Agronomiya va biotexnologiya fakulteti



Download 4,47 Mb.
bet127/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

SIMPORT VA ANTIPORT


Vodorod ionlari hujayradan proton nasoslari yordamida tortib chiqariladi. Ushbu nasos, hujayradan protonlarni tortib olib, ma’lum konsentrlashgan va elektrik gradiyent hosil qiladi. Bunday sharoitda hujayra eritmasi birmuncha ishqoriylashadi. Ishqoriy muhitda, tashuvchi protonlarni elektrokimyoviy gradiyent bo’yicha qayta teskari tomonga o’tkazishi mumkin. Lekin, protonni o’tkazish jarayonida, tashuvchi

biron bir birikmaga o’xshash, bu masalan, hujayra ichiga o’tuvchi anion bo’lishi mumkin. Metchel tavsiya etgan terminologiya bo’yicha elektrokimyoviy gradiyent bo’yicha protonlarni va boshqa biron bir qo’shimcha moddalarni (aminokislotalar, qand, fosfor va x.q) aktiv ravishda hujayraga o’tkazishi simport deb ataladi. Ushbu jarayonga qarama-qarshi antiport bo’lib, hujayradan vodorod protonlarini chiqarib, uning elektroneytralligini saqlash uchun shunday zaryadlangan, masalan, kaliy kationini kiritishidir.

O’simliklarga azot, fosforga nisbatan birmuncha oson o’tadi. Bu vaqtda shuni e’tiborga olish lozimki, umuman hyech narsa o’tkazmaydigan membrana bo’lmaydi. NH4 + kationi muhitda quyidagi tenglikda bo’lib:

NH4 = NH3+ + N+ ammiak va vodorodni hosil qiladi.

Ammiak molekulasi, boshqa elektroneytral molekulalarga nisbatan (suvdan boshqa) ming marotaba tezroq hujayraga kiradi. Membrana orqali o’tayotgan ammiak suvdan protoNHi olib, NH4+ va ON - hosil qiladi.



NH3 + (H + + OH-) = NH4+ + OH- NH3

NH4

N+

Bu vaqtda sitoplazma ishqoriylashib, protonni chiqarishga halaqit beradi va proton nasosini ishlashi yomonlashadi. Shu bilan bir vaqtda ishqoriy muhit fosforning o’tishini yaxshilaydi.

Membranadan NH4+ kationiga nisbatan yomonroq holda NO3-, CH2, anionlari o’tadi. Ushbu anionlar membranadan K+ va NH4+ kationlariga nisbatan 100-1000 baravar qiyinroq o’tadi. Bu anionlar, yuqori konsentrasiyada membrananing vodorodli strukturasini buzadi va shuning uchun ham ular xatroplar deyiladi.

Nitratlarni membranadan yaxshi o’tishini quyidagi tajribada aniq ko’rish mumkin. Agarda, liposoma joylashgan muhitga KNO3 va valinomisin solinganda, oxirgisi kalikli "teshikcha" hosil qilib, liposoma ichiga K+ oni va NO3- anionlari o’tib, u tezda shishib ketadi. Maboda KNO3 ni KCl bilan almashtirsa, Cl uchun membrana o’tkazmaydigan to’siq bo’lib hisoblanadi. Liposoma ichiga valinomisin yordamida ozgina kaliy kiradi, holos. Bu jarayon diffuziya potensiali natijasida to’xtaydi va liposoma shishib qolmaydi.

Membrana orqali suv juda katta tezlikda o’tadi. Agarda ikki xajm suvni membrana bilan chegaralasak va ularning biri nishonlangan suv bo’lsa, tezda bu ikkala hajmli suv ham bir xil nishonlangan bo’lib qolishini ko’zatishimiz mumkin.

PINOSITOZ.

I.I.Mechnikov leykositlarni bakteriyalar tomonidan "yutilish" qobiliyatini aniqladi. Keyinchalik ma’lum bo’ldiki, ko’pgina hujayralar tashqi muhitdan qattiq zarrachalarni va tomchilarni yutishi mumkin ekan. Bu holat fagositoz deb nomlanadi. Fagositozda hujayralar qattiq zarrachalarni yutadi, pinositozda esa suyuq tomchilarni yutadi. Pinositoz yo’li bilan o’simlikka oziqa moddalari kirishi mumkin. Yutiladigan zarralar dastlab hujayralar membranasida adsorbsiyalanadi, keyin membrana ichkarisiga tortiladi, chekkalarini birikishi natijasida zarra yutiladi. Pinositoz pufakcha hosil bo’lib, zarra hujayra ichiga o’tib qoladi. Hujayra ichida fermentlar

ta’sirida zarracha sirti membranasi yemiriladi va zarrachalar sitoplazmasiga tushadi. Pufakcha hosil bo’lishi va uni sirtidagi membranani yemirish uchun energiya sarflanishini talab qiladi, bu energiya ATF holida o’zatiladi.

Pinositar pufakcha lizosomaga tegishi bilan yemiriladi va lizosomadagi gidrolitik fermentlar memrananing makromolekulalarini parchalaydi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, pinositoz, hodisasi adsorbsiyalangan moddalar ta’sirida ro’y beradi. Shuningdek, pinositozga teskari bo’lgan jarayonlar haqida ham ma’lumotlar bor. Bunda, hujayralar sitoplazmada erkin so’zib yurgan ayrim zarralar moddalarni boshqa molekulalardan alohida ravishda tashqariga chiqaradi.

Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, tashqi muhitdan hujayraga kirgan molekula yoki ionlar plazmolemmadan o’tish usulidan qat’iy nazar plazmolemma darajasida modda almashinuv reaksiyalarida ishtirok etmaydi, hujayra ichki bo’shlig’iga tushgandan so’ng, u quyidagi yo’l bo’yicha harakatlanadi:



  1. Metobolitik jarayonlarni o’tgandan so’ng, organik moddalar tarkibida hujayraning struktura elementlarini tashkil qiladi;

  2. Ortiqcha ionlar ildiz hujayralari vakuolalarida konsentrlashib, ionlar zahirasini hosil qiladi yoki ksilemma to’qimalari orqali yer ustki qismlariga o’tkaziladi;

  3. Ionlar organizmdan tashqi muhitga yana qayta chiqarilishi mumkin.




Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish