Adabiyotshunoslik tarixi


-mavzu. ANTIK (YuNON, RIM) ADABIYoTShUNOSLIK



Download 0,86 Mb.
bet13/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

3-mavzu. ANTIK (YuNON, RIM) ADABIYoTShUNOSLIK
Reja:

  1. Yunonistonda adabiyotshunoslik:

A) Suqrotgacha bo‘lgan davrda estetik qarashlar.
B) Gomer ijodi va uning davridagi adabiy-estetik qarash­lar.
V) Suqrot, uning davri va adabiy-estetik qarashlari.
G) Aflotunning adabiy-estetik qarashlari.
D) Arastu hakim estetikasi: “Poetika”, “Ritorika” asarlari.
2. Qadimgi Rimda adabiyotshunoslik:
A) Vergiliyning adabiy-estetik qarashlari.
B) I-IV asrlarda adabiy-estetik qarashlar.
V) Plotin va yangiaflotunchilik estetikasi.
G) Psevdo-LONGIN va uning “Yuksaklik haqida” asari.

Yunonistonda adabiyotshunoslik
Qadimgi Yunoniston halqining tabiat va jamiyat hodisa­lariga falsafiy va ijtimoiy qarashlarini, shular bilan bog‘liq adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyoti bosqichlarini atoqli ula­molar bu mintaqada vujudga kelgan ijtimoiy muhit bilan, aristokrat-aslzodalar va demokratlar (xalqparvarlar) o‘rtasidagi jiddiy kurashlar bilan bog‘laydilar. Miloddan avvalgi VI-V yunonlilarning asrlardagi falsafiy, adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyoti tarixan bu xalqlarning milliy ongi, o‘zligini, yangi kuch-qudrat ekanligini anglashi jarayonlari bilan ham bog‘liqdir. Yunon xalqlari umumiy vatanlari - Ellada uchun, uning hudud­lariga kiruvchi Afina, Abdera, Korinf, Rodos, Delos, Lakedemon, Krit, Milet, Mitilena, Leant, Kipr, Kirena, Elida, Xalkida, Fiva, Efes, Tarent, Sitsiliya kabi vataniy zaminlar uchun ma­shaqqatli va qahramonona kurash jarayonida shakllandi. Mana shu ijtimoiy taraqqiyot davomida Ellada zaminida Orfey, Musey, Gomer, Gesiod, etti donishmand (Fales, Solon, Periandr, Kleobul, Xilon, Biant, Pittak), Geraklit, Demokrit, Gippiy, Demosfen, Diogen, Zenon, Anaksagor, Anaksimandr, Anaksimen, Protagor, Ksenofan, Ksenofont, Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur, Zenon, Lukretsiy, Ezop kabi faylasuflar, tabiatshunos va ruhshunos olimlar, Aristofan, Esxil, Sofokl, Evripid, Pindar kabi shoirlar va dramaturglar etishib chiqdiki, bularning ijodiy merosi o‘z ahamiyatini yo‘qotganlari yo‘q.
Suqrotgacha bo‘lgan davrda estetik qarashlar. Antik davr madaniyati adabiy-estetik tafakkuri taraqqiyotini atoqli qadim- shunos olim Aleksey Losev «Ilk mumtoz madaniyat» (rannyaya klas­sika), «O’rta davr yoki yuksak madaniyat» (srednyaya ili vo‘sokaya klassika) va «Keyingi mumtoz madaniyat davri» (pozdnyaya klassika) deb uchga bo‘lib o‘rganadi. O’rta davr etuk mumtoz madaniyatini A.F.Losev sofistlar (Abderalik Protagor, Leantlik Gorgiy, Keoslik Prodik, Elidalik Gippiy, Kritiy v. b.), Suqrot va uning izdoshlari faoliyati bilan bog‘laydi40. Sofistlar deb odatda mantiqiy fikrni rivojlantirib, yaxshi va yomon hodisalarning barchasidan kamchilik topuvchi, hayotga keskin tanqidiy nigoh bilan qarovchi donishmandlarni tushunadilar. Sofistlarning istehzoli, o‘ta keskin fikrlash usullari, ko‘pincha, mantiqsiz xu­losalarga olib kelishi Aristofan, Maks Plavt kabi komediyana­vislar tomonidan masxara qilingan. Sofistlarning ba’zi teran fikrlarini to‘g‘ri ma’noda emas, kinoya ma’nosida tushunish ma’­quldir. Misol uchun Abderalik Protagor aytadi: «Borliq yoki yo‘qlikning me’zoni insondir (to‘g‘rirog‘i, insonlikdir). Bu fikr­ni turlicha talqin qilish mumkin: 1.Inson o‘zi bilgan narsalarni bor deydi, o‘zi bilmagan narsalarni yo‘q, deydi. 2.Inson tirik bo‘lganida (uning uchun) barcha mavjudotlar bor, o‘lganidan keyin (uning uchun) bu olamda hech narsa yo‘q. 3. Insonsiz olamning mav­judligi mukammal bo‘lmaydi. Olamda insonlar bo‘lmaganida ja­miyat ham, siyosat, iqtisod, madaniyat ham bo‘lmas edi. Mashhur sofist-donishmand Halkidalik Frazimax aytadi: «Adolat eng kuchli zotlar uchun foydalidir». Bu ham sofistlarga xos kinoyali, ziddiyatli fikr. Mazkur fikrda qudratli zotlar o‘zi o‘rnatgan tartiblarning adolatli bo‘lishini emas, o‘zlariga foydali tar­tiblar bo‘lishini xohlaydilar, degan mazmunni sezamiz. Ikkinchi tarafdan, bu aforizmni yana eng kuchli, qudratli hukmdorgina bar­cha fuqarolar uchun adolat o‘rnata oladi, deb ham tushunish mumkin. Ellada vatanida hukm surgan demokratik ijtimoiy tartiblar sharofati bilan donishmandlarning jamoatdagi mavqei, shon-shuhrati ziyoda bo‘ldi. Shu sababli, aslzoda, davlatmand odamlar farzandlarini donishmandlar tarbiyasiga berar edilar. Donish­mand­lar boyvachchalarga saboq bergani uchun juda yaxshi haq olar edilar. Mashhur jamoat arboblarining farzandlariga dars berib topgan boyliklariga donishmandlar er, suv, yaxshi mulklarni sotib olib, o‘z maktablarini ochar, davlat va jamiyatga faol yordam berar edilar. Masalan, Epikur bog‘i mashhur edi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish