O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI KAFEDRASI
“ADABIYOTSHUNOSLIK TARIXI”
fanidan
O‘QUV-USLUBIY
M A J M U A
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 5A 120101 – Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) magistratura
Guliston – 2021
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining _____ yil _____ buyrug‘i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
TUZUVCHI: N.Rahmonov,
filologiya fanlari doktori, professor
TAQRIZCHI: O. Fayzullayeva
O‘UM GulDU kengashining _____ yil _______________dagi bayonnomasida ko‘rib chiqilgan va ishlatishga tavsiya etilgan.
M U N D A R I J A :
O‘quv materiallari..........................................................................................4
Amaliy-seminar mashg‘ulotlari o‘quv materiallari......................................18
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari.....................................................................67
Glossariy......................................................................................................
Ilovalar
Fan dasturi....................................................................................................68
Ishchi fan dasturi..........................................................................................76
Sillabus ........................................................................................................
Savollar.........................................................................................................90
Baholash mezoni...........................................................................................91
SO’ZBOShI
Mazkur dastur “Adabiyotshunoslik tarixi” fanining dolzarb muammmolari, adabiy-madaniy muhit haqidagi qarashlar va ularga munosabat, tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari va ijtimoiy muhit bilan bog‘liqligi kabi masalalar to‘g‘risida ma’lumot berishi bilan dolzarbdir. Jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishda ushbu fan muammolarining milliy ma’naviyat va qadriyat masalalari bilan chambarchas bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. Zotan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil qilish haqida Prezident farmonida “o‘zbek tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash” asosiy vazifalardan biri etib belgilangan edi Shu bois ajdodlar merosining tarixiy poetika asosida o‘rganilishi talabalarni davr talablariga javob beradigan malakali kadrlar qilib tarbiyalashga katta xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |