqurligida 0,04- 0,07, och tusli bo’z tuproqlarda 0,08-0,12 to’q tusli bo’z tuproqlarda ham 0,08-0,12 va o’tloq tuproqlarda 0,10-0,15 foizni tashkil etadi.

  1. jadval

O’zbekiston tuproqlari tarkibidagi umumiy azotning miqdori, foiz hisobida


Tuproqlar

Tuproq qatlami, sm

0 - 20

30 - 50

75 – 100

Bo’z tuproq

0,04-0,07

0,03-0,04

0,02-0,04

Eskidan sug’oriladigan och tusli bo’z tuproq

0,08-012

0,04-0,05

0,02-0,04

To’q tusli bo’z tuproq

0,08-012

0,03-0,05

0,02-0,03

To’q tusli o’tloq tuproq

0,20-0,50

0,08-0,20

0,02-0,05

Eskidan sug’oriladigan o’tloq tuproq

0,10-015

0,04-0,06

0,02-0,04

O’zbekistonda tarqalgan asosiy tuproq tiplari tarkibidagi umumiy fosfor miqdori 0,08-0,3 foizgacha bo’ladi. Sug’oriladigan och tusli bo’z tuproqlarning haydalma qatlamida 0,4 foiz yalpi fosfor bo’lsa, bu ko’rsatkich 30 yildan beri o’zlashtirilgan va sug’orilib kelinayotgan och tusli bo’z tuproqlarda - 0,19; haqiqiy bo’z tuproqlarda - 0,21; eskidan sug’orilib kelinayotgan o’tloqi tuproqlarda 0,8; o’tloqi botqoq tuproqlarda - 0,14- 0,17 va to’q tusli bo’z tuproqlarda 0,15-0,17 foizni tashkil qiladi (58- jadval).

Tuproqlar tarkibidagi fosfor organik va mineral birikmalar tarkibida uchraydi. Bu birikmalar suvda erimaydigan va o’simlik qiyin o’zlashtiradigan shakllarda bo’ladi.Organik birikmalar tarkibidagi fosfor miqdori mineral birikmalardagi fosforga qaraganda ancha kam bo’ladi.



  1. jadval

Bo’z tuproqlar tarkibidagi yalpi va harakatchan fosfor miqdori.


Tuproq tipi

Chuqurligi, sm

Umumiy

P2O5 % his.

Harakatchan P2O5, mg/kg

Eskidan sug’orib kelinayotgan tipik bo’z tuproqlar

0-20

20-40


100-135

0,213

0,215


0,136

15,3

7,5


3,2

Yangidan sug’orilib

0-25

0,141

12,4

kelinayotgan och tusli bo’z

tuproq


30-55

70-85


0,143

0,141


9,6

2,8


30 yildan beri o’zlashtirilgan och tusli bo’z tuproq

0-22

22-40


65-95

0,190

0,177


0,134

19,2

11,4


3,3

To’q tusli bo’z tuproq

0-15

15-30


30-65

0,194

0,152


0,139

40,3

12,8


8,7

Eskidan sug’orib kelinayotgan o’tloqi tuproq

0-20

20-45


50-70

0,183

0,149


0,111

15,9

7,2


1,8

O’tloqi botqoq tuproq

0-20

22-40


42-70

0,171

0,099


0,123

10,5

4,3


1,5

Agarda fosforning umumiy miqdorini 100 foiz deb olinsa, shundan 10-20 foizi organik fosfor bo’lsa, qolgan qismini (80-90 foizi) mineral fosfor tashkil qiladi. O’simliklarni oziqlanishida tuproqdagi organik fosforning ahamiyati katta. Lekin bunday fosfor faqatgina mineral holga o’tgandan keyingina o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi.

  1. jadval

Har xil tuproqlar tarkibidagi turli shakldagi kaliy miqdori.


Tuproqlarning turlari

Chuqurligi, sm

Umumiy kaliy, %

K2O mg/kg tuproqda

Almashinuv- chan shakli

Suvda eriydigani

Chimli podzol, qumli va qumoq

0-20

1,7-2,0

40-100

2-4

Qora tuproq

0-20

2,3-2,5

100-150

10-15

Kashtan tuproq

0-20

2,1-2,4

80-120

11-13

Och tusli bo’z tuproqlar

0-20

20-30


30-65

70-90


1,9-2,2

1,8-1,9


1,6-1,7

1,5-1,7


120-240

210-235


200-220

180-200


-

-

-



-

Tipik bo’z tuproqlar

0-20

20-30


40-70

70-100


2,2-2,5

2,1-2,3


1,8-2,0

1,7-1,9


250-270

230-250


200-220

190-210


-

-

-



-

To’q tusli bo’z tuproqlar

0-15

15-30


30-50

60-95


2,3-2,6

2,3-2,4


2,2-2,3

2,0-2,2


340-370

330-350


270-300

140-180


-

-

-



-

Sug’oriladigan o’tloq tuproqlar

0-30

30-50


60-80

90-110


2,8-3,1

3,0-3,3


3,2-3,5

2,9-3,2


300-330

280-310


230-270

160-180


-

-

-



-

Tuproqning singdirish qobiliyati va uning turlari.

O’simlik oziqlanishida va tuproqqa solingan o’g’itlarni o’zgarish jarayonida, singdirish qobiliyati katta ahamiyatga ega. Tuproqlarni singdirish qobiliyati to’g’risidagi tushuncha akademik K.K.Gedroys risolalarida ilmiy jihatdan asoslanib berilgan. Tuproq singdirish qobiliyati iborasi asosida, eritmadagi har xil moddalarni singdirish va ularni ushlab qolish xususiyati tushuniladi. Bu jarayon, moddalarni tuproq muhitidan singdirish davrida yuz beradi.

Tuproqlarning bu xususiyati oldindan ma’lum edi. Lekin, uni sistemali ravishda o’rganish o’tgan yuz yilliklarni o’rtalarida boshlandi. 1850-1854 yillarda D.Ueya o’zining ilmiy ko’zatishlari asosida, tuproqlar hamma tuzlarni ham singdirmasligini, balkim, ularning asoslarini o’zida ushlab qolishini aytib, tuproqdan ham eritmaga qancha singdirilgan bo’lsa, shuncha miqdordagi asoslar o’tishini asoslab berdi.

Tuproqlarni singdirish xossalarini o’rganishda akademik K.K.Gedroys, G.Vagner, S.Mattsonlarni xizmatlari katta bo’ldi. D.N.Pryanishnikov laboratoriyalarida, o’simlikni oziqlanishida tuproqlarning almashinib singdirish qobiliyati muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy tajribalar asosida isbotlandi. Akad.K.K.Gedroys tuproqlarni singdirish qobiliyatini 5 turga bo’ladi.



Biologik singdirish - bu o’simlik va mikroorganizmlar faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular tuproq eritmasi va TSK dagi oziqa moddalarni tanlab singdiradilar va tuproqqa organik shaklda yoki o’simlikda mustahkamlanib qoladilar. Bu singdirilgan va organik shaklga o’tgan oziq moddalar parchalanishi natijasida eski shakliga o’tadilar va yana o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Lekin, oziqa moddalarni ( azot, fosfor, kaliy) o’simlik va mikroorganizmlar tomonidan o’zlashtirilishi sekinlik bilan davom etadi. Shunisi tavsifliki, singdirilgan oziq moddalardan azot va kul elementlari mikroblar va chirayotgan o’simlik tanasidan tezroq ajralib chiqadi. Biologik singdirish jarayoni tezligi havo, namliq mikroorganizmlar uchun energiya manbai hisoblanuvchi organik oziq moddalar miqdoriga, tuproq fizik - kimyoviy va biologik xususiyatlariga bog’liq.

Agarda, tuproq muhitiga tarkibida azot kam bo’lgan organik modda solingan bo’lsa (somon va somonli go’ng) mikroorganizmlar rivojlanishi tezlashadi binobarin, oziq moddalarni, ayniqsa, azot oziqasini mikroorganizmi tomonidan singdirilishi kuchayadi va tezlashadi, ammo, shu bilan bir qatorda, o’simlikni azot bilan oziqlanishini yomonlashadi. Oziqa moddalarni biologik singdirilishi ularni, shu jumladan, mineral shakldagi azot, fosfor, sul’fat va mikroelementlarni tuproqda birikib qolishida birdan bir muhim omildir. O’simlik qoldiqlari va mikroorganizmlar tanasi chirish jarayonida oziq moddalar yana mineral holda ajralib chiqadi. Eng muhimi, nitrat shaklidagi azotni biologik singdirish yo’li bilan mustahkamlanib qolishidir, biologik singdirish o’simliklar oziqlanishida va tashqi muhitda bu shakldagi azotni kamaytirishda katta ahamiyatga ega. Chunki, nitratlar nam yetarli bo’lgan mexanik tarkibi yengil tuproqda ko’proq behuda yuviladi va gaz holida uchib ketadi.

Demak, biologik singdirish barcha tuproq - iqlim zonalarida, asosan, iqlimi sepHam bo’lgan va sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda, hamda mexanikaviy tarkibi yengil bo’lgan qumloq tarkibli tuproqlarda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, biologik singdirish jarayoni tufayli tuproqda o’simliklar hayoti uchun zarur bo’lgan oziq moddalar, jumladan, azotning ushlanib qolishi va to’planishi natijasida tuproq unumdorligini ortishi va oziq moddalarni tanlab singdirilishi, faqat ushbu jarayon ta’siridagini vujudga keladi.



Mexanik singdirish - qobiliyati tuproq g’ovak xususiyatiga ega bo’lgani uchun sizilib o’tayotgan suyuqlik tarkibidagi mayda yoki unchalik katta bo’lmagan moddalarni to’tib qoladi. Bu esa, o’z navbatida tuproqqa solingan erigan yoki erimagan fosforid uni loyqalarini, mineral o’g’itlarni saqlashda, ularni tuproq qatlami bo’yicha joylashishida juda muhimdir. Tuproqlarning ana shu xususiyati tufayli bu turdagi o’g’itlar tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib ketmaydi va shu bilan birga tuproqning eng qimmatli kolloid zarrachalarini saqlab qoladi. O’zbekiston Respublikasining tog’ etaklari va adirlarida toshloq yerlarni o’zlashtirishda - dehqonlar tuproqlarni mexanikaviy singdirish qobiliyatidan foydalanganlar, ya’ni ular bir necha yillar davomida toshloq yerlarga loyqa cho’ktirish (kolmotaj) yo’li bilan u joylarda ekin ekish uchun yaroqli unumdor tuproqlarni vujudga keltirganlar. Shunday qilib, tuproqlarning mexanikaviy singdirish qobiliyati ham o’ziga xos amaliy ahamiyatga egadir.

Tuproqni fizik singdirish - qobiliyati bu erigan moddalarni yoki butun molekulalarni manfiy yoki musbat xususiyatga ega bo’lgan tuproq qismlari orqali yuz beradigan singdirish hisoblanadi. Moddalarni musbat singdirishini ro’y berish jarayonlari tabiatda noma’lum. Lekin, manfiy molekulyar singdirish tuproqni eritmadagi xloridlar va nitratlar bilan yaqindan muloqati natijasida yuz beradi, hamda ularni tuproqdagi harakatchan holati yanada keskinlashib, tuproqda nam yetarli bo’lsa, ular pastki qatlamlarga yuvilib ketishi mumkin. Xlor ionining ana shundan yuvilishi muhimdir, chunki xlor qoldig’i ayrim o’simliklar uchun juda (kartoshka, tamaki, zig’ir va boshq.) zararli bo’ladi. Nitratlar uchun tuproqning bu xossasi maqsadga to’g’ri kelmaydi, shuning uchun ham, tarkibida azot nitrat shaklida bo’ladigan azotli o’g’itlarni ko’zda, shudgorlash paytida emas, balki ekish oldidan yoki oziqlantirish davrida qo’llash yaxshi samara beradi.



Tuproqni kimyoviy singdirish qobiliyati – bu tuproqdagi ayrim eruvchi tuzlarni suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan birikmalarga o’tish reaksiyasiga aytiladi. Tuproqda erigan tuzlar bu jarayon natijasida suvda erimaydigan birikmalarni hosil qiladi. Masalan karbonat va sul’fat kislota anionlari ikki valentli kalsiy va magniy kationlari bilan reaksiyaga kirishish natijasida suvda erimaydigan CaSO4, CaCO3 va MgCO3 tuzlarini cho’kmalarini hosil qiladilar.

Fosforni tuproqda boshqa birikmalarga o’tishi alohida ahamiyatga ega. Suvda eruvchan bir qism fosfor saqlagan Ca(H2PO4) superfosfat tuproqqa solinganda u jadallashgan tarzda tuproqdagi ko’p miqdordagi kalsiy bilan yana birikib o’simlik tomonidan qiyin o’zlashtiradigan ikki va uch kalsiy fosfatlarni CaHPO4, Ca3(PO4)2 birikmalarini hosil qiladi:

Kalsiy ikkilamchi fosfat tuzi CaHPO4 kuchsiz kislotalarda erib, o’simlik tomonidan o’zlashtirilsa, uchlamli kalsiy fosfat esa, Ca3(PO4)2 fosforni o’simliklar uchun layoqatligini keskin kamaytirib yuboradi.

Fosforning kimyoiy bog’lanishi tuproqda uning sekin harakatlanishiga bog’liq bo’lib, suvda yaxshi eriydigan o’g’itlar tuproqqa solinganda, fosforni o’simlik tomonidan o’zlashtirishi kamayib ketadi. Fosforni biriktirib qolish qobiliyatiga qarab tuproq turlari quyidagi ketma ketlikda joylashadi: qizil tuproq chimli podzol tuproq bo’z tuproqlar qora tuproqlar. Agarda tuproq muhitida temir va alyuminiy mavjud bo’lsa, unda o’simlik yanada kiyin o’zlashtiruvchi AlPO4 va FePO4 birikmalari hosil qiladi. Fosforni kimyoviy reaksiya natijasida tuproqda mustaxkamlanishi uni o’simlik tomonidan qiyin o’zlashtiradigan shakllariga o’tkazadi: shuning uchun solingan fosforli o’g’itlardan o’simlikni, shu jumladan, g’o’za va donli ekinlarni foydalanish ko’rsatkichi juda past bo’lib, u 15-20 foizdan (solinganiga nisbatan) oshmaydi. Sug’oriladigan O’zbekiston tuproqlarida fosforni ko’proq mustaxkamlanishi o’tloqi va o’tloqi-botqoq tuproqlarda jadallashgan tarzda kuzatiladi, chunki ularni tarkibida kalsiydan tashqari temir va alyuminiy ionlari ham mavjuddir.



Fizik-kimyoviy yoki almashinuvchan singdirish, bu o’g’itlar bilan tuproqning birikishi qaysi yo’nalishda ketishini ko’rsatadi. Bu esa, ulardan samarali qo’llash yo’llarini, sabablarini to’g’ri tushunishga yordam beradi. Fizik-kimyoviy singdirish - maydalanib yeyilgan yirikligi 0,2 dan 0,001 mkm bo’lgan dispers bo’laklarni, kolloidlarni tuproq eritmasidan xar xil kationlarni singdirishi bilan bog’liqdir. Birorta kation singdirilishi ikkinchi kationlarni tuproq qattiq fazasidan eritmaga ekvivalent miqdorda siqib chiqaradi:

Tuproq organik va mineral kolloid qismlar yig’indisi (ya’ni gumus moddalardan, loyqa minerallardan, temir va alyuminiy gidrooqsilidan tashkil topgan kolloidlar) K.K.Gedroys tomonidan tuproqning singdirish kompleksi yoki (TSK) deb ataladi.

Tuproq mineral va organik kolloid bo’lakchalarini kationlar bilan almashinuvi qobiliyati ularni manfiy zaryadli bo’lishi bilan bog’liqdir.

Tuproqda tabiiy holda doimo ma’lum miqdorda almashinuvchi kationlarni Fe2+, Mg2+, H+, Al3+, Na+ , K+ , NH4+ va boshqalar singdirilgan holda bo’lishi mumkin. Bu kationlar esa, o’z navbatida tuproq eritmasidagi boshqa kationlar bilan almashinishi mumkin. Ularni almashinuv jarayoni tuproq singdirish kompleksida mustaxkam ekvivalentlik miqdorida boradi. Kationlarning almashinuv reaksiyasi juda tez o’tadi. Bironta kation tuproq muhitiga erigan o’g’it sifatida qo’llanilgan taqdirda (KCl, NH4Cl, NH4NO3 va boshqalar) ular tezda tuproq singdirish kompleksi bilan birlashgan holda oldin singdirilgan kationlarni siqib chiqarib o’rin almashadi.

Kationlar almashinishi yana orqaga qaytish xususiyatiga ega, bu reaksiya quyidagicha ketadi:

Eritmani konsentrasiyasiga, uning hajmiga, almashinuvchi kationlar tabiatiga qarab eritmadagi kation bilan TSK dagi kation o’rtasida doimiy harakatchan tenglik bo’ladi. Agar tuproq singdirish kompleksi tarkibi o’zgargan taqdirda, bu tenglik ham o’zgaradi. Natijada ayrim kationlar tuproq eritmasidan tuproq- singdirish kompleksiga qo’shiladi, ayrimlari esa tuproq eritmasiga o’tadi. Mineral o’g’itlar qo’llangan taqdirda (masalan, NH4NO3) tuproq eritmasi quyuqligi oshadi, mineral o’g’it tuproq singdirish kompleksidagi kationlar bilan almashinadi.

Tuproqlarning fizik-kimyoviy singdirish xususiyati qishloq xo’jalik o’simliklarining o’sishi va rivojlanishida muxim ahamiyatga ega. Ushbu singdirish tufayli o’simliklar uchun zarur bo’lgan oziq elementlar tuproqda birikib qoladi va pastki qatlamlarga yuvilib ketmaydi, hamda, tuproq eritmasini konsentrasiyasini yaxshilab, uni mo’tadil holatga o’tkazadi. Fizik-kimyoviy singdirish tuproqlarni kimyoviy meliorasiyalash (oxaklash, gipslash va boshqalar) jarayonida ham katta ahamiyatga ega.

Singdirish hajmi va ularni tarkibi. Har xil tuproqlar tarkibidagi kationlar miqdori singdirilgan kationlarga nisbatan turlicha bo’ladi.

Tuproqdagi umumiy almashinuv yo’li bilan singdirilgan barcha kationlar singdirish hajmi deyiladi. Bu ko’rsatkich 100 g tuproqda milligramm ekvivalent bilan belgilanadi. Masalan 100 g tuproqda singdirilgan holatdagi kationlar miqdori 200 mg Ca2+, 24 mg Mg2+ va 9 mg NH4+ bo’lsa, u tuproqning singdirish hajmi 100 g tuproqda quyidagicha bo’ladi:

200 24 9


--- + ---- +--- = 12,5 mg.ekv. ni tashkil qiladi, 20 12 18

bunda 20 m.ekv. kalsiy, 12 magniy va 18 ammoniy ekvivalent massasidir.

Singdirish hajmining kattaligi tuproqning singdirish qobiliyatini belgilovchi ko’rsatkichdir. Bu ko’rsatkich, tuproqning mexanik minerologik tarkibi va organik moddaning umumiy miqdoriga bog’liq. Kolloid qismlar kam saqlangan qumloq yoki qumsimon tuproqlarda singdirish hajmi kam bo’ladi.

Aksincha, tuproqda qanchalik ko’p mineral va kolloid bo’lakchalar mavjud bo’lsa, shunchalik tuproq singdirish hajmi yuqori bo’ladi. Loysimon va yarim loysimon tuproqlarda singdirish hajmi ko’p, qumli va yarim qumli tuproqlarda esa kam bo’ladi. Gumus bilan yaxshi ta’minlangan qora tuproqlarda singdirish hajmi yuqori 40-60 mm. ekv, O’zbekiston jumxuriyati bo’z tuproqlarida esa 10-20 m. ekv. 100 g tuproqqa to’g’ri keladi.

Tuproqning singdirish qobiliyati minerallarni tuproqda o’zgarish jarayoniga katta ta’sir ko’rsatadi.


  1. jadval


Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish