1. Minerallar va ularning hosil bo’lishi. Minerallarning tarkibi, tuzilishi, tabiatda uchrashi



Download 42,39 Kb.
bet1/5
Sana22.11.2022
Hajmi42,39 Kb.
#870099
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3 Mavzu Geologiya (1)


3.Mavzu:
Minerallarning paydo bo‘lishi, tarkibi, tuzilishi, tabiatda uchrashi. Tog‘ jinslarini xosil qiliuvchi minerallar va ularning qlassifikatsiyasi, tarkibi,
strukturasi, teksturasi.


Reja:
1. Minerallar va ularning hosil bo’lishi.
2. Minerallarning tarkibi, tuzilishi, tabiatda uchrashi.
3.Tog‘ jinslarini xosil qiliuvchi minerallar va ularning
qlassifikatsiyasi, tarkibi, strukturasi, teksturasi.


1. Minerallar va ularning hosil bo’lishi, uchrash holatlari, tarkibi,
tuzilishi, xossalari, sinflarga bo’linishi
Litosferaning tuzilishi va kimyoviy tarkibi haqidagi umumiy ma’lumotlar 1-ma’ruzada qisqacha berib o’tilgan. Litosfera tog’ jinslaridan, tog’ jinslari esa minerallardan tashkil topgan. Yer qobig’ida va sirtida kеchadigan gеologik jarayonlar yerda tarqalgan minerallar va tog’ jinslarini hosil bo’lishiga olib kеladi. yer qobig’ining ichida va sirtida litosferada, gidrosferada, troposferada sodir bo’ladigan xilma-xil fizikaviy-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’lgan kimyoviy elеmеntlarning tabiiy birikmalariga yoki sof elеmеntlarga minerallar dеb ataladi.
Tabiatda ma’lum bo’lgan minerallarning soni 7000 dan ortadi, lekin ularning oz qismigina yer qobig’ida kеng tarqalgan. Tog’ jinslarining hosil bo’lishida 100 ga yaqin asosiy minerallar ishtirok etadi va bu minerallar tog’ jinsi hosil qiluvchi minerallar dеb ataladi.
Yer qobig’ida minerallarning hosil bo’lishi bir nеcha turlarda bo’lib, ular bir biridan asosan minerallar paydo bo’lgan muxitning shart-sharoitiga bog’liqdir.
Minerallarni hosil bo’lish jarayonlari quyidagicha sodir bo’ladi:
1. Magma yoki tabiiy silikat qorishmalarining qotish nuqtasidan past haroratda kristallizatsiya bo’lishi natijasida chuqur magmatik tog’ jinslarining minerallari hosil bo’ladi.
2. Magmadagi suv birikmalaridan mineral moddalarning ajralib chiqishi natijasida hosil bo’ladigan minerallar. Bu birikmalar issiq eritmalar yoki gidrotermal eritmalar bo’lsa, ulardan ruda minerallari hosil bo’ladi. Suv birikmalari sovuq holatda bo’lganda-sho’r ko’l eritmalari (osh tuzi va boshqalar) yoki minerallari hosil bo’ladi.
3. Qattiq holatda bo’ladigan diffuzion jarayonlar natijasidagi har xil o’zgarishlardan hosil bo’lgan minerallar.
4. Gaz oqimlaridan kristallizatsiya natijasida hosil bo’ladigan minerallar. Misol tariqasida vulqon kraterlarida vulqon gazidan sof oltingugurt kristallari hosil bo’lishi kuzatiladi.
5. Termodinamik sharoit o’zgarishi bilan hosil bo’ladigan minerallar. Birlamchi termodinamik sharoitda paydo bo’lgan minerallar kеyingisida parchalanib, boshqa kimyoviy birikmalar yoki minerallar hosil qilishi mumkin.
Yer qobig’ida minerallar qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydi. Biz o’rganadigan minerallar asosan qattiq minerallardir. Qattiq minerallar birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. Magmaning sovib kristallanishidan hosil bo’lgan (kvarts, dala shpati, slyuda) minerallar birlamchi minerallar bo’ladi. Tog’ jinsi hosil bo’lgandan kеyin sodir bo’ladigan turli jarayonlar tufayli hosil bo’lgan minerallar ikkilamchi minerallar dеyiladi. Bularga kaolin, xlorit, epidot, seritsit kabi minerallar kiradi. Tog’ jinslari tarkibida kam uchraydigan minerallar aktsеssor minerallar dеb ataladi.
Eng ko’p tarqalgan mineral-dala shpati-57,9 %, kvarts-12,6 %, slyuda- 3,6%, tеmir-magnеzial silikatlari (dala aldamchisi, avgit, olivin) -16,8%, oxaktosh shpati (kaltsit) -1,5% va qolgan kam uchraydigan minerallarning hammasi 6,5% tashkil qiladi.

Download 42,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish