Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH ORQALI



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH ORQALI
TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI 
 
SULANOV A.K., QOBULOVA N.B., NavDPI.
 
O’zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo’lidan borar ekan, o’z fuqarolarining, xususan 
o’sib kelayotgan yosh avlodning jismonan sog’lom, ma’nan barkamol, aqlan raso bo’lib tarbiyalanishiga, zamonaviy 
ilm-fan yutuqlari bilan qurollangan holda ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratmoqda. 
Respublikamizda ta’lim tizimiga e’tibor va munosabat tubdan o’zgargan hozirgi davrda har bir fanning 
rivojlantirishi, takomillashtirishi, o’rgatishning samarali usullarini amaliyotga joriy etilishiga alohida e’tibor 
qaratilayotir. Zero, prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “…Fan – taraqqiyot demakdir. Fanni yuksak rivojlantirmay
Vatanning kelajagi haqida gapirish qiyin” 
Ta’lim tizimini isloh qilish, takomillashtirish va ta’lim samaradorligini oshirish, fan yuzasidan chuqur 
bilimlarni hosil qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bugungi davrning talabi sanaladi. 
Texnologiyalashtirish jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olmoqda. Ta’lim sifati va 
samaradorligini oshirishda pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish bugungi kunning zaruriyatidir.
“Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlaning mos kelmasligi yoxud 
amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan to’qnashuvi natijasida vujudga kelgan, majmuali 
muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir” – deb ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov. 
Innovatsion texnologiyalar har bir o’qituvchining erkin va mustaqil fikr yuritishiga asoslanadi va o’quvchilarda 
o’qituvchi yordamida mustaqil bilim olish, ishlash ko’nikma va malakalari shakllantiriladi. O’quvchilar yangi 
bilimlarini ilmiy izlash, tadqiq qilish asosida o’zlashtiriladilar. Bu jarayonning amalga oshishi ba’zan yakka, ba’zan 
kichik va katta guruhlarda ishlash orqali amalga oshadi. Guruhlarda ishlash jarayonida o’qituvchi tomonidan har bir 
o’quvchining faoliyati kuzatib, tahlil qilib borilishi, berilayotgan bilim va malakalarning mustahkamlanishi uchun 
zamindir. 
Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etishdan ko’zlanadigan asosiy maqsadlarni quyidagicha 
tasniflash mumkin: birinchidan, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ko’rsatilgandek ta’lim tizimini jadallashtirish; 
ikkinchidan, jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi jamiyatda har qanday axborotlarni o’quvchilarga yetkazishda 
vaqtdan unumli foydalanish; uchinchidan, bilim berishni yanga sifat bosqichiga ko’tarish va o’quvchilarni ta’lim 
jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish; to’rtinchidan, mustaqillik, erkin fikr, o’zaro hamkorlik aloqalarini keng 
yo’lga qo’yish; 
Innovatsion texnologiyalardan foydalanib o’tkazilgan har bir mashg’ulot o’quvchilarni erkin fikrlashga, o’z 
nuqtai nazarini bayon qilishga imkon yaratadi. XXI asr – axborot texnologiyalari asri. Jamiyatimiz rivoji, barqarorligini 
ta’minlashda, eng avvalo, olingan axborotlarni mustaqil tahlil eta oladigan, erkin fikrlaydigan yoshlar zarur. Shuning 
uchun ham o’quv-tarbiya jarayonida innovatsion usullar, texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyos. Pedagogik 
texnologiyalarni ta’limda qo’llash o’quvchilarning bilimli va yetuk malakali bo’lishlarini ta’minlaydi. “Innovatsiya” 
inglizcha so’z bo’lib, “yangilik kiritish”, “yangilik” degan ma’nolarni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar orqali 
ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik va o’zgartirish kiritiladi va bu jarayon interfaol usullardan 
foydalanish orqali amalga oshiriladi. 
Innovatsion pedagogik muammolar yechimini izlash ta’lim sohasida innovatsion jarayonning xususiyati
mazmuni, tarkibini tasniflash va tekshirish natijalarini tahlil qilish bilan amalga oshiriladi. 
Ta’lim jarayonini boshqarish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Mashg’ulot jarayonida o’qituvchi o’z 
faoliyati va o’quvchilar faoliyatini tashkil etish yo’llarini, o’quvchilar bilimini nazorat etish yo’llarini aniq ishlab 
chiqadi. Bu jarayonda interfaol usullardan foydalanish ko’zlangan maqsadni amalga oshirish uchun zamin bo’ladi. 
Interfaol usullar zamirida o’qituvchi va o’quvchi hamkorligi yotadi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayonining o’ziga 
xos xususiyati shundaki, o’quvchining dars jarayoniga loqaydligi, nofaolligining oldi olinadi va mustaqil fikrlash, ijod 
qilish, izlanishga jalb qilinadi, o’quv jarayoniga, fanga bo’lgan qiziqishlarining doimiyligi ta’minlanadi.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsadga hamkorlikda 
erishishlarini ta’minlashdir. O’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishi mumkin. O’quv 
jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsa, ko’zlangan maqsad 
amalga oshadi. O’qituvchi o’quvchilarning faoliyati uchun imkoniyat va sharoit yarata olishi, o’qitish jarayonining 
asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv fanining o’ziga xos texnologiyasi bor. 
Bugungi kunda bizga ma’lum va keng qo’llanadigan usullardan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “VENN 
diagrammasi”, “BBB”, “FSMU” kabilar dars jarayonida o’zlanining samarali natijalarini ko’rsatib kelmoqda. 
“Qiyoslash metodi”, “Davra metodi”, 6x6x6 kabi metodlarning dars samaradorligini ta’minlashda o’ziga xos o’rni bor. 
Xususan, “Qiyoslash” metodidan “Ona tili va adabiyot” fanida Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy hayoti 
va ijodi o’rganilgan so’ng, mavzuni mustahkamlash maqsadida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun 
talabalar uch guruhga bo’lib olinadilar. Birinchi guruhga Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniyning hayot 
286 


yo’li va bundagi o’zaro o’xshashliklar, ikkinchi guruhga ularning ijodiy merosi va yaratgan qahramonlari va ularning 
o’zaro o’xshash tomonlari, uchinchi guruhga esa asarlarida ilgari surilgan g’oyalar xususida fikrlarini umumlashtirish, 
jamoa bo’lib taqdim qilish so’raladi. Shuningdek, ona tili fanidan “Gapning ikkinchi darajali bo’laklari” mavzusi 
o’rgatib bo’lingandan keyin, o’quvchilarga “Guruhlarda ishlash metodi”dan foydalangan holda, “Men 
TO’LDIRUVCHIMAN!” mavzusida ijodiy matn tuzish topshiriladi. Bu topshiriq yakka tartibda, kichik yoki katta 
guruhlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. Mavzu yuzasidan tuzilgan matn o’quvchilar tomonidan taqdim qilinadi. 
Bu metod orqali o’quvchilarning jamoada ishlash ko’nikmalari rivojlantiriladi, xotirasi mustahkamlanadi, yozma va 
og’zaki savodxonli o’stirilib, ijodiy matn yaratish malakasi mustahkamlanadi.
Ona tili darslarida o’quvchilarning yozma nutqi va imlo savodxonligini mustahkamlash maqsadida matn 
yaratish yuzasidan bir qancha qiziqarli topshiriqlar berish mumkin. Jumladan, “Morfologiya” bo’limini o’tish 
jarayonida har bir so’z turkumi yuzasidan grammatik ertak yaratish vazifasi topshirilsa, o’quvchilarning grammatik 
savodxonligi o’sish bilan bir qatorda, mantiqiy mushohada qilish qobiliyati rivojlanadi, ijodkorligi oshadi. 
Innovatsion texnologiyalar ta’lim sifati va samaradorligini oshirib, ta’lim jarayoning markaziga o’quvchi-
talabalarning o’quv-biluv faoliyatini qo’yadi, ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlaydi. O’quvchi faoliyatining yuqori 
darajadagi ko’rsatkichi, o’quv-biluv faoliyatini o’zi tashkil etishi, iroda va faoliyatning o’quvchi ongining predmetiga 
aylanishidir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun, avvalo, ta’lim beruvchi maqsadga eltuvchi usullarni tanlay bilishi, 
o’quv-tarbiyaviy jarayon yaxlitligini ta’minlashi lozim. 
Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz 
izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylanmoqda. Yangi metodlarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish pedagoglar oldida 
turgan masalalardan hisoblanadi. 

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish