BOSHLANG’ICH SINFLARDA MUHAMMAD SODIQ QOSHG’ARIYNI “ODOB-AS-SOLIHIN” ASARIDAN
FOYDALANISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI
SANAYEVA S.B., NavDPI.
Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va
madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqlir. Binobarin mustaqillik tufayli ko’hna Turkiston diyorida istiqomat qilib
kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishiga shart-sharoitlar vujudga keldi.
O’z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondashish, o’tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini
tiklash, ularning g’oyalarini xalq hayotiga tatbiq etish kabi ulug’ ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda o’zbek va boshqa
qardosh xalqlarning milliy shakllanishi va rivojlanishini zamon talablariga mos keladigan ta’lim – tarbiya tizimisiz
tasavvur qilish mumkin emas.
«Naslu nasabini bilmagan kishi inson sanalmaydi. Necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy
merosimizdan g’ofil etishga urindilar. Ammo biz hurriyatni orzu etishdan, hurriyat uchun kurashishdan charchamadik.
Maslagimizni naslu nasabamizni doimo yodda saqladik.
Ulug’ bobokalonlarimiz ruhiga, bashariyat tarixi va madaniyati xazinasiga katta hissa qo’shgan ulug’
ajdodlarimizga, ular qoldirgan ulkan merosga munosib bo’lish istagi jamiyatimiz a’zolari orasida keng yoyilishi, har bir
fuqaroning ongidan mustahkam joy olishi – bu ham yangi zamonning muhim xususiyatidir».
Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Yevropa pedagogikasini asos qilib oldik va o’rgandik.
Endigi vazifa uzluksiz ta’limning maktabgacha, boshlang’ich ta’lim davridan Sharq pedagogikasini o’rganishga
e’tiborni qaratmoq lozim. Chunki ilmu fan avval Sharqda taraqqiy etgan, hur fikrlilik bizdan boshlangan. «Sharq
yevropaning muallimidir» deganda haq edi Olmon olimi Xerler. Haqiqatan ham shunday, o’zbek xalqining madaniy
merosi ulkan bir dengizdir.
Muhammad Sodiq Qoshg`ariy ham bizga ulkan meros qoldirgan buyuk bobokalonlarimizdan biri sanaladi.
Uning bizga qoldirgan meroslaridan "Odob as-solihin" (Yaxshi kishilar odobi), "Zubdat al - masoyil" (Masalalarning
qaymog`i), "Kumakdoshlarning durdonasi", "Xojalar tazkirasi" asarlari bizgacha yetib kelgan.
Ushbu asarlari orasida “Odob-as-solihin” asarini odob-axloq kodeksi desak mubolag’a bo’lmaydi. "Odob as-
solihin" muqaddima, 7 bob hamda har bir bob 4 fasldan iborat. Asarda odob qoidalari: salomlashish va ruxsat so’rash,
muloqot odobi, uxlash va yo`l yurish, suhbatda o`zini tutish, tozalik qoidalari, mehmon kutish, ziyofat va ovqatlanish
odobi, safar qoidalari bayon etiladi.
Mazkur asar mazmuni, nomidan ham ko’rinib turganidek, insonning hayoti davomida zarur xulq-odob
qoidalariga o’rgatish g’oyasi ilgari suriladi. Unda kundalik turmushimizda har bir yosh egallab olishi zarur bo’lgan
zoxiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va axloq qoidalari nimalardan iborat bo’lishi zarurligi va shunda bularning (tolib
sodiqlarning) ham o’sib, barkamol inson darajasiga yetishishi ta’kidlanadi. Asar quyidagi bob va fasllardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |