1-laboratoriya ishi minerallar haqida tushuncha. Moos shkalasi 1



Download 316 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.06.2022
Hajmi316 Kb.
#635472
  1   2   3
Bog'liq
1 Minerallar haqida tushuncha. MOOS shkalasi



1-LABORATORIYA ISHI
 
MINERALLAR HAQIDA TUSHUNCHA. MOOS SHKALASI 
 
 
1.
 
Laboratoriya ishining maqsadi 
 
Minerallarning kelib chiqishi va ularning sinflanishi haqida tushuncha. 
Moos shkalasi. 
2.
 
Umumiy ma`lumotlar 
 
Kalit so`zlar: singoniya, mineral, kristall, amorf, morfologiya, kristall 
panjara, kristallarning tomoni, qirrasi va uchi, kubik, tetragonal, geksagonal, 
trigonal, rombik, monoklin, triklin, izomorfizm, polimorfizm, psevdomorfoza, 
irizatsiya, mo`rtlik. 
Mineral (lotinchadan minera-ma’dan) – Yer qa’rida va yuzasida tabiiy 
jarayonlar tufayli kimyoviy elementlarning birikishidan vujudga keluvchi, 
kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xossalari bo`yicha o`ziga xos bo`lgan tabiiy 
jismdir. 
Minerallar quyidagi xarakteristikalarga ega: 
1. Tabiiy hosil bo`lishi 
2. Qattiq jism 
3. Tartibli kristall strukturali 
4. Asosan noorganik 
5. Kimyoviy formula orqali ifoda etilishi1 
Minerallar aksariyat hollarda kristalli va amorfli qattiq jismlar hisoblanadi. 
Tabiatda 5 mingdan ortiq minerallar topilgan, ammo ularning oz qismigina 
tog` jinslarini hosil qiladi; bunday minerallarga jins hosil qiluvchi minerallar 
deyiladi. 
Jins hosil qiluvchi minerallar yer qobig`ida keng tarqalgan bo`lib, tog` 
jinslarining doimiy asosiy tarkibiy qismlari hisoblanuvchi tabiiy birikmalardir. 
Tog` jinslarining har bir genetik guruhiga o`zining jins hosil qiluvchi 
minerallari xos bo`ladi. 
Minerallarning tasnifi 
Minerallarning zamonaviy tasnifi asosiga kimyoviy tarkibi va kristall 
strukturasini ko`zda tutuvchi kristallokimyoviy tamoyil olingan. Tasnifning 
bunday birligi bo`lib mineral turi sanaladi. Tarkibi va strukturasi bo`yicha 
o`xshash mineral turlar guruhlarga, kichik sinflarga va sinflarga birlashadi. 
Eng yirik sistematik tabaqa bo`lib turkum sanaladi. 


Biz ushbu darslikda sakkiz sinf vakillaridan asosiylarini ko`rib chiqamiz. 
Bular – silikatlar va alyumosilikatlar, oksidlar va gidroksidlar, sulfidlar, 
sulfatlar, karbonatlar, galogenidlar, fosfatlar va sof elementlardir. Odatda 
ulardan eng ko`p uchraydiganlari jins hosil qiluvchi minerallar hisoblanadi. 
Yer qobig`i og`irligining 70 foyizidan ortig`ini ikki element – kislorod va 
kremniy tashkil etadi. Kremniy tabiiy birikmalarda kislorodning to`rtta atomi 
bilan bog`langan (SiO
4
) bo`lib, bu kremnekislorodli tetraedr deyiladi (1.1-
rasm). Kislorod boshqa strukturaviy turlarni ham hosil qiladi, ammo uning 
kremnekislorodli tetraedrlarda qatnashishi juda muhim hisoblanadi. 
1.1-rasm Kremnekislorodli tetraedrlar (SiO
4
). Tetraedrlar markazida kremniy ioni, uchlarida 
esakislorod iodlari joylashgan 
Kremnekislorodli tetraedrlar eng muhim jins hosil qiluvchi silikatlar va 
alyumosilikatlar guruhidagi minerallar strukturasining asosini tashkil etadi. 
Kremnekislorodli tetraedrlarning o`zaro bog`lanish tartibiga muvofiq silikatlar 
va alyumosilikatlar orasida orolli, halqali, zanjirli, tasmali, varaqli va karkasli 
silikatlar ajratiladi.
Strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar bir-biridan ajralgan silikatlar 
orolli yoki ortosilikatlar deyiladi. Strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar 
halqa hosil qiluvchi silikatlar halqali, zanjir hosil qiluvchilari esa zanjirli 
silikatlar deyiladi. 
Tasmali silikatlar strukturasida tetraedrlar ikkalangan zanjirlarni - 
tasmalarni hosil qiladi. Kremnekislorodli tetraedrlar cheksiz yassi to`rlarni 
hosil qilishi mumkin. Bunday silikatlar varaqli silikatlar deyiladi. 
Varaqli silikatlar guruhidagi minerallar strukturasida tetraedrlarning 
cheksiz yassi to`rlari qatnashadi. Biotit va muskovit slyudalar guruhiga kiradi. 
Slyudalar esa varaqli silikatlar guruhini tashkil etadi. Biotitning formulasi: 
K(Mg, Fe)
3
[AlSi
3
O
10
](OH, CI, F)
2
, muskovitniki esa: KAl
2
[AlSi
3
O
10
][ON]
2

Tarkibida temir bo`lganligi uchun biotit qora rangga ega, temirsiz 
muskovit esa kumush rangli. Talk va serpentin magnezial varaqli silikat-larga 
kiradi. Talkning formulasi: Mg
3
[Si
4
O
10
](OH)
2
, serpentinniki esa: 
Mg
6
[Si
4
O
10
](OH
8
). 


Xlorit ham ancha miqdorda temir va magniyga ega bo`lgan varaqli 
silikatdir. Uning formulasi (Mg,Fe)
3
(Si,Al)
4
10(OH)
2
(Mg,Fe)
3
(OH)
6
. Gil 
minerallari ham varaqli silikatlarga kiradi. 
Varaqli silikatlar strukturasida har bir kremnekislorodli tetraedr boshqa 
shunday tetraedrlar bilan bog`lanib, cheksiz yassi strukturani hosil qiladi (1.2-
rasm). Muskovit strukturasi bitta tetraedrlar qatlami va uni har ikki tomonidan 
o`rab turuvchi oktaedrlar qatlamlaridan iborat.
1.2-rasm. Varoqli silikatlarning tuzilishi 
Ular orasida kovalent bog`lanish mavjud. 1 oktaedlar va 2 ta tetraedrlar 
qatlamlaridan tashkil topgan paketlar o`zaro musbat zaryadlangan K+ ionlari 
bilan bog`langan. Bu bog`lanish ionli strukturadagi eng kuchsiz bog`lanish 
hisoblanadi. Shuning uchun ham deformatsiya vaqtida slyudalarning kristallari 
pichoq yoki tirnoqlar yordamida oson varaqchalarga ajraladi. 
Karkasli silikatlar strukturasida har bir tetraedr to`rtta boshqa tetraerlar 
bilan bog`langan. Natijada kremnekislorodli tetraedrlar cheksiz uch o`lchamli 
karkas hosil qiladi. 
Orolli silikatlarga bir qancha minerallar va mineral guruhlar kiradi. 
Ularning strukturasida kremnekislorodli tetraedrlar bir-biridan ajralgan. 
Granatlar va sirkon orolli silikatlarga kiradi. Olivin va kainit ham orolli 
silikatlarga mansub. Olivinning formulasi (Mg,Fe)
2
SiO
4
, kainitniki esa 
Al
2
SiO
5
.
Minerallarning boshqa muhim sinflariga oksidlar, karbonatlar, sulfidlar, 
sulfatlar, fosfatlar va sof minerallar kiradi. Ularning strukturasi, 
silikatlarnikidan farqli o`laroq, atomlarning o`zgacha birikishi asosida 
tuzilgan. Karbonat-ion [(CO
3
)
2-
] karbonatlar guruhidagi struktura asosi 
hisoblanadi. Kalsit yer qobig`ida keng tarqalgan karbonatli mineral. 
Rodoxrozit (MnCO
3
) tabiatda juda kam uchraydi. Qizg`ish rangi ko`pchilik 
marganets minerallariga xos. 
Oksidlar guruhidagi minerallar kislorod bilan bog`langan bir yoki bir 
qancha metallar ionlarining birikmasidan iborat. Korund (A1
2
0
3
), shpinel, rutil 
va magnetit shunday oksidli minerallardir. Korund va shpinelning toza shaffof 
kristallari qimmatbaho toshlar hisoblanadi. Magnetit va rutildan temir va titan 
olinadi. 


Sulfidlar oltingugurt bilan bog`langan metal ionlaridan tarkib topgan. 
Sulfidlar guruhidagi minerallar sanoat uchun juda muhim hisoblanadi.
Sulfatlar strukturasining asosi sulfat-ion (SO
4
2-
) hisoblanadi.
Fosfatlar strukturasining asosini fosfat-ion (RO
4
3-
) tashkil etadi. Ularning 
orasida apatit [Ca
5
(PO
4
)
3
] keng tarqalgan mineral hisoblanadi. Odamning va 
ko`pchilik hayvonlarning tishlari apatitning mikroskopik kristallaridan tarkib 
topgan. Firuza (CuAl
6
[PO
4
]
4
[OH]
8
5H
2
O) fosfatlar guruhidagi siyrak 
uchraydigan mineral. 
Minerallar ulanishi, qattiqligi, rangi, chizig`ining rangi, shakli, 
magnitliligi, eruvchanligi va zichligi bo`yicha aniqlanadi. 
Minerallarning tabiiy xossalari ularning kimyoviy tarkibi va minerallar 
strukturasidagi kimyoviy bog`lanishning turi bilan belgilanadi.

Download 316 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish