Agronomiya va biotexnologiya fakulteti


HNO3 ---- HNO2---- (HNO)2------ NH2ON----------- NH3



Download 4,47 Mb.
bet152/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

HNO3 ---- HNO2---- (HNO)2------ NH2ON----------- NH3


Nitrat nitrit giponitrit gidroqsilamin ammiak

Tarkibida molibden, mis, temir va marganes mikroelementlari bo’lgan nitratreduktaza, giponitritreduktaza, gidroqsilamin reduktaza fermentlari ishtirokida quyidagi reaksiyalar ro’y beradi.

Nitratlar o’simliklar uchun zaharsiz va ular to’qimalarda ko’p miqdorda to’planishi mumkin. Bu holat fotosintez jarayoni sust, o’simlik tarkibida uglevod va fermentlar kamligi tufayli nitratlarni ammiakkacha tiklanishi hamda aminokislotalar va oqsillar oz hosil bo’lishi natijasida uchraydi. O’simlik tarkibida, ayniqsa mahsulot

tarkibida (sabzavot, lavlagi, poliz, yem-xashak) nitratlarni ko’p miqdorda to’planishi inson va qishloq xo’jalik hayvonlari uchun zaharli.

Shuning uchun mahsulotlar tarkibida nitratlarni miqdori cheklangan. (Halqaro sog’liqni saqlash jamiyati tomonidan). Shuni inobatga olish kerakki, o’simlik tarkibida organik moddalar hosil bo’lishi uchun sarflanmagan ammiak miqdorini oshishi o’simlik uchun, ayniqsa yosh nihollar uchun o’ta zararli va xavfli. (O’simlik so’lishi, qurishi). Shuning uchun ayniqsa, vegetasiyaning boshlaig’ich fazalarida katta miqdorda ammoniyli tuzlar berish mumkin emas).

O’simlikka tuproqdan o’tgan va nitratlarning qaytarilishi natijasida hosil bo’lgan ammiak azoti birinchi navbatda organik ketokislotalarga (oqsalat- sirka, ketoglutar) va fumar kislotalarga birikib birlamchi aminokislotalarni - asparagin va glutamin kislotalarni hosil qiladi.

Oqsil tarkibiga kiruvchi boshqa barcha aminokislotalar (20 dan ortiq) asparagin va glutamin kislotalarning va ularni amidlari bo’lgan asparagin bilan glutaminning qayta aminla-nishidan sintezlanadi.

O’simliklarning azot almashinishida amidlar - asparagin va glutamin katta ahamiyatga ega, ular asparagin va glutamin kislotalarga yana bitta ammiak molekulasining birikishidan hosil bo’ladi.

D.N.Pryanishnikovning klassik tekshirishlari ko’rsatishicha, amidlar hosil bo’lishi natijasida o’simliklarda ortiqcha ammiakli oziqlanishdan va uglevodlarni yetishmasligidan to’planadigan ammiakning zararli ta’siri yo’qoladi.

O’simlikda aminokislotalar va oqsillar sintezi bilan bir vaqtni o’zida ularni parchalanish jarayoni ham o’tadi. Parchalanish jarayonida ammiak ajraladi. Oqsillarni gidrolizlanishi proteaza fermentlari yordamida o’tadi. Yosh o’simliklar, novdalar, barglar o’sishi, nuqtalarda oqsil hosil jarayoni ko’proq o’tsa, kari organlarda gidroliz parchalanish jarayoni ko’proq.

Shuningdek, o’simlikda o’tadigan murakkab oqsillar va boshqa azotli organik moddalar sintezi ammiakdan boshlanadi, ularning parchalanishi ammiak bilan tugaydi.

D.N.Pryanishnikov aytganlar: "ammiak azot moddalarning o’simlik tarkibida almashinishida alfa va omega hisoblanadi"

O’simliklarning azotga talabi o’simlik biologiq o’sish va rivojlanish davri, tuproq tarkibida o’simlikka layoqatli azot moddalarning miqdoriga bog’liq. Azotli o’g’itlarga talabini bir nechta yo’l bilan aniqlash mumkin.


  1. O’simlik tarkibidagi azot miqdori

  2. O’simlik shirasini tarkibidagi azot miqdori (konsentrasiyasi)

  3. O’simlikning tashqi ko’rinishi

  4. Tuproq tarkibidagi NH3 va NO2 azotning miqdori.

O’simlik tarkibidagi azot miqdori o’zgaruvchan bo’lib, o’simlik turi, o’simlikning organi, vegetasiya davri, iqlim va tuproq sharoitiga qarab o’zgaradi, ammo ilmiy ishlar va ko’p izlanishlar natijasida har bir o’simlik tarkibida, uning organlari va vegetasiya davriga qarab optimal miqdorlar ma’lum.

Shu miqdordan oz bo’lsa, o’simlikka azotli o’g’itlar berish shart. O’simliklar diagnostikasi (amaliy darsda o’tiladi) yordamida o’simlik shirasini tarkibida azot miqdoriga qarab o’g’itlarga bo’lgan talabini aniqlash mumkin.

O’simlikning tashqi ko’rinishi (slaydlarga qarab tushuntirish) rangi oqarishi yoki sarg’ayishi, barglar so’lishi, och tusli yashil rang paydo bo’lishi, o’suv nuqtalarining so’lishi, poyasini ingichkaligi, tuplar, shoxlar sonini kamayishi, barglar soni va sathi kamayishi, tugunlar orasi qisqarishi, gullar soni kamayishi, gul va hosil to’qilishi, (har bir o’simlik uchun ko’rsatgichlar alohida).

Azot ko’p miqdorda berilganda ham tashqi ko’rinishi o’zgaradi (to’q yashil rang barglarning chetlari kuyishi va xoqazo).

Tuproq tarkibida azot miqdorini aniqlash NH4 reaktivi yordamida yoki NO3 Grandval usulida aniqlanadi. Har bir o’simlik uchun tuproqda har xil miqdor optimal hisoblanadi.

O’simliklarni turiga qarab tuproq tarkibidagi NH4 va NO3 shakldagi azotga talabchanlik va o’zlashtirish qobiliyati ko’p faktorlarga bog’liq: tuproq eritmasining reaksiyasi, boshqa kationlar miqdori va nisbati, ionlar va kul elementlarning miqdori, kalsiy ionining konsentrasiyasi, magniy, ammoniy va nitratlar miqdori, hamda o’simlik tarkibidagi uglevodlar miqdori. Neytral reaksiya sharoitida ammoniy yaxshi o’zlashtiriladi, nordon sharoitda - nitratlar. Ammoniyli oziqlanishni tezlashtiradigan ionlar Ca, Mg va K nitrat ionni o’zlashtirishda molibden va fosfatlar yordam beradi.

Uglevodlar yetishmaydigan sharoitda, harorat pastligida, fotosintez jarayonini aniqligi pasayganda ammoniyni o’zlashtirishi ham kamayadi.

Azotli o’g’itlarni tanlash, normasini aniqlash, berish muddatlarini va usullarini to’g’ri tanlash uchun azotli moddalarning tabiatda aylanishi va tuproqda o’zgarishini bilish zarur.

Tuproq tarkibidagi azotning umumiy zahirasi va o’simlik o’zlashtiradigan azotli birikmalar miqdori doimiy ravishda o’zgarib turadi. O’zgarishning sabablari:


  1. O’simlik o’zlashtirishi

  2. Tuproq tarkibidagi har xil mikrobiologik jarayonlar ta’sirida azotning molekuyar azotga va ammiak holida havoga uchib ketishi

  3. Sug’orish natijasida pastki qatlamlarga va sizot suvlariga yuvilib ketishi

  4. Eroziya natijasida yuvilishi

  5. Biologik va kimyoviy jarayonlar natijasida mineral azotning gumin moddalar tarkibiga o’tishi

  6. Ammoniyli qaytarmas singdirilishi.

Tuproq tarkibida umumiy va harakatchan azotning ko’payishi ham har xil jarayonlar ta’sirida o’tadi.

  1. Atmosferadan qo’shilishi

  2. O’simliklar qoldiqlari va mahalliy o’g’itlar bilan tuproqda ko’payishi

  3. Simbiotik va erkin azotofiksasiya ta’sirida ko’payishi

  4. Tuproqdagi organik moddalar tarkibidagi azotning mineral holatiga o’tishi. Ma’lumki har xil tuproqlarda umumiy azot miqdori 0,05 - 0,5 % tashkil etadi,

bo’z tuproqlarda esa 0,05-0,15 % va umumiy miqdori tuproqning haydov qatlamida 1,5- 15 t.ga. Bo’z tuproqlar zonasida bu ko’rsatkich 3-6 t.ga tashkil etadi. Umumiy

azotning 94-95 %, organik birikmalar tarkibida, 3-5% almashinuvchan singdirilgan ammoniy holatida va 1% ga yaqini o’simlik o’zlashtira oladigan ammoniy va nitrat shaklida bo’ladi. O’simlikni azot bilan ta’minlanishi tuproqda o’tadigan mikrobiologik jarayonlarning tezligiga (aktivligiga) bog’liq. Tuproq tarkibidagi organik moddalar parchalanishi ammonifikasiya deyiladi.

Bu jarayon o’tishida bakteriyalar, aktinomisetlar va zamburug’lar qatnashadilar. Mikroorganizmlar ajratadigan proteolitik fermentlar ta’sirida oqsillar aminokislota-largacha gidrolizlanadi, aminokislotalar esa dezaminoza fermenti ta’sirida NH3, CO2, H2O, H2,CH4 larga parchalanadilar.

Ajralib chiqqan ammiak tuproqdagi karbonat kislota bilan qo’shilib ammoniy karbonat hosil qiladi, keyinchalik ammoniy tuproq zarrachalarida singdiriladi (TSK)

Ammonifikasiya turli tuproqlarda aerob va anaerob sharoitda o’tadi, lekin kuchli ishqorli va kislotali sharoitda jarayon sustlik bilan o’tadi.

Ammonifikasiya jarayoni natijasida ajralib chiqkan ammiak va o’g’itlar tarkibidan tuproqqa tushgan ammiak nitrifikasiyaga uchraydi. Bu jarayon ikki bosqichda boradi:

Tuproq namligi dala nam sig’imiga nisbatan 60-70% hamda tuproq harorati 25- 320 C va pH 6,2-8,2 atrofida bo’lsa, bu jarayon juda tez o’tadi. (bo’z tuproqlarda sug’orish, ishlov berish natijasida nitrifikasiya jarayoni tezlashadi).

Ayrim tuproqlarda 1 kg tuproq hisobida bir yil davomida 100 mg.kg nitrat kislotasi hosil bo’lishi mumkin. (300 kg/ ga).

Nitratlar denitrifikasiya jarayoni natijasida gazsimon azot birikmalari – NO2, H2O va molekulyar (N2) azotgacha qaytariladi. Denitrifikasiya anaerob sharoitda, ayniqsa ishqoriy muhitda tez o’tadi.

Bu jarayon natijasida 10-15% azot atmosferaga uchib ketishi mumkin.

Biologik denitrifikasiyadan tashqari tuproqda, ayniqsa ildiz atrofida xemodenitrifikasiya o’tishi kuzatiladi.

(To’xtatish yo’llari: ishlov berish, to’g’ri sug’orish, nitrifikasiya ingibitorlarini qo’llash).

Sug’orish natijasida tuproqning yuvilish va eroziyaga uchrashi hisobiga ham 15-20% azot, sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida yo’qotiladi.

Azotning organik moddalar tarkibiga 5-15% va singdirilish 3-5% tashkil etadi. Shuningdek tuproqdagi mineral azot va o’g’it tarkibidagi azotning 30-50% o’zlashtiriladi. Birinchi yili qolgan qismi yukotiladi.

Tuproqka azotning kuyilishi atmosferada 1 ga 5-15 kg.ga bir yilda.

O’simliklar tarkibida 30-100 kg.ga, Simbio fiksasiya 100-300 kg.ga erkin azotofiksasiya 60-50 kg.ga va organik moddalar tarkibidan mineralizasiya natijasida 10-50 kg.ga qo’shilishi mumkin.



  1. jadval

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish