Har xil o’simliklarda ildiz va ildiz tolalarining rivojlanishi.
O’simlik turi
|
Ildiz
|
Ildiz tolalar
|
Uzunligi, m
|
Sathi, sm
|
Soni, mln. dona
|
Uzunligi, m
|
Sathi, sm
|
Suli
|
4,57
|
316
|
6,3
|
74,7
|
3419
|
Arpa
|
6,4
|
503
|
12,5
|
1649,4
|
7677
|
Soya
|
2,9
|
406
|
6,1
|
19,94
|
277
|
Ildiz morfologiyasi, uni shakllanishiga rivojlanishi chuqur qatlamlarga o’tishi, o’simlikning biologik xususiyati bilan aniqlanadi. Ildizning rivojlanish xususiyatiga, tuproqni fizik xossasi, undagi namlik va oziqa moddalarning tarqalishi ham ta’sir ko’rsatadi. Kuchli tarmoq otgan ildiz, oziqa moddalarni ko’plab yutadigan sath hosil qiladi. Bunday xususiyat o’simlikning o’sish davrida o’zgarib boradi, eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan tarmoq otgan ildiz, odatda o’simliklarning gullash davrida kuzatiladi
jadval
Bahorgi bug’doy ildiz sathini rivojlanishi (D.A.Sabinin bo’yicha)
Rivojlanish davri
|
Ildiz sathi, (m) 1 ta o’simlikda
|
Faol ildizni, faol bo’lmagan
ildizga nisbati
|
Umumiysi
|
Shu jumladan faol ildiz
|
Gullash
|
9,6
|
4,91
|
1,05
|
Naychalash
|
29,39
|
10,81
|
0,59
|
Gullashni boshlanishi
|
36,73
|
17,07
|
0,86
|
Gullashni oxiri
|
40,09
|
24,76
|
1,30
|
DoNHi mum pishishi
|
30,86
|
14,80
|
0,92
|
Ildiz rivojlanish davrida ko’p hajmdagi tuproqni qamrab oladi, bu esa ularni doimiy o’sishi va yangilanib turishi bilan bog’liqdir.
Katta yoshdagi ildiz tolalarining hayot faoliyati bir kundan oshmaydi, yangilari esa tez paydo bo’ladi. Ildiz tolalari qurib qolgan joylarda hujayralar dag’allashadi, suv va oziqa moddalarning yutilishi chegaralanadi. Bir yillik dala o’simliklarini kunlik ildiz o’sishi 1 sm gacha boradi. Yosh o’sayotgan ildizlar tuproq muhitidan radiusi 20 mm ni tashkil qilgan maydondan ion almashinishiga esa 2-8 mm radiusli tuproq yuzasidan oziqa moddalarni olishi ko’zatilgan.
Ildiz tukchalari ko’p bo’lganda ildizning singdiruvchi yuzasi juda tez va kuchli darajada oshadi. Ildiz tukchalari zonasi-singdirish zonasi deb hisoblanadi. Lekin, tajribalarda ildizning ildiz tukchalari bo’lmagan qismlaridan ham oziq elementlarining kirishi aniqlangan.
Rassel va Klarkson tajribalarida, arpada fosfatlarning harakatlanishi ildiz tukchalarida ham va undan 40 sm yuqorida ham deyarli bir xil bo’lgan.
Ildiz tukchalari maxsus singdirish xususiyatiga ega emas. Bu to’g’rida Klarkson tajribalari quyidagi ma’lumotlarni beradi. Agarda suvli muhitda (suv kulturasida) arpa o’stirilganda eritma aerasiyasi yaxshi bo’lsa (eritma aralashtirilib turilsa) ildizda, ildiz tukchalari hosil bo’lmaydi, ammo ionlarning yutilish intensivligi
esa o’zgarmaydi. Demak, ildiztukchalari ildiz yuzasini maksimal darajada oshirib, o’simlikni birinchi navbatda fosfor bilan ta’minlash vazifasini bajaradi.
Ma’lumki, fosforning tuproqdagi harakati juda sekin borsa, o’simliklarga yutilishi esa juda tez boradi. Juda qisqa davr ichida ildizlar o’z atrofidagi fosforni o’zlashtirib oladi va yana o’zlashtirish uchun o’z yuzasini kengaytiradi. Boshqa ionlar fosforga nisbatan juda harakatchanligi tufayli ularni o’zlashtirishda ildiz tukchalarining ahamiyati kamroqdir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, tuproqda xemotropizm hodisasiga asosan, ildizlar oziqa elementlari konsentrasiyasi yuqori bo’lgan tomonga qarab o’sadi.
O’simlik o’suv davrida mustahkam ildiz sistema hosil qiladi va tuproqning qaysi oziq moddalar bo’lsa, uni o’zlashtirishga harakat qiladi. Natijada, ildizlar tomonidan yutiladigan suv bilan oziq moddalar tuproq eritmasidan ildizlar tomon harakatlanadi.
O’simliklarni ildizi atrofida oziq moddalarning intensiv yutilishi tufayli ularning konsentrasiyasi pasayadi, bunda oziq moddalar ildizga diffuziya qonuniyatlari asosida o’tadi.
Ildiz sistemasining faoliyati o’simlik yer ustki organlari bilan uzviy bog’liqdir.
Ildizning funksiyasi faqat suv va oziq elementlarini yutish va harakatlantirishdan iborat emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |