5.Tuproq va atmosfera havosi orasidagi gaz almashinuvi.
6.Tuproqning havo xossalari.
7 Tuproqning havo rejimi va uni yaxshilash tadbirlari.
8.Tuproqdagi issiqlikning roli va uning manbalari.
9. Tuproqning issiqlik xossalari.
10. Tuproqning issiqlik rejimi.
11.Tuproqning radiatsiya va issiqlik balansi.
12. Tuproq issiqlik rejimining ahamiyati va uni yaxshilash tadbirlari
.
1. Tuproq qatlamida saqlanadigan suvning holatini belgilovchi uning barcha
xossalari yig‘indisiga suv (suv-fizik, gidrofizik) xossalari deyiladi. Eng muhim suv
xossalariga tuproq ning suvni ushlab, saqlab turish qobiliyati, nam sig‘imi, suv
o‘tkazuvchanligi
va
suv
ko‘taruvchanlik
qobiliyati
kabilar
kiradi.
Suvni ushlab turish qobiliyati - tuproqning muhim xossalaridan biri bo‘lib, suvni
oqib ketishdan saqlab, namni ushlab tura olish qobiliyati hisoblanadi. Tuproqning suvni
ushlab tura olish qobiliyatini miqdor jihatdan xarakterlovchi ko‘rsatkich, uning nam
siђimi hisoblanadi.
Tuproqning nam sig‘imi - turli kuchlar ta’sirida ma’lum miqdordagi suvni
singdirishi va ushlab turish qobiliyatidir. Tuproqdagi namni ushlab turadigan kuchga
qarab va turli sharoitlarga ko‘ra nam sig‘imining quyidagi turlari: maksimal
adsorbilangan nam siђimi, maksimal molekulyar nam siђimi, kapillyar nam siђimi, eng
kam yoki dala nam siђimi va to‘liq maksimal nam siђimi kabilar ajratiladi.
M a k s i m a l a d s o r b i l a n g a n n a m s i g‘ i m i (MANS) - tuproq
zarrachalari yuzasida sorbilanish (yutish) kuchlari ta’sirida eng ko‘p miqdorda ushlab
turilishi mumkin bo‘lgan suv miqdori hisoblanadi. Bu namlik tuproqdagi mustahkam
156
birikkan
(adsorbilangan)
suv
miqdoriga
to‘g‘ri
keladi.
M a k s i m a l m o l ye k u l ya r n a m s i g‘ i m i (MMNS) (A.F.Lebedev
bo‘yicha) - molekulyar tortish kuchlari ta’sirida tuproq zarrachalari yuzasida ushlanib
turishi mumkin bo‘lgan, ya’ni bo‘sh birikkan (parda) suvning yuqori chegarasini
xarakterlaydi. Maksimal molekulyar nam siђimi asosan tuproqning mexanik tarkibiga
boђliq.
MMNS tuproqning muhim tuproq-gidrologik ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Tuproqdagi mavjud (faktik) nam miqdori bilan MMNS ni taqqoslab o‘simliklarga
o‘tadigan foydali suv zahirasini aniqlash mumkin bo‘ladi. Faktik namlik MMNS ga
nisbatan ko‘p bo‘lganda foydali suv zahirasi ko‘p va bu ko‘rsatkichlar teng bo‘lganda
esa ana shunday suv zahirasi deyarli bo‘lmaydi.
K a p i l l ya r n a m s i g‘ i m i (KNS) - kapillyar kayma (bevosita suvli qatlam
ustida joylashgan tuproq qatlami) chegarasidagi tuproqda ushlanib turishi mumkin
bo‘lgan eng ko‘p miqdordagi kapillyar-tiralgan suv hisoblanadi. Kapillyar nam siђimi
miqdori tuproq g‘ovakligiga va shuningdek suv bilan to‘yingan qatlam, sizot suvi
sathidan qanchalik masofada joylashuviga boђliq. Bu masofa qanchalik ko‘p bo‘lsa KNS
shuncha kam bo‘ladi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin (1,5-2,0 m) bo‘lganda kapillyar
kayma (tuproq qatlami) yuzasigacha namlanadi va kapillyar nam siђimi eng yuqori
(o‘rtacha qumoq tuproqlarning 1,5 m qatlami uchun 30-40 foiz) bo‘ladi. Sizot suvlari
sathiga ko‘ra KNS doimiy emas.
E n g k a m n a m s i g‘ i m i (EKNS) - sizot suvlari chuqurda joylashgan
sharoitda oshiqcha suv oqib ketgandan keyin, tuproqda ushlanib turishi mumkin bo‘lgan
kapillyar-muallaq
namlikning
eng
ko‘p
miqdori
hisoblanadi.
Eng kam nam sig‘imi atamasiga dala nam sig‘imi (DNS), umumiy nam sig‘imi (UNS)
va chekli dala nam siђimi (CHDNS) tushunchalari to‘g‘ri keladi. CHDNS termini
agronomiya amaliyotida va melioratsiyada keng qo‘llaniladi. Eng kam nam sig‘imi
tuproqning mexanik tarkibi, struktura holati va zichligiga boђliq. Og‘ir tarkibli va yaxshi
strukturali tuproqlarda EKNS 30-35, qum tuproqlarda 10-15 foizdan oshmaydi. EKNS
tuproqning muhim gidrologik ko‘rsatkichi bo‘lib, u bilan tuproqdagi nam defitsiti
(yetishmaydigan nam) tushunchasi bog‘liq. Shuningdek, ENKS ga ko‘ra sug‘orish va
sho‘r yuvish normalari, sug‘orish muddatini belgilash mumkin. Agar sug‘orish normasi
ma’lum qatlamda EKNS ga nisbatan ko‘p bo‘lsa, suv foydasiz sarflanadi, oshiqcha suv
esa tuproqning pastki qatlamlariga oqib o‘tib, sizot suvlarini ko‘taradi. Eng kam nam
sig‘imi va tuproqning mavjud namligi orasidagi farq tuproqdagi nam tanqisligini tashkil
etadi.
Tuproqdagi eng maqbul suv rejimi shunday bo‘lishi kerakki, tuproqning o‘simlik ildizi
taraladigan qatlamidagi namlik EKNS dan 70-100 foizgacha oraliqda saqlanadigan
bo‘lsin. Eng kam nam siђimiga qadarli namlangan tuproq 1 m li qatlamining bir
gektaridagi foydali nam zahirasi miqdori, qum tuproqlarda 700-1100 m3, qumloq, yengil
157
va o‘rta qumoq tuproqlarda 1200-1700 m3 va oђir qumoq, soz tuproqlarda 1500-2100
m3 ni tashkil etadi.
T o‘ l i q n a m s i g‘ i m i(TNS). Havo siqilib (ushlanib) qolingan bo‘shliqlar
(odatda umumiy ђovaklikning 5-8 foizini tashkil etadi) dan tashqari, tuproqning barcha
ђovakliklarida ushlanib qolinishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p nam miqdoriga to‘liq nam
sig‘imi deyiladi. Demak, TNS odatda son jihatdan tuproqning umumiy ђovakligiga
to‘g‘ri keladi. TNS ga teng namlik bo‘lganda tuproqda barcha turdagi suv: birikkan
(mustahkam va bo‘sh birikkan) va erkin (kapilyar va gravitatsion) suvlar maksimal
miqdorda saqlanishi mumkin. Demak, TNS tuproqning qanchalik suv singdirishi
mumkinligini xarakterlaydi. Shuning uchun bu ko‘rsatkichni to‘liq suv singdiruvchanlik
ham deyiladi. Tuproqdagi TNS uzoq vaqt saqlanadigan bo‘lsa, tuproqda anaerob
jarayonlar ko‘payib ketadi va tuproq unumdorligi pasayib, ekinlar hosiliga salbiy ta’sir
etadi.
2. Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi. Tuproqning suvni qabul qilib olishi va o‘zi
orqali yuqoridan pastga qarab o‘tkazish qobiliyatiga suv o‘tkazuvchanlik xossasi
deyiladi. Suv o‘tkazuvchanlik asosan ikki bosqichdan: shimilish va filtrlanish (sizib
o‘tish) dan iborat bo‘lib, dastlab suv shimilib tuproq to‘yinadi, so‘ngra suv tuproq
qatlamining pastki qismiga ma’lum tezlikda sizib o‘tadi. Tuproqning suv bilan to‘liq
to‘yingan holati sharoitida oђirlik kuchi va bosim gradiyenti ta’sirida, suvning pastga
qarab harakatlanishiga filtratsiya deyiladi. Suv o‘tkazuvchanlik tuproqning ma’lum
maydoni yuzasidan muayyan vaqtda singib o‘tadigan suv hajmi bilan o‘lchanadi va
odatda mm/soat bilan ifodalanadi. Suv o‘tkazuvchanlik tuproqning umumiy ђovakligi va
uning o‘lchamiga boђliq. Masalan, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda yirik g‘ovakliklar
ko‘p bo‘lganidan, suv o‘tkazuvchanlik, ham doimo yuqoridir. Oђir mexanik tarkibli va
kesakli changli strukturali tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik past. Tuproqning suv
o‘tkazuvchanligini baholashda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan shkaladan foydalanish
mumkin. Shunga ko‘ra temperaturasi 10 0S va suv bosimi 5 sm bo‘lgan sharoitda,
tuproqning suv o‘tkazuvchanligi quyidagicha baholanadi: agar kuzatishning birinchi
soatida 1000 mm dan ko‘p suv o‘tsa, tuproqning suv o‘tkazuvchanligi buzuvchi, 1000
dan 500 mm gacha - g‘oyat (ortiqcha) yuqori, 500-100 mm - eng yaxshi, 100-70- yaxshi,
70 dan 30 gacha qoniqarli, 30 mm dan kam - qoniqarsiz hisoblanadi.
3. Tuproqning suv ko‘tarish qobiliyati - kapillyar kuchlar ta’sirida tuproqning suvni
pastdan yuqoriga qarab ko‘tarish xossasidir. Tuproqdagi g‘ovakliklarning o‘lchami 8
mm atrofida bo‘lganda kapillyar kuchlar yuzaga keladi. Lekin bu o‘lcham 0,1-0,003 mm
bo‘lganda, kapillyar kuchlar yaxshi ifodalanadi. Undan kichik yo‘llarda sekin
harakatlanuvchi, birikkan suv bo‘ladi. Shuning uchun qumli tuproqlardan qumoq
mexanik tarkibli tuproqlarga tomon suvning ko‘tarilish tezligi oshib boradi va soz
tuproqlarda pasayadi. Suvning maksimal ko‘tarilishi (sizot suv sathidan yuqorida) qumli
tuproqlarda 0,5-0,7 m, qumoq tuproqlarda 2,5-3,0 m og‘ir soz tuproqlarda 4-6 m ni
158
tashkil etadi. Kapillyarlik va tuproqning suv ko‘taruvchanligi natijasida sizot suvlari
hisobidan o‘simliklarni qo‘shimcha ravishda suv bilan ta’minlanishi qatorida tuproqda
havo yetishmaganligidan moddalarning qayta tiklanishi va tuproq qatlamining
sho‘rlanish jarayonlari yuzaga keladi. Tuproqda nafaqat sizot suvi bilan bog‘liq bo‘lgan
harakatchan kapillyar-tiralgan suv, balki kapillyar-muallaq nam ham ko‘tarilish
xususiyatiga ega. Kapillyar yo‘llari ko‘p bo‘lgan strukturasiz tuproqlar harakatchan
ko‘tariluvchan suvni ko‘p bug‘lantiradi. Strukturali tuproqlarda esa, yirik agregatlar
orasidagi g‘ovakliklar bir-biridan ajralib turganidan, kapillyar suv kamroq
harakatlanadi. Shuning uchun suv kam bug‘lanib, tuproqda nam yaxshi saqlanadi.
4. Aytilgandek, tuproqdagi mavjud barcha namlik xam o‘simlikka o‘tadigan
holatda bo‘lmaydi. Namning bir qismi o‘simlik o‘zlashtira olmaydigan-foydasiz holda
boshqa qismi esa turli darajada o‘simlikka o‘tadigan holatda bo‘ladi.
O‘simliklarning hayot-faoliyati jarayoni davomida o‘zlashtiradigan namlik
o‘simlik uchun foydali hisoblanadi. O‘simlikka o‘tadigan suvga samarali namlik
deyiladi. Chunki bu suv, hosilning shakllanishi uchun sarflanadi. A.A.Rode o‘simliklar
uchun qulay bo‘lgan (o‘zlashtiruvchanligiga ko‘ra) tuproqdagi suvning quyidagi
kategoriyalarini ajratib ko‘rsatadi: o‘zlashtirmaydigan zahira, o‘zlashtirish juda qiyin,
qiyin,
o‘rtacha,
o‘zlashtirish
oson
bo‘lgan
suvlar.
Oson o‘zlashtiriladigan suvlarga kapillyar va gravitatsion suvlar kiradi. Gigroskopik,
maksimal gigroskopik, kimyoviy bog‘langan suvlarni o‘simlik mutlaqo o‘zlashtira
olmaydi va ular tuproqdagi suvning foydasiz (o‘lik) zahirasini tashkil etadi. Odatda ildiz
tukchalarining so‘rish kuchiga nisbatan, tuproqdagi namni ushlab turish uchun
sarflanadigan kuch ko‘proq bo‘lsa, bu namlik o‘simlikka o‘tmaydi va o‘simlik so‘liy
boshlaydi. Ko‘pchilik ekinlar ildizlarining suvni so‘rib olish koeffitsiyenti 15
atmosferadan yuqori emas. Tuproqning o‘simliklar barqaror so‘liy boshlaydigan namlik
darajasiga so‘lish namligi yoki so‘lish koeffitsiyenti deb ataladi va quruq tuproq
oђirligiga nisbatan protsent bilan ifodalanadi. Uning miqdori tuproq mexanik tarkibiga
ko‘ra o‘zgarib turadi. Kumli tuproqlarda so‘lish namligi 1-3 foiz, qumloq va yengil
qumoq tuproqlarda 3-5, o‘rtacha hamda oђir qumoq tuproqlarda 6-12, soz tuproqlarda
12-18 dan 32 foizni tashkil etadi.
Tuproqning so‘lish namligini, odatda maksimal gigroskopiklikni 1,34 yoki 1,50
koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. So‘lish namligi tuproqning muhim
gidrologik konstanti hisoblanadi. So‘lish namligiga doir ma’lumotlarni va suvning
umumiy miqdorini e’tiborga olib, tuproqdagi foydali namning, ya’ni hosilning
shakllanishi uchun ketadigan suvning samarali zahirasini hisoblab topiladi. Samarali
namlik miqdori hisoblanayotganda suvning qatlam qalinligini mm da ifodalash qabul
qilingan. Shu ko‘rinishda undan foydalanish, ya’ni uni yoђinlarga doir ma’lumotlar bilan
taqqoslash oson bo‘ladi, 1 ga maydondagi suvning har bir mm 10 t suvga tuђri keladi.
Samarali suvning zahiralari ushbu formula bo‘yicha hisoblab topiladi:
159
Do'stlaringiz bilan baham: |