Adabiyotshunoslik tarixi



Download 0,86 Mb.
bet12/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

QADIMGI HINDISTONDA
ADABIYoTShUNOSLIKNING ShAKLLANIShI


Qadimgi hind falsafasi haqidagi Beruniy qarashlari. Qadimgi hindlar diniy, falsafiy, badiiy, estetik tafakkurga doir qarashlarini eng mufassal va mukammal o‘rganib, chuqur yoritgan olim Muhammad ibn Ahmad Abu Rayhon Beruniydir. “Allomayi Hindiston” kitobi ilk hind madaniyatini o‘rganishda tengi yo‘q durdona, bebaho xazinadir”. Bu fikr Berlin Royal universiteti professori Eduard Zaxauga taalluqlidir. E.Zaxau yozadiki, “Hindshunoslikda Beruniyga teng keladigan biror olim na undan oldin va na undan keyin bo‘lganligini bilmaymiz” 32. Yirik arabshunos V.R.Rozen allomaning “Hindiston” asarini qadimgi va o‘rta asrlar G’arb va Sharq adabiyotida misli ko‘ril­magan yodgorlik deb baholaydi. Fan tarixchisi Jorj Sarton esa XI asrning 1-yarmini “Beruniy davri” deb ataydi. Uning fikricha, “Beruniy zamonasining ulug‘ olimi bo‘lib qolmay, balki hamma zamonlarning ham eng ulug‘ siymosidir”33. Kalkutta universiteti professori S.Chatterji fikricha, “Eramizning 1030-1040 yilla­rida madaniyat olamida hind, musulmon va ellin (yunon) madaniy merosini bir xilda chuqur, har tomonlama bilgan faqatgina bir kishi bo‘lgan, u ham bo‘lsa Beruniy edi. U barcha davrlar hind­shunoslarining ham eng yirigidir. Beruniy insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biridir”34.
Beruniy “Hindiston” asarida yozishicha, alloma qadimgi hind madaniy yodgorliklarini asliyatda, sanskrit tilida o‘qigan, ba’zi asarlarini (Evklid. Asoslar; Batlimus. Al-Majisbiy (“Almagest”)) arabchadan sanskrit tiliga tarjima qilgan: “Men hindlarning ikki kitobini arab tiliga tarjima qilgan edim, - deb yozadi Beruniy. – biri koinot boshlang‘ichi va mavjudot tav­sifi haqida bo‘lib, “Sankxya” deb ataladi. Ikkinchisi jonni badan qafasidan qutqarish to‘g‘risida bitilgan, u “Patanjali” nomi bilan mashhur. Bu ikki kitobda hindlarning e’tiqodlari asoslarining ko‘pchiligi bayon qilingan”35. Beruniy yana hindlar­ning tabiat mavjudotlariga bag‘ishlangan, Barohamixira ismli olimining “Jotakalar” (“Hikoyatlar”) asarini ham sanskrit ti­lidan arab tiliga tarjima qilganini aytadi. U hind badiiy ta­fakkuri durdona asarlaridan “Panchatantra” (“Kalila va Dimna”)­ni ham tarjima qilish orzusida ekanini yozadi. Bu maqsadi amalga oshganmi yo‘qmi, bizga ma’lum emas.
Qadimgi hindlarning yozuvni va she’riyatni qadrlashi haqida Beruniy bunday deydi: “Yozma xabar (bilim haqida xabar) tur­larining biri bo‘lib, uni boshqa turlardan ko‘ra sharafliroq sanash mumkin. Qalam abadiy izlari bo‘lmaganida xalqlarning (hayoti, kechinmalari, ruhiyati, bilimlari haqida) xabarlarni qay­dan bilar edik?!”36 Hindiston va Pokiston hududlarida, Panjob (Beshdaryo) va Sindda arxeologlar neolit davri (m.a. III mingyil­lik)ga doir madaniy yozgorliklarni topganlar. Bu qadimiyat obi­dalari qazilma olib borilgan joylar nomi bilan Xarappa va Mohenjo-Daro madaniyati deb ataladi. Fanda aniqlanganki, qa­dim­gi Hindiston madaniyati, adabiyoti va san’atini bunyod etishda juda ko‘p etnoslar, xalqlar qatnashganlar. Atoqli hind davlat arbobi Javoharlal Neru “Jahon tarixiga bir nazar” asarida yozishicha, qadimgi zamonlarda diniy-falsafiy qarashlar ko‘proq mifologiyaga, badiiy tafakkurga, olamni, tabiat hodisalarini jonlashtirishga, shaxslantirishga, estetik idrok etishga asos­langan. Hozirgi hind ziyolilari o‘z xalqini m.a. III mingyillikda va undan ham avval Panjob va Kashmirdan, hozirgi Hindiston­ning shimolidan Ganga va Jamna daryolari orasiga, jannatmakon erlarga kelib qolgan hindiy-oriy avlodlari deb biladilar. Ammo sanskritda so‘zlovchi oriylar o‘zlaridan yozuv qoldirmagan ekanlar. Oriylar kelganida Hindistonda madaniyat ancha taraqqiy etganini ko‘rganlar. Mahalliy qadimgi xalqlar tamil, telugu, malayalam tillarida vedalar, upanishadlar kabi adabiy, madaniy yodgorlik­larni bunyod etganlar. Hozirgi Hindistonda mavjud bo‘lgan oriy tillari: hindiy, bengal, gujarotiy, maratxiy tillarining ildizi sanskrit tilidan tarmoqlangan (yoki bu tillar birlashib, sanskritni vujudga keltirgan) Hindistonda o‘n tilda so‘zlovchi xalqlar bir davlatga birlashgan. Bular – hindistoniy, bengoliy, gujarotiy, mratxiy, tamil, telugu, kannar, malayaxam, oriy va assom tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi xalqlar qadimgi vaqt­larda Bixor janubida Magadha, shimolida videha, Keshiy-banoras, ko‘shala (poytaxti Ayadx’x, hozirgi Fayzobod), Gang va Jamna oralig‘ida Pangola (yirik shaharlari – Matruxa va Kanauj), Uljayn davlatlarida yashaganlar. O’rmonlarda baraxman – ustozlar minglab shogirdlariga axloq, adabiyot, tarix va harbiy san’at­lardan saboq bera edilar.
Beruniy “Hindiston” asarining ilk boblarida ilmiy ta­fakkur orqali haqiqatni aniqlash oson emasligini, yolg‘on yozadi­ganlar esa qanday sabablarga ko‘ra yolg‘on yozishlari haqida teran fikrlarni aytadi:

  1. Ba’zilar o‘zini maqtash, ulug‘lash uchun yolg‘on yozadi.

  2. Ba’zilar o‘zi sevadigan tabaqani maqtash, dushman tabaqani xafa qilish uchun yolg‘on gaplarni yozadi.

  3. Uchinchi bir kishi o‘zining pastkashligi sababli biron yax­shilikka (manfaat, foydaga – M.M.) erishuv yoki qo‘rqoqligi sa­babli yomonlikdan qutulib qolish uchun yolg‘on xabar tarqatadi.

  4. Shundaylar ham borki, yolg‘onchilik ularning tabiatiga o‘rnashib, odat bo‘lib qolgan, go‘yo unga shu vazifa (yolg‘onchilik) yuklangandek, shu sababli u yolg‘on xabar yozmay (gapirmay) tinchiy olmaydi.

  5. Ba’zilar esa boshqa yolg‘onchilarga taqlid qilib (ishonib) bilmasdan yolg‘on xabar tarqatadi37.

Ba’zi yolg‘on xabarlarga misol qilib, Beruniy ustozi Abu Sahl Abul Mun’im ibn Ali ibn Nuh Tiflisiy yolg‘on yozgan bir olim mu’tazilachilar aytmagan gapni, ya’ni ular Tangri taoloni olim desalar ham, ilmsiz deydilar deb tuhmat qilganini yoqtirmaga­nini yozadi. Beruniy o‘z asarida eng to‘g‘ri yo‘lni, hindlarning bilimlarini, ilmiy-adabiy, ijtimoiy qarashlarini na oqlamay, na qoralamay, xolis bayon qilish yo‘lini tanlaydi. Faqat ayrim muhim o‘rinlardagina bu bilimlar rostligi va yolg‘onligi haqida o‘z munosabatini bildirib o‘tadi. U haqiqatni yozishda zamona­sidagi nodir olimlardan biri Abul Abbos Eronshahriyning maqolalar to‘plamini yaxshi namuna sifatida ko‘rsatadi38. O’zining “Hindiston” asari haqida kamtarinlik bilan: “Bu kitob bahs­lashish va tortishish kitobi emas, bu kitobda dushmanlarga isbo­tini keltirmayman va haqiqatdan chetga chiqqanlarga qarshilik ko‘rsatmayman. Bu faqat (xolis) bayon qilish kitobidir xolos”. Beruniyning yozishicha, Abul Abbos Eronshahriy o‘z kitobida yahu­diy va nasoro (xristianlik) dinlarini, “Tavrot” va “Injil”ning mazmunini yaxshi hikoya qilgan, monaviylarni (moniy ta’limotiga e’tiqod qiluvchilarni) ularning kitoblarida ko‘rsatilib, hozir yo‘q bo‘lib ketgan dinlar va xalqlarning xabarlarini to‘liq ber­gan. Lekin hindlar va shamaniylarga kelganda Abul Abbosning o‘qi chetga ketib, oxiri “Zurqon” kitobiga tekkan (ya’ni, u mu’ta­zila olimi an-Nazzomning yaqinlaridan Muhammad ibn Shaddod an-Basriyning “Zurqon” kitobini asossiz tanqid qilgan – M.M.).
Qadimgi hindlarning she’riyatga hurmati shu qadar balandki, ular turli ilmiy-nazariy bilimlarni o‘z zavqlariga mos she’rga solib bayon qiladilar. Beruniy fikricha, buning 2 sababi bor:

  1. Kitob tizma ravishda (she’riy qilib) yozilsa, o‘z asliday saqlanadi. Agar (keyigi kotiblar) asarga biror qo‘shimcha so‘z, jumla qo‘shsalar yoki olib tashlasalar vazn buzilib, o‘zgarish kiritilmagani ma’lum bo‘lib qoladi.

  2. Tizma so‘zlar (she’r) yaxshi yodda saqlanadi.

Qadimgi Eron shahanshohlaridan Gushtasp va uning o‘g‘li Isfandiyor turonliklarning shamaniylik va buddaviylik e’ti­qod­lariga qarshi chiqib, Ozarbayjondan Balxga kelib, majusiylik – otashparastlik diniga da’vat qilgan Zardushtni qo‘llab-quvvat­ladi, - deb yozadi Beruniy kitobida. Alloma fikricha, shomoniylik va buddaviylik bir-biriga yaqin bo‘lgan; hind-oriy tilida va sanskrit tilida bitilgan ko‘pgina ilmiy, badiiy va diniy-ax­loqiy-madaniy obidalar (shu jumladan, buddaviylik asarlari “Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari”, “Vessantara-jotaka”, “mast qiluvchi ichimliklarni la’natlash sutrasi”) hind-sanskrit tilidan sug‘d tiliga va tohar tiliga tarjima qilinib, keng tarqalgan edi39.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish