Kimyo tarixi



Download 30,37 Kb.
Sana02.12.2019
Hajmi30,37 Kb.
#27976
Bog'liq
refarat

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI

CHIRCHIQ DAVLAT PEDOGOGIKA INSITITUTI Yo’nalishi: K.O’.M. 19/2- GURUH TALABASI.

Mardiyeva Sevaraning

KIMYO TARIXI” FANIDAN

MAVZU: ORGANIK MODDALAR HAQIDAGI DASTLABKI TUSHUNCHALAR.

Tekshirdi : Tursunmurodov. O. X.

Bajardi: Mardiyeva .S.

REJA:


1.Organik kimyo fanining shakllanishi.

2. Organik moddalar haqida daslabki tushunchalar.

3. Organik kimyoning fan sifatida ajralib chiqishi.

4.Radikallar va tiplar nazariyasi

XULOSA

Atamalar.



1.Organik kimyo fanining shakllanishi.

Organik moddalar insoniyatga juda qadimdan ma'lum bo‘lgan. Ular qadim zamondan buyon shakar va moy olishni, yog‘larni qaynatib sovun olishni bilganlar. Qadimgi Hindiston va Misrda organik kimyo fan sifatida shakllanmagan bo‘lsada, odamlar organik bo‘yoqlardan foydalanib, bo‘yash san'atini rivojlantirgan. Tabiiy organik birikmalardan oqilona foydalanishda bizning ajdodlarimiz ham dunyoda peshqadamlardan bo‘lishgan.

Sof holdagi organik moddalar dastlab 900 yillarda arab alkimyogarlari tomonidan hosil qilingan edi. Buyuk mutafakkirimiz, tibbiyot ilmining ustozi Abu Ali ibn Sino juda ko‘plab o‘simliklardan organik tabiatli moddalarni ajratib olgan. Kimyoviy bilimlar 16 asrdan boshlab jadal

sur'atda rivojlana boshladi. O‘sha davrda nazariy asosda bo‘lmasada lekin moddalar to‘g‘risida juda ko‘p tajribalar to‘plangan edi. Moddalar organik va noorganik moddalarga bo‘linmagan edi.

1851 yilda A.Kekule organik kimyoni uglerod kimyosi sifatida ta’rifladi. Lekin bu fikr ham noto‘g‘ri ekanligi aniq edi. Chunki, uglerodning ba’zi birikmalari (uglerod oksidlari, metall karbonillari, karbonat kislota va karbonatlar) noorganik moddalar sifatida qaraladi. Ba’zi mellorganik birikmalarni esa noorganik moddalar sifatida ko‘rish mumkin. Organik kimyoga aniqroq ta’rif 1889 yili K.Shorlemmer tomonidan berildi:
Organik kimyo fani uglevodorodlar va ularning hosilalarini o‘rganuvchi fandir.

Birinchi marta 1806 yili Bertselius o`zining "Xayvonot kimyosi" asarida "Organik kimyo" terminini shifokor talabalarga tanishtirdi va fanga olib kirdi. Sirka kislotasi arab alkimyogarlari tomonidan V asrda vino achitqisidan xaydab olindi. Etil spirti vinoning o`zidan olindi va "Spiritus vini" vino ruxi deyildi. Efir 1625 yili V. Valentin vino spirti va kuporos moyi (H2SO4) dan oldi. Absolyut efir 1796 yili T.Lovits tomonidan K2CO3 va CaCl2 ta`sirida suv va spirtdan tozalandi. "Yog`larning shirin asosi" glitserin yog`lardan olindi. XIX asr boshlarida organik moddalarning tabiati xali tushunarli emas edi. 1784 yili A. Lavuaz'e vino spirti, moylar, mumlarni yoqib ulardan xosil bo`lgan karbonat angidridi va suv miqdorini o`lchadi va tarkibini aniqladi



2. Organik moddalar haqida daslabki

Tushunchalar

Uglevodorodlar uglerod va vodorod elementlardan tashkil topgan moddalardir. Uglevodorodlardagi vodorod atomlarining boshqa atomlar yoki atomlar guruhi bilan almashinishi natijasida uglevodorod hosilalarini olish mumkin. Organik moddalarning tarkibiga uglerod va vodoroddan tashqari kislorod, azot va boshqa elementlar kirishi mumkin.

Organik birikmalarning tuzilishi haqidagi tasavvurlar va tuzilish nazariyasi 1858-1861 yillarda vujudga keldi va bunda nemis kimyogari A.Kekule, shotland kimyogari A.Kuper va rus kimyogari A.M.Butlerovlarning xizmatlari katta. Tuzilish nazariyasi yaratilganidan so‘ng organik kimyo ikki yonalishda rivojlana boshladi. Birinchi yo‘nalish nazariy va sintetik kimyo yo‘nalishi, ikkinchi yo‘nalish esa organik m arning sanoat sintezi.

Har ikkala yo‘oddalnalish nuqtai nazaridan organik kimyo fanining rivojlanish tarixini bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin



Birinchi bosqich (1820-1860 yillar)– organik birikmalar tuzilish nazariyasi yaratilgunga qadar bo‘lgan davr. Bu davrni tabiiy organik moddalarni sun’iy ravishda sintez qilishga bo‘lgan harakat bilan izohlash mumkin. Ko‘plab organik moddalar va ular haqidagi tasavvurlar mavjud bo‘lib ularni birlashtiruvchi, aniq bir tizimga soluvchi nazariya yo‘q edi. Bu holatni F.Vyoler o‘zining Ya.Berseliusga yozgan maktubida yaxshi yoritgan edi: “Organik kimyo hozirgi vaqtda istalgan odamni aqlidan ayirishi mumkin. U menga g‘aroyibotlarga boy changalzorni eslatadi. Uning poyoni yo‘qday. Undan chiqib ketish ham amri mahol.” Bu davr organik birikmalar tuzilish nazariyasi yaratilishi bilan

yakun topdi va juda ko‘p turlicha yangi fikrlar paydo bo‘la boshladi.



Ikkinchi bosqich (1860-1910 yillar) – tuzilish nazariyasining rivojlanish davri. Bu davrda organik birikmalarning ko‘plab sinflari kashf etilib organik sintez jadallik bilan rivojlana boshladi. Ko‘plab tabiiy birikmalardan qolishmaydigan sintetik moddalar sintez qilindi. Sintetik usul bilan bir qancha dorivor moddalar olindi. Organik birikmallar tuzilishi haqidagi bilimlarning rivojlanishi natijasida yangi yo‘nalish – stereokimyo (1874) vujudga keldi.

Uchinchi bosqich (1910 yildan keyingi davr) – organik birikmalarning elektron nazariyasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi davri. Bu davrning boshlarida organik moddalarning tarkibini va tuzilishini o‘rganish sohasida yangi fizikaviy metodlar vujudga keldi. 30-yillarga kelib esa kvant-organik kimyo fani

paydo bo‘ldi. Organik birikmalarning tuzilishi va ular ishtirokida sodir bo‘ladigan reaksiyalarning kvant-mexanik nazariya yuzasidan o‘rganish natijasida bir qancha tuzilishi murakkab bo‘lgan tabiiy birikmalar sun’iy ravishda sintez qilindi. Biokimyo va organik kimyoning rivojlanish cho‘qqisida yangi – molekulyar biologiya va bioorganik kimyo fanlari vujudga keldi va rivojlandi. Organik kimyo fani biologiya va tibbiyot bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi.



3. Organik kimyoning fan sifatida ajralib chiqishi.

XIX asr boshida “Flogiston” nazariyasi davrida asta-sekin organik va noorganik moddalarni sinflarga bo‘linishi boshlandi. 1807 yilda Shved kimyogari Ya.Berselius tirik organizmdan olingan moddalarni organik moddalar deb atashni taklif qildi. Uning fikricha bu moddalarni noorganik moddaladan farqli holda sun’iy yo‘l bilan sintez qilib olish mumkin emas. Ya. Bersilusning fikriga ko`ra anorganik va organik moddalar orasidagi eng muhim farq shundaki, anorganik moddalarni laboratoriyada sintetik yo`l bilan olish mumkin, organik moddalar esa go`yo faqat tirik organizmlarda “ hayotiy kuch” – tirik organizmlardagi va ularni tashkil etuvchi organik moddalardagi “ rux”, “ilohiy kuch” ning kimyoviy sinonimi ta`siridan hosil bo`ldi. Ular sirli “hayotiy kuch” (vis vitalis) ta’sirida organik birikmalar hosil bo‘lishini targ`ib qiladigan nazariya deb tab olindi. Shundan so‘ng bu fikr tarafdorlarining “Vitalistlar” nazariyasi rivojlandi.

XIX – XX asrlar chegarasidayoq bu nazariyaga oid keluvchi faktlar ma`lum bo`lgan bo`lsa ham, bunazariya anchagina hukm surdi. Masalan, 1783-yildayoq K.Sheele anorganik moddalardan (ko`mir, novshadil va potashdan) kaliy sianid – o`simliklar dunyosida keng tarqalgan sianid kislotaning tuzini hosil qildi.
KCN + [O] ® KNCO

Bu hol “ hayotiy kuch ” g`arb o`lgan ishonchini kamaytirishi kerak edi, lekin boshqacha bo`lib chiqdi; sianid kislota hosilalarining sintetik usulda olinishi sianid kislotani va uning tuzlarini organik kimyodan “Haydab”, anorganik moddalar qatoriga kiritishga baxona bo`ldi. Bu nazariya ta`sirida organik kimyoning rivojlanishi ancha orqada qoldi. Lekin organik moddalarni tirik organizmdan tashqarida laboratoriya sharoitida moorganik moddalardan sintez qilish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan kimyogarlar ham ko`zga tashlana boshladi. Vitalistik nazariya tarafdorlari va ularning raqiblari

o`rtasidagi kurash natijasida organik kimyoda muhim yutuqlarga erishildi.

Lekin ma’lum vaqt oralig‘ida kimyogar-sintetiklar juda ko‘p tajribalar o‘tkazib yuqoridagi fikrning noto‘g‘riligini, ya'ni organik moddalarni noorganik moddalardan sintez qilish mumkinligini isbotlashdi. Bu ikki fikr tarafdorlari o‘rtasidagi kurash organik kimyoning organik sintez va organik analiz bo‘limlarining rivojlanishiga sabab bo‘ldi.

1824- yilda F.Vyoler sun`iy yo`l bilan yana bir organik modda hosil qildi – ditsiandan oksolat kislota oldi, 1828- yilda esa uning o`zi ammoniy sianitni mochevinaga aylantirdi. Xuddi ana shu sintez organik moddalarni su`niy usulda olish mumkinligi haqidagi masalani muhokama qilish uchun bevosita sabab bo`ldi. F.Vyoler Ya.Bersilusga yozgan xatida shundaydegan edi: “… Sizga shuni aytishim kerakki, buyrakdan va umuman, xoh inson bo`lsin, xoh it, hech qandey hayvondan foydalanmay turib mochevina hosil qila olaman… ”.

keyinchalik F.Vyoler o`zining kashfiyoti organik organik moddalarning sintetik usulda olish mumkin emas, degan fikrlarning rad etilishini bildirmaydimi, degan masalani qo`yadi. U o`z ustozidan bu savolga to`g`ri javob ololmadi. Yuqorida aytib o`tilgan sintezlar uzoq vaqtlargacha yagona sintezlar bo`lib qoldi va o`sha vaqtlarda hukm surgan nazariyalarga o`zgartirish kirita olmadi.

Xususan, mochevinani vitalizm tarafdorlari “organizmning chqindisi”, organik moddalar bilan anorganik moddalar chegarasida turadigan modda deb e`lon qiladilar. O`z zamondoshlaridan ko`pchiligini fikrini ifodalab, Sh.Jerar 1842 – yilda shunday deb yozgan edi: “ Hech qachon mochevinadan siydik kislota, spirtdan esa shaker olinmagan va hokazo. Bu jihatdan olinganda kimyo mutloqo ojizdir va agar mening tahminlarim to`g`ri bo`lsa doimo ojizligicha qoladi. Yana bir bor takrorlayman: kimyoviy kuchlar hayotiy kuchlarga bevosita qarama – qarshidir. Ximik shu sababli tirik

tabiatning harakatiga teskari yo`nalishda harakat qiladi: u kuydiradi, parcchalaydi, analiz qiladi. Hayotiy kuch sintez yordamida ish ko`radi, u kimyoviy kuchlar yemirgan narsalarni qaytadan tiklaydi…”.

Bir necha yil o`tar - o`tmay tajriba Sh.Jerarning bu fikrlarini rad etdi va tez orada vitalistik tasavvurlar organik kimyodan quvib chiqarildi. Turli mamlakatlardagi turli olimlar ko`pgina organik moddalarni sintez qila boshladilar. O`tgan asrning 60- yillarida yog`lar ni M. Bertlo, shakarlar A.M. Butlerov 1861- yil, shu kabi muhim moddalarning sintez qilinishi vitalizmning uzil-kesil tor-mor etilishida (puchga chiqarilishida) muhim ro`l o`ynadi. 1860- yilda M.Bertlo “Органическая химия на базе синтеза” degan kitobida o`zining tadqiqotlaridan maqsad – organik kimyoga taalluqli barcha nazariyalardan hayotiy kuchn surib chiqarish, deyishiga to`la aasos bor edi.

Lekin organik kimyodan hayotiy kuch batamom surib chiqarilishi bilan organik va anorganik moddalar orasidagi Ya. Berselius eng muhim belgi deb hisoblagan farq ham yo`qoldi. Endi organik moddalarni boshqa barcha birikmalar qatorida kp`rib chiqishga, ya`ni organik kimyoni anorganik kimyo bilan qo`shib yuborishga hech qanday to`siq qolmaganday edi. Ma`lumki, bunday bo`lmadi, aksincha, xuddi XIX asrning o`rtalaridan boshlab organik kimyo tez suratlar bilan rivojlana boshladi, uni hozirdagi kabi uglerod birikmalarining kimyosida sifatida qaray boshladilar. Organik kimyoga uglerod birikmalr kimyosi sifatida qaragan dastlabki olimlardan biri A.M. Butlerov edi.

Tarixiy rivojlanish shunday bo`ldiki, xuddi organik kimyoning o`zida, bu fan paydo bo`lgan davrdan boshlaboq, ko`pgina umumkimyoviy masalalarga – atom molekulalar, ularning nisbiy massalari, molekulalarning ichki tuzilishi, atomlarni bog`lovchi kuchlaning tabiati haqidagi masalalarga javob topish qizg`in ishlar

boshlandi. Bu tasodifiy hol emas: organik kimyoda doimo bu masalalarga javob topishga undovchi kuchli sabab bor edi. Bunda biz izomeriyani – molelulalarining tarkibi bir xil bo`lgan turli moddalar mavjudligini nazarda tutiladi. Mantiqan fikr yuritib ko`rilganda moddalarning tarkibi bir xil bo`lib, xossalalri jihatdan farq qilsa, demak, molekulalarning ichki tuzilishida farq bo`lishi kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Shunday ekan, molekulalarning ichki tuzilishini aniqlash yo`llarini izlash lozim.



4.Radikallar va tiplar nazariyasi

A.M.Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:


1.Modda molekulasini tashkil qiluvchi atomlar bir-biri bilan tartibsiz holda emas, balki ma'lum izchillikda, o‘z valentliklariga muvofiq ravishda kimyoviy bo‘glanishlar vositasida bog‘langan.
2. Har qanday moddaning xossalari nafaqat sifat va miqdoriy tarkibiga, balki molekusining tuzilishiga ham bogliq.
3.Moddaning xossalariga asoslanib uning molekulasi tuzilishini yoki aksincha, molekulyar tuzilishga ko‘ra moddaning xossalarini aniqlash mumkin.

4.Molekuladagi atom yoki atomlar guruhi bir-biriga bevosita va bilvosita ta'sir ko‘rsatadi.



Radikallar nazariyasi. Butlerov tomonidan kashf etilgan bu nazariya yordamida o‘sha vaqtda ma'lum bo‘lgan va yangi topilgan moddalarni to‘la sinflash mumkin bo‘ldi, yangi moddalarning sintez yo‘llari ko‘rsatildi.
A.M.Butlerovning organik birikmalar tuzilish nazariyasi yaratilguniga qadar e'tiborga molik bir necha nazariyalar mavjud edi.
Radikallar nazariyasining yaratilishiga binar birikmalari ustida olib borilgan tadqiqotlar sabab bo'ldi. Bu tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, bir qator kimyoviy reaktsiyalarda bir necha atomlardan tashkil topgan muayyan gruppalar bir birikma molekulasidan ikkinchi birikma molekulasiga uzgarmas-dan o'tadi.

Bunday gruppalarni 1815 yilda Gey-Lyussak radikallar deb atadi.

Organik kimyo rivojlanishiga radikallar nazariyasi katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi, chunki bu nazariya ijodiy izlanishlarga sabab bo'ldi. Lekin radikallar nazariyasining muhim kamchiliklari ham bor edi, shuning uchun keyinchalik bu nazariyadan quyidagi sabablarga ko'ra voz kechishga to'g'ri keldi.
1) Radikallar nazariyasi radikallar qanday tuzilgan degan masalani o'z ichiga olmagan, shu sababli bir taraflama bo'lib, fanning uzoq muddat rivojlanishi uchun asosiy harakatlantiruvchi kuch bo'la olmas edi.
2) Radikallar har xil ximiyaviy o'zgarishga uchramaydi yoki juda qiyin uchraydi deb faraz qilinar edi

Tiplar nazariyasi. Radikallar nazariyasi asta-sekin o'z mavqeini yo'qota boshladi va tiplar nazariyasi vujudga

keldi. Tiplar nazariyasi, aksincha, molekulaning reaktsiyalarda tez o'zgarishga uchraydigan qismiga e'tibor berdi. Bu nazariyaga ko'ra, organik birikmalar anorganik birikmalardagi bir yoki bir necha atomning «qoldiq» deb ataluvchi gruppaga almashinishidan hosil bo'lgan moddalar


deb qaraladi. Ayniqsa, organik moddalarni har xil elementlarning vodorod bilan birikmasi tipida deb qarash to'g'ri deb hisoblana boshlandi. Birinchi bo'lib suv tipidagi birikmalar qabul qilindi. Bu tipga kislorodli ko'p birikmalar kiradi va ularning ko'pchilik reaktsiyalari suv reaksiyalariga solishtirildi.

XULOSA

Ya. Bersilusning fikriga ko`ra anorganik va organik moddalar orasidagi eng muhim farq shundaki, anorganik moddalarni laboratoriyada sintetik yo`l bilan olish mumkin, organik moddalar esa go`yo faqat tirik organizmlarda “ hayotiy kuch” – tirik



organizmlardagi va ularni tashkil etuvchi organik moddalardagi “ rux”, “ilohiy kuch” ning kimyoviy sinonimi ta`siridan hosil bo`ldi. Ular sirli “hayotiy kuch” (vis vitalis) ta’sirida organik birikmalar hosil bo‘lishini targ`ib qiladigan nazariya deb tab olindi. Shundan so‘ng bu fikr tarafdorlarining “Vitalistlar” nazariyasi rivojlandi. Lekin bu nazariya ko`p amal qilinmadi va olimlar bu nazariya siqib chiqarishga harakat qildilar.

Lekin organik kimyodan hayotiy kuch batamom surib chiqarilishi bilan organik va anorganik moddalar orasidagi Ya. Berselius eng muhim belgi deb hisoblagan farq ham yo`qoldi.
Download 30,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish