151
fazalari tarkibi, ular nisbati va o‘zaro ta’siri hamda dinamikasi singarilar bilan
bevosita boђliqdir.
Tuproqning paydo bo‘lish
jarayonlarida, unumdorligi va o‘simliklar hayotida
fizikaviy xossalarning roli, ahamiyati ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilib, amaliy
xulosalar qilingan. Tuproq fizik xossalariga doir tadqiqotlar P.A.Kostichev.
V.R.Vilyams,
A.G.Doyarenko,
N.A.Kachinskiy,
I.N.Antipov-Karatayev,
S.V.Astapov, A.V.Lebedev, P.V.Vershinin, A.F.Tyulin, A.A.Rode, S.I.Dolgov,
I.B.Revut, S.N.Rijov, M.U.Umarov, L. Tursunov, I.Turapov va boshqa olimlar nomi
bilan boђliq. Umumiy fizikaviy xossalariga
tuproqning zichligi, qattiq fazasining
zichligi va ђovakligi singarilar kiradi.
2. Tuproq qattiq fazasining zichligi (solishtirma massasi) - ma’lum hajmdagi
tuproq qattiq qismining 4 0S da, shuncha hajmdagi suvga bo‘lgan nisbati hisoblanadi
va g\sm3 bilan ifodalanadi. Qattiq fazasining zichligi tuproq tarkibidagi organik
moddalar miqdoriga va mineral qismi komponentlari (tarkibiy qismlari) ning
nisbatiga boђliq. Tuproq qattiq fazasidagi organik moddalar (o‘simliklarning
qoldiqlari, torf, gumus) ning qattiq fazasi zichligi 0,2-0,5 dan 1,0-1,4 g\sm3 gacha,
mineral birikmalardan iborat qismida esa 2,1-2,5 dan 4,0-5,18 g/sm3 gacha o‘zgaradi.
Bu ko‘rsatkich tuproqdagi birlamchi va ikkilamchi
minerallarning tarkibi va
solishtirma massasiga boђlik. Masalan, dolomitning solishtirma massasi 2,8-2,99,
limonitniki 3,50-4,0, gematitda 4,9-5,3, montmorillonitniki 2,0-2,20 g/sm3 ni tashkil
etadi. Ko‘pchilik tuproqlarning mineralli gorizontlarida qattiq fazasining zichligi 2,4-
2,65 g/sm3 oraliђida bo‘lib, torfli qatlamlarda 1,4-1,8 g/sm3 ni tashkil etadi.
Tuproqning solishtirma massasiga doir ma’lumotlar tuproq qatlamlari tuzilishini
o‘rganishda va tuproqning umumiy ђovakligini hisoblab chiqarishda foydalaniladi.
3. Tabiiy holati saqlangan holda olingan, ma’lum hajmdagi tuproq massasiga
uning zichligi yoki hajmiy massasi deyiladi. Bu ko‘rsatkich
ham quruq tuproqqa
nisbatan g/sm3 bilan ifodalanadi. Zichlik tuproqning mineralogik va mexanik
tarkibiga, struktura holatiga va organik moddalar miqdoriga boђliq (23-jadval).
Bundan tashqari, zichlikka tuproqga ishlov berish jarayoni va qishloq xo‘jalik
texnikasining ta’siri ham katta. Yer bevosita ishlangandan keyin, u eng ђovak holda
bo‘lib, keyinchalik asta-sekin zichlashib boradi va ma’lum vaqtdan keyin (kelgusi
haydovga qadarli) zichligi kam o‘zgaradigan holatga keladi. Ammo ma’lum
chuqurlikka qadar ishlov beriladigan maydonlarda,
haydalma ostki qatlamning
yildan-yilga zichlashib borishi kuzatiladi(bunda "Plug tovon" qatlami yuzaga keladi).
Chirindiga boy, strukturali va yetilgan holda ishlov berilgan yerlarda zichlik kam
bo‘ladi. Zichlik tuproqning suv-havo xossalari va undagi biologik jarayonlarning
borishida hamda o‘simliklar uchun zarur oziq moddalarning to‘planishida muhim rol
o‘ynaydi. Zichlangan yerlarda suvning shimilishi kamayadi,
havo almashinuvi va