Asosiy oziq elementlarining hosil bilan o’zlashtirilib ketilishi, 1 tonna asosiy mahsulotga nisbatan kg hisobida
(SmipHov, Muravin ma’lumotlari).
Ekinlar
|
N
|
P2O5
|
K2O
|
Don
|
Kuzgi bug’doy
|
37,0
|
13,0
|
23,0
|
Kuzgi javdar
|
31,0
|
14,0
|
26,0
|
Bahorgi bug’doy
|
47,0
|
12,0
|
18,0
|
Arpa
|
29,0
|
11,0
|
20,0
|
Suli
|
33,0
|
14,0
|
29,0
|
No’xat
|
66,0
|
16,0
|
20,0
|
Guruch
|
21,0
|
8,1
|
26,5
|
Soya
|
71,0
|
16,0
|
|
Makkajo’xori
|
34,0
|
12,0
|
37,0
|
Paxta
|
50-60
|
15-20
|
60,0
|
Ildizmevalilar:
|
Qand lavlagi
|
6,0
|
2,0
|
7,5
|
Xashaki lavlagi
|
6,5
|
1,5
|
8,5
|
Xashaki sabzi
|
5,2
|
2,0
|
6,0
|
Osh sabzi
|
3,2
|
1,6
|
5,0
|
Ertangi kartoshka
|
5,0
|
1,5
|
7,0
|
Kechki kartoshka
|
8,0
|
3,0
|
11,0
|
Oq boshli karam
|
3,3
|
1,3
|
4,4
|
Pomidor
|
2,6
|
0,4
|
3,6
|
Bodring
|
1,7
|
1,4
|
2,6
|
Piyoz
|
3,0
|
1,2
|
4,0
|
Mevalilarda
|
5,0
|
3,0
|
6,0
|
Uzum
|
1,7
|
1,4
|
5,0
|
Tamaki
|
25
|
7,0
|
50,0
|
Xashaki:
|
Makkajo’xorini yashil massasi
|
2,5
|
1,0
|
3,5
|
Beda xashagi
|
26,0
|
6,5
|
15,0
|
Bir yillik o’tlar
|
21,0
|
4,5
|
19,0
|
Ko’p yillik o’tlar
|
17,0
|
6,3
|
19,5
|
O’tloqzor pichani
|
17,0
|
7,0
|
|
Karam, kartoshka, qand lavlagi, g’o’za, kungaboqar, xashaki ildizmevalar va silos ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish uchun, oziq moddalarni g’alla ekinlarga nisbatan ko’proq qo’llash kerak
Oziq elementlarini o’zlashtirib ketilishi darajasi olinadigan hosil miqdoriga juda bog’liq bo’lib, hosildorlik ortishi bilan tuproqdan oziq moddalarni o’simlik tomonidan olib ketishi ko’payadi. Lekin, hamma vaqt ham, hosil salmog’i bilan asosiy oziq elementlarni o’zlashtirib ketilishi orasida to’g’ri proporsionallik ko’zatilmaydi. Hosildorlik qanchalik yuqori bo’lsa, mahsulot birligini shakllanishiga sarflanadigan oziq moddalar miqdori, odatda, kamayadi (37-jadval).
37- jadval
Qishloq xo’jaligi ekinlarining hosili bilan oziq elementlarini
taxminiy o’zlashtirilib ketilishi (Smirnov, Muravin ma’lumotlari)
Ekin turlari
|
1 gektardan olingan asosiy hosil,
1 s. hisobida
|
Bir gektardagi hosil bilan olib
chiqib ketilgan, kg
|
N
|
P2O5
|
K2O
|
Donli g’alla gullilar
|
30-35
|
90-110
|
30-40
|
60-90
|
Donli dukkaklilar
|
25-30
|
100-150
|
35-45
|
50-80
|
Kartoshka
|
200-250
|
120-200
|
40-60
|
180-300
|
Qand lavlagi
|
400-500
|
180-250
|
55-80
|
250-400
|
Makkajo’xori ko’k massasi
|
500-700
|
150-180
|
50-60
|
180-250
|
Karam
|
500-700
|
160-230
|
65-90
|
220-320
|
G’o’za
|
30-40
|
160-220
|
50-70
|
180-240
|
Oziq elementlarini qishloq xo’jaligi ekinlari bilan o’zlashtirilib ketilishini biologik va xo’jalik turlari farqlanadi.
Biologik o’zlashtirishda - nafaqat o’simlikni asosiy va qo’shimcha hosili bilan chiqib ketgan oziq elementlari, balkim, boshqa qismlari (ildiz, barg, poya va ularni qoldiqlari) tarkibidagi oziq moddalar miqdori ham hisobga olinadi.
Xo’jalik o’zlashtirishda - oziq elementlarni faqat asosiy va qo’shimcha mahsulot (somon, palagi) bilan o’zlashtirilib ketilgan miqdori hisobga olinadi. Qishloq xo’jaligi ekinlari uchun o’g’itlash tizimini tuzishda (ayniqsa, o’g’itlar miqdorini belgilashda) xo’jalik holida o’zlashtirib ketilgan oziq elementlar miqdorini hisobga olish kifoyadir, ilmiy tajribalarda esa biologik o’zlashtirishni hisobga olish kerak bo’ladi.
Oziq elementlarining o’simliklar tarkibidagi miqdori va asosiy hosil bilan birgalikda o’zlashtirilib ketilish ko’rsatkichi tuproq-iqlim, agrotexnika va o’g’itlarni qo’llash tizimiga qarab o’zgarib turishi mumkin.
Qishloq xo’jaligida eng qulay tuproq – iqlim sharoitida o’g’itlardan samarali foydalanish va yuksak agrotexnika ishlatilganda o’simliklar tuproqdan, hamda yerga solingan o’g’itlardan to’g’ri nisbatda va ko’p miqdorda o’zlashtiradi. Shu bilan birgalikda, asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlarining hosil birligiga oziq elementlari juda kam miqdorda sarflanishiga erishiladi. Asosiy qishloq xo’jalik ekinlari mahsulotining hosili tarkibidagi azot, fosfor va kaliyning o’rtacha nisbati turlicha bo’ladi.
Boshoqli don ekinlar hosilida N:P2O5:K2O nisbat birozgina o’zgarib turadi va 2,5-3,0 : 1,0:1,8- 2,6 ni tashkil etib, ushbu ekinlar fosforga nisbatan azotni o’rtacha 2,8, kaliyni esa 2,2 marotaba ko’p o’zlashtiradi.
jadval
Turli ekinlar hosilida N: P2O5: K2O ning o’rtacha nisbati (Smirnov, Muravin ma’lumotlari)
Ekinlar
|
N
|
P2O5
|
K2O
|
Boshoqli don ekinlari
|
2,8
|
1
|
2,2
|
Kartoshka
|
2,5-3,5
|
1
|
4-4,5
|
Qand lavlagi
|
2,5-3,5
|
1
|
3,5-5,0
|
Xashaki lavlagi
|
3,5-4,5
|
1
|
4,5-6,0
|
Qand lavlagi, xashaki va sabzavot ildizmevalilar, kartoshka, kungaboqar, karam va boshqa qishloq xo’jaligi ekinlari azotga nisbatan kaliyni, birmuncha:
ko’proq o’zlashtiradi va N:P2O5:K2O ning nisbati 2,5-3,5:1,0: 3,5 - 5,0 atrofida bo’lishi mumkin.
Ko’pchilik ildiz va tuganak mevalarda, shuningdek, kungaboqarda yetishtirish sharoitlariga bog’liq holda hosil strukturasi ancha o’zgarib turadi. Bu esa, o’z navbatida, tovar mahsulot birligiga hisoblaganda asosiy oziq elementlarning o’zlashtirish ko’rsatkichida va ular orasidagi nisbatda jiddiy farq bo’lishiga olib keladi. Masalan, o’rmon – cho’l zonalarida yetishtirilgan har 100 sentner lavlagi hosili va shuncha miqdordagi bargi uchun 50 kg azot, 15 kg fosfor va 60 kg kaliyni o’zlashtirsa, noqora tuproq rayonlarida o’stirilgan har 100 sentner lavlagi 80-100 kg azot, 35 kg fosfor va 145 kg kaliyni o’zlashtiradi.
Qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan ekinlar hosildorligini ortishi bilan tuproqlar tarkibidan ko’plab oziq elementlarini o’zlashtirib ketilishi kuzatiladi. Shuning uchun ham oziq elementlarini chiqib ketishini bilish, ularni o’rnini organik makro va mikroo’g’itlar bilan qaytarishda juda muhim ahamiyatga ega.
Oziq moddalar balansi va ularni dehqonchilikda aylanishi.
Qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan o’simliklar tomonidan qancha miqdorda oziq elementlarni o’zlashtirilib ketilishini bilish – bu tuproqdan chiqib ketgan oziq moddalar o’rnini o’g’itlar bilan to’ldirish uchun kerak bo’ladi. Bu masala ishlatilayotgan o’g’itlar samaradorligini va tuproqlarni samarali unumdorligini oshirish bilan uzviy bog’liqdir. Oziq moddalar balansi hozirgi vaqtda ikki yo’nalishda tuziladi:
tajriba yo’nalishi (laboratoriya, lizimetr, vegetasion va dala tajribalarida)
oziq moddalarning tashqi xo’jalik va biologik aylanishi, hamda ularning dehqonchilikda, biosferada va xalk xo’jaligi balansini o’rganishdagi yo’nalishdir. Ushbu balans aniq xo’jalik tuman, viloyat va respublika miqyosida statistik ma’lumotlarga asoslanib hisoblaniladi.
Oziq moddalarni tashqi xo’jaliq xo’jalik va biologik balansi, o’zining tarkibi va tuzilishi bo’yicha bir-biridan keskin farq qiladi.
Tashqi xo’jalik balansi - bu o’simliklarni asosiy hosili bilan chiqib ketgan azot, fosfor va kaliyni, yerga solinadigan mineral va organik o’g’itlar, yem-xashak va urug’lar bilan qaytishidir.
Xo’jalik balansi - bu qishloq xo’jaligi ekinlarining asosiy va qo’shimcha mahsuloti bilan hamda boshqa sabablar ta’sirida yo’qolishini (suv va shamol eroziyasi, yuvilib ketishi va tuproqda birikib qolishi) hisobga olishga asoslangan. Ushbu yo’qotilgan oziq moddalar miqdori, yerga ishlatilgan o’g’itlar, dukkakli ekinlar, yog’in-sochinlar, urug’lar va erkin holda azot o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar faoliyati ta’sirida to’planadigan oziq elementlar miqdori bilan taqqoslanib topiladi.
Biologik balans - bu oziq elementlarini biologik o’zlashtirilib ketishiga asoslangan bo’lib, o’simlikni vegetasiya davrida eng ko’p miqdorda oziq moddalarni o’zlashtirish ko’rsatkichiga bog’liq.
Dehqonchilikda oziq moddalarning aylanishi to’g’risidagi to’liq ma’lumotni xo’jalik - biologik balans, ya’ni o’simlikni barcha biologik massasi tarkibidagi oziq
moddalar miqdorini aniqlash, azot va boshqa ko’p elementlarni o’g’itlar, tuproq va atmosferadan qaytishini hisobga olish orqali erishiladi.
Oziq elementlarning balansi, ko’pincha ularni xo’jalikni aylanishiga va tuproqqa qaytishiga bog’liq bo’ladi.
Demak, qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirish uchun, o’simlikning asosiy va qo’shimcha hosili bilan o’zlashtirib ketilgan oziq elementlarini yerga to’liq qaytarish kerak
Mineral va organik o’g’itlar bilan tuproqqa qaytariladigan oziq moddalar – balansini kirim qismiga kiradi. O’g’itlarni qo’llashdan maqsad, nafaqat, o’zlashtirib ketilgan oziq elementlarni yerga qaytarish, balkim, tuproq unumdorligini va o’simliklar hosildorligini oshirishga qaratilgandir.
Shunday holatda savol tug’iladi: o’simlik hosili bilan chiqib ketgan azot, fosfor va kaliyni o’g’itlar bilan to’liq qaytarish shartmi, ushbu elementlar bilan tuproqni boyitishni boshqa manbalari yo’qmi? Bu vaqtda barcha oziq elementlariga nisbatan umumiy javob berish qiyin, buning uchun har bir element uchun alohida yo’l topish kerak
Akademik D.N.Pryanishnikov o’simlik mahsuloti bilan o’zlashtirilib ketilgan fosforni to’liq yoki bir muncha ortig’i bilan qaytarish kerak deydi, chunki o’simlik uchun yaroqli bo’lgan fosfor bilan tuproqlarni ta’minlashni boshqa manbai yo’q. Azot masalasida uni miqdorini birmuncha kamaytirib (gektariga 15 kg gacha) qo’llash mumkin, chunki azotni yetishmagan qismi tuganak bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar tomonidan tuproqda to’planadi. Bunday holat, donli ekinlardan har bir gektar hisobiga 20-25 sentnerdan hosil yetishtirilganidagina bo’lishi mumkin. Ma’lumki, hozirgi paytda ko’pchilik xo’jaliklarda donli ekinlardan gektar boshiga 35-40- sentner va undan yuqori hosil yetishtirmoqdalar. Bu vaqtda, yetishmaydigan azot miqdorini faqat biologik yo’l bilan (dukkakli ekinlar hisobiga) to’ldirish imkoniyati bo’lmaydi va almashlab ekish dalasida azotni to’liq qaytarish uchun azotli o’g’itlardan foydalanish zarur bo’ladi. Shuningdek, azot tengligini saqlashda, uni mineral o’g’itlar, go’ng va tuproq tarkibidan ko’plab yo’qolishini ham hisobga olish zarur.
Kaliy balansida esa, uning miqdorini gektariga 20 kg gacha kamaytirib qo’llash mumkin. Qolgan qismi esa, tuproqdagi kaliyning boshqa manbalari hisobiga to’ladi. Bunday holat, ayniqsa mexanikaviy tarkibi og’ir bo’lgan, kaliy zahirasi ko’p bo’lgan tuproqlarda sodir bo’ladi. Ammo, kaliyga juda talabchan o’simliklarni surunkasiga bir dalada qayta-qayta ekish (kartoshka, xashaki lavlagi, g’o’za va h.). Ushbu elementni tuproqdagi miqdorini keskin kamayishiga olib keladi.
Umuman, xo’jalikda qanchalik ko’p miqdorda o’simlik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirilib sotilsa, shuncha oziq elementlari ham chiqib ketadi va dehqonchilikda o’g’itlarga bo’lgan talab yuqori bo’ladi.
Oziq elementlarini yo’qolishi, nafaqat, asosiy va qo’shimcha hosil bilan, balkim, boshqa yo’llar bilan ham sodir bo’ladi. Ushbu yo’qotishlarga sug’orish, suv va shamol eroziyasi, ishlatilmay to’planib qolgan go’ng va uni shiltig’i, ularning tarkibidan azotni yo’qolishi sabab bo’ladi. Quyidagi misol dehqonchilikda azot balansi to’g’risida to’liq tasavvur beradi:
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |