Adabiyotshunoslik tarixi



Download 0,86 Mb.
bet2/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Ma’ruza mazmuni


1-mavzu. «ADABIYOTSHUNOSLIK TARIXI»
FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja:
1. Adabiyotshunoslik ilmining mohiyati. Adabiy-estetik tafakkur manbalari va shakllari.
2. Adabiyotshunoslik tarixini davrlashtirish. Davr (stadiya, epoxa, period) tushunchasining mohiyatini anglash.
3. Adabiyotshunoslik tarixida yirik tarixiy davrlar: mifik tafakkur, kanonizatsiya va dekanonizatsiya.
4. «Adabiyotshunoslik tarixi» fanining maqsad va vazifalarini belgilashda zamonaviy fanlarning so‘nggi yutuqlarini inobatga olish.

Adabiyotshunoslik ilmini o‘rganishda uning tarixi, vujudga kelishi, shakllanish manbalari, tarixiy taraqqiyot tamoyillarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir fanning tari­xini o‘rganmay turib, uning hozirgi holati haqida tasavvur yuri­tish mumkin emas, fanning holatini, rivojlanish tendentsiyala­rini bilmagan holda ish yuritish mumkin emas.
Ushbu fan doirasida adabiyotshunoslikdagi ilg‘or metodologik yondoshuvlar va ilmiy tamoyillar asosida adabiyotshunoslik tari­xiy taraqqiyot qonunlariga amal qilingan holda uning tahliliga kirishiladi. Jamiyatni demokratlashtirish jarayonida va iqtiso­diyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishda ushbu manbalar adabiyo-estetik tafakkur tarixini mustaqil o‘rganishga va adabiyot­shu­noslik tarixiga ijodiy yondoshishni shakllantirishga yordam beradi.
Adabiyotshunoslik tarixi jahon estetik tafakkuri va adabiyot­shunosligi erishgan yutuqlarni zamon talablari nuqtai nazaridan o‘rganishdan iborat bo‘lib, uning maqsad va vazifalari quyidagi­lardan iborat:
- jahon adabiyotshunosligi tarixi manbalarini global ko‘­lamda ekanini tasavvur qilish;
- adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyotidagi davriy bosqichlar mohiyatini aniqlash;
- Sharq va G’arb tafakkurlararo mushtarak va farqli jihat­larga tipologik yondashish;
- qadimgi davrda yaratilgan (Shumer, Yunon, Rim, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyoda yaratilgan adabiyotshunoslikk oid asarlarni o‘rganish;
- Uyg‘onish davri adabiyotshunosligining jahon adabiy-naza­riy tafakkuri tarixidagi o‘rnini belgilash;
- Adabiyotshunoslik taraqqiyotiga xizmat qilgan adabiy oqim­larning adabiy tafakkur tarixidagi o‘rnini belgilash;
- Yangi davr adabiyotshunosligining vujudga kelishida omil bo‘lgan nazariya va kontseptsiyalarning adabiyot tarixidagi o‘rnini belgilashdag iborat.
Adabiyotshunoslik tarixi doirasida
- adabiyotshunoslik tizimiga kiruvchi fanlarning tasnifi;
- adabiyotshunoslik va adabiy tanqid janrlari o‘rtasidagi mu­nosabat;
- adabiyotshunoslikka oid asarlar komponentlari va ularning tarkibiy tahlili;
- adabiy-ilmiy maktablar, ularning namoyandalari asarlari;
- adabiyotshunoslik metodlarining tahlil va talqin tamo­yil­lari;
- yangi o‘zbek adabiyotshunosligi namunalarining jahon adabiyot ilmi xazinasidagi maqomini belgilash ko‘zda tutiladi.
Shuningdek, ushbu sohani o‘rganishga kirishgan tadqiqotchi­lar­dan
- adabiyotshunoslikning jahon estetik tafakkuridagi o‘rnini tushuntira olish;
- adabiyotshunoslikka oid asarlar va ularning o‘ziga xos ji­hat­larini tushuntira olish;
- adabiy-badiiy jarayon qonuniyatlarini tahlil etish;
- adabiy jarayon tahlilidan adabiy-nazariy xulosalar chiqara olish;
- ilmiy tahlil va talqinda zamonaviy metodologiyani qo‘llay bilish ko‘nikmalarigaega bo‘lish talab etiladi.
Adabiyotshunoslik tarixining taraqqiyoti davrlarini o‘rganish natijasida
- adabiyotshunoslik asarlari tahlilida estetik tahlil tamo­yil­lariga tayanish;
- adabiyotshunoslik tarixini badiiy tafakkur tarixidan aj­rat­magan holda qabul qilish;
- adabiyotshunoslik tarixida adabiy oqim va yo‘nalishlarning o‘rnini bilish;
- adabiyotshunoslik tarixidagi asosiy davrlarni va ularning taraqqiyot tendentsiyalarini farqlash;
- tanlangan mavzu yuzasidan umumlashma ilmiy xulosalar chi­qara bilish malakalariga ega bo‘lishi mumkinligi nazarda tutil­gan holda tadqiq etildi.
Adabiyotshunoslik tarixi filologik fanlar tizimida Ada­biyot nazariyasi, adabiy tanqid tarixi, matnshunoslik, manbashu­nos­lik, jahon va milliy adabiyotlar tarixi kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan. Ushbu fan adabiy-nazariy fanlar tizimida mav­jud bo‘lsa ham u «Adabiyotshunoslikka kirish», «Adabiyot naza­riyasi» kabi fanlarni mutlaqo takrorlamaydi. Aksincha, bu fanlar erishgan yutuqlar asosida adabiyotshunoslik tarixi tahlili bilan shug‘ullanuvchi soha hisoblanadi.
Adabiyotshunoslik tarixiga tizimli suratda yondashish XX asr adabiyotshunosligi erishgan muhim yutuqlardan hisoblanadi. Shun­day ekan, uni tarixiy taraqqiyotda o‘rganish, badiiy asar va uning muallifini adabiy tarixiy jarayon bilan yaxlit holda tushunish nazarda tutiladi. Shuning uchun ham adabiyotshunoslik asariga yon­da­shishda uni ilmiy tahlil tamoyillaridan kelib chiqib o‘rganish talab etiladi.
Har qanday nazariyadan maqsad, amaliyotni engillashtirish. Agar nazariy qarashlar amaliy operatsiyalarni engillatishga xiz­mat qilmas ekan, u uzoq yashay olmaydi. Ilm va amal birligi Qur’oni karimdan tortib barcha so‘fiy allomalarning yashash tarzi bo‘l­ganining boisi shundan. Shunday ekan, adabiyotshunoslik tari­xiy takomilidan maqsad ham oxir-oqibat tahlil jarayonini engil­latishdan iborat. Ana shu ma’noda o‘rta asrlarda va Uyg‘onish dav­rida yaratilgan adabiyotshunoslik manbalari tahlil jarayonida as­qo­tishi mumkin. Shuningdek, XVI-XVII asrlarda mavjud bo‘lgan klassitsizm natijalari, XVIII asrdan adabiy jarayonga kirib kel­gan Evropa ma’rifatchiligi erishgan yutuqlar adabiyotshunoslik tarixining shongi sahifalarini tashkil qiladi. XIX asrda hali yan­gi tipdagi adabiyot nazariyasi shakllanmay turib, tarixiy poe­tika qonuniyatlari (A.N.Veselovskiy) ishlab chiqildi, oradan hech qancha vaqt o‘tmay yangilanayotgan adabiy jarayon natijalari (asar­lari)ni tahlil qilishda tarixiylik printsipi bilan yondashish za­mo­naviylik nuqtai nazaridan to‘g‘ri kelmasligi ilmda aniq­lan­gan­dan keyin nazariy poetikaga ehtiyoj tug‘ildi. O’z davri olim­lari bu “ehtiyoj farzandi”ni etarli baholay olmagan bo‘lsalar ham, nazariy poetika masalalari adabiyot nazariyasining asosi bo‘­li­shi kerak degan taomilga yana yuz yilcha muddatdan keyin (N.D.Tamarchenko) qaytildi. Biroq adabiyotning asosiy tahlil ob’ek­ti matn va uning strukturasi degan qat’iy qarorga yaqinla­nishi bilan (M.Yu.Lotman) struktural poetika ehtiyoji kun tar­tibiga chiqdi. Bu navbatdagi ehtiyojlar mafkuraviy talqin aso­si­ga qurilgan adabiyot nazariyalariga singishi mumkin emasligi o‘z­dav­ridayoq ayon bo‘ldi va nihoyat, ittifoq tarqalib, milliy adabiyot namunalarini o‘z tili va ehtiyojlari doirasida o‘rganilishi zaru­rati tug‘ilganda struktural poetika adabiyot nazariyasining aso­siga qo‘yilishi kerak, degan muddaoga ko‘chilmoqda. Buning sababi I.Vinogradovdan (1928) tortib, L.Timofeev, M.Alekseev, G.Pospelov va nihoyat, har qancha zamonaviylashtirilgani bilan V.Xalizev nazariyalari mana shu asosga qurilgan edi. Bularning bar­chasi uchun san’at ijtimoiy ong shakllaridan bo‘lib, so‘z san’ati deb ataluvchi badiiy adabiyot ham, ijtimoiy ong shakli si­fatida borliqni o‘rganuvchi vosita (literatura est poznanie deystvitelnosti) deb qaralgan. Shu nuqtai nazardan adabiyot­shu­nos­lik nazariyasi uch qismdn: badiiy adabiyot mohiyati, adabiy asar va adabiy jarayon masalalaridan kelib chiqib qaralgan. N.D.Tamarchenko rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan tavsiya etilgan so‘nggi adabiyot nazariyasi yuqoridagi andozadan bu­tun­lay voz kechib, nazariy qarashlar tahlil jarayoniga ko‘mak beruvchi tarixiy va nazariy poetika asosiga qurildi. Bizningcha, garchi kech bo‘lsa-da, adabiyotshunoslik tarixi o‘zining muqaddas vazifasi - badiiylik qonuniyatlarini o‘rganishga kirishar ekan, u poetika nazariyasidan uzoqlashib ketmasligi kerak. Shuning uchun ham endi san’atga ijtimoiy ong shakligina emas, kishilar o‘rtasi­dagi kommunikativ jarayon (muomala ehtiyoji) sifatida qaralar ekan, san’atning o‘ziga xos kommunikativ “tili” mavjudligi is­bot etilgan ekan, endi ob’ekt, umuman, ong shakli emas,balki o‘sha ongning matndagi ifodasiga ko‘chdi. Tabiiyki, badiiy matn ada­biyotshunoslik ilmining birlamchi ob’ektiga aylandi. Endi mana shu matn tahlilini o‘rganuvchi fanlar – tarixiy va nazariy poe­tika adabiyot nazariyasining asosiga qo‘yilishi zarurat bo‘lil qol­di. Biroq san’at asarini, ayniqsa, zamonaviy modern uslubidagi asarlarni faqat tarixiy poetika qoliplari doirasida o‘rganish, uning harakatlanayotgan, tirik hujayrasiga noto‘g‘ri yondashuv eka­ni ham ma’lum bo‘lmoqda. Shunday ekan, badiiy matnga tirik orga­nizm sifatida yondashadigan, uning tiriklik belgilariga xiyonat qil­magan holda tahlilga tortadigan metodikaga ehtiyoj tug‘il­moqda. Shuning uchun ham badiiy matn va uning tahlil adabiyot­shunoslikning doimiy muddaosi ekan, poetikaga asoslangan, uning tarixiy taraqqiyotini o‘rganuvchi adabiyotshunoslik tarixining fun­damental tadqiqi bugungi kunda dolzarb ilmiy muammolardan biriga aylandi.
Adabiyotshunoslik nisbatan kengroq fan sohasi bo‘lgani uchun uning bag‘rida bir vaqtning o‘zidan qator tahlil metodlari ham yasha­shi mumkin. Nazariy adabiyotshunoslik va metodologiyaning so‘ng­­gi yutuqlariga tayanilgan struktural metod, tarixiy poetika, nazariy poetika va qiyosiy adabiyotshunoslikdagi mavjud tahlil usul­laridan imkon qadar foydalangan holda ish yuritish ushbu jarayonda kutilgan natijaga erishishda yordam berishi mumkin.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish