NH4 (TSK)Ca + 2NH4Cl = (TSK)NH4 + CaCl2
TSK da singdirilgan ammoniy kationini sug’oriladigan sharoitda yuvilish xavfi kamayadi va o’simliklarni oziqlanishi uchun qulay muhit yaratadi. Neytral va kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan tuproqlarda qo’llash mumkin, bunda xlor yuviladi, ammoniy esa TSK da singdiriladi.
Ammoniy karbonat va ammoniy bikarbonat – ammoniy karbonat ammiakli suvni kislota bilan to’yintirish orqali olinadi. Juda ham kam miqdorda ishlab chiqariladi.
Ammoniy karbonat (NH4)2CO3, beqaror birikma bo’lib, ochiq havoda parchalanadi va ammiak ajralib chiqadi, hamda ammoniy bikarbonati hosil
bo’ladi, uning tarkibida 21-24% azot bo’ladi.
Ammoniy bikarbonat (NH4HCO3) tarkibida 17 % azot bo’lib ancha barqaror birikmadir, lekin ammiakni yo’qolishi ehtimoli mavjud. Ushbu o’g’itlarni saqlash va qo’llashda o’ziga xos sharoitlar talab qilinadi, aks holda ammiak yo’qotilishi mumkin. Bo’larga o’g’itni yopiq idishlarda saqlash, tuproqqa ko’mib ketish va boshqalar. Markaziy Osiyoda deyarli qo’llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |