Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


MA’RIFATPARVARLIK G’OYALARINING TARBIYADAGI O’RNI



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

MA’RIFATPARVARLIK G’OYALARINING TARBIYADAGI O’RNI 
 
SULANOV A.K., QOBULOVA N.B., NavDPI. 
 
Ma’rifatparvarlik adabiyotining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniy 1878-yili Toshkentda dunyoga kelgan. 
Zamona ilm-fanidan boxabar bu zot o’z davrida ilm-fanning, ma’rifatning, madaniyatning rivoji yo’lida bir qancha 
amaliy ishlarni olib boradi. Xususan, 1913-yilda tashkil etilgan “Turon” jamiyati qoshida teatr truppasi tuzib, unda 
Behbudiyning “Padarkush” drammasini sahnalashtiradi. Shuningdek, bizga Abdulla Avloniyning bolalar savodxonligini 
oshirish, maktablarda ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash maqsadida nashr ettirgan bir qancha asarlari ma’lum va 
bu asarlar badiiy saviyasi jihatidan bugungi ta’lim tizimida ham o’z qiymatini yo’qotmagan. Biz ayni shu asarlar 
ichidan maktablarning yuqori sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan “Turkiy guliston yoxud axloq” asasi xususida so’z 
yuritmoqchimiz. Bilamizki, bu asarda “Insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi” ilmlar 
xususida so’z boradi. Kishilarni ma’naviy kamolotga yetaklovchi bu asar maktab doirasi bilangina cheklanib qolmadi, 
adabiyot va axloq havaskorlarining qo’llanmasiga aylandi. Asarda axloq, xulq, diyonat, tarbiya, islomiyat, fatonat kabi 
bir qancha umuminsoniy sifatlarga ta’rif berilganki, bu fazilatlarning insonni shaxs sifatida kamol topishida, komil 
inson siymosini gavdalantirishidagi o’rni aniq misol va tasniflar orqali belgilab berilgan. Xususan, Avloniy tarbiyaga 
alohida urg’u beradi va tarbiya tushunchasin keng doirada yoritadi. Inson bolasi yomon bo’lib tug’ilmaydi, kishidagi 
qusurlar ijtimoiy muhit ta’siriga bevosita bog’liq bo’lib, xulqning yomon bo’lishi notog’ri tarbiya ta’siri ekanini 
ta’kidlaydi: 
Tug’ub tashlov-la bo’lmas bola, bo’lgay balo sizga, 
Vujudi tarbiyat topsa, bo’lu u rahnamo sizga. 
Temirchining bolasi tarbiyat topsa bo’lur olim,
Buzulsa xulqi, Luqmon o’g’li bo’lsa, bo’lg’usi zolim. [42] 
Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab to umrining poyoniga qadar tarbiya olib yashaydi. Adib tarbiya 
beruvchilarni tabibga o’xshatadi. Axloq binosining go’zal va chiroyli bo’lishiga tarbiyaning ta’siri cheksiz ekanligini 
ta’kidlab, “Beshikdan to mozorgacha ilm o’rgan” [44] hadisi sharif bilan fikrini mustahkamlaydi. 
Avloniy tarbiyaning ta’sini chuqur idrok etgan holda, unga nisbatan keng miqiyosda munosabat bildiradi. U 
birgina axloq bilan chegaralanib qolmay, salomatlikning kishi ma’naviy olamiga ta’siri benihoya kuchli ekanini yaxshi 
biladi. “Sog’ badanga ega bo’lmagan insonlar amallarinda, ishlarinda, ibodatlarinda kamchilik qilurlar”[47]-deydi. 
Insonning jisman sog’lom bo’lmog’i fikr tarbiyasi uchun muhim ekanini ta’kidlab, jism bilan ruhni “choponning o’ng 
va tersi”ga qiyoslaydi, agar jism pok, salomat, benuqson bo’lmasa, ruh har qancha urinmaylik sog’lom bo’lmaydi, ya’ni 
choponning o’ngi toza bo’lmasa astarini yuvgan bilan toza bo’lmaydi, nuqsi uradi. Shu sababli farzand kamolotida 
bolaning salomatligiga beparvolik qilmaslik lozim, badan salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi “ichkulik, ko’knor, nasha, 
afyun, taryok, chilim, nos” kabilardan uzoq yurmoq joizligini aytib o’tadi. 
Kasal bo’lsang bo’lur dunyo qorong’u, 
Maishat talx o’lub hasrat chekishdur. [48] 
Jism va ruh o’rtasida munosabatni Avloniy aniq ifodalaydi. Jism va ruh shakl bilan mazmunning uzviy birligi 
va ularni o’zaro bir-biriga ta’siri masalasi juda muhim va murakkab bo’lib, Avloniy buni to’g’ri tushunadi va to’g’ri 
talqin qiladi. Fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muallimlarning xizmati beqiyos ekanini ta’kidlab, “fikrning quvvati 
va ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga” bog’liqligini aytib o’tadi. 
Axloq tarbiyasi xususida so’z yuritar ekan, eng avvalo muallimlar o’z axloqlari bilan shogirdlariga o’rnak 
bo’lishlarini ta’kidlab, so’zda ham amalda ham axloqli bo’lishni uqtiradi. Muallim jamiyat ko’zgusi ekanini ta’kidlagan 
287 


adib ushbu kasb egalari ilmlariga amal qilmoqlari orqasidan shogirdlariga ibrat maktabi bo’lishlarini yaxshi tushunadi, 
fikrini umumlashtirish o’rnida hadisdan quyidagi parchani keltiradi: “Eng yomon kishilar ilmiga amal qilmaydugan 
kishilardur”[49] 
Bilamizki inson o’z aqli bilan “koinot sarvari”ga aylandi.
Aqldek zebo sifatni ko’rdi Haq insonga eb, 
Oqil insonlar bilan berdi jahon-olamga zeb. [52] 
Aql bilan inson komillikning cho’qqisini zabt etadi, aqlni charxlash, ko’paytirish, uni xayrli amallar uchun 
sarflash kishi ma’naviyatidan darak beradi. Aql faqat insongagina nasib etgan ilohiy himmat bo’lib, jahon ana shu 
himmat egalari oqillar bilan ziynatli ekanini aytib o’tadi. 
Avloniy ilm egallash mashaqqati xususida so’z yuritar ekan, ilmni “inson uchun g’oyat oliy va muqaddas 
fazilat” ekanini ta’kidlab, “dunyoning izzati va oxiratning sharofati” deya ta’riflaydi. Ilmining foydasi benihoya 
ekanligini, insonlarni jaholat domidan xalos etib, ma’rifat dunyosiga oshno etishini aytib o’tadi. Ilmsiz insonni mevasiz 
daraxtga qiyoslaydi. Ilm olish kishidan sa’y-harakat, mehnat, toqat, iroda talab etadi. Adibning obrazli ifodasiga ko’ra, 
ilm bamisoli bodom ichidagi mag’iz, uni qo’lga kiritish uchun mehnat qilish, chaqib po’chog’idan ajratib olish lozim. 
Asarni mutoala qilish chog’ida shunga amin bo’ldikki, Avloniy har bir tushuncha va fazilatga baho berar ekan, 
eng avvalo ayni shu sifatni inson ruhiy va ma’naviy olami, ijtimoiy hayotda, jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va rolini aniq 
belgilaydi va xolisona baho beradi. Fikrlarini obrazli qilib ifodalashda badiiy so’z unsurlaridan mohirona foydalanadi. 
Berilgan ma’lumotlar ham dunyoviy, ham diniy nuqtai nazardan asosli ekanini hadisdan namunalar keltirish orqali 
tasdiqlaydi. Bu o’lmas fikrlar insonni insondek yashashga, munosib amallarnigina bajarib, jamiyatda yaxshi xulqlarni 
kamol toptirishga undaydi. 

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish