"Imom Abu iso Muhammad Termiziy" filmi haqida
Bugungi kunda Õzbek kinosida tarixiy janrdagi filmlar ishlab chiqarishga kam ahamiyat beriyotgan, ishlanganlari ham muvaffaqitatli darajaga kõtarilmayotgan edi. Joriy yilda shonli tariximizdan,buyuk allomalarimizdan darak beruvchi,tarbiyaviy ahamiyatga ega mana shunday filmlardan biri ekran yuzini kõrdi va tomoshabinlarga havola etildi.
Avvaliga sahnaga “O‘zbekkino” milliy agentligi direktori o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur hamda Tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov so‘zga chiqib, ushbu film musulmon olamidagi taniqli olti hadisnavisdan biri – Imom Abu Iso Muhammad Termiziyning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati haqida hikoya qilishi haqidagi fikrlarini e’tirof etdi.
"Õzbekkino" milliy agentligi buyurtmasiga binoan ishlangan mazkur filmni kõrar ekanmiz,shuurimizda ma'naviy yuksalganimizni, ruhiy poklanganimizni sezishimiz mumkin. Kecha va bugun qilgan hatolarimizni õylab, õz- õzimizning insoniy fazilatlarimizni tahlil etamiz. Filmda,avvalo rejissor va senariy muallifi Abduhalil Mignarov, operator Aziz Arziqulov, bastakor Jamshid Izamov, postanovkachi rassom Hamidulla Habibullayev, liboslar bõyicha rassom Salomat Tojiyevaning mehnatlari samarasini kõrishimiz mumkin.
Filmda hijriy uchinchi, milodiy to‘qqizinchi asrdagi tarixiy davr tasvirlanadi. Film juda yaxshi suratga olingan. Tasvirlardagi voqelik kishini o‘sha zamon ruhiga kirib borishga undaydi. Film suratga olishda tabiiy uyg‘unlikka va o‘sha davr muhitini aks ettira oladigan dekoratsiyalar va tabiatga alohida e’tibor qaratilgan. Aytish kerakki, dekoratsiyalar ancha ishonarli chiqqan Postpradakshn – filmning ilk kadrlaridan tortib yakuniga qadar bo‘lgan voqeliklar tomoshabin ko‘z o‘ngida mohirona tasvirlangan. Tarixiy zamon va makon muhiti yaqqol ochib berilishida sayqal beruvchining mahoratini ko‘rish mumkin. Operatorlik ishiga ham yuqori baho berish mumkin. Har bir mezansahna mahorat bilan tasvirga olingan. Ayniqsa, bosh rol ijrochilaridan tortib turli xil obrazlar ham mohirona tarzda voqeliklarning chambarchas bog‘likligini ta’minlab bergan.
Musiqiy bezak ham maromida. Har bir muhitni aks ettirish jarayonida ishlatilgan musiqalar kishini o‘yga toldirishi, tarix sahifalariga sayr qilishga undaydi. Soddaroq aytganda, ishonchli chiqqan.
Filmning ibtidosida Muhammad Termiziyning tog‘ yonbag‘ri bo‘ylab yonida yurgan sherigi bilan ketayotgani va soy yoqasiga yaqinlashgach, to‘xtashi voqealaridan boshlanadi. Iso Termiziy shu joyda bir yirik daraxt bo‘lgani, u odamlarning o‘tishiga to‘sqinlik qilganini ta’kidlaydi. Yonidagi kishi esa daraxt yo‘qligini aytganda, xotirasi pand berayotgan bo‘lishi haqida o‘ylaydi. Xuddi shu yerda rejissyor Abduhalil Mignorovning topqiriligiga qoyil qolmay iloj yo‘q. Voqealar rivoji Iso Termiziyning bolalikda bug‘doyzor orasida samoga qarab tikilib yotgan syujetiga ulanib ketadi. Undagi liboslar, ommaviy sahnalar bizni shu muhitga tushib qolgandek his etishimizga zamin yaratadi.
Film avvalida Termiziy bolaligidagi suvda oqib ketayotgan non lavhasini kõramiz. Non- har qanday makon va zamonda ham e'zozlanadi. Shuningdek, biz hadisi sharifimizni qanchalik õqib, eshitsak ham non kabi me'daga tegamydi. U suvda oqib ketayotgan non ortidan chopib borarkan, umrning oqar suvida hadis yiğib, shu orqali rizq teradi. Axiyri, bolalar nonni tutib olib, bõlishib yeyayotgan bolalar, Termiziyning butun umrini sarflab yiğgan hadislaridan haligacha biz musulmon ahli foydalanib, rizqimiz qõshilib kelayotganiga ishoradek gõyo. Abu isoning otasi aytgan õgitiga ahamiyat beraylik: "Erishgan bilimingiz bilan kibrlanmang, qaytaga hali erishib ulgurmagan bilimingizni egallay olmaslikdan qõrqing". Shunday nasihatlar, yoki Termiziyning nechoğlik bilmga chanqoqligi, õtkir zehni,kitobga bõlgan chegarasiz muhabbat qo'yganligi hozirgi zamonamiz uchun ğoyat aamiatli masala va munosib namunadir.
Filmdagi ramziy ifodalar tomoshabinda õzgacha ta'surot uyğotadi. Masalan, chelagi suvga tõlayotgan qizning oldiga borib ayrim filmlarda uchraydigan "seni sevaman",deb qõya qolishdek me'daga tekkan sõz qo'llashdan kõra, oqayotgan suvda qirmizi olmalarni qiz tomon yuboradi. Chelagi olmalar bilan tolgan qiz uning sevgisini tushunadi. Yoki, qaroqchilar galasidan omon qolib, suvsiz sahrolarda kezib yurgan paytdagi qumlikdagi sarobni olaylik: hayot qiyinchilik lari bizni goho maqsadimizdan voz kechishga, ortga chekinishga undaydi. Yoki õzining yolğon kõrinishlari bilan hato yõllardan borishimizga undaydi. Fikrimcha, suv tutgan, ayyorona handon otib kulayotgan sarob hunuk kampirdan shu ma'no ni uqishimiz mumkin. Shu õrinda imom Termiziydan ibratli misol keltiriladi: "Agar sen sõrayotgan narsangni Olloh kuttirib berayotgan bõlsa, demak Olloh seni sõinayapti va undan ham yaxshisini beradi.Agar banda sinovga sabr qilsa, Ollohning rahmatiga erishadi. Ammo,sabrsizlik qilsa, uning ğazabiga duchor boladi". Abu Iso at-Termiziy al-Buxoriyga ham shogird, ham safdosh hisoblanib, ilm izlab Nishopurga keladi va u yerda hadis ilmining sultoni Imom Al-Buxoriy bilan uchrashadi va saboq oladi. Rejissyor bu sahnalarni ham ishonchli tarzda tomoshabinga havola eta olgan.
Abu Iso at-Termiziyning yonida yurgan yigit bir kuni oldiga kelib, ustozi Imom Al-Buxoriy foniy dunyodan boqiyga rixlat qilganini aytganda, hadisshunos olim ko‘ziga yosh oladi va bir oz yurib samoga boqadi. Shu kadrda Abu Iso at-Termiziyning yosh qalqqan ko‘zlari ko‘rmay qolgani ham mahorat bilan ochib berilgan.
Maqolamizda rejissyor Abduhalil Mignorovning topqirligi haqida so‘z yuritgandik. Xorij filmlarida ibtido va intihosini shunchalik zo‘r tasvirlab beradiki, kino haqidagi taassurotlar bir necha kun xayolimizni chulg‘ab oladi. Abduhalil Mignorov ham bu ishni uddalay olgan. Yuqorida tilga olganimiz, Iso Muhammad Termiziyning yonidagi yurgan yigit yoniga keladi va soy yoqasidagi yo‘lda odamlar o‘tishiga to‘sqinlik qilgan daraxt olib tashlanganini aytadi. Abu Iso at-Termiziy esa ko‘r bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, xotirasi pand bermaganini his etsa-da, endi hadis ilmi bilan shug‘ullanish nihoyalab qolganini anglaydi.
Yutuqlari bisyor filmda ayrim kamchiliklar ham uchraydi. Imom Abu Iso Muhammad Termiziy bolaligini ijro etgan yosh ijodkorning o‘zini tutishi tahsinga loyiq. Ayrim kadrlarda esa ishonchsizlik bilan o‘ynaganini ham ta’kidlash kerak. Ayniqsa, bozorga go‘sht olib kelishga do‘sti bilan otlangan yosh Imom Abu Iso Muhammad Termiziy ko‘chada do‘stlariga duch kelib qolish sahnasi ishonchsiz va saviyasiz chiqqqan. Ayniqsa, ovozlashtirish jarayoni, dilni xira qiladi. Bir to‘da bolalarning kulgilari hozirgi arzonbaho filmlarimizdagi sahnalarga, ovozlar esa, mahallamizdagi bolalarning ensaqotar kulgilariga o‘xshab ketadi.
Taajjubga soladigan bir holat – filmda Toshkent shevasida aytilgan so‘zlar ham uchrab turadi. Birinchidan, Surxon vohasining shevasi Toshkent shevasidan umuman farq qiladi. Bu sheva kecha yoki bugun emas, tarixan shunday shakllangan. Buni hisobga olish lozim edi. Har holda tarixda o‘sha hudud kishilari Toshkent shevasi qanday ekanligini bilmaganlari aniq.
Bizga ma'lumki, Termiziy .Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi.
Ammo, masalaning bir jihati borki, Termiziyning õrta yosh obrazini jonlantirgan Doniyor Hafizov õz interyuvsida aytib õtganidek, film suratga olishdan bir kun avval taklif etilgan. Õylaymanki, ijrochi asar bilan ancha avval tanishib chiqishi, hatto qõshimcha manbalardan ham foydalanib, obrazini inson,shaxs sifatida uning icki tuyğularigacha his qila olishi darkor. Shundagina, kõzlarida,harakatlarida haqiqiy qahramonni kõramiz. Õzimzi ham tomoshabin emas, ularning quvonch-u, dardlari bilan qorishib ketgandek bo'lamiz,gõyo.
Filmning yutuq va kamchiliklari haqida biroz so‘z yuritdik. Muxtasar aytganda, film ijodkorlari yurakdan mehnat qilgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Kamchiliklari esa, yutuqlari soyasida qolib ketishiga ishonamiz. "Yaxshi insondan bog',yomon insonda doğ qoladi",- deganlaridek, Iso Termiziy õzidan mana shunday ulkan boğ qoldirdi. Boğ-ki, uning mevalari biz musulmon avlodlarga ulkan meros bõlib qoldi.
“Kino tanqidi va tahlili” 2- kurs talabasi Ahmataliyeva Laziza
Do'stlaringiz bilan baham: |