Agrokimyo va tuproqshunoslik


Talabaning bilimini sinash uchun savollar



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Talabaning bilimini sinash uchun savollar 
1
. Tuproq kislotaliligi va ishqoriyliklarining kelib chiqishi va turlari qanday? Ularni 
tartibga solish usullarini ko‘rsating? 
2. Nitrifikatsiya bakteriyalari ta’sirida tuproq muhiti qanday o‘zgarishi mumkin? 
3. Tuproqning singdirish kompleksida kalsiy, magniy kationlar bo‘lgan holda 
ularning muhiti qanday bo‘ladi? 
4. Kislotali tuproqda fiziologik jihatdan kislotali yoki fiziologik jihatdan ishqoriy 
o‘g‘it qo‘llash tavsiya etiladimi? 
18-MAVZU. TUPROQ STRUKTURASI TURLARI VA AHAMIYATI, UNING 
HOSIL BO‘LISHI, YO‘QOTILISHI, TIKLANISHI 
REJA 
1
. Tuproq strukturasi xakida tushuncha. 
2. Tuproq strukturasining turlari. 
3. Strukturaning hosil bo‘lishi. 
4. Strukturaning agronomik ahamiyati.
1.Struktura - tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini belgilovchi 
muhim agronomik xossadir. Tuproqning qator fizikaviy, fizik-mexanik xossalari, 
suv-havo, issiqlik va oziqa rejimi hamda tuproqda kechadigan mikrobiologik 
jarayonlar, 
uning 
strukturasi 
bilan 
bevosita 
bog‘liq. 
Tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida tuproqdagi turli mexanik 
elementlar bir-biri bilan (asosan gumus va kalsiy ta’sirida) birikib har xil donador 
bo‘lakchalar (uvoqchalar) hosil qiladi va unga s t r u k t u r a a g r ye g a t l a r i
yoki bo‘lakchalari deyiladi. Tuproqning alohida agregatlar (bo‘lakchalar) ga ajralib 
(bo‘linib) ketish qobiliyatiga s t r u k t u r a h o l a t i, turli o‘lcham, shakl va sifat 
tarkibli struktura agregatlarining yiђindisiga uning s t r u k t u r a s i deb ataladi. 
Qum va qumloq tuproqlarda mexanik elementlar, odatda agregatlarga 
birikmagan alohida zarrachalardan tashkil topgan. Qumoq va soz tuproqlar esa 
strukturali va strukturasiz yoki kam strukturali holatda bo‘ladi. Strukturani 
o‘rganayotganda unga tuproqning muhim morflogik belgisi sifatida va ikkinchidan 
agronomik nuqtai nazardan qarash kerak. Strukturaning tuproq fizikaviy xossalariga, 
yerga 
ishlov 
berish 
sharoitlariga, tuproqning suv-havo rejimlari va umuman unumdorligi, hamda 


145 
o‘simliklarning rivojlanishiga ta’siri kabi masalalar V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev, 
K.K.Gedroyts, 
A.G.Doyarenko, 
I.N.Antipov-Karatayev, 
N.A.Kachinskiy, 
N.I.Savvinov, P.V.Vershinin, A.F.Tyulin, D.V.Xan, S.N.Rijov, M.U.Umarov, 
L.T.Tursunov singari mamlakatimiz va chet el mamlakatlari olimlari tomonidan 
batafsil o‘rganilgan. 
2.Tuproqning donadorligi (strukturasi) uning suv, havo va oziqa rejimini 
ta’minlashda katta ahamiyatga ega. 
Meliorativ va agronomik nuqtai nazardan dumaloq donador, suvga chidamli 
mayda birlamchi oddiy agregatlardan tuzilgan donadorlik yaxshi hisoblanadi. 
V.R.Vilyams, A.N.Sokolovskiy, N.I.Savvinov tuproqdagi 1-5-10 mm o‘lchamdagi 
donadorlikni ijobiy, yaxshi agronomik xususiyatga ega deb ta’kidlaydilar. Donadorlik 
makro (> 0,25 mm dan yuqori) va mikro (0,001-0,25 mm) o‘lchamli qismga 
bo‘linadi. Tuproq tarkibidagi > 0,25 mm zarrachalart miqdori uning donadorligini 
belgilaydi, < 0,001 mm zarrachalar esa tuproqning agronomik va meliorativ holatini 
yomonlashtiradi. 
O‘tkazilgan 
tajribalar 
(M.E.Volni, 
P.A.Kostichev, 
P.F.Barakova, 
A.G.Doyarenko, V.R.Vilyams, K.K.Gedroyts) ko‘rsatkichi tuproqning donadorligi 
yuqori haydalma gumusli qatlamning yumshoqligini yaxshilab, o‘simlik ildizlarining 
rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. O‘simlik urug‘lari tez unib chiqadi, rivojlanadi, 
havo va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshadi, qatqaloqlanish jarayoni ro‘y 
bermaydi. Donadorligi yaxshi tuproqlarda eroziya rivojlanishining oldi olinadi. 
Olimlarning fikricha, tuproq donadorligining hosil bo‘lishi va oshishi fizik-
mexanik, fizik-kimyoviy, kimyoviy, biologik jarayonlarga bevosita bog‘liq. Fizik-
mexanik jarayon tuproqdagi bosimning oshishiga bog‘liq, ya’ni o‘simlik ildizlarining 
rivojlanishi, tirik jonivorlar harakati, tuproqni namlanganda uning bo‘kishi va 
quriganda siqilishi natijasida yoriqlar, turli o‘lchamdagi agregatlar hosil bo‘ladi. 
Tuproqning muzlashi va erishi, traktorlar bilan yerga ishlov berish natijasida ham 
donadorlik hosil bo‘lishi mumkin. 
Fizik-kimyoviy jarayonlarning rivojlanishida loy va kolloid zarrachalarning 
koagulyatsiyasi va peptizatsiyasi katta ahamiyatga ega. Donadorlikning hosil bo‘lishi 
organik va mineral kolloidlarning tabiatiga bog‘liq. Ayniqsa gumus moddalaridan 
tashkil topgan donadorlik turg‘un hisoblanadi. 
Tuproqda yemirilish jarayonida kalsiy karbonat, magniy silikati, temir hosil 
bo‘lsa, bu elementlar zarrachalarning sementlashib suvga chidamli mikroagregat 
donachalarini hosil qiladi. Bundan tashqari tuproq tarkibidagi gips, natriy xlorid va 
sulfat birikmalari ham kimyoviy donadorlikni rivojlantiruvchi omil hisoblanadi. 
Mikrobiologik jarayonlar, ya’ni mikroorganizmlar, bakteriyalar, zamburug‘lar, 
aktinomitsetlar o‘z chiqindilari va tanasidagi moddalar ham tuproq donadorligini 


146 
oshirishi mumkin. V.R.Vilyams tuproq donadorligini oshirishda, aerob va anaerob 
mikroorganizmlarning roli kattaligini ko‘rsatib berdi. Chuvalchanglar ham organik va 
mineral zarrachalarni o‘zidan o‘tkazib, ekskrimentlari bilan tuproq donadorligini 
oshiradi. Tuproq donadorligini oshirish imkoniyatlari asosan kimyoviy, fizik-
mexanik va biologik usullardan iboratdir. Kimyoviy polimerlar yordamida va 
almashlab ekishni joriy etish usullari orqali ham tuproq donadorligini yaxshilash 
mumkin. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish