Adabiyotshunoslik tarixi


Xitoy adabiyotshunosligi manbalari



Download 0,86 Mb.
bet9/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Xitoy adabiyotshunosligi manbalari
«Adabiyot» tushunchasi xitoyliklar nazdida. Adabiyot garchi yakka shaxslar tomonidan alohida-alohida asarlar shaklida yaratil­gani bilan u ijtimoiy hodisadir. Sababi davrlar o‘zgarishi bilan bizning istagimizdan qat’i nazar adabiyotlar ham o‘zgarib boradi, ma’lum davrda muayyan ma’noni tashigan g‘oyalar, fikrlar boshqa davrlarga kelib o‘zining ahamiyatini yo‘qotadi. Biroq mu­kammal badiiy shakllarda mushakkal bo‘lgan adabiyotgina o‘z mav­qeini saqlashi va kelajak avlodlarga asqotishi mumkin. Adabiyotning taraqqiyoti natijasida nafaqat shakl va mazmun, balki janr va timsollar tizimi ham o‘zgarib, boyib boradi. Muayyan davrlarda dolzarb sanalib, badiiyat taraqqiyotiga xizmat qilgan omillar keyinroq ahamiyatsizday tuyulishi mumkin. Bir paytlar adabiyot nazariyasining mohiyatini anglatgan hodisalar keyinchalik oddiy bir badiiy vositalarga ham aylanishi mumkin. Xitoyliklarning qariyb to‘rt ming yillik tarixga ega bo‘lgan “adabiyot” haqidagi tasavvurlarini o‘rganganda, bugungi nuqtai nazardagi adabiyot nazariyasi va unga asos bo‘lgan adabiy-nazariy fikrlar qator o‘zgarishlar davrini bosib o‘tganiga ishonish mum­kin bo‘ladi.
Bugun biz falsafiy, adabiy, badiiy, estetik, axloqiy, ma’­rifiy deb turkumlab o‘rganayotganimiz hodisalarning deyarli hammasi adabiy yodgorliklarda aks etganini, ular ma’lum bir davr­larda muayyan bir maqsadlarga xizmat qilganiga qaramay, ada­biy-badiiy kontseptsiya o‘zgarib turganining guvohi bo‘lish mumkin. Dastlabki xitoy ilmiy-adabiy manbalarini kuzatganda, muayyan bir asar yuqoridagi kabi, ham badiiy maqsadda yaratilgani, ham ilmiy qarashlar ifodasi bo‘lgani hamda o‘zida estetik funktsiyani mujassamlashtirganining guvohi bo‘lamiz. Taniqli xitoyshunos olim L.I.Konrad xitoy adabiytshunosligiga asos bo‘lgan manba­lar­ni kuzatarkan, “Xitoyda adabiyot nazariyasining shakllanishiga asos bo‘lgan Sikun Tu (837-908)ning “Shi-pin” asari amalda dast­labki doston bo‘lishi bilan birga she’riyat nazariyasi bo‘yicha dastlabki ilmiy risola ekani”ni ham qayd etgan1. Bu doston esa boshqa xitoyshunos olim V.M.Alekseevning «Shoir haqida xitoy dostoni» (1916) nomli tadqiqotiga asos bo‘lgan.
Xitoyliklar nazarida Evropada urf bo‘lgan “adabiyot” haqi­dagi qarashlar faqatgina o‘tgan asrning 20-yillariga kelib shakl­langanini ham unutmaslik kerak. Bunga qadar “adabiyot” haqidagi qarashlarning jiddiy suratda o‘zgarib, miloddan avvalgi VI asrda yashagan buyuk faylasuf Konfutsiy ta’limotidan milodning VI asrida hayot kechirgan Syao Tunga qadar jiddiy o‘zgarishlarga duchor bo‘lganini V.M.Alekseev “Xitoy “adabiyot”ini belgilash va adabiyot tarixchisining navbatdagi vazifalari haqida” asarida kuzatgan. Bunda aytilishicha, adabiyot o‘z zimmasiga ham axloqiy, ham ma’naviy, ham hissiy, ham ilmiy. Ham estetik vazifani olgan. Natijada sof ilmiy asarlar emas, balki yuqoridagi jahitlarning hammasi aks etgan qorishiq asarlar vujudga kelgan20. Xitoy olimlari va adiblari “adabiyot” deyilganda ana shu turli yo‘nalishdagi asarlar yig‘indisini tushungan. Ularda publitsistik ruh ilmiy asosga nisbatan ustivor xususiyatga ega bo‘lgan.
Xitoyliklar nazarida “adabiyot”ning nima ekanini anglamoq uchun u qaysi so‘z orqali ifoda etilayotganini anglash kerak bo‘ladi. Zotan, o‘zbekchaga arab tili orqali o‘rnashgan “adabiyot” (ya’ni odobi kulliyot) bilan rus olimlari nazaridagi “literatura” (yozuvda aks etgan fikr) mohiyat e’tibori bilan muayyan davrlarda turli ma’no va istilohlarga xizmat etganini unutmagan holda xitoy tilidagi “ven” so‘zi ham, asosan, “adabiyot” ma’nosida kel­ganini qayd etish lozim. Lekin uning ma’nosi “odobi kulliyot”ni ifoda qilishga qaratilganmi yoki “yozma fikr” talqini ekanini “ven” so‘zining ma’no qatlamlarini o‘rganish orqali kuzatish mumkin. Bu qadimgi xitoy so‘zi syue qo‘shimchasini olishi bilan “adabiyot” so‘zini ifoda qiladi. Biroq L. I. Konradning kuza­tishicha, vensyue - adabiyot, chjesyue -falsafa, xuasyue - kimyo ma’­no­larini anglatadi21. Ko‘rinadiki, syue qo‘shimchasi fan nomini anglatishga xizmat qilarkan, “vensyue”ni biz ham badiiy ada­biyotdan ko‘ra adabiyotshunoslikka yo‘ysak to‘g‘riroq bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikricha, qadimgi xitoy manbalaridan biri “Lunyuy” asarida ven nafaqat adabiyot, balki madaniyat, maorif ma’nolarida ham qo‘llanilgan ekan. Ven haqidagi manba­larning nomi aks etgan “Shu-tszin” (“Tarix kitobi”), “Shi-tszin” (“Qo‘shiqlar kitobi”), “Li-tszi” (“Qonunlar majmuasi”) asarlari bu so‘zning ma’no qamrovlari yana ham ko‘proq ekanini anglatadi22. “Xulosalarga kelish davri” deb nom olgan davrda yashagan olim Van Chun ( 27-100) “ven” so‘zini yuqoridagi ma’nolardan tashqari “yozma manba” ma’nosida qo‘llagan hamda adabiyot tarkibiga shu (maktub), tszi (mulohaza, esdalik) kabi tushunchalarni ham adabiy asar tarkibiga kiritgan. Imperiya davrining so‘ngrog‘ida yashagan Syuy Gan (171 y.t.) talqinida esa, “ven” yozuv, ta’lim, maorif, madaniyat tushunchalarini o‘zida mujassamlashtirish bilan birga mahorat, san’at mazmunini ham ifodalagan. Olimning tasav­vuricha, komil (ideal) inson yuqoridagi xususiyatlarni o‘zida mujassam etishi kerak. Demak, adabiy asar o‘zida “nima”ni aks ettirish bilan birga hodisani “qanday” aks ettirish kerak degan maqsadga ham qaratilgan23.
Mashhur xitoy shoiri Lu-Tszi (III asr) she’rga ilhom beruvchi manbalar haqida bunday deydi: “Yil faslllarini kuzataman va oh, fasl o‘zi ketmoqda (o‘tmoqda) deyman. Qorong‘ulikda (yulduz­larga) qarasam, tabiat biz uchun cheksiz va naqadar qorong‘u, naqadar cheksiz ma’volar bor, deyman. Kuz avjida to‘kilgan barglarga, xazonlarga qarab, ular uchun qayg‘uraman. Bahorda kurtak yozgan navdalarni ko‘rib quvonaman. Maysalarni qirov bossa, qalbim ham muzlayotganday”. Lu-Tszi ilhom jarayonini bunday tasvirlaydi: “Ruhimning ichkari qatlamlariga tushib, ming quloch yuksak samo­larga uchaman. Ichimda qalbimda tug‘ilayotgan so‘zlar erkin suzayot­gan baliqlarga o‘xshaydi. Baliqchi qarmog‘i kabi ko‘nglim “qarmog‘i” bilan baliqlar - so‘zlarni tutaman. Yo‘qlik qorong‘ulikdan yorug‘­likka chiqqan so‘zlar sirli naqsh venga aylanadi”. V.M.Alekseev fikricha, ven – insonning ma’naviy ibtidosi, Dao ijod qilgan yulduzlar sochqini, tog‘lar va daryolar birlashgan alam naqshla­ridir. Yuksak ruh va nafis so‘z Olam naqshidir, chunki tabiat olami bilan oshnoligi, u ifodalovchi ajiblik, go‘zallik anglash uni muqaddas, ilohiy sirlarga yaqinlashtiradi24. Sharqshunos olim I.S.Lisevich “III-XIV asrlarda xitoy tabiat lirikasi” to‘plamiga yozgan kirish so‘zida shoir va tabiat birligi haqida bunday deydi: “Shoir toqqa ko‘tarilib, (erdagi) olamdan yuqori­lashadi, dunyoning mayda-chuyda tashvishlaridan uzoqlashadi, u daryo mavjlarida, qoyadagi yolg‘iz daraxtda o‘z ko‘nglini ko‘radi va qalbida ritmlar ohangdor so‘zlar tug‘iladi”25.
Qadimgi Xitoy shoiri Chjan Xen (77-139 yy.) “Shoir haqqi qalbida” (oda)sida asar qahramoni buyuk shoir, faylasuf Chjuan – Tszi tilidan: “Men (olamlar mohiyati) In va Yan oqimlariga qo‘shilib, ilk yaralmish pokiza samo tovushlariga hamohang so‘zlar izlab, quyoshni va oyni jilovlab, ularga “minib”, to‘rt dengiz osha parvoz qilaman”26.
Xitoy milliy adabiyotshunosligining dastlabki asari sifa­tida tan olingan “Vensyuan” bir necha asrlar davomida adabiyot ilmining qonunlari majmuasi sifatida talqin qilingan va VII asrga kelib, yapon olimlarining e’tiboriga tushgan hamda yana qariyb uch asr davomida yapon adabiyotshunosligidagi qarashlarni ifoda qiluvchi asar sifatida baholangan. Bu asar Xitoy janu­bidagi Lyan davlati27da Syao Tun (501-531) tomonidan yaratilgan bo‘lib, muallif o‘z atrofiga zamonasining mashhur o‘n olimini to‘plagani holda “Saylanma adabiyot” (majmua yoki bayoz xarakte­ridagi) tuzgan. Majmua 30 qismdan iborat bo‘lib, 130 muallifga tegishli 760 asarni o‘zida birlashtirgan. Ular janr tarkibiga ko‘ra nasr, nazm, nasrdagi doston, amaldorlarning va’zlari, pub­litsistik maqolalar, dafn nutqlari va boshqalardan iborat bo‘l­gan. Muallifning so‘zboshida yozishicha, u Chjou-gun va Konfutsiy asarlarini to‘plamga kiritmagan, ular “osmondagi Quyosh va Oy kabi abadiydir va ilohiy kuchlar bilan bahslasha oladi”28. Ma’­lum bo‘lishicha, Syao Tun yashagan davrga kelib adabiyot haqidagi qarashlar bundan ming yil avval rusumda bo‘lgan Konfutsiy dav­ridagi qarashlarga nisbatan o‘zgargan. Konfutsiy va ungacha bo‘lgan adiblar yaratgan asarlar bilan “Saylanma adabiyot” tarkibidagi asarlar vazifa va maqsad nuqtai nazaridan farqlangan. Dastlab adabiyot - yozuv, ta’lim, maorif, madaniyat tushunchalarini o‘zida aks ettirgan bo‘lsa, Syao Tun talqinicha, nafis, bezakdor, rangli so‘zlar adabiyot materiali sifatida xizmat qilgan.
Bundan ming yillar avval, umuman, “adabiyot” yoki “madaniyat” tushunchasining ifodasi bo‘lgan va “ma’no anglatishgagina qaratilgan so‘z” endi kontseptual nuqtai nazardan o‘zgarib yoki takomillashib nafaqat ma’no-mazmun ifodasi, balki shaklning “bezakdor, rangli” jihatlarini o‘zida birlashtirgan holda nafis adabiyot ma’nosida tushunilgan. Shuning uchun ham Syao Tun jamlagan tanlangan asarlar “Chu-tsi” (“Qo‘shiqlar kitobi”)dan bosh­langan. Bu kitob Ilk Xan davriga mansub bo‘lib, uni Lyu Syan (m.a. 77-6 yillar) tuzgan, to‘plamga Tsyuy Yuan (m.a. IV asr) va uning maktabiga mansub shoirlarning asarlari kiritilgan. Bu nomdagi “Chu” kalimasi “kitob, so‘z” ma’nolaridan tashqari Tsyuy Yuan yashagan Xitoy janubidagi davlatlardan birining nomi hamdir. Shunday ekan, asar nomini “Chu xonligi she’riyati” yoki “Chu qo‘shiqlari” deb ham aytish mumkin. Biroq muallif o‘z to‘plamiga nafaqat qo‘shiq, umuman, nazmni, balki nasriy ma’ruza, maktub, maqola va nutqlarni jamlashidan maqsad u qaysi manbada “ma’no anglatuvchi so‘z”nigina emas, balki “nafis, bezakli, rangdor”, bir so‘z bilan aytganda, poetik nutq namunalarini uchratsa, o‘shalarni “Saylanma adabiyot”ga kiritgan. Shunga ko‘ra keyingi davr xitoy faylasuflari ham, nafosat shaydosi bo‘lgan yapon olimlari ham adabiyot ilmining shakllanishini mana shu manbadan boshlaganlar.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish