O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
O‘ZBEK ADABIYOTINI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI
O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 306-guruh talabasi
Salomov Shahobiddinning
“HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN YOZGAN
KURS ISHI
MAVZU: O'zga gapli qurilmalar haqida nazariy qarashlar tahlili
ILMIY RAHBAR: ______________________________________
TOSHKENT-2022
Kurs ishi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universiteti ona tili va adabiyot taʼlimi kafedrasida bajarilgan
Ilmiy rahbar:
Himoya 2022-yil ____________ oyining kunida soat ________ da Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot taʼlimi kafedrasida kurs ishlari himoyasi yig`ilishda o‘tkazildi.
Manzil:
Kurs ishi 2022-yil ____________ oyining _______ kunida kafedraga topshirildi.
Kurs ishi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot taʼlimi kafedrasida tanishish mumkin.
Yig`ilish kotibi: ___________
MAVZU: O'zga gapli qurilmalar haqida nazariy qarashlar tahlili
Reja:
Kirish. O`zga gap haqida tushuncha.
Asosiy qism:
I bob.
1.1. Ko`chirma gapli qo`shma gaplar.
II bob.
2.1. O`zlashtirma gap.
2.2. O’zlashgan gaplarda ishlatilatiladigan tinish belgilari.
Xulosa.
Kirish. O`zga gap haqida tushuncha.
Ma’lumki, hozirgi o'zbek adabiy tilinig sintaktik qurilishini o'rganish tilshunus olimlarning doimo diqqat markazida bo‘lib kelgan. Sintaktik tadqiqotlar dastlab gap va uning bo‘laklari, qo‘shma gaplar masalalari bo‘yicha olib borilgan edi. O‘zbek tilida gap va uning mohiyati A.G‘ulomovning ‘‘Sodda gap’’(1958) asarida birinchi marta atroflicha yoritilgan edi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy xodimlari tomonidan ikki jildlik ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tili’’(1966) va ikki jildli ‘‘Ozbek tili grammatikasi’’ (1976 ) asarlarining yaratilishi o‘zbek tilshunosligining katta yutuqlaridan sanaladi. 20-asrning ikkinchi yarmiga kelib, o‘zbek tilining sintaktik qurilishida, uning boshqa sohalarida bo‘lganidek, bir qancha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ko‘rinadiki, o‘zbek tilshunosligida tilimizning sintaktik qurilishini tadqiq etish ufqi yildan yil kengayib rivojlanib bormoqda . Shunday bo‘lsa-da, tilimizning sintaktik qurilishini o‘rganish sohasida galdagi vazifalar ham behisob. Shular qatorida o‘zga gap turlaridan biri bo‘lgan o‘zlashtirma gap shaklining grammatik strukturasini o‘rganish, shu asosda badiy hamda publisistik nutqning sintaktik qurilishini chuqur tadqiq etish vazifasi turadi. Olimlarning aniqlashicha, o‘zga gap ifodasining uch turi bo‘lib bular quyidagilar : -o‘zlashtirma gap -o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap -ko‘chirma gap ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tili’’ (sintaksis) o‘quv qo‘llanmasida o‘zga gap shakllarini ikki turga –ko‘chirma va o‘zlashtirma gapga ajatib tasnif qilingan2 . Turkiy tillarda qo‘llangan o‘zga gap shakllarini funksional –grammatik nuqtai nazardan tadqiq etish X.Qurbatov Y.M.Vinogradov va O.Isroilovlarning nomzodlik ishlaridan boshlangan edi. Masalan, Olimlarning fikricha, turkiy tillarda o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma shakllari tarkibida fe’lning barcha zamon formalari qo‘llanilishi mumkin. Lekin bu shaklda olmoshlar va 3-shaxs tuslovchi qo‘shimchalarning uchrashi ko‘proq kuzatiladi. Olim o‘zining 1953-yilda shu mavzuga oid tatar tilida yozgan maqolasida oziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap shakllarini ‘‘o‘rtak so‘ylam’’ atamasi bilan nomlagan shundan kiyin bu atama tatar tilshunosligida keng ommalashgan edi. Y.M. Vinogradov talqiniga ko‘ra, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplar shakllari qo‘llangan bayon tinglovchiga yoki kitobxonga emotsional ta’sir etish xususiyatiga egadir deb keltirib o‘tadi B.Yo‘ldoshev “o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarning grammatik- uslubiy kategoriyasi sifatida”nomli monografiyasida, O.Isroilov o‘z nomzodlik ishida o‘zga gap shakllarini uch tur (o‘zlashtirma gap, ko‘chirma gap, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap)ga ajratadi, lekin ulardan faqat ikkitasiga keng to‘xtaladi. Muallifning fikricha, o‘zbek tili sintaktik qurilishida o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap shakllarining o‘rni masalasi haqida tadqiqot obyekti bo‘lishi lozim. Olim o‘zining ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘zga gap’’ nomli ma’ruzalar matnida ham ko‘chirma va o‘zlashtirma gap shakllarini yoritgan edi. Jumladan olimning mulohazalariga ko‘ra, ‘‘o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarning o‘z ichiga qamrab oluvchi gaplarning qismlari bilan birlashib, qo‘shma gapni hosil qilganda, nutqning fe’l qismi ‘‘o‘yladi’’, ‘‘aytdi’’, “esladi’’ singari so‘zlardan yoki ot, fe’l qism ( shovqin ko‘tardi, ta’ma qila boshladi, o‘yga soldi, o‘ylanib qoldi kabi) lardan iborat bo‘lishi mumkun. Ko‘pincha avtor nutqida shunday gaplar bo‘ladiki, ular o‘zga gaplar bilan yagona bir gap tarzida bog‘lanmaydi. Bular bevosita bayon qilinayotgan o‘zga gaplarning, asar qahramonining ichki yoki tashqi nutqi ekanligini aniqlashga xizmat qiladi”3 . ‘‘O‘zbek tilining amaliy grammatikasi’’ asarida ham o‘zga gap shakllari ikki tur (o‘zlashtirma va ko‘chirma gap)ga ajratiladi 4. G‘.Abdurahmonovning ‘‘o‘zbek tili grammatikasi’’ (sintaksis) nomli darsligida ham o‘zga nutqni berish yo‘llari ko‘chirma va o‘zlashtirma gapdan iborat, deb ko‘rsatiladi5. D.Abdullayeva o‘zbek tilidagi o‘zga gapli qurilmalarning semantik – sintaktik valintlik xususiyatlarini tadqiq etishda o‘zlashtirma, ko‘chirma kabi turlarga ajratmay. Buning sababini muallif quyidagicha izohlaydi: ‘‘…ma’lumki, badiiy asar bir muallifning ijodiy mahsuli, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, muallifning o‘z gapidir. Shuning uchun bu asardagi nutqiy parchalarni ‘‘o‘ziniki yoki o‘ziniki emas’’larga ajratish juda ko‘p hollarda su’niy va qat’iy lisoniy asoslarga ega emas. Zeroki, o‘zlashtirma gap voqealangan nutq parchasiga o‘zlashtirma gap muallif tomonidan maxsus ajratilgan alohoda bir bug‘in, kiritma, xolos. O‘zga gapli qurilma tadqiqotchilari to‘g‘ri ta’kidlaganidek, o‘zga gap xilma xil shakllarda berilishi mumkin… ’’ . Bu ishda o‘zga gapli qurilmaga quyidagicha ta’rif beriladi: ‘‘o‘zga gapli qurilma- bu markazida nutq fe’li va bu fe’lning obyekt valentligini ochuvchi aktavant turgan birikma (qurilma). Shuning uchun o‘zga gapli qurilma boshqa sintaktik qurilmalar singari semantik – sintaktik valentlik va uning nutqiy voqealanishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisadir’’. Davrlar o‘tishi bilan o‘zga gapli qurilmalarni matn tarkibida qo‘llashda ayrim o‘zgarishlar yuz beradi. Bu jihatdan A. Ahmedovning o‘zbek adabiiy tili sintaktik strukturasida ko‘chirma gapli qurilmalardan foydalanishda yuz bergan struktur- simantik o‘zgarishlar tahliliga bag‘ishlangan ishi xarakterlidir. H.Mahmudov va A.Nurmonovlar qayd etishicha o‘zga gapli qurilmalar sintaksisiga oid muhim muommmolarni tadqiq etish ularni shakllantiruvchi elimentlar hamda bunday elimentlarning o‘zga gapli qurilmalar tarkibidagi o‘zaro shakl- mazmuniy jihatdan munosabatini hisobga olishni taqazo etadi6 . O‘rni kelganda M. Iminovning ‘‘o‘zbek tili va adabyoti’’ jurnalida e’lon qilingan ‘‘o‘zlashtirma gap bormi?’’ nomli maqolasiga munosabat bildirmoqchiman: maqolada to‘g‘ri ta’kidlagandek, tilshunoslikdagi nazariy nuqsonlar leksikada ham , so‘z yasalishi va morfemikada ham mavjud bo‘lib , ular o‘zining yangicha idrok etishi va talqinini kutmoqda’’7. Muallif o‘zbek tilshunosligida ‘‘ko‘chirma va o‘zlashtirma gap’’ haqidagi qarashlarni real hayotda obyektiv haqiqatdan yiroq yoki ilmiy – nazariy asoslari yetarli bo‘lmagan masalalar qatoriga kiritadi. Shundan kiyin muallif maqola davomida ‘‘Xo‘sh biz ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantiramizmi va qachon?’’ degan savol bilan murojaat qiladi. Bu savolga javob berish uchun ‘‘Menga Salimjon: Bugun men kinoga boraman - dedi’’ gapni tahlil qilishga intildi . Muallifning fikricha, ‘‘ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantiriladigan bo‘lsa, unda mana bunday xol ro‘y beradi: birinchi so‘zlovchining gapi (kinoga boraman)ni tinglovchi muallif gapi sifatida (ikkinchi so‘zlovchi bo‘lib) ikkinchi tinglovchi (uchinchi kishiga) ko‘chirma gap shaklida yetkazadi. Bu ko‘chirma gapni ikkinchi avtor tinglovchiga qaytadan o‘zlashtirma gap shaklida uzatadi. Hayotda , kommunikatsiya jarayonoda bunday bo‘lishi mumkin 1.
Maqola muallifi eshitganni, ya’ni informatsiyani uzatish, asosan ikki shaklda axborot ( oddiy gap) va ko‘chirma gap shaklida bo‘lishini isbotlashga intiladi. Maqola so‘ngida M. Iminov quyidagi xulosalarga keladi: 1. O‘zga (ko‘chirma gap) gap deb atalgan forma eshituvchi uchun o‘zga gap ham , ko‘chirma gap ham emas , balki oddiy xabardir. 2. Eshitilgan gap boshqa bir shaxsga o‘tkazilgandagina avtor gapi qo‘shilib ko‘chirma gap tusini olishi mumkin. Agar bu gapda ifodalangan fikr qayta eslab tilga olinmasa, u ‘‘o‘lik’’ axborotligicha qoladi, basharti, mazmun birovga yetkazilsa, o‘zlashtirma (gap) holda emas, axborot haqida axborot sifatida namoyon bo‘ladi. 3. Ko‘chirma gap hech qachon o‘zlashtirma gapga aylantirish va uning variant- usullarini ko‘rsatish mantiqsiz va asossizdir. O‘zbek tilida o‘zlashtirma gap butunlay yo‘q . ‘‘Ozlashtirma gap’’ va uning ifoda formalari ona tili darsliklarida bor, xolos. ‘‘O‘zlashtirma gap’’ yo‘qligi tufayli bu termini ishlatish ham ( yuqoridagi ma’noda) o‘rinsizdir . Shuning uchun bo‘lsa kerak, biz biron joyda (ilmiy badiiy asarlarda) o‘zlashtirma gapni uchratmaymiz. Maqolada dadillik bilan o‘zlashtirma gap haqidagi masalaning ko‘tarib chiqilishini ma’qullash lozim. Lekin maqolada olg‘a surilgan fikrlar yetarlicha dalillanmagandek tuyiladi. O‘zbek tilshunosligida ‘‘o‘zlashtirma gap’’ termini balki noo‘rin qabul qilingandir, chunki ro‘scha ‘‘косвенная реч’’ atamasi o‘zbek tiliga so‘zma so‘z tarjima qilinganda, ‘‘nisbiy nutq’’ deb tushunish mumkin deb yozadi B. Yo‘ldoshev.‘‘O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap grmmatik- uslubiy kategoriya sifatida’’ nomli monografiyasida. Shuning uchun ko‘chirma gapli konstruktsiyalarni o‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiq etagan professor A.Abdullayev o‘z ishlarida ‘‘o‘zlashtirma gap’’ terminining o‘rniga ‘‘assimilatsiyalashgan nutq ’’ terminidan foydalangan, o‘z navbatida ko‘chirma gap A. Abdullayev tomonidan ‘‘assimilatsiyalashgan nutq’’ deb yuritilgan edi.
O‘zga gapli qurilmalarda muallif nutqi bilan qahramon nutqining o‘zaro uyg‘unlashuvi, yangi chatishuvi natijasida hosil bo‘lar ekan bu hol , uning o‘ziga xos intonatsiyasini ham belgilab beradi. Bu o‘rinda nutqning xususyati va bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan munosabat nazarda tutiladi. Qahramonning jonli so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lgan emotsional xususyatlarini hikoya tarzidagi muallif nutqi bilan qabatlanib kelayotgandek tuyuladi. Mallifning ana shu xildagi nutqi o‘z navbatida qahramon nutqidagi intonatsiyaning rang- barangligiga sababchi bo‘ladi. Badiiy asarning muallifi har doim ham faqat bayon qilish bilan cheklanmaydi: U o‘z personajlarining xatti harakatiga achinadi, kuladi, nafratlanadi, hayratlanadi va boshqalar. Ijodkorning voqelikka muallif nutqi orqli va ana shunday turli xil munosabati badiiy asarning asosi bo‘lib, kitobxonning asarda muallif niyatini diqqat markazini to‘g‘ri anglay olishiga yo‘l ko‘rsatadi. Darvoqiy L. N. Tolstoy‘‘ har qanday badiiy asarda muallifning voqelikka bo‘lgan shaxsiy munosabatini, shu munosabat tufayli asarda yozilgan barcha narsalar kitobxon uchun muhim qimmatlidir. Badiiy asarning butunligi g‘oyaning birligi, qatnashuvchi shaxslarning ishlaganligi kabilardan iborat emas, balki butun asarga singdirilgan muallifning voqelikka bo‘lgan o‘z munosabatining ravshanligi va aniqligidan iboratdir ’’ , - degan edi. Eng muhimi, badiiy nutq tizimida muallifning yoki biror personajning nuqtai nazari birinchi planga qo‘yilganligidadir. Bu albatta, asar konkretligidan, unda qo‘llangan o‘zga gap formalari ma’lum bo‘ladi. ‘‘Yozuvchi, san’atkor oddiy kishilardan shu bilan farq qiladiki, - degan edi I.Sulton, uning asarlarida hayot hodisalari, faktlar faqat qayd etilibgina qolmaydi. Har gal biror hodisa, fakt haqida hikoya yozuvchining, san’atkorning shu narsaga, hodisaga, provardida, kishilarga ijobiy yoki salbiy munosabati bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Bu ‘‘munosabat faktori’’ shunchalik muhimki, faqat u gina bizga hodisa haqida haqiqiy, mukammal, yorqin tasavvur bera oladi. San’atkorning ijobiy munosabati mehr va muhabbati bilan qizdirilgan hayotiy fakt, xuddi endigina cho‘g‘dan olingan temirdek, o‘z rangi, harorati, fazilatlari bilan hayratga solishi va tahsinimizga sazovor bo‘lishi mumkin’’. Bular tabiiyki, badiiy asar matni tarkibida qo‘llangan o‘zlashtirma gaplar intonatsiyasiga ham ta’sir qiladi.
O‘zlashtirma gaplar o‘zga gapni ifodalovchi shakllardan biri bo‘lib, asosan badiiy nutq uslubiga xoslangan matnlarda faol qo‘llanadi. O‘zlashtirma gap o‘zganing fikrini ifodalash bo‘lib bu asosan ikkinchi shaxsdan uchinchi shaxsga yetkazishda ham ishlatiladi.
I bob.
I.1. Ko`chirma gapli qo`shma gaplar.
Ko'p hollarda jonli nutqda birovning gapini boshqa kimgadir aytamiz, to'g'rimi? Shunda birovning gapi ko'chima gap deyiladi, so'zlovchining nutqi esa muallif gapi deyiladi. Ko'chirma gap va muallif gapining umumiyligiga ko'chirma gapli qo'shma gap deyiladi. Juda oddiy mavzu.
Masalan: "bugungi topshiriqlarni bajarmadim" , --- dedi munisa.
Ushbu jumlada qo'shtirnoq ichidagi qismi ko'chirma gap, tiredan keyingi qismi muallif gapidir.
Ergashgan qo'shma gaplarning bosh gap qismi va ergash gap qismi turlicha joylashgani kabi ko'chirma gapli qo'shma gapning ko'chirma gap qismi va muallif gapi qismi turlicha joylashadi.
Ya'ni quyidagicha to'rt xil holatda joylashadi:
1.holat. M gap va k gap
2.holat. K gap va m gap
3.holat. M gap k gap m gap
4.holat. K gap m gap k gap
Bu to'rt xil ko'rinishning ichida tinish belgilarining qo'llanilishi ham turlicha va buni alohida - alohida o'rganamiz2.
Birinchi holat: ko'chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan keyin ikki nuqta qo'yiladi va ko'chirma gap qo'shtirnoq ichida bosh harflar bilan yoziladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak, yoki buyruq gap bo'lsa, yopilgan qo'shtirnoqdan keyin nuqta qo'yiladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoqning ichida undov va so'roq belgilari qo'yiladi. Qolipi quyidagicha: m: "k". M: "k?" m:"k!" oxirgi ikki qolipdan keyin nuqta qo'yish xato. Endi qoliplarga mos misollarni keltiraman. Yozuvchi dedi: "xalq yaxshilarni qo'llab-quvvatlaydi". O'rtog'im dedi: "kim shaharga ketmoqchi?" yig'layotgan bolakay dedi: "unutmayman sizni hech qachon!"
Ikkinchi holat: ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapidan oldin tire qo'yiladi. Ko'chirma gap doimgidek qo'shtirnoq ichida bosh harflar bilan yoziladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin vergul qo'yiladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoqning ichida so'roq yoki undov tinish belgilari qo'yiladi. Qolipi quyidagicha: 1."k",--- m. 2."k?" --- m. 3."k!" --- m. Ikkinchi va uchinchi qoliplarda qo'shtirnoq va tire o'rtasida vergul qo'llash xato. Qoliplarga mos misollar keltiraman. 1."insonlarga yaxshilik qilishni yoqtiraman", --- dedi sohiba. 2."topshiriqlarni qachon bajarasiz?" --- dedi muallim. 3."haydamang meni uyingizdan!" --- dedi mustafo. Hurmatli bo'lajak talabalar! Shu yergacha kunduzi yozib ulgurdim. Hozir yana ikki bosqichini yozib yuborishga harakat qilaman. Ulgurolmasam uzr. Uchinchi holat. Ko'chirma gap muallif gaplarining orasida kelganida ko'chirma gapdan oldingi muallif gapidan so'ng ikki nuqta qo'yiladi. Ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapidan oldin tire qo'yiladi. Ko'chirma gap doimgidek qo'shtirnoq ichida, bosh harfda yozib boshlanadi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin(ya'ni tiredan oldin) vergul qo'yiladi. Agar his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, undov yoki so'roq kabi tinish belgilari qo'shtirnoq ichida qo'yiladi. (bunday holda qo'shtirnoq va tire orasida vergul qo'yilmaydi)
1. M : "k", --- m.
2. M : "k?" --- m.
3. M : "k!" --- m.
Masalan:
Guruhimiz sardori: "baholanganlar uylariga ketaversin", --- dedi sekin ovozda.
Bosh vrachimiz: "sizning jiyaningiz qaysi palaga joylashgan?" --- dedi otamga qarab. Shuni to'g'rilayman, 8-gapning boshidagi so'z "elga" deb yozilgan, texnik xato uchun uzr. Kenja singlim: "sog'inib ketdim uyimizni !" --- dedi jahl bilan.
Yuqoridagi qoliplarga misollar keltirdim.
To'rtinchi holat.
K gap m gap k gap. Qolipida tinish belgilari quyidagicha qo'llaniladi
Muallif gapi ko'chirma gaplar ichida kelganida qo'shtirnoqlar har doim gapning boshida ochilib, gapning oxirida yopiladi. "kgap mgap kgap" ana, ko'rdingizmi, jumlaning orasida hech qachon qo'shtirnoq lar qo'llanilmaydi. Eslab qoling, muallif gapining har ikkala tomonida, albatta, tire tinish belgisi qo'yiladi. (muallif gapidan keyin tire qo'yilmasidan oldin vergul yoki nuqta qo'yilishi mumkin va buni quyida to'liq o'rganasizlar). Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap so'roq gap, yoki his-hayajonli darak gap va buyruq gap bo'lsa, ulardan so'ng(ya'ni tiredan oldin) so'roq yoki undov belgisi qo'yiladi va bunda muallif gapidan keyingi ko'chirma gaplar, albatta, bosh harf bilan yozib boshlanadi. (bunday gaplarda muallif gapidan so'ng har doim nuqta va tire qo'yiladi). Masalan: "meni kim chaqirdi? --- dedi shoikrom. --- atrofda hech kim yo'q-ku". "sog'nmayman sizni hech qachon! --- dedi mirvali jahl bilan. --- meni hech esladingizmi?"3
Tushunyapsizlarmi? Sizlar ham shunaqa misollarning miqdorini ko'paytiringizlar.
Anaaaa, endi mavzuning muhim joyiga yetib keldik. Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, ulardan keyin(ya'ni tiredan oldin) haaar doim vergul qo'yiladi va, eng muhimi, keyingi ko'chirma gap bosh harfda ham, kichik harfda ham yozilishi mumkin. Muallif gapidan keyin nuqta yoki vergulning qo'llanilishi ikkinchi ko'chirma gapning bosh harfda yoki kichik harfda yozib boshlanilishini belgilaydi. Agar muallif gapidan keyin vergul va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda boshlanadi. Agar muallif gapidan keyin nuqta va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap bosh harfa davom etadi.
Masalan:
"hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi,--- dedi hakim bobo, --- boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak".
"hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi, --- dedi hakim bobo. --- boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak".
Birinchisida muallif gapidan keyin vergul va tire qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda boshlandi.
Keyingi gapda esa muallif gapidan keyin nuqta va tire qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap bosh harflarda yozib boshlandi.
K gap m gap k gap. Qolipida tinish belgilari quyidagicha qo'llaniladi
Muallif gapi ko'chirma gaplar ichida kelganida qo'shtirnoqlar har doim gapning boshida ochilib, gapning oxirida yopiladi. "kgap mgap kgap" ana, ko'rdingizmi, jumlaning orasida hech qachon qo'shtirnoq lar qo'llanilmaydi. Eslab qoling, muallif gapining har ikkala tomonida, albatta, tire tinish belgisi qo'yiladi. (muallif gapidan keyin tire qo'yilmasidan oldin vergul yoki nuqta qo'yilishi mumkin va buni quyida to'liq o'rganasizlar)
Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap so'roq gap, yoki his-hayajonli darak gap va buyruq gap bo'lsa, ulardan so'ng(ya'ni tiredan oldin) so'roq yoki undov belgisi qo'yiladi va bunda muallif gapidan keyingi ko'chirma gaplar, albatta, bosh harf bilan yozib boshlanadi. (bunday gaplarda muallif gapidan so'ng har doim nuqta va tire qo'yiladi)
Masalan: "meni kim chaqirdi? --- dedi shoikrom. --- atrofda hech kim yo'q-ku".
"sog'nmayman sizni hech qachon! --- dedi mirvali jahl bilan. --- meni hech esladingizmi?"
Tushunyapsizlarmi? Sizlar ham shunaqa misollarning miqdorini ko'paytiringizlar.
Anaaaa, endi mavzuning muhim joyiga yetib keldik. Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, ulardan keyin(ya'ni tiredan oldin) haaar doim vergul qo'yiladi va, eng muhimi, keyingi ko'chirma gap bosh harfda ham, kichik harfda ham yozilishi mumkin. Muallif gapidan keyin nuqta yoki vergulning qo'llanilishi ikkinchi ko'chirma gapning bosh harfda yoki kichik harfda yozib boshlanilishini belgilaydi. Agar muallif gapidan keyin vergul va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda boshlanadi. Agar muallif gapidan keyin nuqta va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap bosh harfa davom etadi.
Masalan:
"hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi,--- dedi hakim bobo, --- boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak".
"hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi, --- dedi hakim bobo. --- boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak".
Birinchisida muallif gapidan keyin vergul va tire qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda boshlandi.
Keyingi gapda esa muallif gapidan keyin nuqta va tire qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap bosh harflarda yozib boshlandi.
Endi shunday bir qolip qoldiki, juda oddiy, mana qarang:
Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap notugal bo'lsa, muallif gapidan oldin ham, keyin ham vergul va tire qo'yiladi va ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda yozib boshlanadi. (atoqli ot bilan boshlansa, bosh harf bilan yozilushi hech kimga muammo bo'lmasa kerak-a?)
Masalan:
"bugungi topshiriqlarni, --- dedi ustoz jahl bilan, --- hech biringiz to'g'ri bajarmagansiz!"
"bugungi topshiriqni, --- dedi ustoz jilmayib, --- anvarjongina to'g'ri bajaribdi".
Manaaa, to'rtinchi holat va undagi tinish belgilarining qo'llanilishi haqidagi ma'lumotlarni ham bilib oldik.
To'rtinchi holatdagi misollaringizning oxirida so'roq, undov yoki nuqta kabilarning qay biri qo'llanilishi o'zingizga bog'liq, ya'ni misolingizning oxiri his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoq ichiga so'roq va undov belgilarini qo'yasiz, aksincha, misolingizning oxiri his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin nuqta qo'yasiz, vassalom.
Eslab qoling: agar ko'chirma gap alohida abzas ko'rinishida yangi qatordan berilgan bo'lsa, qo'shtirnoqqa olinmaydi va uning boshlanishi oldidan tire qo'yiladi.
Buni ko'rgan hakimjon dedi: --- yurtimizda yoshlar uchun shunaqa imkoniyatlar yaratilgan.
Ikki kundan beri ko'chirma gap nima ekanligini bilib oldik, shunday bo'lsa-da, qoidasini takrorlayman: hech bir o'zgarishsiz nutqqa olib kirilgan o'zganing gapi ko'chirma gap deyiladi. Mazmuni saqlanib qolgan, biroq shakli o'zgartirilgan o'zganing gapi esa o'zlashtirma gap deyiladi.
Mana bu ikkiala gapni solishtiring:
"muzaffar har kuni shaharga borib keladi" , --- dedi mashhura.4
Mashhura muzaffarning har kuni shaharga borib kelishini aytdi.
Bu ikkisini o'qigach ko'chirma gap hamda o'zlashtirma gap haqidagi tushunchangiz aniq bo'ldi, menimvha.
Endi ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda qanday sintaktik o'zgarishlar bo'lishini ko'rib chiqamiz.
1 - qoida. Ko'chirma gapli qo'shma gap o'zlashtirma gapga aylantirilayotganida ko'chirma gap tarkibida mavjud bo'lgan kirish so'zlar va undov so'zlar tushirilib qoldiriladi, ya'ni o'zlashtirma gapda ifodalanmaydi.
Masalan: "ohoo, murodjon yana to'lib-toshib kelyapti" , --- dedi mahallamiz raisi. Mahallamiz raisi murodjonning yana to'lib-toshib kelayotganini aytdi.
Ko'rdingizmi? "ohoo" undov so'zi tushib qoldi.
Muallim kinoya bilan dedi: "muhtaram o'quvchilarimiz bugun ham kechikishadi, shekilli". Muallim bugun ham muhtaram o'quvchilarimizning kechikishini kinoya bilan aytdi.
Ko'rdingizmi? "shekilli" so'zi tushib qolgan.
2 - qoida. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda ko'chirma gap tarkibida undalma mavjud bo'lsa, o'sha undalma o'zlashtirma gapga jo'nalish yoki chiqish kelishigidagi vositali toldiruvchi ga aylangan holda o'tadi.
Masalan:
Keksa donishmand dedi: "bolalar, vatanni asrash har bir fuqaroning burchidir!" keksa donishmand vatanni asrash har bir fuqaroning burchi ekanligini bolalarga aytdi.
"do'stim, qachon shaharga qaytasiz?"--- dedi muzaffar. Muzaffar do'stidan qachon shaharga qsytishini so'radi.
Ko'rdingizmi? Undalmalar to'ldiruvchilarga aylandi.
3 - qoida. Bu qoida muallif gapining egasi va kesimi haqida. Ko'chirma gapli qo'shma gap o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda muallif gapining egasi va kesimi o'zlashtirma gapda ham ega va kesim vazifasini bajaraveradi. (faqat muallif gapining kedimi o'zlashtirma gapda "aytdi" , "so'radi" holatida bo'ladi)
Misollari yoqurida: dedi muzaffar. Muzaffar so'radi. Keksa donishmand dedi. Keksa donishmand aytdi.
Tushundingizmi?
To'liq yozishga ehtiyoj yo'q, menimcha.
4 - qoida. Bu qoida ko'chirma gapning egasi va kesimiga bag'ishlanadi. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilganida ko'chirma gapning egasi va kesimi o'zlashtirma gapga qaratqich va qaralmish munosabatida o'tadi, ya'ni ko'chirma gapning egasi o'zlashtirma gapga qaratqich aniqlovchi bo'lib o'tadi, kesimi esa unga qaralmish holatida o'tadi va bu qaralmish, albatta, vositasiz to'ldiruvchi vazifasizni bajaradi.5
Qisqaroq aytish joiz bo'lsa, ko'chirma gapning egasi qaratqich aniqlovchi vazifasida, kesimi esa vositasiz to'ldiruvchi vazifasida o'zlashtirma gapga o'tadi.
Masalan:
"muxtor bu hikoyani opasidan eshitibdi", --- dedi otam.
Ushbu jumladagi muxtor so'zi --- ega, eshitibdi so'zi --- kesim. Endigi o'zlashtirma gapga e'tibor bering.
Otam muxtorning bu hikoyani opasidan eshitganini aytdi.
Muxtorning --- qaratqich aniqlovchi, eshitganini --- vositasiz to'ldiruvchi.
Bu ikki so'z avval ega va kesim munosabatida edi, endi-chi, qaratqich - qaralmish munosabatida. Shunga ham e'tiborli bo'linglar, hurmatli abituriyentlar.
Iltimoooos, jumladan muxtorning opasi dega so'z birikmasini izlaaaab mening ham o'zingizning ham asablaringizni buzmang, xopmi? So'z birikmasi mavzusida kuyyydirib yuborgansizlar o'zi.
Shuni eslab qolingki, ko'chirma gapning kesimi ot kesim bo'lsa, o'zlashtirma gapga "-lik, ekanlik" holatida o'tadi(oxirida egalik va kelishik qo'shimchadi ham bo'ladi)
Shuni bilingki, ko'chirma gapning kesimi fe'l kesim bo'lsa, o'zlashtirma gapga harakat nomi va sifatdosh holatida o'tadi(bularning ham oxirida egalik va tushum kelishigi mavjud bo'ladi)
Guruh rahbari dedi: "shukurov --- insofli fuqaro". Jumlasida ko'chirma gapning kesimi ot kesim. E'tibor bering: guruh rahbari shukurovning insofli fuqaro ekanligini aytdi.
"sen bu topshiriqlarni ertaga bajarasan", --- dedi muxlisa. Jumlasining kesimi fe'l kesim. E'tibor bering. Muxlisa mening bu topshiriqlarni ertaga bajarishimni aytdi.
Mana bunda fe'l kesim harakat nomi bo'lib o'tgan edi.
Yuqoridagi qoidalarning isbotini tushundingizlarmi?
5 - qoida. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda ko'chirma gap ifoda maqsadiga ko'ra so'roq gap yoki buyruq gap bo'lsa ham, o'zlashtirma gap ifoda maqsadiga ko'ra darak gap bo'laveradi.
"o'g'lim, ukangni nonushtaga chaqir", --- dedi qodir. Jumladagi ko'chirma gap --- buyruq gap. E'tibor bering. Qodir o'g'liga ukasini nonushtaga chaqirishini aytdi. Endi darak gap.
"o'g'lingiz qachon keladi?"--- dedi muallim. Jumladagi ko'chirma gap --- so'roq gap. E'tibor bering. Muallim o'g'limning qachon kelishini so'radi? Endi darak gap.
Do'stlaringiz bilan baham: |