Adabiyotshunoslik tarixi


Gomer ijodi va uning davridagi adabiy-estetik qarash­lar



Download 0,86 Mb.
bet15/90
Sana02.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#729076
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
Bog'liq
portal.guldu.uz-Adabiyotshunoslik tarixi

Gomer ijodi va uning davridagi adabiy-estetik qarash­lar. Gomer dostonlarini yozib olib, kitobat holiga keltirish Yunonistonda er.a. VI asrda va undan avvalroq davlat tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. Er. a. IV asrda donishmand Arastu shogirdi, make­doniyalik Iskandar (Aleksandr)ga “Iliada”ning qimmatbaho ki­chik suvenir nashrini sovg‘a qilgan. Arrian va boshqalarning yozi­shicha, Aleksandr qizg‘in jang vaqtlarida ham “Iliada”ni o‘zi bilan olib yurgan va o‘qigan.
“Iliada”dostonida bahodirlik, jasurlik, qahramonlik, shon–shuhrat, adolat va noxaqlik, sevgi va nafrat, or-nomus, go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, urush va tinchlik, vatan mudo­faasi, jismoniy va ruhiy barkamollik, do‘st o‘limiga qayg‘u, g‘a­zabdan tug‘ilgan mardning nomardligi, shaxs va xalq manfaatlari to‘qnashuvi, hayotning shirinligi va o‘limning achchiqligi, dag‘allik va nafosat, taqdirga tan berish va ilohiy qudratga qarshi isyon, bag‘ridaryolik va fe’li torlik, mangulik va foniylik, xullas, insoniyat hayotining deyarli barcha qirralari hayotiy, ishonarli, realistik ham sirli, romantik, kutilmagan voqea o‘zgarishlari – peripetiyalar, mushkulotlar bilan mufassal tasvirini topganki, yuksak badiiyatni va ma’naviy boyliklarni anglashga quvvati etgan o‘quvchi hayratlar olamiga sho‘ng‘ishi tabiiydir.
Olmon romatizmining yorqin vakili Jan-Pol Rixter “Este­tikaning boshlang‘ich maktabi” asarining romantik poeziyaning mohiyatiga bag‘ishlangan faslida qahramonliklar davri jahonning turli xalqlarida bo‘lsa ham faqat yunonlar she’riyatida mangu yog‘du socha boshladi, deb yozgan. U ma’nolari, ranglari va ohanglari cheksiz poeziyani Shiller faqat “ibtidoiy she’riyat (Gomer, Esxil, Sofokl, Evripid v.b.) va “yangi she’riyat” deb ikkiga bo‘lib qo‘yi­shini tanqid qiladi. Jan-Pol Rixter hatto birgina romantik poeziyaning o‘zi Gomer va Sofoklda boshqacha, Petrarka, Ariosto, Shekspir va Servantesda o‘zgacha ruhda ekanligini, daholarning she’riyati barcha davrlarda, barcha xalqlarning hayotini gullab-yashnatib turishini, cheksiz go‘zalliklari bilan barchani maftun etishini aytadi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish